7
YANGI O‘ZBEKISTON VA TURKIYA O‘RTASIDAGI TRANZIT VA LOGISTIKA
HAMKORLIGINING GEOIQTISODIY ISTIQBOLLARI
Quljonov Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tyutori
ixtiyorbaxtiyorovich@gmail.com +998951600095
https://doi.org/10.5281/zenodo.15826214
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tranzit va logistika
hamkorligining rivojlanish dinamikasi va uning geoiqtisodiy istiqbollari tahlil qilinadi. Ikkala
davlatning strategik geografik joylashuvi, Yevroosiyo transport koridorlaridagi o‘rni,
shuningdek, zamonaviy infratuzilma loyihalari kontekstida o‘zaro integratsiya imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi. Maqola "Yangi Ipak yo‘li", "Orta Koridor", Transkaspiy yo‘lagi kabi
tashabbuslarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda Turkiyaning logistik markazga
aylanish strategiyasi bilan uzviy bog‘liqligini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
tranzit-logistika, geoiqtisodiyot, O‘zbekiston, Turkiya, Transkaspiy, Orta
Koridor, infratuzilma, transport diplomatiyasi
Аннотация.
В данной статье анализируется динамика развития транзитно-
логистического сотрудничества Узбекистана и Турции и его геоэкономические
перспективы. Рассматриваются стратегическое географическое положение двух стран,
их роль в евразийских транспортных коридорах, а также возможности взаимной
интеграции в контексте современных инфраструктурных проектов. В статье
подчеркивается влияние таких инициатив, как «Новый Шелковый путь», «Срединный
коридор» и Транскаспийский коридор, на экономику Узбекистана и их неразрывная
связь со стратегией Турции стать логистическим хабом.
Abstract
. This article analyzes the dynamics of the development of transit and logistics
cooperation between Uzbekistan and Turkey and its geoeconomic prospects. The strategic
geographical location of the two countries, their role in the Eurasian transport corridors, as
well as the possibilities of mutual integration in the context of modern infrastructure projects
are considered. The article highlights the impact of initiatives such as the "New Silk Road", the
"Middle Corridor", and the Trans-Caspian Corridor on the economy of Uzbekistan and their
inextricable link with Turkey's strategy as a logistics hub.
Keywords:
transit-logistics, geoeconomics, Uzbekistan, Turkey, Transcaspian, Middle
Corridor, infrastructure, transport diplomacy
Kirish
XXI asrda geoiqtisodiy raqobat markazlaridan biri sifatida Markaziy Osiyo va Yaqin
Sharq mintaqalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tranzit-
logistika sohasidagi hamkorlik bu jarayonning markazida turib, Yevroosiyo transport
tizimining ajralmas qismiga aylanmoqda. Turkiya — Yevropa va Osiyo oralig‘idagi
geostrategik bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoning yuragida
joylashgan muhim tranzit davlat sifatida o‘zaro manfaatli logistik integratsiyani
shakllantirmoqda.
2021-yildan boshlab ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalari yangi bosqichga
ko‘tarildi. Xususan, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagining faollashuvi, Yevropa–Kavkaz–
Osiyo (TRACECA) dasturidagi hamkorlik, Turkiya-Azərbaycan–O‘zbekiston formatidagi uch
8
tomonlama tashabbuslar bu sohadagi yangi istiqbollarni belgilab bermoqda.
NATIJA
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi “yopiq davlat” maqomidan chiqib, turli yo‘nalishlarda
ochilmoqda. Bunda Turkiya bilan tranzit-logistika hamkorligi muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Turkiya esa, o‘z navbatida, Xitoy–Yevropa yuklarining alternativ marshrutlaridan biri sifatida
"O‘rta Koridor"ni ilgari surmoqda.
1
"O‘rta Koridor" (Middle Corridor) tashabbusi — Xitoydan boshlanib, Qozog‘iston,
O‘zbekiston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon va Gruziya orqali Turkiyaga, u yerdan esa Yevropaga
ulanadigan multimodal yo‘ldir. Ushbu yo‘nalish Rossiya orqali o‘tuvchi shimoliy yo‘lga
nisbatan tezroq va siyosiy jihatdan xavfsizroq deb hisoblanadi.
