Авторы

  • Munira Shodmonova
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112986

Аннотация

Uzluksiz ta'limning an'anaviy va masofadan o‘qitish turlari mavjud bo‘lib, masofadan o‘qitishda o‘qituvchilar ishdan ajralmagan holda, yo‘lga vaqt va sarf-xarajat qilmasdan, maoshni yo‘qotmasdan turib ma'ruzalarni o‘ziga qulay paytda o‘zlashtiradi.


background image

13

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA

TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Shodmonova Munira Burxonovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi dotsenti, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734535

Uzluksiz ta'limning an'anaviy va masofadan o‘qitish turlari mavjud bo‘lib, masofadan

o‘qitishda o‘qituvchilar ishdan ajralmagan holda, yo‘lga vaqt va sarf-xarajat qilmasdan,
maoshni yo‘qotmasdan turib ma'ruzalarni o‘ziga qulay paytda o‘zlashtiradi.

Masofadan o‘qitishning turli tashkiliy-texnik variantlari – maxsus saytlar orqali,

televideokonferensiya yoki seminar ko‘rinishida olib boriladi. Hozirgi kunda ushbu uslubning
tarafdorlari ortib bormoqda.

Malaka oshirishning an'anaviy turi kabi masofaviy shakli bo‘yicha ham ta'lim dasturlari

Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat
talablari asosida ishlab chiqilib, Internet-texnologiyalarni qo‘llagan holda qayta aloqa uslubi
bilan ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, psixologiya va pedagogika bo‘yicha bilimlar, mutaxassislik
fanlarini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog‘lash,
tinglovchilarga zarur uslubiy yordam ko‘rsatish, yakka tartibdagi mashg‘ulotni bajarish
yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash tyutorlar tomonidan
amalga oshiriladi.

Masofaviy ta'limning afzalligi va kamchiliklari xususida fikr yuritish jarayonida uning

metodik, iqtisodiy, sotsial jihatdan qulayligini e'tirof etish lozim. Xususan, metodik tomondan
quyidagi jihatlarni yoritish mumkin:

-

dars jadvalining qulayligi, tinglovchi o‘ziga ma'qul bo‘lgan vaqtda o‘quv jarayoniga

qatnashishi mumkinligi;

-

qulay foydalanish manzillariga egaligi: internet kafe, uy, mehmonxona, ish joyi va shu

kabi;

-

qulay o‘qish tempi: ta'lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o‘tkaziladi.

-

qulay o‘quv reja: o‘quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos

holatda ehtiyojga asoslanib tashkil qilish mumkinligi;

-

ma'lumotlar bazasining to‘planishi, oldingi o‘qigan tinglovchilar bilimlarini to‘plash va

undan foydalanish imkoniyati.

-

ko‘rgazmali qulayliklari, multimedia imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati;

-

malakali o‘qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.

Iqtisodiy jihatdan afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

-

cheksiz masofada ta'lim berish: ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o‘rtasidagi masofaning

ahamiyatsizligi;

-

ish jarayoniga xalaqit bermasligi: tinglovchi ishdan ajralmagan holda ta'lim oladi;

-

ta'lim oluvchilar sonining oshib borishi:

-

narxi: masofaviy ta'lim kurslari oddiy kurslarga qaraganda 2 va 3 barobar arzon, chunki

tinglovchilar sonining oshishi bilan o‘qish narxi pasayadi, tinglovchilar uchun auditoriyalar,
yotokxonalar zarur emas.

Sotsial yutuqlariga ijtimoiy guruhlarga ajratishning yo‘qligi: markazdan uzoqda, kam


background image

14

o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi, jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, erkin ko‘chib yurishi
cheklangan shaxslar va boshqalar qatnashishi mumkinligi kiritish mumkinligi qayd etish
mumkin.

Ushbu malaka oshirish shaklining ko‘plab afzallik tomonlari borligi ayonlashdi, ammo uni

amalga oshirish jarayonida muammolar ham mavjudligiga ham e'tibor qaratish lozim:

-

elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlariga ishonchsizlik;

-

virtual muhit va texnik ta'minot bilan bog‘liqligi: masofaviy ta'lim uchun internet

borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion
texnikalar mavjudligi va ularning ishlash imkoniyatlari;

-

ta'lim muassalarining, xususan, ta'lim jarayoni ishtirokchilarining kompyuter bilan

to‘liq ta'minlanmaganligi;

-

o‘quv materiallarini ishlab chiqish uchun yetarli darajada salohiyatga ega soha

mutaxassislarining jalb etilmaganligi;

-

kurs tinglovchilari uchun beriladigan topshiriqlarda mustaqil fikrlash jarayoni

kompyuterning texnik imkoniyatlari bilan chegaralanganligi;

-

topshiriqlar nazoratini amalga oshirish «shablon»ga tushib qolganligi kabi.

