Авторы

  • Jasur Abdug‘afforov
    Toshkent davlat yuridik universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112983

Ключевые слова:

ijtimoiy sheriklik jamoaviy muzokara uch tomonlama hamkorlik kasaba uyushmalari ish beruvchilar birlashmalari jamoa shartnomalari mehnat nizolari ijtimoiy sheriklik institutlari.

Аннотация

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalasi zamonaviy mehnat huquqining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda ijtimoiy sheriklik institutining mehnat munosabatlaridagi ahamiyati, uning huquqiy asoslari va takomillashtirish yo‘nalishlari sohadagi bir qancha taniqli olimlar nuqtayi nazaridan kelib chiqib tahlil qilinadi. Shuningdek, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning xalqaro tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari milliy mehnat qonunchiligini rivojlantirishga, ijtimoiy sheriklik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.


background image

24

MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINI HUQUQIY

TARTIBGA SOLISHGA DOIR TADQIQOTLARNING O’ZIGA XOS JIHATLARI

Jasur Abdug‘afforov

abdugaffarovjasur078@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15737341

Annotatsiya:

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga

solish masalasi zamonaviy mehnat huquqining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu tezisda ijtimoiy sheriklik institutining mehnat munosabatlaridagi ahamiyati, uning
huquqiy asoslari va takomillashtirish yo‘nalishlari sohadagi bir qancha taniqli olimlar nuqtayi
nazaridan kelib chiqib tahlil qilinadi. Shuningdek, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning
xalqaro tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish
bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari milliy mehnat qonunchiligini
rivojlantirishga, ijtimoiy sheriklik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy sheriklik, jamoaviy muzokara, uch tomonlama hamkorlik, kasaba

uyushmalari, ish beruvchilar birlashmalari, jamoa shartnomalari, mehnat nizolari, ijtimoiy
sheriklik institutlari.

SPECIFIC ASPECTS OF RESEARCH ON THE LEGAL REGULATION OF SOCIAL

PARTNERSHIP RELATIONS IN THE FIELD OF LABOR

Jasur Abdugaffarov

abdugaffarovjasur078@gmail.com

Tashkent State Law University

Annotation:

The issue of legal regulation of social partnership relations in the labor

sphere is one of the most relevant areas of modern labor law. This thesis analyzes the
importance of the Institute of social partnership in Labor Relations, its legal framework and
directions of improvement from the point of view of several prominent scientists in the field.
Also, the international experience of social partnership in the field of Labor is studied and
proposals for the development of effective mechanisms in the conditions of Uzbekistan are
put forward. The results of the study serve to develop national labor legislation, improve the
system of social partnerships.

Keywords:

social partnership, collective bargaining, tripartite cooperation, trade

unions, employer associations, collective agreements, labor disputes, social partnership
institutions.

Dissertant O’zbekistonda so’nggi yillarda mehnat huquqi yo’nalishida dissertatsiyaviy

izlanishlar olib borgan bir qator nufuzli olimlarning ilmiy ishlarining muhim jihatlarini quyida
tahlil qilgan holda, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarining tadqiq etilish holati
haqida ba’zi xulosalarga keldi.

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Yarashev Bobomurod Chalgashevich

“Mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solish”

mavzusidagi dissertatsiya ishida

ish beruvchi lokal huquq ijodkorligining asosiy subyekti hisoblanishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, olim fikricha ish beruvchi o‘z vakolati doirasida lokal normativ hujjatlarni qabul
qilishi mumkin bo’lib, mehnat qonunchiligida bevosita ko‘zda tutilmagan lokal hujjatlar to‘liq
ish beruvchi irodasiga bog‘liq bo‘ladi [1].


background image

25

B.Yarashevga fikricha lokal huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mehnat munosabatlarini

tartibga solishga oid qonun hujjatlarining faol ishlashini ta’minlashda ko‘maklashadi.

