Авторы

  • Dildora Jumaniyozova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.127487

Ключевые слова:

ma’no ko‘chish trop metafora metonimiya epitet personifikatsiya sinekdoxa badiiy tasvir poetik til obrazlilik zamonaviy she’riyat.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakili Qo‘zi Davlat ijodida ma’no ko‘chish (trop) usullarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Metafora, metonimiya, epitet, personifikatsiya va sinekdoxa kabi tropik vositalar shoir asarlarida qanday badiiy yuklama bilan ishlatilgani ko‘rsatib beriladi. Maqolada tropik vositalarning poetik tasvir yaratishdagi roli, ularning obrazlilik va emotsional ta’sirni oshirishdagi vazifasi izohlanadi. Qo‘zi Davlatning ayrim she’rlari asosida misollar keltirilib, ma’no ko‘chish vositalarining individual uslub va estetik ifodadagi o‘rni yoritiladi.


background image

85

QO‘ZI DAVLAT ASARLARIDA MA’NO KO‘CHISH USULLARI

Dildora Jumaniyozova

https://doi.org/10.5281/zenodo.16267807

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakili Qo‘zi

Davlat ijodida ma’no ko‘chish (trop) usullarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Metafora,
metonimiya, epitet, personifikatsiya va sinekdoxa kabi tropik vositalar shoir asarlarida
qanday badiiy yuklama bilan ishlatilgani ko‘rsatib beriladi. Maqolada tropik vositalarning
poetik tasvir yaratishdagi roli, ularning obrazlilik va emotsional ta’sirni oshirishdagi vazifasi
izohlanadi. Qo‘zi Davlatning ayrim she’rlari asosida misollar keltirilib, ma’no ko‘chish
vositalarining individual uslub va estetik ifodadagi o‘rni yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

ma’no ko‘chish, trop, metafora, metonimiya, epitet, personifikatsiya,

sinekdoxa, badiiy tasvir, poetik til, obrazlilik, zamonaviy she’riyat.

Badiiy adabiyot tilining eng asosiy xususiyatlaridan biri – bu obrazlilikdir. Obrazlilik esa

ko‘pincha ma’no ko‘chishi (trop) orqali hosil qilinadi. Ma’no ko‘chish til birliklarining o‘z
ma’nosidan boshqa bir ma’no ifodalash uchun ishlatilishidir. Bu usullar o‘quvchida emotsional
ta’sir uyg‘otadi, tasvirni boyitadi va badiiy matnning estetik qiymatini oshiradi.

Qo‘zi Davlat – zamonaviy o‘zbek poeziyasining iste’dodli namoyandalaridan biri bo‘lib,

uning she’rlarida tasviriylik, badiiylik va obrazli ifoda vositalari keng qo‘llanadi. Ayniqsa,
metafora, metonimiya, sinekdoxa, epitet, personifikatsiya kabi troplar shoirning poetik
mahoratini ko‘rsatadi.

Metafora ( yunoncha metaphora – ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa predmet

nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir.

1

Metafora — bu o‘xshatishga

asoslangan ma’no ko‘chish usuli bo‘lib, Qo‘zi Davlat asarlarida keng qo‘llanadi. Misol:

La’li lablar bolidin totmaski, jon taslim etur,
Murdaga jon baxsh etar labdagi shakar-bolingiz.

2

Bu yerda lablar metaforik tarzda la’l (qimmatbaho tosh) va shakar-bol (shirinlik)

sifatida ifodalangan. Bu holatda labning jozibasi nafaqat tashqi go‘zallik, balki hayot, jon va
tiriklik beruvchi kuch sifatida tasvirlanadi.

Metonimiya – bir narsa nomining unga yaqin, bog‘liq bo‘lgan boshqa narsa nomi bilan

almashtirilishidir. Metonimiyaning boshqa bir muhim jihati, uning nutqdagi funksiyalaridir. U
nafaqat ma’no aniqligini oshiradi, balki mavzularni va tasvirlarni yanada jonlantiradi.
Masalan, “raqamlar o‘zgardi” degan ibora, aslida faqat raqamlar emas, balki butun bir
tizimning o‘zgarishi haqida gapiradi. Bu kabi metonimiyalar tilni yanada to‘liqroq tushunishga
yordam beradi va unda ishlatiladigan so‘zlarning mavjud bo‘lgan barcha ma’nolarini ochib
beradi.

3

Qo‘zi Davlat ijodida ham metonimiyalardan ustalik bilan foydalanilganini ko‘rishimiz

mumkin:

Ko‘cha jim... oynaga sig‘magan ko‘zlar jim...