O‘quv jarayoninin tashkil qilishda esa, albatta, quyidagi qadamlarni bajarish zarur

bo‘ladi:

kurs maqsadlarini aniqlash: qaysi mavzu (yoki fan)larni o‘rganishga ehtiyoj bor, qanday

va kimlar uchun o‘qitish;

o‘qitish metodlarini tanlash, o‘quv jarayonida bilimlar va ko‘nikmalar darajasini

diagnostikasini: tekshirish manbalari va usullarini aniqlash;

o‘quv materiali uchun metodik talablarni ishlab chiqish, yangi bilimlarni berish usullari

va hajmini aniqlash;

dars jadvalini ishlab chiqish: butun kursni bir nechta modullarga bo‘lish, har bir modul

yakunlanganidan keyin tinglovchi egallaydigan bilimlarni aniqlash.

o‘quv jarayoni monitoringni olib borish;

nazorat jarayonlarini rejalashtirish;

tinglovchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish,

o‘quv jarayoni natijalarini prognozlash;

natijalarni aniqlash va tahlil qilish.

Masofadan o‘qitishda asosiy e'tiborni o‘quv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish

darkor. Chunki o‘quv uslubiy materiallarning sifati, masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy
omillaridan biridir. O‘quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, u o‘quvchiga
shunchalik foydali bo‘ladi. Ya'ni material uslubiy jixatdan puxta bo‘lmog‘i zarur.

Masofali ta'limda yuqori faollikni elektron darslik va qo‘llanmalar ta'minlashi kerak. Ular

tinglovchilar uchun ta'lim berish tizimi vazifasini bajarishi zarur. Har bir fanga mo‘ljallangan
kurslar uchta (eng kamida): ta'limiy, mashqli va nazorat qilish kabi asosiy qismlarga ega bo‘lishi
talab etiladi.

Masofali ta'lim ishtirokchilaridan ma'lum bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash talab

etiladi. Mazkur bilimlarni berish uchun kursni yaratgan o‘qituvchiga ham ma'lum talablar
qo‘yiladi. Uni shartli holatda to‘rt qismga bo‘lish mumkin:
1. O‘qituvchining ta'limda yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va


background image

15

ko‘nikmalari:
-

shaxsiy kompyuter va ularning tashqi qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilish;

-

zamonaviy dasturiy ta'minotni egallash;

-

internet tarmog‘ida ishlashning asosiy tamoyillari va dasturiy ta'minotini egallash;

-

ta'limda yangi axborot texnologiyalarining vositalarini foydalanish muammosi bo‘yicha

materiallar va ilmiy adabiyotlarni bilish;
-

olingan ma'lumotlarni hal qilinayotgan masala: ona tili va adabiyot o‘qituvchisi faoliyatini

takomillashtirish hamda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ma'naviyatini
shakllantirish, mustaqil fikrlashga yo‘naltirish ishlarida qo‘llay olishga imkon yaratish.
2. O‘qituvchilarning internet texnologiyalari sohasidagi maxsus bilim va ko‘nikmalari:

-

telekommunikatsiya tizimlari asosiy shakllari va umumiy ishlash tamoyillarini bilish;

-

foydalanuvchilarni internetga turli darajada kiritish xususiyatlarini tushunish;

-

videoanjumanlar tashkil etish va o‘tkazish xususiyatlarini bilish;

-

telekommunikatsiya muomalasi (etika)ni bilish;

-

boshqa foydalanuvchilar bilan axborot almashish uchun telekommunikatsiyaning turli

vositalaridan foydalana olish;

-

tarmoqning axborot ashyolari bilan ishlay olish;

-

masofali o‘qitish kurslarini yaratish uchun dasturiy vositalarni foydalanish

xususiyatlarini tushuna olish;

-

elektron pochta bilan ishlay olish;

-

tarmoq orqali foydalanuvchilar bilan muloqot qila olish;