Amaliyotda ko‘p hollarda ichki mehnat tartibi qoidalarining belgilangan tarzda

rasmiylashtirilmaganligining guvohi bo‘lamiz. Korxona rahbarlari ichki mehnat tartibi
qoidalarini yakka tartibda tasdiqlagani xolatlari ham uchrab turadi. Mazkur holat lokal
normativ hujjatning shunchaki noto‘g‘ri rasmiylashtirilibgina qolishini anglatmay, kelgusida u
bilan bog‘liq qarorlarning noqonuniy deb topilishiga asos bo‘ladi. Bundan tashqari xodimning
ahvolini yomonlashtiruvchi holatlar o‘z-o‘zidan haqiqiy sanalmagani singari lokal hujjat
sifatida ichki mehnat tartibi qoidalari javobgarlikni belgilash masalasida qonunchilikda
o‘rnatilgan chegaradan chetga chiqmasligi lozim. Aks holda ichki mehnat tartibi qoidalari o‘z
normativ ahamiyatini yo‘qotadi.

Mehnat kodeksining 12-moddasida mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar sifatida:

jamoa kelishuvlari; jamoa shartnomalari; ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi
bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar; ichki hujjatlar, shu jumladan ish
beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy
hujjatlardan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan. Biroq, Mehnat kodeksining biror qismida lokal
normativ hujjatlar tushunchasiga duch kelmaysiz. Bugungi kunda lokal normativ hujjatlar
tushunchasi norasmiy tilda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni anglatadi.

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Maxamatov Maxmud Maxamataminovich

“O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-
huquqiy asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasida yurtimizda mehnat sohasidagi ijtimoiy
sheriklik munosabatlari va uning taraflari haqida muhim fikrlarni ilgari suradi [2].

Ushbu tadqiqotda olim XMT faoliyati mohiyatini tashkil etuvchi

tripartizm prinsipi

asosida hamkorlik olib boruvchi tuzilmalar: hukumat, xodimlar va ish beruvchilarning
vakilligi XMT amaliyotida ijtimoiy sheriklik termini bilan qo‘llanishini ma’lum qiladi.

M.Maxamatov O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan

hamkorligining asosiy shakllari ham rivojlanish bosqichlari kabi bir xilda kechmaganligiga
e’tiborni qaratadi. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasining 2004-2012-yillarda Xalqaro mehnat
konferensiyasida to‘liq tarkibda ishtirok etmaganligini XMT Ustavidagi tripartizmni
ta’minlash majburiyatining buzilishi sifatida baholaydi.

Tadqiqotchi 2014-yilda qabul qilingan munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturining

o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligining asosiy sababi uning ijro mexanizmi ishlab
chiqilmaganligida deb hisoblaydi.

Shuningdek, XMTning tripartizm prinsipiga asoslanganligidan kelib chiqqan holda

O‘zbekistonda ham mazkur qoida va uning amaliy ifodasi bo‘lgan mehnat munosabatlaridagi
ijtimoiy sheriklikni to‘la joriy etish lozim. Chunki, bugungi kunda yurtimizda

ish beruvchilar

vakilligini

ifodalovchi bir necha tuzilmalar faoliyat olib borayotgan bo‘lsada, xalqaro

maydonda faqatgina

Savdo-sanoat palatasi

ishtirok etib kelmoqda. Biroq ushbu tuzilmaning

vazifalari ijtimoiy-mehnat masalalarini qamrab olmagan hisoblanadi. To‘laqonli ish
beruvchilar tashkilotining tashkil etilishi mehnat munosabatlarida ijtimoiy muloqotni
rivojlantirishga xizmat qilib, ularni kasaba uyushmalarining haqiqiy ijtimoiy mehnat
munosabatlaridagi sherigiga aylantiradi.

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasiga

asosan, Palataga a’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ixtiyoriy,


background image

26

boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun esa majburiy ekanligi belgilangan. Ushbu modda
XMTning ixtiyoriylik prinsipiga zid bo’lib, shu sababdan bugungi kunga qadar tashkilotning
xalqaro darajada O’zbekiston ish beruvchilar vakili sifatida to’laqonli e’tirof
etilmayotganligining asosiy sabablaridan biridir.

