Авторы

  • Mutabar Murodova
    SamDChTI III kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.124045

Ключевые слова:

til milliy madaniyat qiyosiy tilshunoslik madaniyatshunoslik madaniyatlararo muloqot.

Аннотация

Tilda har bir xalqning hayoti, an’analari, tarixi aks ettiradi. Ma’lum millat tilini o‘rganish ushbu mamlakat tarixi, madaniyati va qadriyatlarini chuqurroq anglashga yo’l ochadi. Til va milliy madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tilshunoslik, lingvokulturologiya, lingvomamlakatshunoslik hamda madaniyatshunoslikda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

45

TIL VA MILLAT MADANIYATI ORASIDAGI MUNOSABATNING LINGVISTIK

HAMDA LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI

Murodova Mutabar Ibodullayevna

SamDChTI III kurs tayanch doktoranti, mutabarmurodova86@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15880000

Annotatsiya:

Tilda har bir xalqning hayoti, an’analari, tarixi aks ettiradi. Ma’lum millat

tilini o‘rganish ushbu mamlakat tarixi, madaniyati va qadriyatlarini chuqurroq anglashga yo’l
ochadi. Til va milliy madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tilshunoslik, lingvokulturologiya,
lingvomamlakatshunoslik hamda madaniyatshunoslikda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

til, milliy madaniyat, qiyosiy tilshunoslik, madaniyatshunoslik,

madaniyatlararo muloqot.

Annotation:

Language reflects the life, traditions, and history of every nation. Studying a

particular nation’s language opens the way to a deeper understanding of that country’s history,
culture, and values. The interrelation between language and national culture holds significant
importance in linguistics, lingvocultural studies, lingvocountry studies, and cultural studies.

Keywords:

language, national culture, comparative linguistics, cultural studies,

intercultural communication.

Аннотация:

В языке отражается жизнь, традиции и история каждого народа.

Изучение языка определённой нации открывает путь к более глубокому пониманию
истории, культуры и ценностей данной страны. Взаимосвязь между языком и
национальной культурой имеет важное значение в лингвистике, лингвокультурологии,
лингвострановедении и культурологии.

Ключевые слова:

язык, национальная культура, сравнительное языкознание,

культурология, межкультурная коммуникация.


Tilning ko‘p jihatlarini anglash uchun uning ijtimoiy-antropologik mohiyatini o‘rganish

zarurligi bugungi kunda barchaga ma’lum. 19-asrning birinchi yarmidayoq V. Humboldt til
milliy ruhning oʻziga xos xususiyatlarini ifodalaydi va shakllantiradi, ushbu millatning dunyo
haqidagi tasavvurlarini o’zida aks ettiradi, degan fikrni bildirgan edi.

Nemis olimining ushbu fikrlarini keyinchalik amerikalik olimlar bo’lmish F. Boas (1915),

E. Sepir (1934), B. Uorf (1960) va boshqalar rivojlantirib til va madaniyatni birgalikda o’rganish
zaruratini ilgari suradilar. D. Hayms (1962) boshchiligida AQSHda etnolingvistika maktabi
shakllanadi, uning o’z oldiga qo’ygan vazifasi “sof tilshunoslik” chegarasidan tashqariga chiqib
tilni jamiyatga nisbatan munosabatini ko’rib chiqish, shuningdek, til orqali madaniyatni ham
tasvirlash edi. Madaniyatlararo muloqot – nazariy va amaliy tilshunoslikning muhim
muammolaridan biridir. U insonlar orasidagi muloqot jarayonini har bir xalqning til va
madaniyat birligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Til xalqning hayoti va ruhiy holatini va uni
o’rganish jarayonida uning tarixini, madaniyati va mamlakat realiyalarini anglashga,
shuningdek, millatlararo aloqalarni mustahkamlashga yo’l ochadi. Til va millat madaniyati
orasidagi munosabat tilshunoslikda ham madaniyatshunoslikda ham muhim ahamiyat kasb
etadi.

Muloqotning milliy-madaniy o’ziga xosligini ko’rib chiqishda odatda turli tillarni

qiyoslashda namoyon bo’lishiga e’tibor qaratiladi. Bu albatta tasodif emas, chunki qiyosiy
metod ularni alohida ko’rib chiqish nuqtai nazaridan chetda qolgan yangi lingvistik va madaniy


background image

46

faktlarni aniqlash imkonini beradi.

Ikki yoki undan ortiq tillarni solishtirib tavsiflash g’oyasi yangilik emas. Eramizgacha IV

asrdayoq yunon faylasufi Makrabiusning yunon va lotin fe’llarini solishtirib o’rganishga
harakat qilgan. 1803 yilda nashr etilgan Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’at it-turk”
(Turkiy tillar lug’ati) kitobi katta qiziqish uyg’otdi, unda muallif qiyoslashdan maxsus ilmiy
tamoyil sifatida foydalanadi. 1499-yilda Alisher Navoiy “Muhokamat al-lug’atayn” (Ikki til
muhokamasi) kitobini yozib bitirdi, unda o’zbek va fors tillari grammatikasini solishtirgan.

Eramizgacha IV asrdan to eramizning XV asrigacha va X-XVII asrlarda Angliyada nashr

etilgan lotin tili grammatikasida, ingliz va lotin tillari qiyosiy tahlilidan parchalar mavjud edi.

Uyg’onish davri Yevropa grammatikasi asosan lotin va yunon tillari grammatikasini

qiyoslash orqali yozilgan.

XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida ko’p tilli lug’atlar paydo bo’la boshladi. Bunga misol

qilib P.S. Pallasning “Oliymaqom shaxsning qo’li bilan to’plangan barcha tillar va lahjalar qiyosiy
lug’ati” (1877) va 300dan oshiq til tahlil etilgan Lorenso Ervas-i-Panduroning “Mashhur xalqlar
tillari katalogi, ularning hisobi, lahjalari va dialektlaridagi farqlariga ko’ra joylashuvi va
tasnifi”ni (1804) ko’rsatish mumkin. 1871 yilda esa Berlinda X. Adelung “Mitridat” to’rt tomdan
iborat umumiy tilshunoslik kitobini chop ettirdi.

XIX asrning oxirida turli til darajalari birliklari tahlil etilgan ilk qiyosiy ishlar chiqa

boshladi. Bular jumlasiga “Ingliz va nemis tilarida nutq tovushlari” (1892), K. Grenjni “Nemis,
ingliz va fransuz fonetikasi bo’yicha ocherklar” (1894), V. Vyotor, V. Matezius (1926) va Sh. Balli
(1932) asarlarini kiritish mumkin.

Bu kabi ishlar kelib chiqishi va qarindoshlik darajasidan qat’iy nazar turli tillarni

qiyoslash imkoniyati bor ekanligini isbotladi. Bundan tashqari ular tillarning sinxron
qiyoslashni o’z oldiga maqsad qilib olgan yangi ilmiy yo’nalish shakllanishiga yo’l ochdi.

Bugunga kelib qiyoslashga oid tadqiqotlar anchagina kengaydi va qiyosiy tilshunoslikning

qiyosiy pragmalingvistika, matnning qiyosiy lingvistikasi, diskursning qiyosiy tahlili, qiyosiy
sotsiolingvistika,

qiyosiy

etnolingvistika,

qiyosiy

leksikologiya,

qiyosiy

lingvomadaniyatshunoslik va h.k. sohalarining shakllanishiga turtki bo’ldi.

Pragmalingvistik va lingvomadaniy xususiyatlar madaniyatlararo muloqot jarayonida

nutq

strategiyalarini

tanlashga

imkon

beradi.

Qiyosiy

pragmalingvistika

va

lingvomadaniyatshunoslik orasidagi bog’liqlikni o’rganishda ushbu yo’nalishlarning maqsadi
ona tili va o’rganilayotgan tildagi nutqiy aktlarni qiyoslash muhim ahamiyat kasb etishi
mumkin. So’zlovchining muloqot vaziyati ijtimoiy va pragmatik parametrlarni hisobga ola
bilish va shu bilan birga birdan ortiq variantlarni tanlay olish qobiliyati unda kommunikativ va
sotsial kompetensiyalarning borligidan dalolat beradi. Ya’ni nutq etiketi birliklari sohasidagi
tadqiqotlarga ham ta’mal toshi qo’yilgan edi.

Qadim davrlardan to bugunga qadar o’zaro munosabatlar insonlar hayotida muhim

ahamiyat kasb etgan. Ma’lumki har bir til kishilar fikrlash tarzidagi farqlar va o’xshash
tomonlarni o’zida namoyon etadi va o’z o’rnida o’sha xalqning madaniyati, tarixini anglashga
bir kalit bo’lib xizmat qiladi.

Til xalqning hayoti va ruhiy holatini aks ettiradi va uni o’rganish davomida mamlakatning

tarixi, madaniyati, qadriyatlarini bilishga, shuningdek, milliy aloqalarni mustahkamlashga
yordam beradi. Til va milliy madaniyat o‘rtasidagi munosabat tilshunoslikda ham,
madaniyatshunoslikda ham muhim ahamiyatga ega.


background image

47

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Boas F. Race, language, and culture. University of Chicago Press. 1982

2.

Hymes D. The ethnography of speaking. In T. Gladwin & Sturtevant (Eds.) Anthropology

and human behavior. Washington, DC: Anthropological Society of Washington. pp. 1962. 13-53
3.

Sapir E. Selected writings of Edward Sapir in language, culture and personality. Berkeley:

University of California Press. 1949.
4.

Whorf B. L. Language, thought, and reality: Selected writings of Benjamin Lee Whorf.

Cambridge MA. MIT Press. 1956.
5.

Гумбольдт В. фон. Избранные труды по языкознанию: Пер. с нем. / Общ. ред. Г.В.

Рамишвили; Послесл. А.В. Гулыги и В.А. Звегинцева. — М.: ОАО ИГ Прогресс. 2000. - 400 с.

Библиографические ссылки

Boas F. Race, language, and culture. University of Chicago Press. 1982

Hymes D. The ethnography of speaking. In T. Gladwin & Sturtevant (Eds.) Anthropology and human behavior. Washington, DC: Anthropological Society of Washington. pp. 1962. 13-53

Sapir E. Selected writings of Edward Sapir in language, culture and personality. Berkeley: University of California Press. 1949.

Whorf B. L. Language, thought, and reality: Selected writings of Benjamin Lee Whorf. Cambridge MA. MIT Press. 1956.

Гумбольдт В. фон. Избранные труды по языкознанию: Пер. с нем. / Общ. ред. Г.В. Рамишвили; Послесл. А.В. Гулыги и В.А. Звегинцева. — М.: ОАО ИГ Прогресс. 2000. - 400 с.