78
TOSKANA SHEVASINING ITALYAN ADABIY TILIGA TA’SIRI
Muslima Baxtiyorova
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Tarjimonlik fakulteti, 2-bosqich talabasi
+99897 757 99 49 | muslimabahtierova320@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15755615
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining,
italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lingvistik
adabiyotlarga tayangan holda, Toskana shevasining fonetik, grammatik va leksik
xususiyatlarini o‘rganib chiqib, ularning zamonaviy italyan adabiy tilida qanday namoyon
bo‘lishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, Dante, Petrarka va Bokkachchio kabi adiblar asarlari
orqali bu shevaning butun Italiya bo‘ylab qanday tarqalganini va italyan tilining adabiy
me’yoriga aylanish jarayoni yoritiladi. Maqolada Toskana shevasining italyan madaniy va
lingvistik merosdagi o‘rni, shuningdek, til me’yorlashuvi jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Toskana shevasi, Florensiya lahjasi, italyan adabiy tili, Dante Aligyeri,
Accademia della Crusca, Italiya dialektologiyasi, leksik va fonetik o’zgarishlar.
Kirish.
Italiya o‘zining boy til madaniyati va lingvistik xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Mamlakat bo‘ylab mavjud bo‘lgan o‘nlab dialekt va shevalar uzoq yillar davomida bir-biridan
mustaqil ravishda rivojlangan. Har bir mintaqa o‘zining fonetik, grammatik va leksik
xususiyatlariga ega bo‘lgan mahalliy lahjaga ega. Shunday bo‘lsa-da, bu xilma-xillik ichida
Toskana shevasi, ayniqsa Florensiya lahjasi, alohida ajralib turadi. Aynan shu sheva asosida
zamonaviy standart italyan adabiy tili shakllangan. Toskana shevasining adabiy tilga aylanishi
tasodifiy emas: u soddaligi, fonetik tiniqligi va grammatik barqarorligi bilan boshqa
shevalardan ajralib turgan. Biroq bu til me’yorining shakllanishiga faqat lingvistik
sabablargina emas, balki tarixiy, siyosiy va madaniy omillar ham ta’sir ko‘rsatgan. Xususan,
XIII–XIV asrlarda Florensiya shahrining iqtisodiy va madaniy markaz sifatida yuksalishi,
ushbu hududda faoliyat yuritgan buyuk adiblarning ijodi bilan bevosita bog‘liq. Dante Aligyeri
va Jovanni Bokkachchio o‘z asarlarini xalq tilida — ya’ni Florensiya shevasida yozganlari
tufayli, bu lahja adabiy me’yor darajasiga ko‘tarilgan. Ushbu maqolada Toskana shevasining
zamonaviy italyan adabiy tiliga qanday ta’sir ko‘rsatgani, u qanday fonetik, grammatik va
leksik farqlar bilan ajralib turishi, shuningdek, bu xususiyatlarning adabiy asarlar orqali
qanday namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, tilshunoslikdagi shevashunoslik
konsepsiyalariga tayangan holda Toskana shevasining me’yorlashuvdagi o‘rnini ham yoritadi.
Asosiy qism
Shevashunoslikka umumiy nazar
Shevashunoslik — tilshunoslikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tilda mavjud
bo‘lgan mintaqaviy farqliliklarni, ya’ni dialektlar va shevalarni o‘rganadi. Bu soha fonetik,
leksik, morfologik va sintaktik jihatdan farqlanuvchi til variantlarini aniqlash, tasniflash va
tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Shevashunoslik tilning ijtimoiy, tarixiy va geografik
taraqqiyotini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, ko‘p shevali mamlakatlarda,
masalan Italiyada, bu fan yo‘nalishi til madaniyatini anglashda va adabiy tilning shakllanish
jarayonini izohlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Yevropa tilshunosligida shevashunoslik
XIX asrda fan sifatida shakllangan. Bu yo‘nalishda dastlabki ilmiy asoslarni italyan tilshunosi
Graziadio Isaia Ascoli
qo‘ygan. U 1873-yilda “Archivio Glottologico Italiano” jurnalini tashkil
79
etib, unda Italiya dialektlarini tizimli ravishda o‘rganishga bag‘ishlangan maqolalar chop
etgan. Ascoli birinchi bo‘lib dialektlarni ilmiy asosda tasniflashga harakat qilgan va “lingvistik
izoglossalar” tushunchasini fanga kiritgan. Uning ishlari keyinchalik
Bartoli
,
Tagliavini
,
Devoto
,
Tullio De Mauro
,
Serianni
kabi mashhur italyan tilshunoslari tomonidan davom
ettirilgan.Italiyada shevalarning ko‘pligi, asosan, mamlakatning uzoq vaqt siyosiy jihatdan
parokanda bo‘lganligi bilan izohlanadi. Har bir viloyat, shahar va hatto qishloqda o‘ziga xos til
unsurlari shakllanib borgan. Bu holat Italiya hududida mustaqil dialektlar tizimini vujudga
keltirdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan adabiy til shakllanishi va til me’yorlashuvi zarurati tug‘ildi.