MUHOKAMA
Yuqorida aytib o‘tilganidek bunday yo‘llar paydo bo‘lishi ko‘plab imkoniyatlar yo‘lini
ochadi jumladan:
Buxoro-Turkmanboshi transport uzelini modernizatsiya qilmoqda.
O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron yo‘nalishida yangi tranzit imkoniyatlarini muhokama
O‘zbekiston va Turkiya Logistika infratuzilmasini rivojlantirishda Turkiya logistik
markaz sifatida o‘z hududida 25 dan ortiq logistika markazlarini barpo etdi (Izmit, Istanbul,
Mersin va boshqalar). O‘zbekiston esa Toshkent, Angren va Termiz hududlarida logistika
hublarini rivojlantirmoqda.
O‘zbekistonning “Temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash
dasturi–2030” doirasidagi loyihalar Turkiya bilan integratsiyani tezlashtiradi. Shu jumladan,
“TITR Digital Platform” orqali elektron yuk monitoringi va bojxona axborot almashinuvi
soddalashtirilmoqda.
2
Ikki davlat tranzit diplomatiyasi va institutsional hamkorlik aloqalarida quy
dagilarni ham ko‘rib o‘tishimiz kerak:
2020-yilda O‘zbekiston Turkiya bilan Transport va logistika bo‘yicha Strategik
hamkorlik memorandumini imzolagan.
2022-yil oktabr oyida “O‘zbekiston–Turkiya Yuksak darajadagi strategik hamkorlik
kengashi” doirasida multimodal transport yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul
qilindi.
Bu jarayonlarda logistik diplomatiya vositasi sifatida "Turkiy Davlatlar Tashkiloti" (TDT)
ham muhim rol o‘ynamoqda. TDTning 2022-yil Samarqand sammitida tranzit va bojxona
tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi bu ham ikki davlat o‘rtasidagi
yaqinlashuni yanada mustahkamlaydi.
3
Xulosa
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi transit- logistika hamkorligi faqat ikki davlat
manfaatlariga emas, balki butun Yevroosiyo transport tizimining samaradorligiga xizmat
qiladi. O‘zbekistonning turli yo‘nalishlardagi ochiqlik siyosati va Turkiyaning logistik hub
maqomi ikki tomonlama sheriklikni strategik darajaga olib chiqmoqda.
Bu borada kelajakda:
O‘zbekiston–Kaspiy–Turkiya yo‘lagi
to‘liq multimodal tizimga aylanishi mumkin;
TDT doirasidagi tranzit raqobati
Markaziy Osiyo mamlakatlarini integratsiyalashuvga
1
Akramov, A. (2023).
Eurasian Transport Connectivity and Geopolitical Risks
. Ankara University Press.
2
Ministry of Transport of Uzbekistan (2024).
Transport Sector Development Strategy
. Tashkent
3
Organization of Turkic States (2022).
Samarqand Declaration
. Available at:
9
undaydi;
“Yashil transport” texnologiyalari
ikki davlatning ekologik xavfsizlik bo‘yicha
hamkorligini chuqurlashtiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Akramov A. Eurasian Transport Connectivity and Geopolitical Risks. – Ankara: Ankara
University Press, 2023. – 198 b.
2.
ADB Institute. Unlocking Central Asia’s Transit Potential. – Tokyo: ADBI, 2022. – 156 p. –
URL: https://www.adb.org/publications/central-asia-transport
3.
Ministry of Transport of Uzbekistan. Transport Sector Development Strategy 2020–
2030. – Tashkent, 2024. – 48 b.
4.
Organization of Turkic States. Samarqand Declaration. – 2022. – URL:
https://www.turkkon.org/en/documents
5.
Rzayev R. Middle Corridor as a Strategic Axis in Eurasia. // Journal of Eurasian Studies. –
2022. – №4(2). – B. 33–49.
6.
Türkiye Cumhuriyeti Ulaştırma ve Altyapı Bakanlığı. Lojistik Master Planı 2021. –
Ankara, 2021. – 72 s.