Авторы

  • Shahnoza G‘ofurova
    O‘z R F A O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 3-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.124047

Ключевые слова:

“Boburiynoma” muallif obrazi estetik psixologik va falsafiy omillar uslub xarakter bevosita va bilvosita qatnashuvchi badiiy matn mualliflik izohlari tarixiy ong milliy g‘urur.

Аннотация

Ushbu maqolada muallif obrazi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilib,Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazining roman qahramonlaridan biri sifatidagi roli tahlil qilinadi. Badiiy asar muayyan davr, xalq va shaxsning ruhiy-ma’naviy dunyosini ifodalovchi murakkab hodisa bo‘lib,unda muallif obrazi yetakchi nazariy tushunchalardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslikda muallif obrazining shakllanishi, uning poetik mohiyati, funksional xususiyatlari va badiiy matndagi o‘rni yuzasidan turli yondashuvlar imkon doirasida tahlil qilinadi.


background image

37

“BOBURIYNOMA” MA’RIFIY ROMANIDA MUALLIF OBRAZI TALQINI

G‘ofurova Shahnoza Alimovna

O‘z R F A O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

3-bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15878053

Annotatsiya: Annotatsiya:

Ushbu maqolada muallif obrazi nazariy va amaliy jihatdan

o‘rganilib,Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazining roman
qahramonlaridan biri sifatidagi roli tahlil qilinadi. Badiiy asar muayyan davr, xalq va
shaxsning ruhiy-ma’naviy dunyosini ifodalovchi murakkab hodisa bo‘lib,unda muallif obrazi
yetakchi nazariy tushunchalardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslikda muallif obrazining
shakllanishi, uning poetik mohiyati, funksional xususiyatlari va badiiy matndagi o‘rni
yuzasidan turli yondashuvlar imkon doirasida tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

“Boburiynoma”, muallif obrazi, estetik, psixologik va falsafiy omillar,

uslub, xarakter, bevosita va bilvosita qatnashuvchi, badiiy matn, mualliflik izohlari, tarixiy
ong, milliy g‘urur.


Muallif obrazi tushunchasi va uning adabiyotshunoslikdagi nazariy asoslarida muallif

obrazi estetik, psixologik va falsafiy omillar bilan uyg‘un holda o‘rganilishi muhim.
“Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazi yuqoridagi omillar orqali shakllandi va o‘zini
bosh qahramonlardan biri sifatida ko‘rsata oldi.Romanning kompozitsion tuzilishi muallif
obrazining qanday namoyon bo‘lishini belgilaydi.Shu jumladan,“Boburiynoma”ma’rifiy
romani kompozitsiyasi ham bundan mustasno emas. Xayriddin Sulton romanning muqaddima
qismidanoq o‘z uslubini, xarakterini namoyon etadi. Undagi ideal,ma’rifiy romanni yozishdan
bo‘lgan maqsadni yuzaga chiqaradi.Bu ideal esa Bobur Mirzo shaxsiyatidir. Muallif o‘n to‘rt
yoshidanoq bu siymo qarshisida hurmat his qiladi.Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma”sidan bir suhbatdosh, hamroh insonini topgani sabab aqlini tanibdiki,
muallifning qo‘lidan bu devon tushmadi. Qariyib yigirma yildirki,idealining mardligi,matonati
va tavakkuli, tengsiz shaxsiyatiga maftun bo‘lib,bir qancha badiiy va ilmiy-ommabop asarlar
yozgani haqida biroz iftixor va sevgi bilan gapiradi.Muqaddima so‘ngida esa kitobxonga
murojaat qilib,Hazrati Bobur va uning shavkatli sulolasiga bo‘lgan ehtirom,ixlosining
samimiyati haqqi,ushbu ma’rifiy romanda uchrashi muqarrar bo‘lgan xato-nuqsonlarni
kechirishini umid qiladi.Muallifdagi kamtarlik va samimiy xarakteri “Boburiynoma”dagi xato-
nuqsonlarni bo‘lishi mumkin, deb emas bo‘lishi muqarrar deb hisoblaydi.Xayriddin Sulton
roman syujetida shunchaki muallif obrazida bo‘lib emas,bilvosita roman syujetida bayon
qilingan ekspeditsiya jarayonlarida,sarguzashtlarida bosh qahramonlardan biri sifatida
ishtirok etadi.Shu sababdan ham muallif obrazi, ya’ni “men” qahramonining nutqi,xarakteri –
o‘z g‘oyalarini bevosita yoki bilvosita qahramonlar orqali aks ettirishdan tashqari o‘z
zimmasiga ham tushadi va ochiq fikriy bayonlarini, mulohazalarini, ekpeditsiya davomida
ko‘rgan-kechirganlarini romanning bosh qahramonlaridan biri sifatida bemalol bildiradi.
Muallifning syujetga aralashuvi boshqa asarlarda hikoyachining mavqeiga ko‘ra,obraziga
ko‘ra turlicha shakllanadi. Masalan, bevosita, bilvosita qatnashuvchi, kuzatuvchi yoki oshkor
bo‘lmagan kuzatuvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin “Boburiynoma” ma’rifiy romanida
Xayriddin Sulton obrazini bevosita qatnashuvchi muallif bilan bir qatorda bilvosita
qatnashuvchi muallif obrazida ham ko‘ramiz.Uning muallif obrazidagi o‘ziga xos jihatlaridan