Aynan shunday jarayonda
Toskana shevasi
, xususan
Florensiya lahjasi
asosiy adabiy til
mezoniga aylanish imkonini topdi. Shevashunoslik nafaqat til strukturasi, balki madaniy
meros, ijtimoiy omillar va adabiyot bilan ham chambarchas bog‘liq. Masalan, Dante Aligyeri,
Jovanni Bokkachchio va Franchesko Petrarka kabi adiblarning Florensiya shevasida yozgan
asarlari bu shevaning yuksak adabiy imkoniyatlarga ega ekanini isbotladi va uni boshqa
dialektlar orasida ustun qildi. Shu sababli, Toskana shevasini o‘rganish nafaqat dialektologik,
balki tarixiy-adabiy va madaniy kontekstda ham muhimdir.
Toskana shevasining tarixiy shakllanishi
Toskana shevasi Lotin tilidan rivojlangan roman dialektlaridan biri. Uning ildizlari Rim
imperiyasidan keyingi davrga borib taqaladi. XI–XII asrlarda Florensiya va uning atrofidagi
hududlar iqtisodiy va madaniy yuksalish davrini boshdan kechira boshlashdi. Bu hududda
savdo-sotiq, bank ishi va san’at rivojlandi. Til esa aynan shu ijtimoiy muhitda shakllanib,
o’zining soddaligi, mantiqiy grammatikasi va aniq talaffuzi bilan boshqa dialektlardan ajralib
turdi. O’rta asrlarning oxiridan boshlab esa, Dante Aligyeri, Franchesko Petrarka va Jovanni
Bokkachchio tomonidan yozilgna klassik asarlar tufayki Italiya adabiy tilining asosini tashkil
etdi.
Dante, Petrarka va Bokkachchio merosi
XIV asrda yashagan uch buyuk adib — Dante Aligyeri, Franchesko Petrarka va Jovanni
Bokkachchio — o‘z asarlarini aynan Florensiya shevasida yozgan. Dante o‘zining “Divina
Commedi” asarini xalq tilida yozgan birinchi buyuk adib sifatida tan olingan. Bu asarda
quyidagi adabiy misollar ishlatiladi:
- Toscano: “Nel mezzo del cammin di nostra vita...”
(Shevada “cammino” o‘rniga “cammin” ishlatilgan — qisqartma forma)
- “Per me si va ne la città dolente” (zamonaviy italyan tilida: “nella città dolente”)
- “Lo giorno se n’andava, e l’aere bruno…” (shevada “lo giorno” — zamonaviy tilga xos emas)
Petrarka va Bokkachchioio esa o‘z asarlarida bu shevani adabiy ifodaning yuksak
namunasi sifatida namoyon etgan.
Govanni Bokkachchio “Decameron” da quyidagilarni yozadi:
- Toskano: “E venne a la casa dove la donna stava.”
(Zamonaviy tilda bu “E venne alla casa dove stava la donna.”)
- “Costui disse: – Madonna, io v’ho a dire…” (zamonaviy tilda: “Signora, devo dirvi…”)
- “Poi si levò, e con gran festa mangiarono.” (zamonaviy tilda: “Poi si alzò, e mangiarono
con grande festa.”)