M.Maxamatov fikricha, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi Qonun va

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi nizomning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Palata
amalda ish beruvchilarning vakilligini olib borsada, biroq yuqoridagi normativ hujjatlarda
Palata ish beruvchilarning vakillik organi bo‘lib hisoblanishi masalasi nazarda tutilmagan,
qolaversa Palata tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarinigina o‘zida birlashtiruvchi nodavlat
notijorat tashkilotidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, Palataga a’zolikning majburiyligi “Nodavlat-notijorat

tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasida belgilangan “Nodavlat notijorat tashkiloti
— jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan

ixtiyoriylik asosida

tashkil etilgan,

daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan
daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi
boshqarish tashkilotidir” degan qoidaga zid kelayotganligi qonunchilikni qo’llash amaliyotida
tushunmovchiliklarga sabab bo’ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 19-moddasiga muvofiq, mulkchilik shaklidan

va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, tashkilotlar va ularning filiallari, bo’linmalari va
vakolatxonalari ish beruvchilar sifatida faoliyat yuritishi mumkin bo’lib, Savdo-sanoat
palatasining asosiy maqsadi Qonuning 3-moddasida tadbirkorlik subyektlarining samarali
faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashi ekani aytiladi. Ya’ni mehnat qonunchiligiga ko’ra ish
beruvchilar birlashmalari tushunchasi faqat xususiy subyektlarni emas, aksincha, davlat
ulushi mavjud bo’lgan tashkilotlardagi ish beruvchilarni ham qamrab olishi lozim.

Ushbu masalada tadqiqotchi rivojlangan xorijiy mamlakatlardan Janubiy Koreya

Respublikasi tajribasini o‘rgangan holda Savdo-sanoat palatasi tomonidan ish beruvchilarning
vakilligini yanada samarali amalga oshirish maqsadida bir qancha muhim takliflarni ilgari
suradi.

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Raximov Miryoqub Aktamovich

“Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil)” mavzusidagi
dissertatsiyasida ijtimoiy sheriklikda xodimlar huquqlarini himoya qilish bo’yicha bir qancha
muhim fikrlarni bildirib o’tadi [3].

M.Raximovga ko’ra, mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarni ta’minlashda mehnat

huquqlarini sud orqali himoya qilish eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, hozirgi vaqtda yurtimizda
mediatsiya va mehnat arbitraji kabi xodimlarni himoya qilish shakllari yetarlicha
ommalashmagan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan
Mehnat kodeksi VII bo’lim, 34-bob, 6-paragrafi “Jamoaviy mehnat nizolari” deb nomlanib,
jamoaviy mehnat nizolarini sudgacha hal etish tartibini belgilab beradi. Ushbu paragraf
qoidalarining amaliyotga yanada kengroq joriy etilishi xodimlarning mehnat huquqlarini
himoya qilishga ko’proq hissa qo’shadi.

Bundan tashqari olim M.Raximov O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual

kodeksining 270-moddasini quyidagi «Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor
qilingan yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga
tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud o‘z tashabbusi bilan xodimlarning vakillik organini


background image

27

ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi shart» mazmundagi normani kiritish taklifini ilgari
suradi.

Biroq o’rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga

yuqoridagi taklif asosida o’zgartirish kiritilmaganligi ma’lum bo’ldi. Taklifning qabul qilinishi
mehnat nizolarini ko’rib chiqish jarayonida kasaba uyushmalarining majburiy jalb etilishi
ijtimoiy sheriklik prinsiplarining amaliyotga joriy etilishida muhim jihat bo’lib xizmat qilgan
bo’lar edi.

Shuningdek, olim O‘zbekiston Respublikasining ITUC Global Rights Index, The Labour

Rights Index, OECD Indicators of Employment Protection kabi xodimlar mehnat huquqlari
himoyasining ta’minlanganlik darajasini tahlil qiluvchi nufuzli xalqaro reyting va indekslarda
ishtirokini ta’minlashni taklif qilgan. Biroq dissertant tomonidan o’rganish davomida
O’zbekiston faqat The Labour Rights Index platformasida ishtirok etadi, xolos.