background image

38

biri syujet rivojida faol ishtirok etishidir.Romanda muallif Boburiylar davrining murakkab
tarixiy jarayonlarini nafaqat bayon qiladi,balki o‘zining shaxsiy munosabatlarini ham ifoda
etadi.Yana bir e’tibor tortadigan muallifga xos estetik ideal va dunyoqarash asarning g‘oyaviy
yo‘nalishini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.Biz muallif obrazidagi bu qirrani
tarixiy voqelik va badiiy tasvir uyg‘unligini saqlab qolganda ko‘ramiz.Muallif tarixiy shaxslarni
yoki o‘zi bilan ekspeditsiyada hamroh bo‘lgan zamondoshlari shaxsini yoritishda ularning
ruhiy holati,siyosiy qarashlari va ijtimoiy mavqeini barchaga tushunarli bo‘lgan ommabop
uslubda yoritadi.Muallifning tarixiy qahramonlari bilan munosabati ham ayricha diqqatingizni
tortadi.Muallif tarixiy shaxslar bilan xayoliy muloqotga kirishadi,ularning ichki hissiyotlarini
his qilishga,ruhiy kechinmalariga addekvat yondashishga urinadi.Ularga baho beradi,lekin bu
baho gumanistik xarakter asosida amalga oshadi.Xayriddin Sulton ayrim voqealarga o‘z
shaxsiy nuqtayi nazaridan yondasharkan ayrim tarixiy hodisalarning,siyosiy,axloqiy
tanazzullarning sababini aniqlashga harakat qiladi. Ularning ichki kechinmalarini,ruhiy
holatlarini muallif o‘z qalbidan, mental va badiiy tafakkuridan o‘tkazib tahlil qilib kitobxon
bilan o‘rtoqlashadi.Muallifning diniy dunyoqarashi,muqaddasotlari,tushunchalari bilan
parallel ravishda falsafiy tafakkuri ham roman syujetida voqealar rivojlangani sari
yorqinlashadi. Asarda tarixiy haqiqatlar bilan bir qatorda,muallifning tarixiy faktlardan
tashqari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi fikrlari mujassam bo‘lib,bu muallif
obrazining murakkabligidan dalolat qiladi.Muallifning pozitsiyasini aniqlab olishda o‘zining
uslubini qo‘llaganiga amin bo‘lamiz.Ya’ni muallif o‘zining makon va zamonidagi ijtimoiy
jarayonlarda yashab turib o‘zini tarixiy voqealar ichida his qiladi,ularni zamonaviy kontekst
bilan solishtiradi.Bu pozitsiyasi bilan o‘quvchini fikrlashga undaydi.

“Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif o‘zini badiiy matnda namoyon bo‘lish usullari

turli badiiy vositalar orqali namoyon bo‘ladi.Xayriddin Sultonning ichki monologlari ayrim
joylarda o‘z tilida jonlansa,ayrim joylarda o‘z fikrlarini qahramonlarning monologlari orqali
ifodalaydi.Romanning syujeti,qahramonlarning tasvirida muallifning sub’ektiv munosabati
seziladi.Ba’zan esa muallif bevosita ishtirok etishdan chetlanadi,lekin shunda ham uning
hayotiy tajribasi va qarashlari qahramonlar nutqida,fikrlarida aks etadi,ayrim badiiy obrazlar
orqali o‘zini namoyon etadi.Masalan,ikkinchi bor tashkil etilgan ekspeditsiya jarayonlarida
muallif ishtirok eta olmaydi.Bunga qaramay tasvirlarni aniq-tiniq,badiiy ifodalashda o‘z
uslubiga tayangan holda amalga oshiradi.Matn ichidagi mualliflik izohlari bevosita yoki
bilvosita voqealar rivojiga ta’sir qiluvchi muallifning sharhlari mavjud.Romanda muallifning
turli burchaklardan voqealarga yondashib,ularni har xil talqin etishiga,hikoyachi o‘rnini
almashtirishiga deyarli duch kelmaymiz.Ekspeditsiya rahbari,ikkinchi ekspeditsiyaga ham
rahbarlik qilgan roman qahramonlaridan biri eski a’zolardan Zokirjon Mashrabov,Sobirjon
Shokarimov,Farrux Rasul yangi qo‘shilgan a’zolar andijonlik shoir To‘lan Nizom,tarixchi olim
Sayfiddin Jalilov,hindshunos jurnalist,tarjimon Ahmadjon Qosimovlarning

