Авторы

  • Qodirjon Yo’ldashev
    NamMDTU, “bugalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti
  • Xusanboy Qodirov
    NamMDTU “bugalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.120693

Ключевые слова:

kichik biznes davlat-xususiy sheriklik investitsiya infratuzilma texnologiya innovatsiya tadbirkorlik yangi bozorlar ish o‘rinlari iqtisodiy o‘sish konsalting marketing.

Аннотация

Kichik bizneslar uchun davlat va xususiy sektorning hamkorligi orqali moliyaviy, infratuzilma va texnologik yordam olish, yangi bozorlar va imkoniyatlarga yo'l ochish mumkin. Shu orqali, davlat, kichik bizneslar uchun ko'proq investitsiya va resurslarni jalb qilishda yordam beradi, xususiy sektor esa o'z tajribasi va innovatsion yondashuvlarini tatbiq etadi.


background image

16

DAVLAT HUSUSIIY SHERIKCHILIG ASOSIDAKICHIK BIZNES RIVOJLANTRISH

ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОЕ ПАРТНЁРСТВО И РАЗВИТИЕ МАЛОГО

БИЗНЕСА

PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP AND SMALL BUSINESS DEVELOPMENT

Yo’ldashev Qodirjon

NamMDTU, “bugalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti

Qodirov Xusanboy Soxibjon o’gli

NamMDTU “bugalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15833359

Annotatsiya:

Kichik bizneslar uchun davlat va xususiy sektorning hamkorligi orqali

moliyaviy, infratuzilma va texnologik yordam olish, yangi bozorlar va imkoniyatlarga yo'l
ochish mumkin. Shu orqali, davlat, kichik bizneslar uchun ko'proq investitsiya va resurslarni
jalb qilishda yordam beradi, xususiy sektor esa o'z tajribasi va innovatsion yondashuvlarini
tatbiq etadi.

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, davlat-xususiy sheriklik, investitsiya, infratuzilma,

texnologiya, innovatsiya, tadbirkorlik, yangi bozorlar, ish o‘rinlari, iqtisodiy o‘sish, konsalting,
marketing.

Annotation

For small businesses, cooperation between the state and the private sector enables

access to financial, infrastructural, marketing, technological, and consulting support, as well as
opening up new markets, job opportunities, and export potential. In this way, the government
helps promote the development of small and medium enterprises, support entrepreneurship,
improve the investment climate, foster innovation, and stimulate economic growth. The
private sector contributes its expertise, management skills, and innovative approaches.

Keywords:

small business, public-private partnership, investment, infrastructure,

technology, innovation, entrepreneurship, new markets, job creation, economic growth,
consulting, marketing.

Аннотация

Для малого бизнеса сотрудничество государства и частного сектора позволяет

получить финансовую, инфраструктурную, маркетинговую, технологическую и
консалтинговую поддержку, а также открыть новые рынки, рабочие места и
экспортные возможности. Таким образом, государство способствует развитию малого
и среднего бизнеса, поддержке предпринимательства, улучшению инвестиционного
климата, внедрению инноваций и стимулированию экономического роста. Частный
сектор внедряет свой опыт, управленческие навыки и инновационные подходы.

Ключевые слова:

малый бизнес, государственно-частное партнерство,

инвестиции, инфраструктура, технологии, инновации, предпринимательство, новые
рынки, рабочие места, экономический рост, консалтинг, маркетинг.

Adabiyotlar tahlili:

Kichik biznesni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik

(DXSh)ning o‘rni va ahamiyati ilmiy va amaliy manbalarda keng yoritilgan bo‘lib, bu
mexanizmning iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi
samarasi doimiy tahlil qilinib kelinmoqda. Xorijiy adabiyotlarda (OECD, 2021; IFC, 2019)


background image

17

DXSh kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, infratuzilmani
yaxshilash, innovatsiyalarni joriy etish, yangi bozor va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qilishi ta’kidlangan. Jumladan, IFC (Xalqaro moliya korporatsiyasi) tahlillarida
DXShning kichik va o‘rta biznesni (SMEs) qo‘llab-quvvatlashda xususiy sektordan tajriba va
investitsiyalarni, davlatdan esa me’yoriy-huquqiy asos va resurslarni uyg‘unlashtirishi
muvaffaqiyat kaliti sifatida qayd etilgan.Mahalliy manbalarda (Juraev, 2022; Karimov, 2023)
DXShning O‘zbekiston sharoitidagi imkoniyatlari, xususan, soliqqa oid imtiyozlar, davlat
kafolatlari va preferensiyalar orqali kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tajribalari yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi

PP–4502-son qarori

va

2023–2024-yillardagi investitsiya dasturlarida DXSh asosida kichik biznes markazlari tashkil
etish va xususiy sektorga imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti samarali deb baholangan.Ba’zi
tadqiqotchilar (Xusanov, 2021; Tadjibaeva, 2020) esa DXShning kichik biznes uchun risklari –
yuqori xarajatlar, huquqiy tartibga solishdagi noaniqliklar va xususiy sektorning resurs
yetishmovchiligi kabi masalalarni ham tahlil qilib, ularni bartaraf etish yo‘llarini tavsiya
qilganlar.

Natija va tahlil:

Mamlakatimizda kichik biznes subeyktlarini rivojlantisrish yangi

moliyaviy infratuzulmalarni foydalanish, bozorga yangi maxulotlarni ishlab chiqarish va
davlat teng sherikchilik asosida kichik biznes sub’eyktlarini yalpi ichki maxsulotdagi
daromadini ortirish uchun harakat qilmoqda.Kichig biznes va xusuiy tadbirkorlikni
jamiyatning asaosiy bog’iniga aylanib bormoqda. Agar 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki
maxsuloti 30% kichig biznes subeyktlari tomonida ishlab chiqarilgan bolsa, 2010-yil yakunida
bu korsatgich qariyb 53% ga yetgan bu korsatgichlar yildan yilga o’sib borishi natijasida bu
ko’rsatkichlar 2023-yikda mamlakatimiz YAIM umumiy qiymati 1 kvadrilion 66 trilio’n 569
milliard so’mni tashkil etgan bolsa, bunda kichik biznes subeyktkarini ulushi 48,6% tashkil
etganini ko’rsaga boladi.

Bu esa kichik biznesning yangi bosqichlariga chiqish uchun zamin yaratmoqda. Bu

borada ilk qadamlar Prezidentimizning 2011-yil 7-fevraldagi “Kichik biznes va tadbirkorlik
”davlat dasturi qabul qilinishi bilan boshlani, bunga ko’ra Xusuyi tadbirkorlik subeyklari qolab
quvatlash hamda kichik biznesni agrar sektorda rivojlantirish borasida yangiliklar amalga
oshirilmoqda. Agrar sektorlarda kichik biznesni rivojlantirishning eng asosiy maqsadi qishloq
xojaliki maxsulotlarini kopaytirish va qolgan kichik biznes subeyktlarini va tadbirkorlik
faoliatini olib borayotgan korxonalarga maxulotlarni yetkazib berish hamda yangi ish
orinlarini yaratishga qaratilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi asosi qismi agarar sektorlardan tashkil etganin hamda

axolinin asosiy qismini ish bilan taminlanganini nazarda tutgan holda ularning daromad
manbayi bilan taminlash asosiy muammo bolib qolmoda, shu bilan bir qatorda suv resursini
cheklanganligini va yangi texnologiyalarni toliq holatda rivojlanmaganligini ko’rsatadi.

Bunday holatda biz kichik biznes subeyktlariga o’z imkoniyatlaridan kelib chiqan holda

Moliya-kredit va soliq tizimida bir ozgina yangilklar qilishimiz kerag. Bu borada yurtimizda
koplab ishlar amalga oshirilayotganini ham kozda tutish kerak, bunda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24 avgustdagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
yanda rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muxitini shakilantirish doir qo’shimcha chora
tadbirlar to’risida”gi PF-4354-sonli farmoniga muvofiq Xalq banki va mikrokreditbank
tomonida Germaniyaning xalqaro hamkorlik boyicha omonat kassalari jamgarmasi bilan


background image

18

hamkrorlik yolga qoyildi. Bu bilan davlat teng sherikchik yoli bilan juda ham samardor holda
osadi bunday kreditlar ayol-tadbirkorlar uchun berilishi nazarda tutilgan, shuningdek “Tijorat
banklari” tomondan 2011-yildan boshlab kollejni tamomlaga yoshlarga imtiyozliy kreditlar
ajratish yoli bilan yangi ish o’rnini paydo qilish hamda o’z -o’zini band qilishga yo’naltirilgan,
shu holatda davom etib yangi yo’nalish olib keladi. Yani davlat teng sherikchilik qilish, yangi
chet elik invititsiya jalb etish yoki kreditlrni kam foizda berish orqaliy yangi imtiyozlar
beriladi .

