90
FORSIY SHE’RIYATDA G‘AZAL
Jo‘rayeva Mahliyo Dusmurod qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
tayanch doktoranti
ORCID ID: 0009-0006-6255-3008
https://doi.org/10.5281/zenodo.16302482
Annotatsiya.
Ushbu maqoladan g‘azal janrining forsiy she’riyatda takomili, yangilangan
obraz va motivlar, tasvir usullari, shoirlar tomonidan kashf etilgan noyob topilmalar
jamlanmasi o‘rin olgan va ularga ilmiy munosabat bildirilgan.
Kirish so‘zlar:
forsiy g‘azal, yor, oshiq, payg‘ambar nomlari, Qur’on oyatlari
Аннотация.
В статье представлен сборник уникальных открытий, сделанных
поэтами, включая совершенствование жанра газели в персидской поэзии, обновление
образом и мотивов, приёмовизображения и научный подход к ним.
Ключевие слова:
персидская газель, возлюбленный, возлюбленная, имена
пророков, аяты Корана
Annotation.
This article presents a collection of unique discoveries discovered by poets,
including the improvement of the ghazal genre in Persian poetry, updated images and motifs,
methods of depiction, and a scientific approach to them.
Key words:
Persian ghazal, lover, names of prophets, verses of Kur’an
Kirish.
Arab adabiyotida vujudga kelgan g‘azal fors she’riyatida iste’dodli fors
shoirlarining mehnatlari samarasi o‘laroq ma’lum qonun-qoidalar asosida shakllandi,
rivojlandi, janrga yangi obraz va motivlar, tasvir usullari kiritildi. Bunday shoirlarning
dastlabki jamoasi Abu Shakuriy, Shohidi Balxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Farruxiy, Unsuriy kabi
ijodkorlardir.
Asosiy qism.
Dastlab ishqiy she’rlarda dunyoviy tuyg‘ular, ideal hayot tarzi, o‘yin-kulgu,
ayol vasfi yetakchilik qilgan. She’rlarda sevgilining jismoniy go‘zalliklari kuylanib, bunda arab
shoirlarining tashbehlaridan keng foydalanildi. Jumladan, Daqiqiy yor yuzini to‘lin oyga, labini
qirmizi yoqutga, bo‘yini sarv daraxtiga o‘xshatadi va sevgilisini sarvi sanobar bo‘ylik, qora
ko‘zlik, shakkarlab, parichehra bir go‘zal, ammo ayyor ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
Armutlu ma’lumotlariga ko‘ra, Rudakiy nasiblariga ham arabcha she’rlardagi mazmun-
mohiyat, shakl-shamoyil ko‘chgan, yor vasfi, ishq tasviri, ifoda yo‘nalishi bir-biriga o‘xshash.
Uning asarlarida ham yor yuzi oydek nurafshon, ko‘zi qora, sochi anbar hidli, bo‘yi sarv
daraxtidek tik etib tasvirlanadi. Bu kabi tasvirlar bilan birga shoirning originalligini namoyish
etadigan go‘zal satrlar ham borki, ularni fors she’riyatidagi yangilik sifatida ko‘rishimiz
mumkin. Xususan, yorning yashash hududiga oid jumlalar fors ishqiy she’riyatida
Rudakiygacha hech bir shoir ijodida uchramagan. Rudakiyning “Ko‘ngil Buxoroda Taroz
go‘zallarida” jumlalari fors adabiyotida yor maskanining ilk tasvirlari edi. Shuningdek, arab
g‘azallarida “sajda” tushunchasi ko‘pincha “yor” bilan aloqador tasvirlansa, Rudakiyda yor
bosgan izlar, tuproq bilan aloqador. Quyidagi misrada so‘zimizning isbotini ko‘ramiz: “
رازھ
اروت نيمز نآ کاخ مرب هدجس
” “Sen bosgan yerning hokiga minglarcha sajda etaman”. Rudakiyning
yana bir buyuk topilmalaridan biri esa yor zulfining gajagini jimga, jimdagi nuqtani yorning
yuzidagi xolga o‘xshatishidir:
91
درک هک نآ درک هک ميج ار وت فلز
درک ميج نآ ۀطقن ار وت لاخ
“Sening sochingni kim jim aylagan bo‘lsa, yuzingdagi xolni ham o‘sha jimning nuqtasi
qilibdi”. Keyinchalik forsiy va turkiy adabiyotda ommalashib ketgan bu o‘xshatishni dastlab
Rudakiy qo‘llagan. G‘azallarda payg‘ambar nomlarini Yusuf va Yaqub alayhissalomlar misolida
dastlab Rudakiy kiritgan. Rudakiydan so‘ng Daqiqiy yorni va uning go‘zalligini Yusuf
payg‘ambarga, oshiq hamda uning azob-uqubatlarini uning otasi Yaqubga mengzagan. Shu
tarzda adabiyotda bu ta’riflar an’anaga aylanib bordi va fors adabiyotining arab adabiyoti
ta’siridan chiqib, mustaqil bo‘lishiga zamin hozirladi. Garchi fors shoirlari mavzu, g‘oya,
mazmun va mohiyatni yoritishda arab she’riyatidan namuna olgan bo‘lsalar-da, she’rlarida
noyob topilmalar qilib, o‘xshashi yo‘q tashbehlar qo‘lladilar. Ularning g‘azallari orqali ilk
marta payg‘ambar nomlari, Qur’on oyatlari ishqiy she’riyatga kirib keldi. Bu, albatta, fors
shoirlarining naqadar buyuk iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi [1:146].
