Авторы

  • Zuxriddin Samandarov
    Toshkent davlat iqtisodiyot uneversiteti Akademik faoliyatni tashkil etish bo’limi bosh mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.124044

Ключевые слова:

valyuta kursi erkin kurs tizimi boshqariladigan suzuvchi kurs qat’iy belgilangan kurs Markaziy bank valyuta siyosati O‘zbekiston valyuta bozorining liberallashuvi makroiqtisodiy barqarorlik xalqaro tajriba.

Аннотация

Ushbu tezisda jahon mamlakatlarida valyuta kursining shakllanishi va uning turlari tahlil qilinadi. Valyuta kursining erkin, qat’iy belgilangan, boshqariladigan suzuvchi va boshqa shakllari bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi solishtirilib, har bir tizimning afzallik va kamchiliklari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan valyuta liberallashuvi islohoti, boshqariladigan suzuvchi kurs tizimiga o‘tish jarayoni va bu tizimning milliy iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy-statistik tahlillar asosida bayon etilgan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida aynan qaysi valyuta kursi tizimi maqbul ekanligi ilmiy asoslar bilan asoslab berilgan.


background image

48

VALYUTA KURSINING SHAKLLANISHI VA UNING TURLARI: TAHLILIY

QIYOSIY YONDASHUV HAMDA O‘ZBEKISTON AMALIYOTI

Samandarov Zuxriddin Raup o’g’li

Toshkent davlat iqtisodiyot uneversiteti

Akademik faoliyatni tashkil etish bo’limi bosh mutaxassisi

samandarovzukhriddin@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15880087

Annotatsiya:

Ushbu tezisda jahon mamlakatlarida valyuta kursining shakllanishi va

uning turlari tahlil qilinadi. Valyuta kursining erkin, qat’iy belgilangan, boshqariladigan
suzuvchi va boshqa shakllari bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi
solishtirilib, har bir tizimning afzallik va kamchiliklari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda
so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan valyuta liberallashuvi islohoti, boshqariladigan suzuvchi
kurs tizimiga o‘tish jarayoni va bu tizimning milliy iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy-statistik
tahlillar asosida bayon etilgan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida aynan qaysi valyuta kursi
tizimi maqbul ekanligi ilmiy asoslar bilan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

valyuta kursi, erkin kurs tizimi, boshqariladigan suzuvchi kurs, qat’iy

belgilangan kurs, Markaziy bank, valyuta siyosati, O‘zbekiston, valyuta bozorining liberallashuvi,
makroiqtisodiy barqarorlik, xalqaro tajriba.

Kirish

Bugungi globallashuv sharoitida milliy valyutaning almashinuv kursi davlat iqtisodiy

siyosatining muhim asosi hisoblanadi. Valyuta kursi nafaqat tashqi savdo va investitsiyalar
oqimiga, balki mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jahon
amaliyotida valyuta kursini belgilashda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘zining
iqtisodiy rivojlanish bosqichi, eksport-import tuzilmasi, valyuta zaxiralari, inflyatsiya darajasi
va boshqa omillar asosida mos tizimni tanlaydi.

Asosiy qism

Valyuta kursining shakllanishi bir nechta makroiqtisodiy omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning

har biri valyuta kursining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi omil – inflyatsiya darajasi.
Yuqori inflyatsiya milliy valyutani qadrsizlantiradi, chunki valyutaga bo‘lgan talab kamayadi va
import oshadi. Ikkinchi omil – foiz stavkalari. Yuqori foiz stavkalari xorijiy investitsiyalarni jalb
qilib, milliy valyutaga talabni oshiradi, bu esa valyuta kursining qadrlanishiga olib keladi.
Uchinchi omil – tashqi savdo balansi. Eksportning importdan oshishi savdo balansining ijobiy
bo‘lishini ta’minlaydi va bu milliy valyutaga bo‘lgan talabni oshiradi. Tashqi pul o‘tkazmalari
ham valyuta kursining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro pul o‘tkazmalari, ayniqsa
mehnat migratsiyasi tufayli, milliy valyutaga bo‘lgan talabni oshiradi va uning qadrlanishini
ta’minlaydi.

Bundan tashqari, tashqi qarzning ortishi valyuta kursiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki

qarzlarni to‘lash uchun xorijiy valyutaga bo‘lgan talab ortadi va milliy valyutaning
qadrsizlanishiga olib keladi. Siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ishonch ham valyuta kursining
shakllanishiga ta’sir qiladi; barqaror siyosat va ishonchli iqtisodiy muhit valyutaga bo‘lgan
talabni oshiradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati ham valyuta kursining shakllanishida
muhim omil hisoblanadi, chunki bankning valyutaga aralashuvi yoki kursni
barqarorlashtirishga qaratilgan siyosati valyuta kursining o‘zgarishiga ta’sir qiladi.


background image

49

So‘nggi omil – xalqaro iqtisodiy shoklar. Xalqaro inqirozlar, resurslar narxlarining

o‘zgarishi va global moliyaviy beqarorlik valyuta kurslarini sezilarli darajada ta’sir qiladi,
ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bu shoklar iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shunday qilib, valyuta kursi shakllanishining asosiy omillari iqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi

Mazkur omillar ta’sirida valyuta kursi o‘zgaradi, ya’ni mustahkamlanadi yoki zaiflashadi.

Shu bois, markaziy banklar va moliyaviy tartibga soluvchi organlar valyuta siyosatini
muvozanatda ushlab turish uchun turli vositalardan foydalanadi.

