Авторы

  • Bekzod Baratbayev
    Qo‘qon davlat universiteti Milliy g‘oya va huquq kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.130160

Ключевые слова:

Oliy ta’lim tizimi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar globallashuv ijtimoiy-falsafiy tahlil tanqidiy tafakkur innovatsion yondashuv Shaxsni shakllantirish.

Аннотация

Ushbu tadqiqot ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar sharoitida oliy ta’lim tizimining rivojlanish masalasini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda jamiyatda ro‘y berayotgan globallashuv, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, qadriyatlarning transformatsiyasi kabi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar oliy ta’lim tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi ana shu o‘zgarishlar sharoitida oliy ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni hal etishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat


background image

138

IJTIMOIY-MADANIY O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA OLIY TA’LIM TIZIMINI

RIVOJLANTIRISH: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL

Baratbayev Bekzod Batirovich

Qo‘qon davlat universiteti Milliy g‘oya va huquq kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16683802

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqot ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar sharoitida oliy ta’lim

tizimining rivojlanish masalasini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Bugungi kunda jamiyatda ro‘y berayotgan globallashuv, axborot texnologiyalarining
rivojlanishi, qadriyatlarning transformatsiyasi kabi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar oliy ta’lim
tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi ana shu o‘zgarishlar
sharoitida oliy ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, mavjud muammolarni
tahlil qilish va ularni hal etishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy yondashuvlarni ishlab chiqishdan
iborat.

Kalit so‘zlar:

Oliy ta’lim tizimi, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, globallashuv, ijtimoiy-

falsafiy tahlil, tanqidiy tafakkur, innovatsion yondashuv, Shaxsni shakllantirish.

Annotation:

This study is devoted to the socio-philosophical analysis of the development

of the higher education system in the context of socio-cultural changes. Today, processes such
as globalization, the advancement of information technologies, and the transformation of
values occurring in society have a significant impact on the higher education system. The aim
of this research is to identify the development trends of higher education under these changing
conditions, to analyze existing problems, and to develop socio-philosophical approaches aimed
at addressing them.

Key words:

Higher education system, socio-cultural changes, globalization, socio-

philosophical analysis, critical thinking, innovative approach, personal development.

Аннотация:

Данное исследование посвящено социально-философскому анализу

проблемы развития системы высшего образования в условиях социально-культурных
изменений. В современном обществе такие процессы, как глобализация, развитие
информационных технологий и трансформация ценностей, оказывают серьёзное
влияние на систему высшего образования. Цель данного исследования — выявить
тенденции развития системы высшего образования в условиях этих изменений,
проанализировать существующие проблемы и разработать социально-философские
подходы к их решению.

Ключевые слова:

Система высшего образования, социально-культурные

изменения, глобализация, социально-философский анализ, критическое мышление,
инновационный подход, формирование личности.

Bugungi globallashuv, axborot texnologiyalari, raqamli madaniyat va qadriyatlar

tizimidagi o‘zgarishlar zamonaviy jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Bu esa o‘z
o‘rnida kelajagimiz poydevori bo‘lmish yosh avlodga ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, bu
jarayonlar oliy ta’lim tizimiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Oliy ta’lim endilikda faqat
bilim beruvchi muassasa emas, balki shaxsning ma’naviy va madaniy shakllanishida hal
qiluvchi rol o‘ynovchi ijtimoiy institut sifatida ko‘rilmoqda. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan
qaralganda, oliy ta’lim ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, shaxsni madaniy jihatdan
rivojlantiruvchi va uni jamiyatga integratsiya qiluvchi kuchli mexanizm sifatida namoyon


background image

139

bo‘ladi. Shu bois ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar jarayonida oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib
chiqish, yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish zarurati dolzarb masalaga aylanmoqda.

Mazkur ilmiy tahlil ijtimoiy-falsafiy yondashuv, madaniyatshunoslik, ta’lim falsafasi

