62
SO‘NGGI AMIRNING MUHOJIRLIKDAGI HAYOTI
Hamraev Mahmud Mirzaqulovich
Navoiy davlat universiteti tadqiqotchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16026151
Rossiya hujumlari davom etarkan Amir Olimxon va hamrohlari Buxoroni ozod qilish va
milliy istiqlolchilik harakatini davom ettirish uchun Afg‘oniston qiroli Omonullaxondan
yordam so‘raydi. Afg‘on podshosi amirga qurol-yarog‘ va harbiy kuch bilan yordam berishga
vada beradi. Kerakli shartnomani imzolash maqsadida Olimxon afg‘on podshosiga 8 kishilik
bir hay’at yubordi. Hay’at Omonullaxonga harbiy yordami evaziga Olimxon oltin
bermoqchiligini yetkazdi. Omonullaxon esa amirga yordam bermoqchi ekanligini buning
uchun aynan Olimxonning o‘zi Kobulga kelishi kerakligini aytadi
1
.
Amir Olimxon afg‘on podshosining taklifiga ko‘ra, 500 kishilik hamrohlari bilan 1921
yilning 22 fevralida Afg‘onistonga boradi. Bu o‘rinda afg‘on podshosi inglizlarga qarshi
ruslardan yordam olish maqsadida Olimxonga bergan vadasini unutdi. Buxoro amiri Kobulga
kelgach, Omonulloxon betaraf bo‘lishini ma’lum qildi. Biroq, u ruslar bilan do‘stona
munosabatga kirishdi. Afg‘oniston hukumati Rossiya bilan munosabatlarini tobora
kengaytirib bordi. Rossiya muxoliflarini Afg‘oniston muxolifi deb hisoblab, Rossiyani sharq
xalqlari hamda Afg‘onistonning yagona do‘sti, ularning yagona dushmani esa, ingliz
mustamlakachilari deb hisobladi. Afg‘oniston hukumati tomonidan amir Olimxon hamda
uning oilasi va hamrohlari uchun Husayn kavt bog‘i ajratib berildi. Amir uchun 12 ming
afg‘oni maosh belgilandi. Afg‘on hukumati amirning istiqomat joyini Hoshimxon bog‘iga, bir
yildan keyin, Murodbek qal’asiga, to‘rt oydan keyin esa Hashmat qal’asiga o‘zgartirdi. Amir
oxiri oilasi bilan Kobuldan o‘n bir kilometr uzoqlikda joylashgan qal’ai Fotuda yashay
boshlaydilar. Keyinchalik Omonullaxon bergan va’dalarini unutdi va amirga ajratilgan
maoshni ham kamaytirdi. Aslida Buxoro amirining maoshi va imtiyozlari kommunistik
sho‘rolar tomonidan Omonullaxonga to‘lab berib turilgan edi
2
.
Afg‘on hukumati tomonidan amirni tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yish uchun unga
Fotu qal’asidan tashqariga chiqish taqiqlandi. Agar zarurat yuzasidan tashqariga chiqishga
to‘g‘ri kelsa ham maxsus bir guruh tayinlanib, uni muhofaza qilar va kuzatib borar edi. Bu
holat amir Olimxonning tashqi dunyo bilan aloqasini uzib qo‘yish uchun qilingan bir tadbir edi
xolos
3
.
Afg‘onistonga kelgan dastlabki kunlaridanoq Said Olimxon o‘zining bir guruh vakillari
yordamida Britaniya Hindistonidan, Eron va Afg‘onistondan o‘z mablag‘lari hisobiga bir
qancha qurol-aslaha sotib oldi. Bu qurol-aslahalarni hamkorlari orqali Buxoroga yubordi. Bu
vaziyatda Buxoro amirini yanada tutqunlikda tutishga harakat qilindi. Amir Olimxon o‘z
qo‘riqchilari bilan Fotu qal’asidan 11 km uzoqqa bora olmas edi. Faqatgina yoz va qish
fasllarida amir Pagmon yoki Jalolobodga afg‘on hukumatidan ruxsat olib chiqa olardi.
Tutqunlik va Buxoroga yordam jo‘nata olmayotgan amir bunday qiyin vaziyatda har
tomondan chora izlaydi.
Said Olimxon Kobulda o‘zining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli esdaliklarini kitob
holiga keltirdi. Bu memuar asar hamda Millatlar Ligasiga yozgan bayonoti uning ishonchli
1
Naci Yengin Buhara EmirliğIiTürkistan ve Enver Pasa. –I.: Bilgeoguz, 2010. – S. 77.
2
Ahat Andican Osmanlidan Gunumuze Turkiye ve Orta Asya, Doğan Egmont Yay. – I, 2009. –S. 84.
3
Nurettin Hatunoğlu Türkistanda son Türk devleti Buhara emirliği ve Alim Han. –I.: Ötüken, 2016. – S. 117.
63
vakili general Hoji Yusufbek Muqimboy o‘g‘li tomonidan 1927 yil sentabrda Jenevadagi
tashkilotga yetkazildi. Said Olimxon tomonidan tayyorlangan bu hujjat jahon xalqlarini
hayratga soldi. Fransiya, Germaniya, Italiya, Angliya, Eron va boshqa davlatlarda bu hujjatlar
qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.