Boshqa shu kabi indeks va saytlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz mehnat

qonunchiligida sodir bo’layotgan o’zgarishlar hamda ularning mehnat munosabatlariga ijobiy
ta’siri xalqaro maydonda aniq va yaqqol namoyon bo’ladi.

Tadqiqotchi tomonidan jamoalarga doir mehnat nizolarini ko‘rib chiqish sohasidagi sud

amaliyotini umumlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
«Jamoalarga doir mehnat nizolarini tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida»gi
qarorini qabul qilish taklifi hanuzgacha amaliyotga tadbiq etilmaganligi ma’lum bo’ldi.

Yuridik fanlar doktori (DSc)

Ismoilov Shuhratjon Abdusaminovich

tomonidan 2020-

yil himoya qilingan “Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning
xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi asosan ayrim toifadagi xodimlarning yakka
tartibdagi mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan bo’lib, ijtimoiy sheriklik
munosabatlarini tartibga solish, jamoaviy mehnat nizolari masalalariga asosiy e’tibor
qaratilmagan [4].

Bundan tashqari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Rahimqulova Lola

Ulug‘muradovna

tomonidan o’rganilgan “Yakka mehnat nizolarini ko‘rib hal qilish tartibi”

mavzusidagi dissertatsiyasida xodimlar tomonidan o‘z mehnat huquqlarini himoya qilishga
bo‘lgan intilishning ortishi, xodimlarni jamoa shartnomalari bilan qamrab olish darajasining
sezilarli pasayishi, shuningdek ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomalarini bekor
qilish xavfining yuqoriligi qayd etiladi [5].

Olim tomonidan tadqiqot ishida “Mehnat nizolari komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy

Nizom”ni ishlab chiqish va unda mehnat nizolari komissiyasi faoliyatiga oid barcha
protsessual qoidalar o‘rin egallashi lozimligi asoslab beriladi.

Ma’lum bo’ldiki ushbu taklif bugungi kunda qonunchilikda aks etmagan. Dissertant

fikricha esa bu kabi Nizomni ishlab chiqish uchun hozirda zaruriyat mavjud emas. Chunki
yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 34-bobining tegishli paragraflarida bu kabi komissiyalarni
tashkil etish va qaror qabul qilish tartib-taomillari to’liq aks ettirilgan. Buning o’rniga
jamoaviy mehnat nizolarini to’liq tartibga soluvchi “Jamoaviy mehnat nizolarini hal etish
to‘g‘risidagi Nizom” loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, umumiy yurisdiksiya sudlarida mehnat nizolarini ko‘rib hal etishga oid

mehnat qonunchiligining sud amaliyotida to‘g‘ri va bir xilda talqin etilishi hamda
qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Mehnat
nizolarini sudlar tomonidan ko‘rib hal etishda qonunchilikni qo‘llash to‘g‘risida»gi qarorini


background image

28

ishlab chiqish taklif etilgan. Biroq ushbu taklifdan qonunchilik amaliyotida hali
foydalanilmaganligi o’rganildi.

Shuningdek, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Rasulov Jurabek

Abdusamievich

tomonidan himoya qilingan “Majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha xalqaro

standartlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari”
mavzusidagi dissertatsiyaviy tadqiqot ishida berilgan takliflarning inobatga olinishi natijasida
amaldagi Mehnat kodeksining 5-moddasida majburiy mehnat sifatida baholanmaydigan ishlar
ro’yxati to’liq ko’rsatib o’tilgan [6].

Olim hashar tushunchasiga quyidagi ta’rifni beradi: “Hashar – obodonlashtirish,

ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish maqsadida jamoa a’zolarining o‘zlari
mansub bo‘lgan jamoaning, shu jumladan mehnat jamoasining ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan
ishni bajarishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya
qilingan holda beg‘araz va ixtiyoriy tarzdagi ishtiroki”. Lokal normativ hujjatlarga ushbu
tushunchaning kiritilishi kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini oladi.