Valyuta kursining asosiy turlari
Jahon tajribasida valyuta kursining quyidagi asosiy turlari mavjud:

1.

Erkin (suzuvchi) kurs tizimi Bu tizimda valyuta kursi to‘liq bozor mexanizmlari orqali,

ya’ni valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi. Davlat yoki markaziy bank valyuta
kursiga aralashmaydi. Qo‘llaniladigan davlatlar: AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada.
2.

Qattiq belgilangan (fiksatsiyalangan) kurs tizimi

Bu tizimda milliy valyuta boshqa bir asosiy valyutaga (ko‘pincha AQSh dollari yoki yevroga)
qat’iy bog‘langan bo‘ladi. Markaziy banklar valyuta kursini belgilangan darajada ushlab turish
uchun o‘z valyuta zaxiralaridan faol foydalanadi. Qo‘llaniladigan davlatlar: Saudiya Arabistoni
(riyali AQSh dollariga bog‘langan), BAA, Qatar.
3.

Valyuta kursining boshqariladigan suzuvchi tizimi (managed float)

Bu tizimda valyuta kursi asosan bozor kuchlari asosida shakllanadi, biroq markaziy bank
zarurat tug‘ilganda valyuta bozoriga aralashib, kursga ta’sir o‘tkazadi. Qo‘llaniladigan davlatlar:
Hindiston, Rossiya, Indoneziya, Braziliya.
4.

Valyuta kursining qattiq bog‘lanishi (currency board system)

Bu tizimda milliy valyuta to‘liq boshqa valyutaga konvertatsiya qilinadi. Milliy valyuta miqdori
rezerv valyuta zaxiralari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘ladi. Qo‘llaniladigan davlatlar: Gonkong,
Bosniya va Gersegovina.
5.

Ikki darajali valyuta tizimi (dual exchange rate system)

Bu tizimda rasmiy va norasmiy (bozor) valyuta kurslari mavjud bo‘ladi. Bu ko‘proq valyuta
tanqisligi mavjud bo‘lgan yoki valyuta nazorati kuchli bo‘lgan davlatlarda kuzatiladi.
Qo‘llanilgan davlatlar: Misr (2016-yilgacha), Zimbabve, Venesuela.

O‘zbekistonda valyuta kursining shakllanishi va amaliyoti o‘ziga xos xususiyatga ega.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, dastlab qat’iy belgilangan valyuta kursi siyosatini yuritdi.
Bu davrda milliy valyutaning rasmiy va qora bozor kursi o‘rtasidagi tafovut sezilarli edi. 2017-
yil 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston hukumati valyuta bozorini liberallashtirish siyosatini
boshladi.

Markaziy bank tomonidan belgilangan yangi tartibga ko‘ra, so‘mning kursi bozor

mexanizmlariga yaqinlashtirildi. Shu bilan birga, markaziy bank valyuta kursiga bevosita emas,
balki o‘z zaxiralari orqali zarurat tug‘ilganda aralashmoqda. Bu esa O‘zbekistonni
boshqariladigan suzuvchi kurs tizimi (managed float) qatoriga kiritadi.

Markaziy bank 2023-yildan boshlab valyuta kursining nisbatan erkin shakllanishini

qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Valyuta bozoridagi likvidlik, tashqi savdo muvozanati va
inflyatsiya darajasi Markaziy bankning asosiy kuzatuv mezonlari hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlariga ko‘ra:

2022-yil avgustda 1 AQSh dollari ≈ 10 600 so‘m atrofida bo‘lgan;


background image

50

2023-yil dekabrda kurs ≈ 12 200 so‘mga yetgan;
2024-yil iyun holatiga ko‘ra kurs ≈ 13 000 so‘mdan oshgan.
Bu esa valyuta kursining inflyatsiya darajasi, tashqi savdo defitsiti va global iqtisodiy

muhitga mos tarzda erkinroq shakllanayotganini ko‘rsatadi. Qaysi tizim O‘zbekiston uchun
maqbul? O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan, eksport-importda xom ashyo ulushi yuqori bo‘lgan
va valyuta zaxiralari cheklangan davlatlar uchun boshqariladigan suzuvchi kurs tizimi eng
maqbul yondashuv hisoblanadi. Bu tizim 4 ta xususiyati bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ular:
1.

Bozordagi real holatni aks ettiradi.

2.

Qora bozor kursining shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

3.

Investorlar uchun prognoz qilinadigan iqtisodiy muhit yaratadi;

4.

Eksportchilarga foyda keltiradi, chunki milliy valyuta qadrsizlanganda ular ko‘proq so‘m

oladi.

Biroq bu tizimda Markaziy bankning roli muhim bo‘lib, u inflyatsiyani nazorat ostida

ushlab turishi va valyuta bozorini muvozanatda saqlashi zarur.

Xulosa

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, valyuta kursining biror yagona mukammal tizimi

mavjud emas. Har bir mamlakat o‘z iqtisodiy sharoitlari, moliyaviy bozori va tashqi savdo
siyosatidan kelib chiqib tegishli tizimni tanlaydi. O‘zbekiston esa oxirgi yillarda valyuta kursini
liberallashtirish bo‘yicha sezilarli qadamlar tashladi va boshqariladigan suzuvchi kurs tizimi
sharoitida bozor iqtisodiyotiga yaqinlashmoqda. Kelgusida bu tizimning samarali ishlashi
uchun makroiqtisodiy barqarorlik, tashqi qarzlarni oqilona boshqarish va eksport salohiyatini
kuchaytirish muhim omillar bo‘lib qoladi.