4

Bu misrada “ko‘zlar” — insonning o‘zi, uning ichki holati sifatida ishlatilgan. Ya’ni inson

emas, “ko‘z” orqali holat tasvirlangan.

Epitetlar she’riyatga estetik jilo beruvchi vosita sifatida muhim o‘rin tutadi. Sifatlash,

1

Nurmonov.A., Sobirov.A., Qosimova.N., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T: Ilm ziyo., 2013, 190-b.

2

Davlat Qo‘zi. Ko‘ngil chiroyi. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nashriyoti” 1999. 304.

3

Mirzaahmedov, A. O‘zbek tilining semantikasiga oid tadqiqotlar. Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti. 2012.

4

Davlat Qo‘zi. Istiqlol qaldirg‘ochlari. Urganch: “Xorazm” nashriyoti. 2013. 45-bet.


background image

86

epitet — stilistika va poetika termini; antik davrdan maʼlum badiiy-tasviriy vositalardan.
Narsa va hodisalarga, tushuncha va boshqalarga xos xususiyatlarni obrazli tavsiflash.
Aksariyat hollarda sifat, shuningdek, ravish, ot, son, feʼl vositasida ifodalanadi (masalan: zar
doʻppi, qutlugʻ kun, hovliqib gapirdi kabi).

5

Qo‘zi Davlat ijodida ham epitetlar ko‘plab

o‘rinlarda kuzatiladi:

Daryo bag‘ridagi yovvoyi toshlar,
Yodingdan chiqmasin yovvoyi tunlar...

Bu yerda “yovvoyi” epiteti ikki xil ob’yektga (tosh, tun) nisbatan qo‘llanilib, obrazni

kuchaytirgan.

Qo‘zi Davlat asarlarida troplar faqatgina til bezagi emas, balki ma’no yuklovchi, ichki

holatni ochib beruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Shoir ruhiy kechinmalarni, ichki
ziddiyatlarni, ijtimoiy-hayotiy mushohadalarni obrazli ifoda vositalari orqali kuchli estetik
ta’sirga ega tarzda bayon qiladi. Shu bois uning she’riyati obrazli til, ramziy qatlam va chuqur
falsafiy mazmun bilan boyitilgan.

Qo‘zi Davlatning badiiy asarlarida ma’no ko‘chish usullarining qo‘llanilishi uning poetik

mahoratini namoyon etadi. Metafora, metonimiya, epitet, sinekdoxa va personifikatsiya kabi
troplar orqali shoir o‘z she’riy ifodasini boyitadi, obrazlar tizimini yaratadi va o‘quvchida
chuqur estetik-ta’sir uyg‘otadi. Troplarning to‘g‘ri va maqsadli qo‘llanishi shoirning uslubini,
poetik dunyoqarashini belgilaydi. Qo‘zi Davlat she’riyatini tahlil qilish orqali zamonaviy
o‘zbek adabiyotidagi badiiy til imkoniyatlarini chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

Nurmonov.A., Sobirov.A., Qosimova.N., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T: Ilm ziyo., 2013,

190-b.
2.

Davlat Qo‘zi. Ko‘ngil chiroyi. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nashriyoti” 1999. 304.

3.

Davlat Qo‘zi. Istiqlol qaldirg‘ochlari. Urganch: “Xorazm” nashriyoti. 2013. 45-bet.

4.

Xodjiyev S.K. “So‘z ma’nosining ko‘chishi bilan bog‘liq lingvistik hodisalar” – Nomzodlik

dissertatsiyasi. Toshkent, 2007. 45-bet.
5.

Mirzaahmedov, A. O‘zbek tilining semantikasiga oid tadqiqotlar. Toshkent: “O‘qituvchi”

nashriyoti. 2012.

5

Xodjiyev S.K. “So‘z ma’nosining ko‘chishi bilan bog‘liq lingvistik hodisalar” – Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent,

2007. 45-bet.

Библиографические ссылки

Nurmonov.A., Sobirov.A., Qosimova.N., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T: Ilm ziyo., 2013, 190-b.

Davlat Qo‘zi. Ko‘ngil chiroyi. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nashriyoti” 1999. 304.

Davlat Qo‘zi. Istiqlol qaldirg‘ochlari. Urganch: “Xorazm” nashriyoti. 2013. 45-bet.

Xodjiyev S.K. “So‘z ma’nosining ko‘chishi bilan bog‘liq lingvistik hodisalar” – Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent, 2007. 45-bet.

Mirzaahmedov, A. O‘zbek tilining semantikasiga oid tadqiqotlar. Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti. 2012.