Авторы

  • Umidaxon Yuldasheva
    Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.117314

Ключевые слова:

til kompetensiyasi maktabgacha ta'lim ingliz tili o'qitish kommunikativ kompetensiya lingvistik kompetensiya soziolingvistik kompetensiya diskurs kompetensiyasi strategik kompetensiya vazifaga asoslangan o'qitish pedagogik kommunikatsiya professional tayyorgarlik interfaol metodlar ijtimoiy konstruktivizm.

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'rgatishda til kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari va amaliy ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi kompetensiyaga asoslangan yondashuvning maktabgacha ta'lim sohasidagi bo'lajak mutaxassislar tayyorlashdagi rolini aniqlashdan iborat. Til kompetensiyasining to'rt asosiy komponenti - lingvistik, soziolingvistik, diskurs va strategik kompetensiyalar ko'rib chiqilgan. Vazifaga asoslangan o'qitish metodikasi va interfaol yondashuvlarning samaradorligi asoslantirilgan. Natijalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan pedagogik kommunikatsiyada maxsus strategiyalar zarurligini ko'rsatdi.


background image

139

MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILINI

O'RGATISHDA TIL KOMPITENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY

AXAMIYATI

Yuldasheva Umidaxon Maxmudovna

Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti

Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15791329

Annotatsiya:

Maqolada maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'rgatishda

til kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari va amaliy ahamiyati
tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi kompetensiyaga asoslangan yondashuvning maktabgacha
ta'lim sohasidagi bo'lajak mutaxassislar tayyorlashdagi rolini aniqlashdan iborat. Til
kompetensiyasining to'rt asosiy komponenti - lingvistik, soziolingvistik, diskurs va strategik
kompetensiyalar ko'rib chiqilgan. Vazifaga asoslangan o'qitish metodikasi va interfaol
yondashuvlarning samaradorligi asoslantirilgan. Natijalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
pedagogik kommunikatsiyada maxsus strategiyalar zarurligini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar:

til kompetensiyasi, maktabgacha ta'lim, ingliz tili o'qitish, kommunikativ

kompetensiya, lingvistik kompetensiya, soziolingvistik kompetensiya, diskurs kompetensiyasi,
strategik kompetensiya, vazifaga asoslangan o'qitish, pedagogik kommunikatsiya, professional
tayyorgarlik, interfaol metodlar, ijtimoiy konstruktivizm.

Аннотация:

В статье рассматриваются теоретико-методические основы и

практическая значимость формирования языковой компетенции при обучении
английскому языку детей дошкольного возраста. Целью исследования является
определение роли компетентностного подхода в подготовке будущих специалистов в
сфере дошкольного образования. Рассмотрены четыре основных компонента языковой
компетенции

лингвистическая,

социолингвистическая,

дискурсивная

и

стратегическая компетенции. Обоснована эффективность задачных методов обучения и
интерактивных подходов. Полученные результаты свидетельствуют о необходимости
специальных стратегий в педагогическом общении с детьми дошкольного возраста.

Ключевые слова:

языковая компетенция, дошкольное образование, преподавание

английского языка, коммуникативная компетенция, лингвистическая компетенция,
социолингвистическая компетенция, дискурсивная компетенция, стратегическая
компетенция,

обучение

на

основе

задач,

педагогическая

коммуникация,

профессиональная подготовка, интерактивные методы, социальный конструктивизм.

Abstract:

The article examines the theoretical and methodological foundations and

practical significance of the formation of language competence in teaching English to preschool
children. The purpose of the study is to determine the role of the competence-based approach
in the training of future specialists in the field of preschool education. The four main
components of language competence are considered – linguistic, sociolinguistic, discursive and
strategic competence. The effectiveness of task-based teaching methods and interactive
approaches is substantiated. The obtained results indicate the need for special strategies in
pedagogical communication with preschool children.

Key words:

language competence, preschool education, teaching English, communicative

competence, linguistic competence, sociolinguistic competence, discursive competence,
strategic competence, task-based learning, pedagogical communication, professional training,


background image

140

interactive methods, social constructivism.