Bu misollar shevadagi sintaktik oddiylik va talaffuzdagi o‘ziga xosliklarni ko‘rsatadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, ularning ishlari nafaqat badiiy, balki tilshunoslik tarixida ham
muhim burilish yasagan. Bu asarlar bilan Florensiya shevasi Italiya bo‘ylab keng tarqaldi.
80
Me’yorlashuv va Accademia della Crusca
1583-yilda tashkil etilgan Accademia della Crusca — dunyodagi eng qadimgi til
akademiyalaridan biri bo‘lib, italyan tilining me’yorlarini belgilashda asosiy rol o‘ynagan.
Akademiya Florensiya shevasini asos qilib olib, grammatik, fonetik va leksik jihatdan yagona
italyan adabiy tilini shakllantirishga hissa qo‘shdi. Ular tomonidan tuzilgan lug‘atlar va ilmiy
ishlanmalar bugungi kungacha italyan tilshunosligining asosini tashkil etadi.
Fonetik va leksik xususiyatlar:
Toskana shevasi fonetik jihatdan oddiy va tushunarli bo‘lib, bu uni boshqa dialektlardan
ajratib turadi. Masalan, Toskana shevasida so‘z boshidagi k va g tovushlari yumshatiladi:
“casa” (uy) va “gente” (odamlar). Bundan tashqari, ushbu shevada 'v' tovushi ba’zan “b” ga
aylanishi mumkin: “avere” (ega bo‘lish) – “abere”. Leksik jihatdan esa Toskana shevasi ko‘plab
standart so‘zlar manbai bo‘lib xizmat qilgan. Quyida esa Toskana shevasi va zamonaviy italyan
adabiy tilining ba’zi farqlari taqqoslangan:
- Fonetik farq:
- Toskana: “la casa” → [la 'ha:za] (h tovushi bilan talaffuz qilinadi)
- Standart italyan tili: “la casa” → [la 'ka:za]
- Leksik farq:
- Toskana: “babbo” (ota)
- Standart italyan tili: “padre
- Grammatik farq:
- Toskana: “noi si va” (biz boramiz - norasmiy forma)
- Standart italyan tili “noi andiamo”
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Toskana shevasi fonetik, leksik va grammatik
jihatdan soddaroq va qulayroq tuzilgan bo‘lib, u adabiyot va kommunikatsiya uchun mos til
shakliga aylangan. Uning talaffuzi yumshoq, so‘z boyligi esa oddiy xalq tiliga yaqin edi. Bu
xususiyatlar uni adabiy til uchun mos bo‘lgan asosga aylantirdi. Dante va boshqa
yozuvchilarning shevani tanlashi esa bu til shaklini tarixiy ahamiyatga ega tilga aylantirdi.
Xulosa
Toskana shevasi, xususan Florensiya lahjasi, italyan adabiy tilining shakllanishida
markaziy o‘rin egallagan. Uning fonetik, leksik va grammatik tuzilishi zamonaviy italyan
tilining me’yorlarini belgilagan. Dante, Petrarka va Bokkachchio kabi adiblarning merosi,
Accademia della Crusca faoliyati, va siyosiy-ijtimoiy omillar tufayli Toskana shevasi butun
Italiya bo‘ylab qabul qilingan yagona adabiy tilga aylandi. Bugungi kunda italyan tili rivojida
Toskana shevasining izi hanuz ko‘rinib turadi. Maqolada bu jarayon tarixiy, adabiy va
lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilindi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Migliorini, B. (1987). Storia della lingua italiana. Sansoni Editore.
2.
Serianni, L. (2005). Italiano. Grammatica, sintassi, dubbi. Garzanti.
3.
De Mauro, T. (1999). Storia linguistica dell’Italia unita. Laterza.
4.
Devoto, G. & Oli, G. (2009). Vocabolario della lingua italiana. Le Monnier.
5.
Marazzini, C. (2001). La lingua italiana: profilo storico. Il Mulino.
81
6.
Tullio De Mauro (2008). La cultura degli italiani. Laterza.
7.
Dante Alighieri. Divina Commedia. Firenze, 1320.
8.
Giovanni Boccaccio. Decameron. Firenze, 1353.
9.
https://ru.m.wikipedia.org/wiki