Dissertatsiya ishida olim O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan majburiy mehnatga

qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha institutsional mexanizmlarni uch turga bo‘lish
mumkinligi ta’kidlaydi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama
komissiyasi, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari bular ichida asosiy institutlar
sifatida e’tirof etiladi.

Jahon tajribasida ham uch tomonlama hamkorlik yaxshi tashkil etilgan mamlakatlarda

majburiy mehnatga jalb etish holatlari deyarli uchramaydi.

Tadqiqotchi O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga qarshi kurashda milliy

monitoring tizimi, xususan, XMTning mutaxassislar va huquq himoyachilari tomonidan olib
boriladigan “uchinchi tomon monitoringi” va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga
oshiriladigan jamoatchilik monitoring faoliyatini yanada kengaytirish zaruriyatini asoslab
beradi.

XULOSA

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga solish dolzarb

masalalardan biri bo‘lib, u davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni muvozanatli holda yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston qonunchiligida bu borada muayyan asosiy me’yorlar mavjud bo‘lsa-da,

amaliyotda hali ham ayrim muammolar uchraydi. Jumladan: ijtimoiy sheriklik tizimi
rivojlangan bo‘lsa-da, uning samaradorligini oshirish uchun yangi yondashuvlarga ehtiyojning
mavjudligi; ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf
etishning samarali mexanizmlari yetarli emasligi; xodimlar huquqlarini himoya qilish va
ularning manfaatlarini ilgari surish tizimi ba’zan davlat aralashuvisiz yetarli darajada foyda
bermasligi.

Ijtimoiy sheriklik munosabatlarini tartibga solishda quyidagi usullar va vositalarni joriy

etish maqsadga muvofiq:

1.

Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha mustaqil monitoring tizimini yaratish - ish beruvchi va

xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni oldindan aniqlash va bartaraf etish uchun
mustaqil muassasalar (masalan, Ijtimoiy sheriklikni tahlil qilish markazi) tashkil etish;

2.

Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish - ishchi va ish beruvchilar o‘rtasidagi

kelishmovchiliklarni hal etish uchun onlayn platformalar yaratish;


background image

29

3.

Mehnat nizolarini oldini olish va hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish - kasaba

uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida doimiy maslahatlashuv mexanizmlarini
kuchaytirish;

4.

Kasaba uyushmalarining rolini oshirish – raqobatchi Respublika kasaba uyushmalari

tashkilotlarining tashkil etilishiga imkoniyat yaratish;

5.

Huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash - ijtimoiy sheriklik bo‘yicha qonunchilik

bazasini xalqaro standartlarga moslashtirish.

Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik

munosabatlarini samarali tartibga solish, mehnat nizolarining oldini olish va ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

B.CH.Yarashev - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Mehnat munosabatlarini

lokal huquqiy tartibga solish”. JXU. Toshkent. 2022.
2.

M.M.Maxamatov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “O‘zbekiston

Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari”.
Toshkent. 2019;
3.

M.A.Raximov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Xodimlarning mehnat

huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil)”. Toshkent. 2021;
4.

Sh.A.Ismoilov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor (DSc) “Ayrim toifadagi

xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari” Toshkent. 2020;
5.

L.U.Rahimqulova - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Yakka mehnat

nizolarini ko‘rib hal qilish tartibi”. Toshkent. 2021;
6.

J.A.Rasulov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Majburiy mehnatni tugatish

bo‘yicha xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga implementatsiya
qilish masalalari”. Toshkent. 2021.

Библиографические ссылки

B.CH.Yarashev - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solish”. JXU. Toshkent. 2022.

M.M.Maxamatov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari”. Toshkent. 2019;

M.A.Raximov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil)”. Toshkent. 2021;

Sh.A.Ismoilov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor (DSc) “Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari” Toshkent. 2020;

L.U.Rahimqulova - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Yakka mehnat nizolarini ko‘rib hal qilish tartibi”. Toshkent. 2021;

J.A.Rasulov - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari”. Toshkent. 2021.