75
ADVOKATLARNING IJTIMOIY HIMOYASI TUSHUNCHASI, AHAMIYATI
Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16026620
Advokatlik kasbi oʻzining oʻta murakkab va ijtimoiy jihatdan masʼuliyatli faoliyat turi
hisoblanadi. Advokatlar jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquqlari va
erkinliklarini himoya qilishda bevosita ishtirok etadi. Shu bois, advokatlarning mehnatini
munosib qadrlash, ularning mehnat faoliyatida huquqiy va ijtimoiy kafolatlar bilan
taʼminlanishi nafaqat kasbiy faoliyat samaradorligini oshiradi, balki umuman olganda,
fuqarolarning adolatli sud himoyasiga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi.
Olimlar tomonidan “advokatning ijtimoiy himoyasi”
tushunchasiga taʼrif berishda turli
yondashuvlar qoʻllaniladi. Xususan, B.Salomov “Advokatni davlat tomonidan ijtimoiy himoya
qilish – advokat oʻz kasbiy vazifalarini bajarish munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki
sogʻligʻiga boshqacha tarzda yetkazilgan shikastlanish oqibatida oʻz kasbiy faoliyatini toʻliq
yoki qisman davom ettira olmasa yoki shu munosabat bilan vafot etganda, advokatga yoki
uning merosxoʻrlariga davlat tomonidan maʼlum miqdordagi tovon pul toʻlashda namoyon
boʻladi”, deb taʼkidlagan
1
.
Baʼzi ilmiy izlanuvchilar esa
2
fikriga koʻra esa advokatlar oʻzini oʻzi ish bilan mustaqil
taʼminlovchi shaxslar sifatida majburiy pensiya sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim. Shu
munosabat bilan ular yoshga doir, nogironlik boʻyicha sugʻurta pensiyalari, jamgʻarib
boriladigan pensiyalarni olish huquqiga ega. Advokatning mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga
boquvchisini yoʻqotganlik uchun sugʻurta nafaqalari tayinlanadi. Demak, advokatning ijtimoiy
himoyasi nafaqat advokat tomonidan oʻzining kasbiy vazifalarini bajarish chogʻida sogʻligʻiga
yetkazilgan zararlar oʻrnini qoplashda, balki, advokatning yoshga doir pensiya olish huquqini
ham ifodalaydi.
“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi
qonuning 10-moddasiga koʻra advokatning sogʻligʻi va hayoti davlat himoyasida ekanligi
taʼkidlab oʻtilgan. Shuningdek, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra “Advokat davlat
ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat
ijtimoiy sugʻurtasiga badallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.
Advokatga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar belgilash va toʻlash, uning davlat
pensiya taʼminoti va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti qonunchilikka muvofiq amalga
oshiriladi”.
Shuni taʼkidlash joizki, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda “advokatning
ijtimoiy himoyasi” tushunchasiga toʻliq va aniq tarif berilmasdan, balki umumiy tarifdan
foydalanilgan deb hisoblaymiz.
Bizning fikrimizcha, advokatning davlat tomonidan ijtimoiy himoyasi advokat faoliyatini
1
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi (tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja olish uchun – M:. Toshkent – 2005
2
И.Н. Лаврова. СОЦИАЛЬНЫЕ ПРАВА И ГАРАНТИИ АДВОКАТА. Научно-образовательный
журнал для студентов и преподавателей «StudNet» №7/2020.
76
moliyaviy va huquqiy jihatlarini oʻzida aks ettirishi hamda advokatlarning huquqiy va axborot
kommunikatsiyalar borasidagi bilimlarini mustahkamlash va oshirish uchun ularning
malakasini kuchaytirishga xizmat qilishi lozim.
Yuqoridagi olimlar fikrini hamda shaxsiy fikrlarni umumlashtirgan holda advokatning
ijtimoiy himoyasiga quyidagicha taʼrif berishimiz mumkin: “Advokatlar ijtimoiy himoyasi
tushunchasi – bu advokatlarning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq holda ularning hayoti, sogʻligi,
moddiy taʼminoti, ijtimoiy barqarorligi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar
tizimidir”.
