4
TILSHUNOSLIKDA BAXT, EZGULIK, HALOLLIK KONSEPTLARI HAMDA
ULARNI INGLIZ VA O'ZBEK TILIDA IFODALANISHI
G'ulomova Bibi Muxlisa Maxmudjon qizi
Andijon davlat chet tillari instituti XTA 1-bosqich magistranti
E-mail: gulomovamukxlisa@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15826196
Annotatsiya:
Mazkur maqola tilshunoslikda Baxt, Ezgulik, Halollik konseptlari hamda
ularni ingliz va o'zbek tilida ifodalanishiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu maqolada
“Halollik” konseptining ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatidagi o‘xshashlik va farqli jihatlari
ham ochib beriladi. Halollik leksemasining asosiy, muhim xususiyatlarini axloqni tor guruh
manfaatlaridan, g‘oyaviy yoki amaliy fikrlardan, korporativlikdan ustun qo‘yadigan halollik
leksemasini me’yorlarning ob’yektiv mazmunini aks ettiruvchi umuminsoniy tabiati deb atash
kerak.
Kalit so‘zlar:
konsept, halollik, madaniyat, milliy madaniyat, qadriyat,
lingvokulturologiya, ijtimoiy-madaniy voqelik.
Bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, fan va
texnika yutuqlaridan keng foydalanishga asoslanadi. Shu sababli mustaqillikning dastlabki
yillaridayoq respublikamizda fan va ta’lim sohasidagi islohotlarga, yetuk kadrlar tayyorlashga
katta e’tibor qaratilmoqda. Asrlar davomida shakllangan ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimizga
tayangan, bugungi kunda yangi istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga,
bizni umumbashariy ulug’ ma’naviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va
dunyoqarashimiz o‘zbek nutqi madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon
talablariga mos holda o‘rganish barchamiz uchun zarurdir. Biron tilning so‘z tarkibi hali u
tilning to‘liq tarkibini belgilab bermaydi. O‘zlashgan so‘zlar mazkur tilda qurilish manbasi
singari aks etadi. Tilda ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va
bilish bo`yicha ma’lumot almashishidan iborat bo`lgan o`zaro ta’siri -muloqotni
ifodalaydi.Muloqot odobi muammosini milliy xarakter, millatning o‘ziga xos qadriyat, urf-
odatlari, va an’analarini hisobga olmasdan turib, o‘rganish mumkin emas. Chunki muloqot
xulqi millat xarakterining uzviy bir qismi bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.
Bunda hurmat kategoriyasining o‘z o‘rni bor.Y. S. Kubryakovaning fikriga ko‘ra, “konsept”
termini tafakkur, anglash, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash kabi muammolar bilan
shug‘ullanuvchi kognitiv psixologiya hamda kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya fanlari
uchun “soyabon” vazifasini о‘taydi[1]. Barchamizga ma’lumki yaqin yillardan buyon konsept
so‘ziga ham tilshunoslikning alohida o‘rganadigan obyekti sifatida e’tibor qaratilmoqda.
Konsept zamonaviy tilshunoslikdagi lingvomadaniy sohaning birligi hisoblanadi, chunki u til,
jamiyat va uning madaniyati to‘g‘risidagi bilimlarni mujassamlashtiradi. Ushbu tushuncha
tilda madaniyatni aks ettiradi va inson ongida olam tasvirini shakllantiradi. “N.N.
Boldiryevning ta’kidlashicha, “tilda konsept alohida so‘zlar va so‘z birikmalari, frazeologik
birliklar, gaplar va butun matnlar vositasida verballashgan bo‘lishi mumkin” [2]. Bilamizki,
har bir hududning faol qo‘llaniladigan ko‘plab tushunchalar bor. Shu jumladan, ular og‘zaki va
yozma nutqda mavjudligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ushbu maqolada yuqoridagilarga
tayangan holda “Halollik” konseptiga chuqurroq ta’rif berishga harakat qilamiz. Halollik
so‘zining lug‘aviy ma’nosi: Vijdon bilan, insof yuzasidan ish tutish; to‘g‘rilik, soflik. Halollik
5
insonni tarbilayash orqali shakllantiriladigan go‘zal fazilatlarning biridir. Ya’niki to‘g‘ri yo'lda
yurish, o‘zining mehnati bilan kun ko‘rish, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi
munosabatlarning mustahkam bo‘lishi uchun muloqot mobaynida, olib borilayotgan ishlari
davomida rost so‘zlash hamda insof bilan ish ko‘rish nazarda tutiladi. Bundan ko‘rinib
turadiki, “Halollik” konsepti o‘zaro muloqotga kirishgan shaxslar o‘rtasida bir-biriga bo‘lgan
munosabatida asosiy o‘rinni egallab, ular o‘rtasidagi ishonchni ortishini shakllantiradi, o‘zaro
munosabatlarni yaxshilaydi, har qanday faoliyat jarayonida insofli, adolatli bo‘lishga undaydi.
