Авторы

  • Bahora Rahimova
    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 1- kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.117322

Ключевые слова:

konsepsiya shaxs inson evritistik obraz xarakter mifopoetik avtor.

Аннотация

Ushbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kungacha bo‘lgan davrda inson tasnifi asarlarda qay yo‘sinda aks etgani to‘g‘risida fikr yuritiladi.


background image

114

BADIIY ADABIYOTDA INSON KONSEPSIYASINING SHAKLLANISH

BOSQICHLARI

Rahimova Bahora Shuhratjon qizi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 1- kurs tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15770908

Annotatsiya:

Ushbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy

adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim
ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kungacha bo‘lgan davrda inson
tasnifi asarlarda qay yo‘sinda aks etgani to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

konsepsiya, shaxs, inson, evritistik, obraz, xarakter, mifopoetik, avtor.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, adabiyot ham erkin nafas oldi. Ijodkorga erkinlik

berilgach, u turli yo‘nalishlarda turfa xil asarlarning yaratilishi, adabiyotimizni boyitdi. Lekin
asosan insonga uning ruhiyatini tasvirlashga katta e’tibor berildi. Avvalo inson kim deb savol
beraylik, arabchada inson so‘zi unutuvchi degan ma’noni beradi. Inson so‘zini to‘liqroq
anglash uchun bashar ming yillar davomida din, falsafa, tarix, san’at siyosat, ruhshunos,
jamiyatshunoslik kabi sohalar javob izladi. Aristotel inson ijtimoiy hayvon deydi. Lekin uning
yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi uni hayvondan ajratib turadi.

Inson – bu dunyoning aziz – u mukarram xilqati, mavjudotlar ichida sarvaridir. Aqllilik,

ma’naviyat insonga xos eng muhim xususiyatlar bo‘lib ular insonning tarixiy mohiyatidan
kelib chiqadi. Tarixning har bir yangi davri insonning borliqdagi o‘rni, uning maqsad,
vazifalarini to‘liqroq anglashga yordam berdi. Insoniyat o‘zining xulosa va tajribalari bilan
jamiyatni tartibga soladi, qonunlar yaratadi. Insonning aql – zakovati ularning og‘irini yengil
qiladi.

Adabiyotshunoslikda oid asarlarda badiiy adabiyotning bosh vazifasi sifatida bilish

(evritistik) hisoblanadi. ya’ni adabiyot borliqni, undagi voqea – hodisalarni, insonni o‘rganish
asosida shakllangan. “Badiiy adabiyot borliqni obrazlar vositasida badiiy idrok qilish orqali
bizning olam, odam, jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarni boyitadi.” O‘zining bu vazifasini
amalga oshirish uchun adabiyot o‘z oldiga insonni qo‘ydi. Chunki, borliqda inson asosiy
mavqeni egallaydi. Shunday ekan, badiiy adabiyotning ham borliqni idrok etishida inson
obrazini asosiy vosita bo‘lishi ham tabiiydir. Azaldan inson kim savoli adabiyotning
ijodkorning bosh muammosidir. Bu savolga javob izlash, adabiyotda katta ustunlikka ega.
Chunki inson orqali asar shakllanadi. Adabiyot olam, odam munosabatlarning yaxlit modelini
yaratgan holda, turli ijodiy eksperimentlar vositasida savollarga javob izlash, o‘z xulosalarini
tirik obrazlar orqali ko‘rsatish imkoniga ega ekanligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, badiiy
adabiyotning muayyan bir asar, ijodkor yoki davrda insonning olamdagi maqomi, maqsad, va
vazifalari yuzasidan chiqargan yaxlit hukmi inson konsepsiyasidir.

Konsepsiya nima o‘zi? Konsepsiya (lotincha conception – majmua, tizim) -1) biror

sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish anglash va izohlashning
muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2) adabiyotda biror asarning asosiy g‘oyasi.

Adabiyotning evristik funksiyasidan tashqari badiiy – konseptual funksiyasi mavjudligi

sababli inson konsepsiyasining adabiyotda namoyon bo‘lishi tabiiy – qonuniy jaroyon
ekanligidan dalolat beradi. Badiiy adabiyot borliqni, mavjud voqelikni taftish qilish asosida
badiiy konsepsiyani yaratadi. Adabiyotning markazida inson turadi. Badiiy konsepsiyaning
asosini ham inson konsepsiyasi tashkil etadi. Adabiyotshunos Mixail Golberg inson


background image

115

konsepsiyasiga shunday ta’rif beradi: “Inson konsepsiyasi juda ham keng qamrovli tushuncha
bo‘lib, odamning olam va dunyoqarash, mafkura, axloq, estetik aloqalar hamda o‘zaro boshqa
munosabat shakllarining ichki mohiyati majmui sifatida namoyon bo‘ladi.”