Advokatlik faoliyati oʻzining mustaqil va erkin mohiyatiga ega boʻlsa-da, uni samarali
amalga oshirish uchun zarur moddiy shart-sharoitlar va infratuzilma bilan taʼminlash davlat
va advokatura birlashmalari zimmasidagi muhim ijtimoiy majburiyatdir. Moddiy taʼminot –
bu advokatning kasbiy faoliyatini bemalol olib borishi, hayotiy ehtiyojlarini qondirishi va
kasbga sadoqatli boʻlib qolishi uchun zarur boʻlgan iqtisodiy vosita va imkoniyatlar majmuasi
hisoblanadi. Advokat faoliyatini moddiy tarafdan himoya qilish bu bevosita advokat faoliyatini
sugʻurta qilish, soliqqa tortishda imtiyozlar berish hamda advokatlar uchun moliyaviy
ragʻbatlantirish tizimlarini joriy etishda namoyon boʻladi.
Advokatlar palatasi advokatlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda
himoya qilishda ularning nomidan rasmiy murojaatlar kiritish, davlat organlari va sudlar
bilan munosabatlarda ularni vakillik qilish vakolatiga egadir. Bu advokatlarning sud
jarayonlarida, tergov organlari oldida yoki boshqa davlat tuzilmalarida uchraydigan
muammolari yuzasidan institut sifatida ishtirok etish imkonini beradi. Palata, advokatlar
faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar, tazyiq, taʼqib va tahdidlar yuzaga kelganda, bu holatlarni
aniqlash, ularni bartaraf etish va tegishli organlar oldida advokatni himoya qilish choralarini
koʻradi. Bu jarayon fuqarolarning himoyasini taʼminlayotgan advokat shaxsining daxlsizligini
kafolatlash uchun muhimdir.
Endigi navbatda advokatlar ijtimoiy himoya qilish sohasidagi muammolarga
eʼtiborimizni qaratsak. Statistik maʼlumotlarga qaraganda advokatlar tomonidan Himoya
ostidagi shaxslar bilan uchrashish uchun maxsus xonalar mavjud emasligi yuzasidan 600 ga
yaqin advokat eʼtirozi qayd etilgan boʻlsada, amalda respublikaning tergov hibsxonalari va
yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasalarining har birida maxsus advokat xonalari (32 ta
muassasada 69 ta advokat xonasi) ajratilgan. Shuningdek, X.V.Davlyatov tomonidan
advokatlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, “Advokatlarga advokaturaning
oʻzini oʻzi boshqarish organi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining
bugungi kundagi faoliyatini qanday baholaysiz?” degan savolga soʻrovnomada ishtirok etgan
advokatlarning 38.5 foizi “yaxshi”, 48.5 foizi “qoniqarli” hamda 9.6 foizi “qoniqarsiz” deb
javob bergan. Bundan advokatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga nisbatan
ijobiy fikr shakllanganligining guvohi boʻlishimiz mumkin.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi kasbiy faoliyatingizda
koʻproq qaysi organ sifatida namoyon boʻlmoqda?” degan savolga soʻrovnomada qatnashga
advokatlarning 43.6 foizi “advokatlarni kasbiy va ijtimoiy himoya qiluvchi”, 37 foizi
“advokatlarni kasbiy birlashtiruvchi”, 23 foizi “advokatlarni nazorat qiluvchi”, 14.5 foizi
“advokatlarni jazolovchi” koʻrishlarini javob variantida belgilashgan .
Bundan koʻrinib turibdiki, umumiy holatda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar
palatasining advokatlarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi faoliyati advokatlar tomonidan
77
ijboiy baholanadi, deyishimiz mumkin.
Advokatlarning ijtimoiy himoyasini yaxshilash uchun davlat va advokatura tashkilotlari
oʻrtasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish, advokatlarning huquqlarini va manfaatlarini
himoya qilishda eng ilgʻor yondashuvlarni joriy etish kerak. Shu tariqa, advokatlarning
ijtimoiy himoyasi nafaqat ularning professional rivojlanishini, balki butun huquqiy tizimning
ishonchliligini va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
References:
Используемая Литература:
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va
advokatlarning ijtimoiy himoyasi (tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja
olish uchun – M:. Toshkent – 2005
2.
И.Н. Лаврова. СОЦИАЛЬНЫЕ ПРАВА И ГАРАНТИИ АДВОКАТА. Научно-
образовательный журнал для студентов и преподавателей «StudNet» №7/2020.
3.
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996-yildagi 349-I-son “ Advokatura to‘g‘risida”gi
Qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasining 25.12.1998-yildagi 721-I-son “Advokatlik faoliyatining
kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himоyasi to‘g‘risida”gi Qonuni.