hamda modernizatsiya nazariyalari asosida olib borilib falsafa fani ta’limning mohiyatini ochib
berishda, uning maqsad va vazifalarini aniqlashda asosiy epistemologik vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Ayniqsa, shaxs va jamiyat munosabatlari, madaniyat va ongning o‘zaro bog‘liqligini tahlil
etishda falsafiy asoslar fundamental ahamiyatga ega. Turli falsafiy yondashuvlarni o‘rganish va
tahlil qilish insoniyatning o‘zini o‘zi anglashini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni
takomillashtirishga, madaniyatlararo tushunishni rivojlantirishga va ongning murakkab
tabiatini ochib berishga yordam beradi. Ma’lumki, ilg‘or universitetlar ilmiy bilimlarni yaratish
va texnologiyalarni uzatish bo‘yicha kuchli markaz sifatida jamiyatning innovatsion
taraqqiyotida muhim turtki beruvchi omil sanaladi. Keng qamrovli universitet ta’limi yangi
texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga tayanadi, bu esa kasbiy
ko‘nikmalarga avvaldan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bunday ta’lim shakli doimiy
yangilanib boradigan bilimlarni yetkazishga, asosiy kompetensiyalarni shakllantirishga (ya’ni
mustaqil bilim olishga layoqatlilikka) hamda yangi bilimlarni yaratish jarayoniga jalb etishga
(asosiy fanlar, o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqligi orqali) qaratilgan.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari va axborot texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida
ushbu falsafiy masalalarni tahlil qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy ta’limga doir ilg‘or nazariyalar (J.Dyuining tajriba asosidagi ta’lim modeli,

P.Freyrening tanqidiy pedagogikasi, K.Hutchinsonning holistik yondashuvi va b.) ham
tadqiqotda asosiy metodik manba sifatida foydalanilgan. Ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarning
ta’siri va mavjud muammolar sifatida zamonaviy jamiyatda quyidagi ijtimoiy-madaniy
o‘zgarishlar kuzatilmoqda: Globallashuv va madaniy aralashuv oqibatida jamiyatda chuqur
ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi kunda dunyo xalqlari o‘rtasidagi
aloqalarning jadallashuvi nafaqat iqtisodiy va siyosiy sohalarda, balki madaniyat, ma’naviyat va
qadriyatlar tizimida ham sezilarli darajada aks etmoqda. Talabalarda madaniy begonalashuv,
o‘zlikni yo‘qotish, milliy qadriyatlarga befarqlik holatlari ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan
murakkab jarayondir. Bu tendensiya nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning ko‘plab
mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Axborotning haddan ziyodligi va texnologiyalarning tez sur’ati bugungi kunda chuqur

bilim olish o‘rniga tez va yuzaki ma’lumotga moyillikni kuchaytirayotgani kuzatilayotgan
tendensiyadir. XXI asrda “axborot portlashi” deb ataluvchi hodisa natijasida inson har kuni
millionlab ma’lumotlar oqimi ichida yashashga majbur bo‘lmoqda. Bunday holat esa ko‘plab
ijtimoiy, psixologik va madaniy muammolarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, axborot ortig‘i
inson ongiga yuklama beradi. Har bir yangilik, har bir vizual yoki matnli kontent inson
tafakkurini band qiladi. Bu holat diqqatning tarqoqlashuviga, fikrlash chuqurligining
pasayishiga olib keladi. Inson axborotga chuqur kirib borish o‘rniga, yuzaki baholash va tezda
unutishga o‘rgana boshlaydi. Ikkinchidan, texnologiyalar tez sur’atda o‘zgarar ekan, inson
ularga moslashishga ulgura olmay qolmoqda. Har bir yangilik, har bir yangi platforma, sun’iy
intellekt, algoritmlar, raqamli vositalar jamiyatda “raqamli stress” holatini yuzaga keltirmoqda.
Ayniqsa, yoshlar bu jarayonning markazida turib, ko‘pincha real hayot va virtual muhit
o‘rtasida muvozanatni yo‘qota boshlaydi. Uchinchidan, axborotning ko‘pligi — ishonchli va
soxta ma’lumotni farqlashni qiyinlashtiradi. Ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, onlayn yangiliklar


