120
YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA
YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
M.Axmedova
Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabasi.
N.X.Djаlаlovа
Ilmiy raxbar: “Musiqiy tа’lim vа mаdаniyаt” kаfedrаsi o’qituvchisi.
Farg‘ona davlat universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15774654
Annotatsiya:
Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy
dunyoqarashini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka erishish uchun tadbirlarni tashkil etish
va o‘tkazishda tarbiyaviy ta'sirga aloxida e'tibor berish hamda o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayoni
kechishiga undaydigan mexanizmlarni ishga solish lozim. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va o‘zini-
o‘zi tarbiyalashda yoshlarning fazilatlarini rivojlantirish va kundalik odatlarni ijobiy tomonga
o‘zgartirishga undaydigan extiyojlar asosiy mazmun kasb etadi. Bu extiyojlar xaqida so‘z
borganda, milliy, ma'naviy-axloqiy va insonparvar qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashning
ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
Kalit so‘zlar:
ommaviy-madaniy tadbirlar, musiqali dam olish, milliy tarbiya, madaniy-
ma'rifiy muassasalar.
Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy
dunyoqarashini rivojlantirishda tadbirlarni o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda
joylarda yoshlarning imkoniyatlariga qarab, ularni axloqiy tarbiyasiga e'tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta, milliy-ma'naviy qadriyatlarimizdan oqilona foydalanish
orqali amalga oshirish lozim.
Madaniy tadbirlar asosida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarda axloqiy fazilatlar
quyidagi funktsiyalarni bajaradi: yoshlar o‘rtasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashtirish;
yoshlar faoliyatining insonparvar qadriyatlari va mo‘ljallarini belgilab berish; yoshlarni
ijtimoiylashtirishga alo¬xida e'tibor qaratiladi.
Ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda
madaniy tadbirlarni interaktiv tarzda o‘tkazish bilan birga, bu tadbirlarning milliy ruhda
bo‘lishiga aloxida e'tibor qaratish lozim. Shunday qilinganda bu tadbirlar yosharni milliy ruhda
tarbiyalashga xizmat kiladi. Zero, millatni milliy tarbiya shakllantiradi. Milliy tarbiya xalq
ma'naviy tarbiyasining muhim yo‘nalishi hamdir.
Ommaviy-madaniy tadbirlarning muhim vazifalaridan biri jamiyatning barcha sohalarida
yoshlarning faolligini rivojlantirish uchun sharoit yaratishdir. Yoshlarning jamiyatda ijtimoiy
faolligini oshirishda madaniyatning barcha shakl usullaridan, jumladan, musiqali dam olish
dasturlarini tashkil qilish, san'at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish turli xil ommaviy
bayramlarni o‘tkazish orqali amalga oshirish mumkin.
So‘ngi yillarda hukumatimiz tomonidan madaniy-ma'rifiy ishlarga jiddiy e'tibor berila
boshlandi. Bu esa madaniyat xodimlariga bo‘lgan ishonch va munosabatni yanada kuchayishiga
olib keldi. Chunki, ulg‘ayib borayotgan yosh avlodni ma'naviy qashshoqlikdan olib chiqadigan
kadrlar – ilm-fan namoyondalari bilan bir qatorda madaniyat va san'at xodimlaridir.
Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy
dunyoqarashini rivojlantirishda madaniy tadbirlarning yuqori tarbiyaviy ahamiyatga ega
121
bo‘lishi va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun mazkur tadbirlar orqali yangi O‘zbekistonda
bajarishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarga asoslanishi va shu vazifalarni bajarishni maqsad qilib
olishi hamda bunga erishish uchun zarur muhit yaratishi lozim. Buning uchun esa, ommaviy-
madaniy tadbirlarni tashkil qilish orqali yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish va
tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish kerak. Bu esa ularda istiqbolni aniq ko‘ra bilishlarida, unga erishish
yo‘llarini izlab topishlarida, yuksak ideallarga ega bo‘lishlarida yordam beradi.
Yoshlar axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularning
bilimdonligini oshirish maqsadida tarbiyaviy hamda ommaviy-madaniy tadbirlarni uzviy xolda
tashkil qilib, olib borish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, ta'lim muassasalarida olib boriladigan
ommaviy-madaniy tadbirlar aniq maqsadga yo‘naltirilganligi bilan alohida ajralib turishi lozim.
Chunki tashkil qilinadigan mazkur tadbirlar yoshlarning ma'naviy ehtiyoji, jamiyat oldidagi
burchi, ma'naviy dunyoqarashini boyituvchi manba bo‘lmog‘i kerak. Yoshlarni qanday qilib
ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish kerakligini aniq rejalashtirmay turib, bu boradagi
tarbiyaviy ishlarni samarali olib borib bo‘lmaydi. Bu borada ish olib boradigan har bir mas'ul
xodim shu tarbiyaning mohiyati, usullari, shakllari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi zarur.
Ommaviy-ma'naviy tarbirlarning tarbiya jarayonida axloqning burch, vijdon, or-nomus
kabi bir qator kategoriyalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlarning asosida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi,
komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi g‘oyalar
bo‘lishiga ahamiyat berish kerak.