Inson konsepsiyasi adabiyotda qanchalik muhim bo‘lmasin, juda kam o‘rganilgan.

Adabiyotshunoslik nazariyasi kitoblarida ham bu tushuncha yo‘q, lekin hozirgi kunda bu
tushunchaga e’tibor berilmoqda. Menimcha oldin e’tibor berilmagani sababi badiiy
konsepsiya ichida inson konsepsiyasi ham kiirganligi uchun bunga ko‘p ham e’tibor
qaratilmagan.

Rus adabiyotshunosligida inson konsepsiyasi atamasini XIX asrning 50 – yillarida

L.Timofeev qo‘llaydi. Shundan so‘ng turli izlanishlarda bu termini ko‘p uchratamiz.
Adabiyotshunos Ye.Gaponning ta’kidlashicha, Timofeevga qadar adabiyotdagi inson
muammosiga “obraz”, “qahramon”, “xarakter” kabi tushunchalar bilan javob izlangan. Ammo
inson konpepsiyasi termini bularga qaraganda keng ma’noni qamrab oladi. Rus
adabiyotshunosi shunday yozadi: “Insonning badiiy konsepsiyasi ma’lum bir adabiy
kontekstda odamni shaxs sifatida tushunish va tasvirlash yo‘lidagi turli tamoyillar, g‘oyalar,
qarashlar majmuyini anglatuvchi tushunchadir. Inson konsepsiyasi yozuvchi ijodiy olaming
mazmuni sifatida faqat asarning emas, balki butun ijodiy yo‘lni va uning turli bosqichlarini
xarakterlovchi, estetik qonuniyatlarini belgilovchi asosdir.” Bundan shunday xulosa qilishimiz
mumkinki, inson konsepsiyasi tushunchasi, ma’lum bir asarni yoki davrni avtorning badiiy –
g‘oyaviy konsepsiyasi bilan bevosita aloqadorlikda baholash imkonini beradi.

O‘zbek adabiyotshunosligida mazkur tushunchaning “inson konsepsiyasi”, insonning

badiiy konsepsiyasi”, “shaxs konsepsiyasi” kabi terminlarini uchratishimiz mumkin. Inson,
shaxs so‘zlari ham bitta ma’noni bersa ham, iste’molda farqlanadi. Odam so‘zi shaxs sifatida
emas, biologik mavjudot sifatida tushunishga odatlanganmiz. U tabiiy fanlarda keng
ishlatiladi. Inson so‘zini esa, shaxs so‘ziga sinosni sifatida, ijtimoiy va jamiyat hodisalarida
keng qo‘llaniladi.

O‘zbek adabiyoti bugungi kunga yetib kelgunga qadar ancha davrni bosib o‘tdi. Bu

davrgacha bo‘lgan adabiyotda inson konsepsiyasi ham turlicha ko‘rinishda ijodkor qarashlari
orqali o‘zgarib bordi. Masalan, mifopoetik - bu davr antik Yunoniston adabiyotida insonni
tabiatning bir bo‘lagi asosida unga qudratli kuchlar namoyon bo‘lgan qahramon sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu davrda inson ongi serqirra ijtimoiy munosabatlar asosida emas,
tabiatning tabiiy hodisalari, tabiiy shart – sharoitlari ta’sirida rivojlangan. Shu sababli inson
o‘zini tabiatning ajralmas qismi sifatida his qilgan. Biz buni xalq og‘zaki ijodi va miflarda
ko‘rishimiz mumkin.

Miflar olamni bilishning asosiy vositasi bo‘lib, qadimgi odamlarning fikrlash tarzi,

dunyoqarashi haqida keng ma’lumot beradi. Tabiatning bir qismi bo‘lgan o‘sha kezlarda inson
atrofdagi narsalarga ham o‘zidan kelib chiqib baho bergan. Ya’ni odamning fikricha atrofdagi
narsalar ham inson kabi fikrlaydi, gapiradi. Mifning fetishizm, animizm va totemizm kabi
turlari bunga misoldir.