background image

140

oqimi orasida tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish qobiliyati eng muhim ko‘nikmaga
aylanmoqda. Ammo ko‘pchilik bunday salohiyatga ega emas, bu esa noto‘g‘ri qarorlar,
stereotiplar va ijtimoiy manipulyatsiyalar xavfini kuchaytiradi. To‘rtinchidan, shaxsiy hayot va
ruhiy salomatlik tahdid ostida qolmoqda. Doimiy onlayn bo‘lish, ekran oldida ko‘p vaqt
o‘tkazish, sun’iy muloqot shakllari insonni yolg‘izlik, befarqlik, hattoki depressiyaga olib borishi
mumkin. Odamlar real hayotdagi hissiy aloqalardan uzoqlashib, sun’iy “raqamli ijtimoiylik”
bilan cheklanib qolmoqda. Bu esa chuqur tahlil qilish va o‘rganish zaruratini kamaytirishi
mumkin. Tezkor yangilanishlar: Texnologiyalar juda tez rivojlanib bormoqda, bu esa
ma’lumotlarning ham tez eskirishiga olib keladi. Shuning uchun ko‘pchilik eng so‘nggi, lekin
yuzaki ma’lumotlarni olishga intiladi. Qisqa formatdagi kontentning mashhurligi: Ijtimoiy
tarmoqlar va boshqa platformalarda qisqa formatdagi (matnlar, videolar) kontentning keng
tarqalishi odamlarning diqqatini uzoq vaqt bir joyga jamlash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
E’tiborni jalb qilish uchun kurash: Internetda axborot juda ko‘p bo‘lgani uchun, kontent
yaratuvchilar foydalanuvchilarning e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha sarlavhalarning
yorqinligi va ma’lumotning yuzakiligiga e’tibor berishadi. Qadriyatlar transformatsiyasi –
bugungi kunda yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlarga munosabati, hayotga qarashlari
oldingi avlodlardan sezilarli darajada farq qilmoqda. Ilgari muqaddas deb hisoblangan
me’yorlar – hurmat, sadoqat, sabr, ota-onaga itoat, mahalliylik ruhi, jamoaviylik – asta-sekin
individualizm, erkinlik, tez muvaffaqiyatga erishish, global tafakkur bilan almashinmoqda. Bu
holat, bir tomondan, taraqqiyot va yangilanish belgisi bo‘lsa, boshqa tomondan, milliy o‘zlik va
ma’naviy barqarorlikka tahdid soluvchi omilga aylanishi ma’naviy va axloqiy tamoyillarning
o‘zgarishi ta’lim mazmuniga ham ta’sir qilmoqda. Bunig oqibatida ijtimoiy mas’uliyatning
susayib fuqarolarning jamiyat, davlat, tabiat, atrof-muhit va boshqalarga nisbatan bo‘lgan
burch va majburiyatlarni anglash, his qilish va bajarishdagi befarqligining kuchaymoqda.
Bunday susayish jamiyatda individual manfaatlar ustuvor bo‘lib, umumiy ahamiyatga ega
bo‘lgan qadriyatlar va ijtimoiy birdamlik zaiflashganda yuzaga chiqadi hamda ta’lim
oluvchilarda fuqarolik ongining yetarlicha shakllanmagani kuzatiladi.

Ushbu holatlar oliy ta’lim tizimini yangicha qarashlar asosida rivojlantirish zarurligini

ko‘rsatadi. Aynan ijtimoiy-falsafiy tahlil vositasida bu muammolar ildiziga chuqurroq nazar
tashlash, ularning sabablari va oqibatlarini anglash mumkin. Ijtimoiy-falsafiy asoslangan
quyidagi takliflar oliy ta’lim tizimini ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarga mos holda rivojlantirishga
xizmat qiladi. Oliy ta'limda milliy madaniyat, til, tarix va mentalitetga asoslangan yondashuvlar
bilan birga global bilimlarning uyg‘unlashtirilishi juda muhim ahamiyatga ega. Bu yosh avlodni
har tomonlama barkamol etib tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Yurtimizning
taraqqiyoti uchun oliy ta’limda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligini ta’minlash
muhim vazifa bo‘lib qoladi. Bu yoshlarga o‘z milliy ildizlariga sodiq qolgan holda global
dunyoda o‘z o‘rnini topishlariga yordam beradi. Tanqidiy tafakkurni shakllantirish: Talabalarni
mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy masalalarga faollik bilan yondasha oluvchi shaxs sifatida
tarbiyalash – asosiy vazifalardan biri bo‘lishi lozim. Har bir talabani individualligi asosida
rivojlantirishga qaratilgan holistik (butunlikka asoslangan) pedagogik yondashuvlar joriy
etilishi kerak. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim jihat sifatida turli madaniyatlarni
anglash, hurmat qilish va madaniy xilma-xillikni qadrlashni o‘rgatish zarur.