Mamlakatimizda ingliz tilini o'qitishga qaratilgan diqqat e'tibor oldingi davrlar bilan

solishtirganda ancha yuqori darajaga ko'tarilgan. Respublika ta'lim sohasida chet tillarni
o'rgatish faoliyatida eskirgan o'quv dasturlari o'rniga dunyoning rivojlangan mamlakatlarining
pedagogik tajribalari negizida ta'lim jarayonini modernizatsiyalashga yo'naltirilgan usullar
qo'llanilmoqda. Ta'limda zamonaviy metodologiyalar, innovatsion o'quv dasturlari va natijali
strategiyalar amalga oshirilishi tufayli ingliz tili o'qitish mahoratini yaxshilashga qaratilgan
faoliyatlar davlatimizning taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Ingliz tili oʼqituvchisi faoliyatida
pedagogik metodlarning toʼgʼri va aniq tanlanishi ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu jarayonning
asosiy maqsadi malakali kadrlar va yuqori ixtisoslikka ega mutaxassislar yetishtirishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'rgatishda til kompetensiyasini

rivojlantirishning amaliy ahamiyati

mavzusida zamonaviy ta'limda kompetensiyaga

asoslangan yondashuv hozirgi zamon ta'limining talablariga mos keladigan innovatsion
xususiyatlarga ega bo'lib, yangi avlod fuqarolari va mutaxassislarini shakllantirishda
tarbiyaning muhim vazifasini kuchaytiradi. Kompetensiyaga asoslangan metodologiyani
amalda joriy etish ta'lim sifatini yangilash, ta'lim-tarbiya jarayonlarining o'zaro muvofiqligini
ta'minlashga, shuningdek, insонiy qadriyatlar tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bunday strategiya ta'limni faqat bilim yetkazishning o'ziga cheklamay, balki tarbiyaviy
faoliyatning samaradorligini oshirishga ham yo'naltiriladi. Maktabgacha ta'lim sohasidagi
bo'lajak pedagoglar uchun ingliz tili kompetensiyasini rivojlantirish ularning professional
mahoratini shakllantirish va kelajakda bolalar bilan samarali ish olib borishda muhim asos
yaratadi. Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘rganish jarayonida
kompetentlikni

shakllantirish

o‘qituvchining

o‘z

bilimlari,

ko‘nikmalarini

va

kompetensiyalarini talabalariga etkazish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘qituvchi
faqat ingliz tilining grammatik qoidalarini o‘rgatibgina qolmasdan, balki talabalar bilan
samarali muloqot o‘rnatish, interaktiv va ijodiy faoliyatlarni tashkil etish orqali ularga real
hayotdagi vaziyatlarda tilni to‘g‘ri va samarali ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirishi zarur. Til
kompetensiyasining amaliy ahamiyati maktabgacha ta'lim mutaxassislarining pedagogik
faoliyatini boyitish, zamonaviy metodlardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish va
bolalarning kognitiv rivojlanishiga hissa qo'shishda namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim
sohasida til kompetensiyasining amaliy namoyon bo'lishida pedagogik kommunikatsiyaning
optimallashtirish jarayonida, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash maxsus
kommunikativ strategiyalar va til vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Ingliz tilida
kompetent pedagog bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda,
ikki tilli muhitda samarali pedagogik ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlari til kompetensiyasini rivojlantirishda
maxsus pedagogik yondashuvlarni qo'llashni taqozo etadi. Bu yoshda bolalarning til egallash
jarayoni quyidagi psixologik mexanizmlar orqali amalga oshadi. Til kompetensiyasining
rivojlanishi pedagoglarning metodologik imkoniyatlarini kengaytiradi, professional faoliyat
samaradorligini oshiradi va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga muhim hissa qo'shadi.
Shu bilan birga, bu jarayon maktabgacha ta'lim tizimining zamonaviy talablarga javob berish
qobiliyatini oshiradi va kelajak avlodning global raqobatbardoshligini ta'minlashga yordam
beradi. Ingliz tilini oʼqitishda uzviylik va uzluksizlik tamoyilini joriy etish, taʼlim jarayonida
interfaol metodlarni qoʼllash muhim hisoblanadi va talabalarning auditiv nutqiy koʼnikmalarini


background image

141

rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday jarayonlarda bolalar oʼzi tanlagan kasbini
egallash jarayonidan huzur oladi, uning oʼziga boʼlgan ishonchi ortib boradi, bola bilim olish va
o’yin jarayonidan zerikmaydi, balki rohatlanadi, uning qiziqishi ortib boradi.