“Halol rizq izlash farz ibodatlardan keyin keladigan farzdir”.
O‘zbek tilida
baxt
so‘zi "inson hayotidagi ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rozi bo‘lish holati"ni
bildiradi. U ko‘pincha quyidagicha qo‘llanadi:
Nominal
: baxt, baxtiyorlik, baxt-saodat
Emotsional
: "Baxtdan boshim osmonga yetdi"[3]
Lingvomadaniy jihatdan esa
Baxt konsepti turli madaniyatlarda turlicha anglanadi.
G‘arbda (ingliz tilida) u
: Happiness
— individual zavq, shaxsiy erkinlik, mustaqillik bilan
bog‘liq. Sharqona (o‘zbek) madaniyatda esa:
Baxt
— oila, sog‘lik, baraka, farzand, iymon kabi
qadriyatlar bilan bog‘liq.
Til birliklarida ifodalanishi:
Frazeologiyalar: “Baxt qushi qo‘ndi”, “Baxt kulib boqdi”
Maqollar: “Baxtni pul bilan sotib bo‘lmaydi”, “Baxtli uyda baraka bo‘ladi”[4]
“Ezgulik” konsepti tilshunoslikda abstrakt tushuncha bo‘lib, ijobiy, axloqiy fazilat
hisoblanadi. Ya’ni insonparvarlik, rahm-shafqat, fidoyilikni o‘zida mujassamlashtiradi.
Pragmatik va madaniy konnotatsiyalar:Ezgulik konsepti o‘zbek madaniyatida diniy axloq
(Islom), odob-axloq, ota-bobolar urf-odati bilan bog‘liq.
Ingliz tilida
“benevolence”,
“goodness”, “kindness” kabi so‘zlar bilan ifodalanadi. G‘arbda u ko‘proq ijtimoiy faoliyat bilan,
Sharqda esa ruhiy poklik va niyat bilan ifodalanadi[5,6].
Xulosa:
Mazkur maqolada "Baxt", "Ezgulik" va "Halollik" kabi axloqiy-estetik va ijtimoiy-
ma’naviy tushunchalarning tilshunoslik, xususan, kognitiv va lingvokulturologik yondashuv
asosida tahlili amalga oshirildi. Tahlil jarayonida bu konseptlarning o‘zbek va ingliz tillarida
qanday verballashishi, ya’ni til birliklari orqali qanday ifodalanishi ko‘rsatildi.Tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki, "Baxt", "Ezgulik" va "Halollik" kabi tushunchalar faqatgina lingvistik birlik emas,
balki ular har bir xalqning milliy tafakkuri, axloqiy mezonlari, madaniy qadriyatlari va tarixiy
tajribasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan madaniy-kognitiv fenomenlardir. Til esa ushbu
konseptlarni ifodalash, yetkazish va saqlash vositasi sifatida xizmat qiladi.O‘zbek tilida
"Halollik" ko‘proq diniy-axloqiy va ijtimoiy kontekstda faol qo‘llanilsa, ingliz tilida bu
tushuncha ko‘proq individual axloqiy me’yorlar doirasida ko‘riladi. Xuddi shuningdek, "Baxt"
o‘zbek madaniyatida ko‘proq ijtimoiy (oila, farzand, baraka) mazmunga ega bo‘lsa, ingliz tilida
shaxsiy erkinlik va ichki qoniqish bilan ifodalanadi. "Ezgulik" esa har ikki madaniyatda
insoniylik va jamiyatga foyda keltiruvchi harakatlar sifatida umumiy ma’naviy qadriyatni
ifodalaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Кубрякова Е. С. (2004).
Когнитивная лингвистика и концептология
. – Москва:
6
Российский Государственный Гуманитарный Университет.
2.
Больдырев Н. Н. (2010). Концепт и концептосфера в лингвокогнитивных
исследованиях //
Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки
, №8
3.
Sattorova, N. B. (2024). Kognitiv tilshunoslikda konsept va baxt konsepti.
Journal of
Academic Research and Trends in Educational Sciences
, 361–364.
4.
Qayumova, S. T. (2024). Ezgulik konsepti.
International Journal of Scientific Researchers
,
4(2).
5.
Dodds, P. S., Clark, E. M., et al. (2014). Human language reveals a universal positivity
bias.
arXiv
.
6.