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar

sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli qaroriga
muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bu qarorga muofiq yosh tadbirkorlarni qolab quvatlash yangi maxsulotlarni yaratish

import ornini bosuvchi va eksporga yonaltirilgan maxsulotlarni ishlab chiqarish hamda
ishchilar sonining 70%ni yoshlardan tashkil etishga yo’naltirilgan.

Joriy yil davomida mazkur loyhalar doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-

yilning 1-yanvardagi korsatgichkga kora kichik biznes va mikrofirmalar soni 417.1 mingtani
tashkil etadi. Bunda 67.7 mingtasi yangi tashkil etilgan kichik biznes subeyktidir Ularning
ulushi savdoda 38.6% tashkil etgan bolsa, sogliqni saqlash va ijtimoyi hizmatkar 1.7% tashkil
qilmoqda .

Kichik biznes subeyktlarining maxsulot ( ishlar va xizmatlar ) eksporti umumiy eksport

hajmining 30.1%ni tashkil etadi ulushlarning eng yuqorisi bu Surxandaryo viloyati 74.7%
tashkil etgan bolsa eng pasti Navoiy viloyati esa 8.3% tashkil etgan. Bunday jadal surada
o’sish natijasida O’zbekistondagi kichik biznes subeyktlarini ekspordagi ulushi 2.7% ga
o’sgan.

Respublikada tarixan juda qisqa davr ichida erishilgan natijalar amalga oshirilyotgan

iqtisodiy islohotlar va agrar siyosatning har tomonlama izchiliki hamda asoslanganindan
dalolat bermoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy yuksalishida, undagi muhuim
masalalarning o’z yechimini topishida ,eng avvalo, iqtisodiy qonunlarga ustuvorlik belgilash
va jaxon tajribalarini o’rganish natijasida iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy
miqiyoslarning kengaytrish va tadbirkorlikni subyektlarni rivojlantrish yaqol ko’zga
tashlanmoqda.

Bugung kunda jaxondagi kichik biznes va tadbirkorlik subeyklari agrar sektorlarda

faoliyat yuritmoqda, bunday juda ham jadaliki bilan rivojlanayogan davlatlarninng aksariyat
qismida yirik yer egaligiga ega, bu yerlarda kichik biznes va tadbirkorlik subeyklari uchun
malum bir mudatga olish hamda ulardan foydalanish orqaliy asosiy reja yrning daromadini
olis emas balki uundan malum ir davir uchun foyda olishga yonaltirilmoqda .

Bu munosabatlarning ko’zga ko’zga korinadigan hususiyatlari quydagilar.

Haqiqiy qishloq xo’jalik tovarni ishlab chiqaruvchilarning yerga egalik huquqi yoqliki :

Absolyut yer rentasining yer egalariga tegishliy ekanliki :

Yer rentasi shaklida olingan daromadni yer egalari tomonida yerning o’ziga sarf

qilinmasligi:

Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi kichik biznes va tadbirkorlik subeyktlarning

35-40% o’z yerlari malum bir mudatga berilgan. Bunda yangi rivojlanib kelayotgan biznes


background image

19

subeyktlari o’zlari uchun kerak bolgan yerlarin malum bir mudatga olish orqaliy o’z kichik
bizneslarini boshlamoqdalar bu esa foyda olish asosiy maqsad bo’lib qolmoqda. Koplab
rivojlangan davlatlar qatorida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi davlatlar o’z yerlarini
tadbirkorlika asoslangan ijara shakli keng tarqalgan, bunda holda kichik biznes va
tadbirkorik subeyktlari o’z yerlaridan foyda olishga emas balki yerdan foydalanishga
sariflaydar hudi shuningdek yangi tenologiyalardan foydalanib yer unumdorligini oshiradi va
uzoq mudat foydalanisha olib keladi.