Fors adabiyotining buyuk qasidanavis shoirlaridan biri XI asrda yashab ijod etgan,
G‘aznaviylar saroyining malik ush-shuarosi hisoblangan Unsuriy (vaf.1039) ishqiy she’rlari
ham o‘ziga xos. Browne [2:120], Rypka [3:170], Şafak [4:152], Armutlu [1:128] singari olimlar
fikriga ko‘ra, qasidalarini oshiqona nasiblar bilan boshlagan ushbu shoir she’rlari arab
g‘azallariga o‘xshash. Xususan, ko‘z nargizga, yanoqlar oyga, bo‘y sarvga o‘xshatiladi. Yorning
halqasimon va anbar hidli zulfi, sharob rangidagi va shakardek dudoqlari oshiqni o‘ziga asir
etadi. Unsuriy ham o‘zidan avvalgi shoirlar kabi arab adabiyotidagi o‘xshatmalardan
foydalangani holda o‘z san’atkorlik qobiliyatini namoyish etib, oxorli topilmalar qiladi.
Xususan, g‘azallarida sochni halqadek tasvirlash arab adabiyotidan ko‘chgan bo‘lsa, uni kofir
rangida bo‘lishi, yor yuzidagi nur esa musulmonlar uchun ezgulik alomati sifatida tasvirlash
adabiyotda bir yangilik edi. Bu kabi islomiy o‘xshatishlarni fors shoirlari g‘azallarida ko‘plab
uchratish mumkin.
Xulosa.
G‘azal dastlab arab adabiyotida an’anaviy qasidaning kirishidagi ishqiy she’rlar
o‘laroq vujudga keldi. Vaqt o‘tishi va ijtimoiy-siyosiy hayotning o‘zgarishi bilan g‘azal ham
rivojlanib alohida bir janr o‘laroq bo‘y ko‘rsata boshladi. Rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi,
tasvir usuli, g‘azal o‘quvchi va tinglovchilar ko‘lami, shoirlarning ijtimoiy kelib chiqishi hamda
g‘azalda ifodalangan ishqning shakliga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘lindi. Islom dinining
vujudga kelishi hamda Arab xalifaligida hukmron sulolalar almashinuvi, ularning yangidan
yangi hududlarni qo‘lga kiritishi oqibatida bosib olingan hududlarga din bilan birga arab tili
va adabiyoti ham kirib bordi. Eron, Xuroson, va Movaraunnahr adabiyoti, xususan, she’riyati
arab adabiyoti ta’sirida yangi bosqichga yuz tutdi. Shu bilan birga, bu davrda arab bo‘lmagan
ko‘plab musulmon jamiyatlari vositasida arab she’riyatiga qadimgi boy madaniyat va
an’analardan yangi she’riy qiyofalar kirib kelishi bilan ham adabiy hayotning chehrasi
o‘zgardi. Jumladan, g‘azal janri forsiy she’riyatda rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi,
yangi timsollar, tasvir vositalari vujudga keldi, mavzu ko‘lami kengaydi. Qadimgi uch buyuk
she’riyat maktabining asosiy o‘zaklaridan biri bo‘lgan forsiy she’riyat va u bilan bog‘liq
ravishda rivojlangan turkiy lirika g‘azalning dunyoga tarqalishida o‘zining munosib hissasini
qo‘shdi.
References:
Используемая Литература:
92
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Armutlu S. Deri Farsçasında Gazelin Olușumu. – Erzurum. Doğu esintileri. Sayı:
1,2014/3. – S. 146.
2.
Browne E. Literarry history of Persia. – London, 1924. – P. 120.
3.
Rypka J. History of Iranian Literature. – Dordrecht, 1956. – P. 174.
4.
Şafak R. Tarihi Edyati Iran. – Tehran, 1352. – S. 152.
5.
Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. – Т.: Ўқитувчи, 1076. – 608 б.
6.
Мирзоев А.М. Рудаки и развитие газели в Х – ХV вв. – Сталинабад: ТаджикГосиздат,
1958. – 71 с.
7.
Мусульманкулов P.M. Персидско-таджикская классическая поэтика (VII–XV вв.). –
М.: Наука, 1989.