Traditsionalizm an’anaviylik ustun bo‘lgan davrda esa ijodkor mavzuni yoritishda

ijtimoiylikdan qochib, olamni diniy – axloqiy mezonlar asosida tushunib, insonni ham dindan
kelib chiqib uning bir qismi sifatida tasvirlay boshlagan. Professor D. Quronov bu to‘g‘risida
shunday yozadi: …garchi mumtoz she’rda ko‘ngil izhori asosan “men” tilidan berilsa – da,
haqiqatda uning ortidan muayyan bir shaxs emas, ko‘proq o‘quvchiga avvaldan tanish lirik


background image

116

subyektlardan biri oshiq, mutafakkir, nosih yo zamonadan kuygan jabrdiyda namoyon
bo‘laveradi. Ayni hol jamiyatda shaxs maqomi kuchaygan shaoitga muvofiq emas.” Bu davrda
ijodkorlar olamni din va axloq mezonlari asosida tushunib insonni ham shu qolipda
tasvirlagan. Uning hayotini ham qat’iy an’analar asosida shakllantirgan. Bu qarashlar asosida
dunyoning o‘tkinchiligi avtor uchun haqiqiy go‘zallik botiniy bo‘lishi, haqiqiy muhabbat esa
ollohga bo‘lgan sevgi ekanligi aks etgan. Shuningdek insonning asl go‘zalligi uning ma’naviy
go’zalligi bo‘lib, real tasvirlardan ko‘ra ideallashtirish kuchli bo‘lgan. Qahramonning
individual qiyofasi eng go‘zal islomiy sifatlar (ilm, odob, ma.rifat, taqvo va b.) orqali
tasvirlangan xolos. Shunday sifatlarga ko‘proq urg‘u berib, real sifatlardan ancha yiroq
tutilgan. Bunday tafakkur va bunday inson tasviri Sharqda G‘arbga qaraganda ancha uzoq
davom etdi. Mumtoz adabiyot an’analari XXasr boshlarigacha davom etgani bizga ma’lum. Bu
davrda esa G‘arb adabiyoti va tafakkuri, ma’rifatchilik, realizm, sentimentalism bosqichlaridan
o‘tib sayqallanib bormoqda edi. Bizda esa bu bosqichlarning ancha kech boshlangani va bir
vaqtda paydo bo‘lishi ijtimoiy shart – sharoit va kommunikatsiyaga bog‘liq. Zero, XX asr
boshlariga kelibgina Turkiston eliga qobiqdan chiqish imkoni berildi.

XX asr boshlarida ijtimoiy – madaniy hayotimizda sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar,

nashriyotning paydo bo‘lishi jadidlar harakatining yuzaga kelishi xorijiy adabiy oqimlarning
ta’siri natijasida realistik asarlar dunyoga keldi. Professor D. Quronov XXasr boshida badiiy
adabiyotda bo‘lgan yangiliklarning bosh omilini shunday izohlaydi: “Hamma gap XX asr
boshlari Turkiston jamiyatida shaxs maqomining o‘zgargani, insonning ijtimoiylashgani.
Sodda qilib aytsak, Turkiston kishisi jamiyatning ahvoli, buguni va ertasi, mavjud holning
sababi – xullas, siyosat haqida bosh qotiradigan bo‘ldi” Rostan ham ijtimoiy hayotda bo‘lgan
o‘zgarishlar ijodkorni uning shaxsini chetdan qochirmaydi. Shunga asosan adabiyotda olam va
odam munosabatlari haqidagi badiiy konsepsiya, inson konsepsiyasining o‘zgarishi,
yangilanishi yangi o‘zbek adabiyotini vujudga keltirdi. Bu bosqicning va davrning asosiy
farqlovchi xususiyati uning realistic tasvirlari va ifodalaridir. Siqiq qolipdan chiqqan
ijodkorlar olamni individual tarzda badiiy mushohada qila boshladilar. Adabiyot esa
voqelikka, ijtimoiy hayotga o‘z e’tiborini qaratdilar. Adabiyotimizda zamonaviy inson
konsepsiyasining asosi deb Cho‘lponning “Qurboni jaholat” “Do‘xtir Muhammadyor”,
Qodiriyning “Juvonboz” “Uloqda” hikoyalari, Hamzaning “Yangi saodat”, Ayniyning “Buxoro
jallodlari” qissalari, “O‘tkan kunlar”, “Kecha va kunduz” romanlari bemalol aytishimiz
mumkin. Bugungi kunda esa inson tasnifi uning ichki dunyosi haqida qator asarlar
yaratilmoqda. Ularadagi realistik, falsafiy mushohadalar inson shxsiyatini ochishga katta
e’tibor qaratmoqda. Har bir asarning asosida inson konsepsiyasi bosh o‘rinni egallaydi. Zero
inson yaratganning tilsimi va mo‘jizasidir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sa’dullo Quronov “Romanda inson” – Andijon – ilmiy bitiklar, 2024.

2.

Dilmurod Quronov Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

3.

Dilmurod Quronov Mutolaa va idrok mashqlari. – Toshkent: Akademnashr, 2013.

4.

w.w.w ziyo.uz

Библиографические ссылки

Sa’dullo Quronov “Romanda inson” – Andijon – ilmiy bitiklar, 2024.

Dilmurod Quronov Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

Dilmurod Quronov Mutolaa va idrok mashqlari. – Toshkent: Akademnashr, 2013.

w.w.w ziyo.uz