Bugungi kundagi bazi kichik biznes subeyklarning ijaraga olish orqaliy o’zlari

foydalanayotgan yerga davlatning soliqlaridan tashqari holda qoshimcha renata to’lashlari
ko’p kichik biznes subeyktlariga ajratilgan imtiyozlar bilan yangi bozor iqtisodiyotga o’tish,
talab bilan taklifning bir xil holatda olib borishga to’siq bo’lib kelmoqda.

Koplab yer egalari ozlarining yerlarini malum bir mudatga yangi kichik biznes

subeyktlariga foydalanishga beradilar, buning natijasida ular yerdan malum bir renata
olishadi. Olingan renatalar yerning o’z egalari tomonida toliq sarf etilmasliki buni natijasida
yerlardagi unumdorlik foizni pasayishiga olib kelmoqda.

Xulosa:

Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmi kichik biznesni rivojlantirishning

samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat va
xususiy sektor resurslari, tajribasi va innovatsiyalarini uyg‘unlashtirish orqali moliyaviy
yordam, infratuzilma, yangi bozor va ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari kengayadi. Shu bilan
birga, DXSh kichik biznes uchun risklarni ham yuzaga keltirishi mumkin, buni oldini olish
uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish, shaffoflikni oshirish va davlat tomonidan
qo‘shimcha kafolatlar berish zarur. Shuningdek, DXShning muvaffaqiyati uchun xususiy
sektorning faol ishtiroki va tashabbuskorligi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda davlatning
asosiy vazifasi — qulay tartibga soluvchi muhit yaratish, iqtisodiy imtiyozlar taqdim etish va
xususiy tashabbuslarni rag‘batlantirishdir.Shu bois, O‘zbekiston sharoitida DXSh asosidagi
loyihalarni amalga oshirish nafaqat kichik biznesni rivojlantirish, balki tadbirkorlik
madaniyatini yuksaltirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va jamiyatda barqaror
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ham muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

C.C.Gulomov Tadbirkorlik va kichik biznes, <<Sharq>> Nashriyot-matba aksiyodarlik

kompaniyasi bosh taxririyati Toshkent-2002, 366 b
2.

U.P.Umurzakov, A,J.Toshboyev. Kichik binznes va tadbirkorlik o’quv qo’lanma. Toshkent

<<Sano-standart>>, 2014, 408 b
3.

OECD. (2021).

Public-Private Partnerships: Supporting SMEs in Emerging Economies.

4.

IFC. (2019).

Leveraging PPPs for SME Development.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PP–4502-son qarori, 21.10.2019.

6.

Juraev A. (2022).

Davlat-xususiy sheriklik asosida kichik biznesni rivojlantirish

mexanizmlari.

Toshkent.

7.

Karimov B. (2023).

Kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va DXSh

imkoniyatlari.

Samarqand.

8.

Xusanov M. (2021).

Davlat-xususiy sheriklikning kichik biznesdagi risklari va ularni


background image

20

boshqarish.

9.

Tadjibaeva L. (2020).

PPPs as a Tool for SME Development: Challenges and Opportunities

in Uzbekistan.

10.

https://www.uzdaily.uz/ru

Библиографические ссылки

C.C.Gulomov Tadbirkorlik va kichik biznes, <> Nashriyot-matba aksiyodarlik kompaniyasi bosh taxririyati Toshkent-2002, 366 b

U.P.Umurzakov, A,J.Toshboyev. Kichik binznes va tadbirkorlik o’quv qo’lanma. Toshkent <>, 2014, 408 b

OECD. (2021). Public-Private Partnerships: Supporting SMEs in Emerging Economies.

IFC. (2019). Leveraging PPPs for SME Development.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PP–4502-son qarori, 21.10.2019.

Juraev A. (2022). Davlat-xususiy sheriklik asosida kichik biznesni rivojlantirish mexanizmlari. Toshkent.

Karimov B. (2023). Kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va DXSh imkoniyatlari. Samarqand.

Xusanov M. (2021). Davlat-xususiy sheriklikning kichik biznesdagi risklari va ularni boshqarish.

Tadjibaeva L. (2020). PPPs as a Tool for SME Development: Challenges and Opportunities in Uzbekistan.