129
ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA IBORALARNING
QO’LLANILISHI XUSUSIDA
THE USE OF PHRASES IN THE LYRICAL AND EPIC WORKS OF ALISHER
NAVOI
Tamikayeva Dilafruz Maxmudovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.15782761
Annotation
This article is devoted to the analysis of the features of the use of phraseology in the lyro-
epic works of Alisher Navoi.
On this basis, on the basisof the lyro-epic centuries, the features of the use of phrases were
analyzed to some extent.
Keywords
To speak, to destroy, the state, to sweep the ashes of the night, to go from the world, to
admire, language, to admire the language
Ma’lumki, tilning boshqa vositalari singari frazeologizmlarning ham oddiy, odatdagi
umumtil qo`llanishida shakli ham, mazmuni ham o`zgarmaydi. Lekin taniqli so`z ustalari
frazeologizmlarni ijodiy qo`llab, uni “rivojlantiradilar”, uning uslubiy samaradorligini,
ta’sirchanlik darajasini oshiradilar. Ana shunday hollarda frazeologizmlarning uslubiy
imkoniyatlari bir necha baravar ortadi.
Mana shunday xususiyatlardan Alisher Navoiy juda yaxshi foydalangan. AlisherNavoiy
ibora qo`llashda mumkin qadar bir iborani qayta takroran foydalanmaslikka intilgan. Buning
uchun ulug` shoir ma’no jihatdan bir-biriga yaqin, ma’nodosh iboralardan foydalanishga yoki
o`zi shunday iboralarga ma’no jihatdan yaqin bo`lgan iborani shakllantirish uchun harakat
qilgan. Buni birgina “so`zlamoq, gapirmoq, demoq” ma’nolarini ifodalovchi “so`z demaslik”,
“so`zni band aylamoq”, “so`z ochmoq”, “so`z chashmasin kovish qilmoq” iboralarining
qo`llanilishidan ham sezish mumkin:
Boshin tutub o`ldi bir zamon gech,
So`z demadi yaxshi, yo yomon hech (L.M. 78, b16).
Chun so`zni bu yerga ayladi band,
Tahsin etib o`ldi barcha xursand (L.M. 114, b23)
Sohibi xafaqon kuyov ko` ochti,
Boshidag`i el sari so`z ochti (L.M. 171, b32)
So`z chashmasin ulki qildi kovish,
Bu nav su ayladi tarovish (L.M. 91, 19)
Keltirilgan bu iboralar orasida , ayniqsa, so`nggi “so`z chashmasin kovish qilmoq” iborasi
shoirning frazeologizmlarni shakllantirish va ularni qo`llashdagi novatorligidan,
san’atkorligidan dalolat beradi. Shoir “achchiq til bilan so`zlab, alam yetkazmoq” ma’nosini
ifodalash uchun “toponcha urmoq” iborasini shakllantirgan:
Bu gulga necha taponcha urmoq,
Yaproqlarini uzub sovurmoq (L.M. 184, b34)
Shoir “chiroyli gapirmoq, yaxshi so`zlamoq” ma’nolarini ifodalash uchun “tilni qoyil
etmoq” degan ajoyib iborani qo`llagan:
130
Yuz nuqtaga tilni qoyil etgay,
Shoyad ani uyga moyil etgay (L.M. 142, b28)
Dostonda “til chekmoq” iborasi ham “so`zlamoq, gap eshitmoq” ma’nolarini ifodalash
uchun xizmat qilgan:
Chun yaxshi taammul etti laxte,
Til chekti nechukki sho`rbaxte (L.M. 78, b16)
“Layli va Majnun” dostonida uch komponentli “tun kulini supurmoq”, “ulfat rishtasini
uzmoq”, “hadisi jonbaxs bo`lmoq”, to`rt komponentli “uzlat kamarin beliga cholmoq” singari bir
qancha individual-muallif iboralarni ham Alisher Navoiyning frazeologizm qo`llashdagi o`ziga
xos novatorligi namunasidir:
Tong eli chu tun kulin supurdi,
Mehnat bulutini dog`i surdi (L.M. 37, b9)
Majnunning vahshatlig` eldin ulfat rishtasini uzgani va biyobon vahshiylari bila uns
navosin tuzgani (L.M. 101, b21)
Qadding qilibon havoyi raftor,
Aylarmiz jahon elin giriftor (L.M. 81, b16)
Ul nav g`amingda notavondur,
Kim elga hadisi dostondur (L.M. 57, b8)
Shahkim ichib ul mayi ravonbaxsh,
Bazm ichra bo`lib hadisi jonbaxsh (L.M. 83, b16)
Vahdat guharini eliga olg`an,
Uzlat kamarin beliga cholg`an (L.M. 56,
Shoir o`z dostonida “davlati vasl” va “lazzati vasl” izofalarining o`zaro qofiyadoshligi
ta’sirida ham ta’sirchan iboralarni shakllantirishga muvaffaq bo`lgan:
Majnung`aki etti davlati vasl,
Fahm etmagan erdi lazzati vasl (L.M. 171, b32)
Adabiy tilimizda “o`lmoq, vafot etmoq” ma’nosini ifodalovchi yuzdan ortiq iboralar
mavjud. A.Omonturdiyevning kuzatishlariga qaraganda, “o`lmoq” ma’nosini ifodalovchi
evfemik iboralar qatoriga ajali yetmoq, armon bilan ketmoq, asfalasofilinga ketmoq, bandalikni
bajo keltirmoq singari juda ko`plab turg`in birikmalar kiradi [A.Omon.O`TQEL 98-124]. Alisher
Navoiy xuddi shu ma’noni ifodalash uchun dostonda “jahondin bormoq” iborasidan
foydalanadi. E’tiborli tomoni shundaki, E.Umarov lug`atida xuddi ma’noni ifodalovchi “jahondin
kechmoq” iborasi qayd qilingani holda [108,54], “jahondin bormoq” iborasi o’rin olmagan:
Hajr ichra to`yub ramida jondin,
Armon bilan bordilar jahondin (L.M. 197, b35)
O`zbek tilida “eti suyagiga yopishgan”, “terisi suyagiga yopishgan” iboralari faol qo`llanadi
hamda “haddan tashqari ozg`in, haddan tashqari qotma” ma’nolarini bildiradi [O`TFL, 307].
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida “jildi so`ngaklariga yopishmoq” iborasi xuddi
shu ma’noni ifodalashga xizmat qilgan. Bunday iboraning Alisher Navoiy davrida shakllanishi
bejiz emas, chunki arabcha “jild” so`zi polisematik xarakterga ega bo`lib, uning bir ma’nosi
“biror narsa ustidan kiydiriladigan, qoplab qo`yiladigan g`ilof, teri” bo`lsa [O`TIL,1,278]
eskirgan “so`ngak” so`zi “suyak, ustuxon” ma’nolarini bildiradi:
Qon qo`ymay solga rag`lariga
131
Jildi yopishib so`ngaklariga (L.M. 125, b25)
Shunday qilib, Alisher Navoiy so`z qo`llashda bo`lganidek, yangi iboralarni
shakllantirishda va ularni matn tarkibida qo`llash sohasida ham benazir san’atkor edi. Uning bu
sohadagi xizmatlari prof. E. Umarov tomonidan lirik asrlari misolida ma’lum darajada maxsus
o`rganilgan.[ E.A.Umarov ONFSAN 90-95]. Xuddi shunday ishni shoirning “Xamsa”si
materiallari asosida ham davom ettirish hamda Alisher Navoiy asarlarining to`la frazeologik
lug`atini yaratish tilshunoslik fani oldidagi dolzarb masalalardan biridir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy “Layli va Majnun” // G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi-
Toshkent-2020.
2.
Umarov E. Frazeologicheskaya kontaminatsiya v yazike Alishera Navoi // jurnal
“Sovetskaya tyurkologiya”, 1974,№ 5.-C. 23-27.
3.
Omonturdiyev A. O`zbek tilining qisqacha evfemik lug`ati.-Toshkent: Fan, 2006.-B. 98-124