1932-yil Amir Olimxon Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi orqali Rossiyadagi elchi
Muhammad Azizxonga maktub yuborib, Moskvaga jo‘natilgan uch o‘g‘lini topib, ularni
qutqarishga yordam berishini so‘raydi. Olimxon bu masalada xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim
oy jamiyatiga ham murojaat bilan chiqadi. Biroq uning bu boradagi harakatlari samarasiz
bo‘ldi. Amir Olimxon muhojirlikda yurt diydoriga sog‘inch hissi bilan yashadi. Uning Buxoroga
qaytish to‘g‘risidagi murojaatlariga Rossiya hukumati rahbari Stalin rad javobini berdi.
Umrining oxirlarida Olimxon ko‘zlari ojizlanib, xastalanib qoldi. 1944 yil 28 aprelda uzoq
davom etgan xastalikdan so‘ng 63 yoshida qal’ai Fotuda vafot etadi.
Said Olimxonning Afg‘onistonda 90 yillar boshida ikki nafar zavjasi, o‘n ikki nafar o‘g‘li
va o‘n nafar qizi tirik edi
4
.
Olimxon o‘rniga 19 yoshga to‘lgan Umarxon rahbar deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, u sulola
parchalanishiga to‘sqinlik qila olmadi. Afg‘oniston hukumati Olimxonning Afg‘onistonda
dunyoga kelgan vorislarini ham ajnabiy deb hisoblab, bir qancha cheklovlar o‘rnatdi. Ular
ta’lim olish huquqidan mahrum etildi. Xonadon a’zolari o‘zlarini afg‘on hisoblasalarg‘da, biroq
afg‘onlarga beriladigan huquqlardan, imkoniyatlardan mahrum etilgan edi. O‘zlari uchun uy
hamda yer sotib olish huquqi ham berilmagan. Safarga chiqish hamda Afg‘oniston shimoliga
o‘tish ham Olimxon vorislariga ta’qiqlandi
5
.
Olimxon vafotidan keyin sulola a’zolari va boshqa muhojirlar qal’ai Fotuda yashashni
davom ettirdilar. Biroq, bir qancha vaqt o‘tgach, aholi o‘rtasida moliyaviy qiyinchiliklar
boshlanadi. Chunki Afg‘oniston podshosi Omonullaxon davrida ularning qarorgohi uchun
ajratilgan qal’ai Fotuning mulk hujjati berilmagan va amir vafot etgach, uning farzandlari bu
hududga da’vo qilisholmay, qal’ani 3000 afg‘on puliga topshirib yuborishadi. Sulola a’zolari
Kobuldagi uyni ham sotishga majbur bo‘lishgan va shu voqeadan keyin ular tarqalib ketishdi.
Chunki sulola a’zolari fuqarolikdan mahrum bo‘lib, faqat qochqinlik guvohnomasi berilganligi
sababli ular davlat tomondan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalana olishmagan
6
.
Olimxonning avlodlari Turkiyaning G‘oziantep shahrida, AQSh, Germaniya, Afg‘oniston,
Pokiston, Saudiya Arabistoni va Eronda istiqomat qilgan. Turkiyaning Zonguldak shahrida
amirning nabiralari opa singillar Alimiy va Binafsha xonimlar istiqomat qilib kelishmoqda. Biz
Turkiyaga safar chog‘ida bu oila bilan yaqindan tanishdik. Binafsha xonimning turmush o‘rtog‘
Zo‘ng‘uldak Bo‘lent Edjevit universiteti professori Nuriddin Hatuno‘g‘lu amir hayoti va uning
taqdiri haqida “Türkistanda son Türk devleti Buhara emirliği ve Alim Han” nomli asar ham
yaratgan. Bu asar orqali biz amirning Afg‘onistondagi hayoti, uning oila azolari taqdiri bilan
tanishishimiz mumkin. Bundan tashqari Amir Olimxonning Afg‘onistonda 1931 yil tug‘ilgan
o‘g‘li Said Mansur Olimiy fors tilida “Buxoro-Turkiston beshigi” nomli asar ham yozgan.
Asarda mang‘itlar sulolasi hukmdorlari, jumladan, otasi Amir Said Olimxon xususida nodir
ma’lumotlar keltiriladi. Amir Olimxonning xotiralari esa dastlab, Parijda 1929-yilda fransuz
4
Ражабов.Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши қуролли кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924 йиллар).
Тошкент ., “Маънавият”, 2002, 31 бет.
5
Gulseren Doğan 1917-1924-yillari arasinda Turkistan milli devletleri. – I.: Elaziğ, 2018. – S. 119.
6
Nurettin Hatunoğlu Türkistanda son Türk devleti Buhara emirliği ve Alim Han. – I.: Ötüken, 2016. – S. 154.
64
tilida chop etildi. Yurtimizda bu asar “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomi bilan o‘zbek va rus
tillarida 1991-yil Toshkentda nashr qilindi. Xulosa qilib aytganda, amirning Afg‘onistondagi
hayoti bir qator tarixchilar tadqiqotlarida, arxiv ma’lumotlari hamda Said Olimxonning
Turkiyadagi avlodlari tomonidan aniq qilib ochib berilgan. Olimxon haqidagi mavhum
qarashlar, uning Afg‘onistondagi faoliyati aniq faktlar asosida o‘rganilganilmoqda. Shunisi
quvonarliki, yurtimiz tarixi, ajdodlarimiz faoliyati bugun turli davlatlarda tadqiq qilinmoqda
va yangi qirralari ochib berilmoqda.