Xulosa qilib aytganda Ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar sharoitida oliy ta’lim tizimi nafaqat

bilim beruvchi, balki madaniyatni asrovchi, ijtimoiy ongni shakllantiruvchi va shaxsni kamol


background image

141

toptiruvchi muhim ijtimoiy institut sifatida yangicha falsafiy tahlilga haqli. Faqat texnologik
yoki me’yoriy islohotlar bilan cheklanib qolish yetarli emas, balki bu tizimning fundamental
ijtimoiy-falsafiy asoslarini chuqur qayta ko‘rib chiqish zarur. Bu jarayonda ta’lim falsafasi
yangicha mazmun kasb etib, u endilikda texnologik rivojlanish, qadriyatlar transformatsiyasi,
axborot portlashi, madaniy begonalashuv va global raqobat sharoitida milliy identitetni saqlab
qolish va uni rivojlantirish vositasiga aylanmoqda. Oliy ta’limning asosiy kuchi – talaba shaxsini
tarbiyalashda emas, balki uni ijtimoiy-madaniy muhitga ongli va faol tarzda moslashtirish, o‘z
hayoti va jamiyat taqdiriga mas’uliyat bilan qaraydigan fuqaroga aylantirishdadir. Oliy ta’limni
shaxs va jamiyat ehtiyojlariga mos holda modernizatsiya qilish, uni gumanistik, tanqidiy va
madaniy asoslarda boyitish – barqaror taraqqiyotning kafolatidir. Bu yo‘nalishda olib
boriladigan har qanday strategik harakat – jamiyatning ijtimoiy ongini, intellektual salohiyatini
va madaniy merosini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, ijtimoiy ong va intellektual
salohiyat bir-birini to‘ldiruvchi tizimli jarayon bo‘lib, ularning uyg‘un rivoji barqaror
jamiyatning kafolati hisoblanadi. Oliy ta’lim esa bu jarayonning markazida turib, shaxsni
nafaqat kasb egasi, balki madaniy ongli, tanqidiy fikrlovchi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan fuqaroga aylantirish vazifasini bajaradi. Shu bois, ijtimoiy-
madaniy o‘zgarishlar davrida ta’lim strategiyalari qisqa muddatli ehtiyojlardan emas, balki
uzoq muddatli ma’naviy barqarorlik, madaniy vorislik va fuqarolik ongini rivojlantirish
maqsadidan kelib chiqishi lozim. Har qanday islohot, har qanday yangilik, avvalo, inson
kapitaliga xizmat qilishi, u orqali jamiyatda ongli islohotlarni amalga oshirishga turtki bo‘lishi
kerak. Natijada, oliy ta’lim faqat bilim berish maydoni emas, balki ijtimoiy ongni boshqaruvchi,
milliy tafakkurni shakllantiruvchi va madaniy merosni zamon talablari bilan uyg‘unlashtiruvchi
strategik maydon sifatida qaralishi lozim.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

2.

Abdujalilov Z.M. Falsafa va ta’lim: zamonaviy qarashlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.

3.

Habermas, J. The Theory of Communicative Action. – Boston: Beacon Press, 1984.

4.

Dewey, J. Democracy and Education. – New York: The Free Press, 1916.

5.

Freire, P. Pedagogy of the Oppressed. – London: Bloomsbury Publishing, 2000.

6.

G‘afurov T.Yu., Jalilov T.S. Oliy ta’lim tizimida modernizatsiya jarayonlari. – T.: Iqtisodiyot,

2021.
7.

Quronov A. Global madaniyat va milliy o‘zlik. – T.: Ma’naviyat, 2017.

8.

Toshmuhamedov O. Falsafiy tafakkur asoslari. – T.: Sharq, 2020.

9.

UNESCO. Rethinking Education: Towards a global common good? – Paris: UNESCO

Publishing, 2015.
10.

To‘xtayev B. Ijtimoiy falsafa asoslari. – T.: TDPU, 2022.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

Abdujalilov Z.M. Falsafa va ta’lim: zamonaviy qarashlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.

Habermas, J. The Theory of Communicative Action. – Boston: Beacon Press, 1984.

Dewey, J. Democracy and Education. – New York: The Free Press, 1916.

Freire, P. Pedagogy of the Oppressed. – London: Bloomsbury Publishing, 2000.

G‘afurov T.Yu., Jalilov T.S. Oliy ta’lim tizimida modernizatsiya jarayonlari. – T.: Iqtisodiyot, 2021.

Quronov A. Global madaniyat va milliy o‘zlik. – T.: Ma’naviyat, 2017.

Toshmuhamedov O. Falsafiy tafakkur asoslari. – T.: Sharq, 2020.

UNESCO. Rethinking Education: Towards a global common good? – Paris: UNESCO Publishing, 2015.

To‘xtayev B. Ijtimoiy falsafa asoslari. – T.: TDPU, 2022.