1

taassurotlari

umumlashmasini muallif o‘zining badiiy tafakkuri, badiiy tilida bayon etadi.

Muallif xarakterining yana bir jihati shundaki, o‘zidan avvalgi g‘arb va sharqdagi

ma’rifiy romanlarning dunyoga kelishiga xizmat qilgan salaflardagi millat burchini chuqur
anglash xususiyatiga sodiq qolgan.Ya’ni syujetda ilgari surulishi mumkin bo‘lgan muhabbat
yoki ma’ishiy muammolardan ko‘ra,zero bunday syujetni qurishga romanda yetarlicha

1

Xayriddin Sulton.”Boburiynoma” Sharq//Toshkent-1997.248-b


background image

39

tasvirlar bor edi. Muallif esa siyosiy yangilanish, jamiyatdagi muammolar, boshqaruv
tuzumlarining inson hayotida qanday aks etishi, ma’lum davrlarda qoralangan
shaxsiyatlarning siymosini olib chiqish muammosini o‘z zimmasiga oldi. “Boburiynoma”
ma’rifiy romanida muallif obrazi tarixiy ong va milliy g‘ururni shakllantirishga xizmat
qiladi.Xayriddin Sulton muallif obrazi sifatida tarixiy, hayotiy, ijtimoiy, siyosiy, diniy va badiiy
hodisalarni mujassamlashtirgan obraz bo‘lib, uning roman syujetidagi ta’siri nihoyatda katta.
Muallif o‘z asarida shunchaki kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida maydonga
chiqadi. Muallif obrazini tahlil qilish natijasida badiiy matnning g‘oyaviy tuzilishi,
qahramonlar tizimi va estetik tamoyillari chuqur anglanadi. Tadqiqotimiz davomida
“Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallifning bayon uslubi hamda mualliflik pozitsiyasini
tahlil qilib muallifning bayonchi sifatidagi roli va “men” obrazining ahamiyati romanning
umumiy kompozitsion tuzilishi va ma’naviy-ma’rifiy jihatlariga ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Сопиева Ш. Р. Хайриддин Султоннинг ҳикоянавислик маҳорати. – филол. фан.

номз. дисс. – Т.: 2006.
2.

Султон Х. Бобурийнома. Маърифий роман. – Т.: Шарқ, 1997. 6. Matyokubova, T., &

Yakubov, I. (2020). Laboratory works of Gafur Gulam: poetic image and imagery. Journal of
critical reviews, № 7, pp. 28-37. 7.
3.

Matyokubova, T. Poetic imagery of nature // Theoretical & Applied Science, 2023. 02

(118), 521-524 8. Yakubova S. The issue of «way» in cholpon's poetry. ISJ Theoretical &
Applied Science. 2023. 02 (118), 490-492 9.
4.

Yakubov, I. “Boburnoma” - o‘zbek nasrining nodir yodgorligi. “Zahiriddin Muhammad

Boburning Sharq davlatchiligi va madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-
nazariy konferensiya materiallari, Toshkent, 2023. pp.174-179.

Библиографические ссылки

Сопиева Ш. Р. Хайриддин Султоннинг ҳикоянавислик маҳорати. – филол. фан. номз. дисс. – Т.: 2006.

Султон Х. Бобурийнома. Маърифий роман. – Т.: Шарқ, 1997. 6. Matyokubova, T., & Yakubov, I. (2020). Laboratory works of Gafur Gulam: poetic image and imagery. Journal of critical reviews, № 7, pp. 28-37. 7.

Matyokubova, T. Poetic imagery of nature // Theoretical & Applied Science, 2023. 02 (118), 521-524 8. Yakubova S. The issue of «way» in cholpon's poetry. ISJ Theoretical & Applied Science. 2023. 02 (118), 490-492 9.

Yakubov, I. “Boburnoma” - o‘zbek nasrining nodir yodgorligi. “Zahiriddin Muhammad Boburning Sharq davlatchiligi va madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari, Toshkent, 2023. pp.174-179.