Til kompetensiyasi tushunchasi birinchi marta Chomsky tomonidan 1965-yilda kiritilgan

bo'lib, keyinchalik Hymes tomonidan 1972-yilda kommunikativ kompetensiya sifatida
kengaytirilgan. Bugungi kunda til kompetensiyasi quyidagi asosiy komponentlarni o'z ichiga
oladi: lingvistik kompetensiya, soziolingvistik kompetensiya, diskurs kompetensiyasi va
strategik kompetensiya. Kommunikativ kompetensiya nazariyasi zamonaviy til ta'limining
poydevori hisoblanadi. Bachman 1990-yilda taklif etgan til qobiliyati modeli ikki asosiy
komponentni ajratib ko'rsatadi: til bilimi va strategik kompetensiya. Til bilimi o'z navbatida
tashkiliy bilim va pragmatik bilimni o'z ichiga oladi.

Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan

ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi til o'rganishda ijtimoiy o'zaro ta'sirning muhimligini
ta'kidlaydi. Uning "yaqin rivojlanish zonasi" kontseptsiyasi til kompetensiyasini
rivojlantirishda o'qituvchi yordamining ahamiyatini belgilaydi. Kompleks dinamik sistema
nazariyasi til o'rganishni murakkab, dinamik va o'zgaruvchan jarayon sifatida qarashni taklif
etadi. Bu yondashuv individual farqlar va kontekstual omillarning til kompetensiyasi
rivojlanishidagi rolini ta'kidlaydi. Vazifaga asoslangan o'qitish yondashuvi real hayot
vazifalarini o'qitish jarayoniga integratsiya qilishga asoslanadi. Bu yondashuv uchta bosqichni
o'z ichiga oladi: oldindan vazifa, vazifa sikli va til fokusi. Har bir bosqich o'quvchilarning faol
ishtirokini va amaliy til qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Til kompetensiyasining barcha komponentlarini integratsiya qilish va talabalar

ehtiyojlariga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Institutional darajada curriculum dizayni, texnologik infratuzilma, o'qituvchilar

tayyorlash va baholash tizimini takomillashtirish zarurligi ta'kidlanadi. Kompetensiyaga
asoslangan o'quv dasturlari va zamonaviy o'qitish vositalari bilan ta'minlash muhim omillardir.
Siyosat darajasida milliy til ta'limi standartlarini xalqaro standartlarga moslash, til ta'limiga
investitsiyalar, ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
tavsiya etiladi. Til kompetensiyasini rivojlantirish murakkab va ko'p qirrali jarayon bo'lib,
zamonaviy yondashuvlar va strategiyalarni talab qiladi. Integratsiyalashgan, kommunikativ va
texnologiya bilan qo'llab-quvvatlanadigan yondashuvlar eng yuqori samaradorlikka ega ekan.

Kelajakda sun'iy intellekt va til ta'limi, virtual haqiqat va immersiv o'rganish, korpus

lingvistikasi va neyrolingvistik tadqiqotlar yo'nalishlarida ish olib borish maqsadga muvofiq.
Til kompetensiyasini samarali rivojlantirish uchun nazariy bilim, amaliy tajriba va zamonaviy
texnologiyalarni muvofiqlashtirish zarur.Bu maqsadga erishish o'qituvchilar, ta'lim
muassasalari va siyosatchilarning birgalikdagi sa'y-harakatlarini talab qiladi. Faqat bunday
kompleks yondashuv orqali ingliz tili ta'limida sifatli natijalar olish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jalolov J.J. Chеt til o’qitish mеtodikasi: Chеt tillar oliy o’quv yurtlari (fakultеtlari) talabalari

uchun darslik. –T.: O’qituvchi, 2012 y.
2.

Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. “English Language Teaching methodology”. –

T.: 2015.
3.

U.M.Yuldasheva. “Maktabgacha ta’limda chet tillarini o’qitish” Darslik. A.2023

Библиографические ссылки

Jalolov J.J. Chеt til o’qitish mеtodikasi: Chеt tillar oliy o’quv yurtlari (fakultеtlari) talabalari uchun darslik. –T.: O’qituvchi, 2012 y.

Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. “English Language Teaching methodology”. –T.: 2015.

U.M.Yuldasheva. “Maktabgacha ta’limda chet tillarini o’qitish” Darslik. A.2023