Ommaviy-madaniy tadbirlarning nazariy asoslarini ilmiy tahlil qilish madaniyat sohasida
islohotlar o‘tkazish, mamlakatning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi, jamiyatni
rivojlantirishning maqsad va ahamiyatini anglashga xizmat qiluvchi madaniy muhitda
intellektual va madaniy rivojlangan kadrlarni tayyorlash uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Shuningdek, joylarda ommaviy-madaniy tadbirlarning amalga oshirilishi madaniyatning
ustuvorligiga urg‘u berish orqali jamiyat hayoti sifatining yanada yuqori darajasiga erishish,
xalqimizda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini tarbiyalash, fuqarolarni ahil, ma'naviyatli,
mas'uliyatli, mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantirish, madaniyat sohasidagi
xizmatlar bozorini kengaytirish imkonini beradi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shunday xulosaga kelish mumkin:
Birinchidan, mamlakatda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy tadbirlar shaxsning g‘oyaviy-
siyosiy, ma’naviy-axloqiy, xususan ma'naviy ongi va madaniyati ravnaqiga o‘ziga xos tarzda
ta'sir ko‘rsatadi;
Ikkinchidan, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimi, millatning milliy g‘ururi ob'ektiv shart-
sharoitlar va sub'ektiv omillar o‘zgarishlariga mos ravishda amalga oshadi;
Uchinchidan, ommaviy-madaniy tadbirlarda fuqarolar tomonidan o‘tmish ma'naviy
badiiy merosni o‘zlashtirish, millatning ma'naviy ma'naviy-intellektual salohiyatini oshirish,
jamiyatning taraqqiyot imkoniyatlari, ijodkorning ijod erkinliklario‘z aksini topadi;
To‘rtinchidan, mamlakatda tashkil qilinadigan ommaviy-madaniy tadbirlarda mutafakkir
olimlarning millat manfaatlari yo‘lida qilgan xizmatlari, shuningdek, millatning milliy g‘ururini
shakllantirishga yo‘naltirilgan badiiy ijod merosining tarixi hozirgi davr ma'naviy
taraqqiyotining asosi ekanligi ko‘rsatib beriladi;
Beshinchidan, ommaviy-madaniy tadbirlartarixiy merosni ijodiy rivojlantirish, ularni
zamonaviylashtirish ijodiy faoliyatlarning samaradorligini va istiqbol mo‘ljallarini belgilashda
122
muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilganda, yoshlaraning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirishda madaniy-ma'rifiy
tadbirlar juda muxim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlar oldindan tuzilgan reja va stsenariy asosida,
yoshlarni jalb etgan xolda tayyorlansa va o‘tkazilsa, ularning tarbiyaviy ahamiyati yana ham
yuksak bo‘ladi va bunday ruhdagi madaniy-ma'rifiy tadbirlar - tarbiyaning kuchli vositasi
hisoblanadi. Lekin bunday tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun o‘quv yurtlarining
imkoniyati xar doim ham yetarli bo‘lavermaydi. Shuning uchun madaniy tadbirlarni o‘tkazishda
o‘quv yurtlari va madaniy-ma'rifiy muassasalarning imkoniyatlarini birlashtirish yuqori
samara beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
MavludaNAJMETDINOVA //Общественно-культурные мероприятия теоретические
основы// Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations.
Issue 02(2022). 473-479 стр.
2.
Мавлуда Нажметдинова //Оммавий-маданий тадбирларнинг назарий асослари//
Общество и инновации. 02(2022). 473-479 стр.
3.
Sultonali Mannopov, Mavluda Najmetdinova, Shokhida Ataboeva, Iroda Nazarova,
Jamoldin Mo’ydinov //Analysis of Research on Aesthetic Features of Uzbek Folk Music//
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI). Volume 12, Issue 10, October 2021. 3528-
3533 pages.
4.
М.Нажметдинова, Жўрабоева Хакимахон //МАҚОМ САНЪАТИ ВА УНИНГ ЁШЛАР
МАЪНАВИЙ ДУНЁҚАРАШИГА ТАЪСИРИ// Oriental Renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. 3(2), Feb., 2023. 813-817 pages.
5.
Najmetdinova Mavluda Mamasodiqovna //SPECIFIC FEATURES OF PUBLIC-CULTURAL
EVENTS// International Scientific Journal "Science and Innovation". Series 1. Volume 1. Issue
1. 892-902 pages.
6.
Mavludaxon
Najmetdinova
//YOSHLARNING
ESTETIK
TARBIYASINI
SHAKLLANTIRISHDA – AJDODLAR MEROSINING TUTGAN O’RNI// SCIENCE AND
INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL. VOLUME 1. ISSUE 6. 990-993 pages.
7.
Нажметдинова
Мавлуда
Мамасодиқовна
//ОММАВИЙ-МАДАНИЙ
ТАДБИРЛАРНИНГ ЁШЛАР МАЪНАВИЙ ДУНЁҚАРАШИНИ ЮКСАЛТИРИШДАГИ ЎРНИ//
SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL. VOLUME 1. ISSUE 6. 282-
287 pages.
8.
Турсунова
Лайло
Эргашевна
//ЁШЛАР
МУСИҚА
МАДАНИЯТИНИ
ЮКСАЛТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ОМИЛЛАРИНИ ҲАЁТГА ТАДБИҚ ЭТИШ//
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE. Volume 3. Issue 5,
Part 2. May 2023. 23-34