- tayyorlangan amaliy ishlarini tarmoq dasturlaridan foydalangan holda uzatish uchun
tayyorlay olish.
3. O‘qituvchining pedagogika va psixologiya sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
-

masofali o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatida shaxsiy usullarini bilish;

-

masofali o‘qitishda tinglovchilarning faolligini aniqlovchi omillarni bilish;

-

masofali o‘qitishda bilimlarni egallash jarayonining xususiyatlarini bilish;

-

internetning axborot bilish muhitida tinglovchilarning mustaqil ishlashini tashkil etish

xususiyatlarini bilish;

-

masofali ta'lim ishtirokchilari bilan muloqot tashkil etish usullariga ega bo‘lish;

-

o‘quvchilarni psxologik-pedagogik testlardan o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkaza olish;

-

tinglovchining shaxsiy psixologik-pedagogik portretini tuza olish;

-

o‘quv faoliyatning dastlabki bosqichida tinglovchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlay olish;

-

o‘quvchilar psixologik mosliklari tamoyiliga ko‘ra kichik o‘quv guruhlar shakllantira olish;

-

virtual o‘quv guruhi ichida yaxshi psixologik muhit yarata olish;

-

nizoli vaziyatlarning oldini olish.

4. O‘qituvchining yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
-

shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy usullar – hamkorlikda ta'lim olish usuli, loyihalar usuli,

tadqiqot usullari va boshqa usullarni bilish;
-

qo‘llanilayotgan ta'limning kunduzgi (an'anaviy) shaklini internet sharoitiga moslashtira

olish;
- masofadagi o‘quvchilar bilan ishlayotganda ta'limning individual, guruhlarda ishlash


background image

16

shakllarini birlashtira olish;
-

moderator sifatida muayyan mavzuda telekonferensiya tashkil etish va o‘tkaza olish;

-

o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini monitoringini muntazam tashkil etish va tahlil qilish;

-

o‘quvchilar bilimini samarali nazorat qilish tizimini tashkil eta olish.
Mazkur uslubda saboq beruvchi mutaxassislar eng tajribali va tashkilotchi professor-

o‘qituvchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki masofaviy o‘qitish boshqa ta'lim turlaridan
farqli bo‘lib, uning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilimdonligi,
tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi bir paytning o‘zida ham mohir
pedagog, ham dono maslahatchi va ham tajribali boshqaruvchi bo‘lishi kerak.

Qayd etilgan mulohazalarga asosan mazkur muammo yuzasidan quyidagi xulosalarga

kelish mumkin:

Ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining masofadan malaka oshirish kurslari o‘quv reja va

dasturlari an'anaviy malaka oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlariga mutanosib bo‘lishi
lozim.

O‘quv-uslubiy materiallarining mazmuni va dizayni masofadan o‘qitish sifatining eng

asosiy omillaridandir.

Masofaviy o‘qitish shaklidan til va adabiyot o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonida

foydalanish faoliyatda kutilgan natijaga erishishni kafolatlay olmaydi.

Malaka oshirish kurslarida interfaol usuldan foydalanish ona tili va adabiyot o‘qituvchilari

faolligini oshiradi, ularda ta'limni to‘g‘ri, samarali tashkil etish ko‘nikma va malakalarini
shakllantiradi.

Masofadan malaka oshirish kurslaridagi nazorat shakllari, asosan, testlar o‘qituvchining

kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishdagi muhim omillardan ijodiy fikrlash, notiqliy mahoratini
oshirish imkoniyatlari cheklanishiga olib keladi.

Masofaviy ta'limda ishtirok etuvchilar bilan olib borilayotgan ishlarda o‘qituvchining

vazifalari har doim ham sohaning yetarli tajribaga ega mutaxassislari tomonidan olib
borilmaydi.

Hududlardagi texnik muammolarning mavjudligi tinglovchilar tomonidan mavzularning

to‘liq o‘zlashtirilishga imkon bermaydi.

Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat, savol-javoblar an'anaviy ta'lim

orqali malaka oshirish mazkur soha vakillari uchun kutilgan natijani kafolatlaydi.

masofadan malaka oshirish kursiga kelgan o‘qituvchining kompyuter savodxonlik

darajasini aniqlovchi aniq mezon va talablar ishlab chiqilsa masofadan malaka oshirishning
maqsadi to‘la amalga oshishini kafolatlaydi.