Авторы

  • Inomjon Kudratov
    Adliya vazirligi, Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.130163

Ключевые слова:

yuridik xizmat yuridik xizmat xodimi attestatsiya malaka oshirish stajirovka lavozimga tayinlash va ozod qilishni kelishish jarayoni.

Аннотация

ushbu maqolada davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati sohasidagi islohotlar yuridik xizmat xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida ularga yuklatilgan asosiy vazifa va funksiyalar, huquq va majburiyatlar hamda imtiyozlar batafsil yoritilib, mazkur sohani yanada takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar berilgan.


background image

129

YURIDIK XIZMAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR: SAMARA VA NATIJA

Kudratov Inomjon Sattarkulovich

Adliya vazirligi, Yuridik xizmatlar faoliyatini

muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

https://doi.org/10.5281/zenodo.16606175

Annotatsiya:

ushbu maqolada davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati

sohasidagi islohotlar yuridik xizmat xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik
hujjatlarida ularga yuklatilgan asosiy vazifa va funksiyalar, huquq va majburiyatlar hamda
imtiyozlar batafsil yoritilib, mazkur sohani yanada takomillashtirishga oid taklif va
mulohazalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

yuridik xizmat, yuridik xizmat xodimi, attestatsiya, malaka oshirish,

stajirovka, lavozimga tayinlash va ozod qilishni kelishish jarayoni.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun

ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan bir qator kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirildi.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, shartnomaviy-huquqiy va

talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshirishda ko‘mak beradigan yuridik xizmatlar joriy etildi.
Mazkur yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga uslubiy va metodik jihatdan
ko‘maklashish hamda tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilash borasida bir qator ishlar bajarildi.

Shu bilan birga yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yuridik xizmat xodimlariga

tegishli va zarur vakolatlar berildi.

Biroq, ushbu vakolatlar yuridik xizmat xodimlarining qonun buzilishini oldini olish

hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari uchun yetarli va ta’sirchan bo‘lmaganligi
natijasida ish faoliyatda kutilgan samarani bermadi.

Shtat birliklarini belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi esa, o‘z navbatida

turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona
belgilashni ta’minlash imkonini bermadi.

Bundan tashqari, yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta’minot darajasi mazkur sohaga

oliy yuridik ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga to‘sqinlik
qilishi bilan birgalikda, yuridik xizmatlar ishining sifatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymadi.

Bu esa o‘z navbatida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada

mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning
roli va javobgarligini izchillik bilan yanada kuchaytirishni taqozo etdi.

Shu maqsadda mamlakatimizda yuridik xizmat sohasini takomillashtirishga qaratilgan

islohotlar olib borilib, sohani tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilindi va yetarlicha huquqiy baza yaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ – 2733-son

“Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi.

Qaror bilan yuridik xizmat xodimlari faoliyatining quyidagi beshta asosiy yo‘nalishlari

belgilab berildi:

- davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va

qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;


background image

130

- davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan
nazoratni olib borish;

- davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish,

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy
tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

- davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy

savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-
mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali
yetkazishda ishtirok etish;

- shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va

tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.[1]

Shu bilan bir qatorda belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlarni sifatli bajarilishi uchun zarur

va muhim funksiyalar belgilandi.

Bugungi kunda aholining, shu bilan birga davlat organlari va tashkilotlarida o‘z faoliyatini

olib borayotgan xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirib borish
juda muhim jarayon hisoblanadi.

O‘z navbatida bu vazifa adliya organlarining zimmasiga yuklatilganligini ham alohida

qayd etish zarur.

Shu nuqtai nazardan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada

mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning
rolini izchillik bilan kuchaytirishni taqozo etdi.

O‘tgan davr mobaynida qarorda belgilangan yuridik xizmat sohasini takomillashtirishga

qaratilgan bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash borasida ishlar amalga oshirilganligini ham
sanab o‘tish joiz.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek ularning hududiy tuzilmalarida,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan eng kam me’yor va
mezonlarga asosan, majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etildi. Bunda yuridik
xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi mustahkamlab
qo‘yildi.[2]

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari

xodimlariga belgilangan martaba darajalarini berish, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni
to‘lash tartibi tatbiq etilishi ta’minlandi. Bunda yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan
tashkilotda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan yuqori ustama belgilangan
taqdirda, xuddi shu shakldagi ustama to‘lash yuqori miqdor bo‘yicha amalga oshirilishi hamda
xarajatlar davlat organlari va tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab
qo‘yildi.

Bugungi kunda yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji xodim boshqa davlat

organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga o‘tganda
martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat ustamalarini to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji
hisobiga olinmoqda.

Yuridik xizmat sohasiga salohiyatli kadrlarni jalb qilish maqsadida davlat organlari va

tashkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur mutaxassislik bo‘yicha uch yillik stajiga ega bo‘lgan
xodimlariga, litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs sifatida


background image

131

malaka imtihonida tegishli stajirovka o‘tmasdan ishtirok etish huquqi berildi.

Hozirda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari har uch yilda

kamida bir marta malakalarini oshirgan holda, Xuddi shu muddatda tegishli ravishda adliya
organlarida attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.[3]

Shu bilan birga bir qator tartiblar o‘rnatildiki, unga ko‘ra endilikda:

birinchidan,

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va

tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy
tartibda choralarni ko‘rmoqdalar;

ikkinchidan,

buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik xususiyatga ega bo‘lgan

boshqa hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizasini amalga oshirish uchun majburiy
tartibda yuridik xizmatga taqdim etilmoqda;

uchinchidan,

jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga

ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan majburiy tartibda
yuridik xizmatning xulosasi olinishi yo‘lga qo‘yildi;

to‘rtinchidan,

davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor

shaxslarining harakati yoki harakatsizligi yuzasidan berilgan shikoyatlar majburiy tartibda
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tomonidan ham ko‘rib chiqilmoqda;

beshinchidan,

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini

lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari
bilan kelishilishi tartibi belgilandi;

oltinchidan,

adliya organlari yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik

talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda yuridik xizmatlari
xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qo‘zg‘atish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega
bo‘ldi;

yettinchidan,

davlat organlari va tashkilotlarida har yili yuridik xizmatlarning mazkur

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylik ta’minlanishi ahvoli
to‘g‘risidagi hisoboti eshitilishi joriy etildi;

sakkizinchidan,

yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat

organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi,
biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
mukofotlanadigan bo‘ldi.

Alohida qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar

faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash, ularning xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazish va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organi etib belgilandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, davlat organlari

va tashkilotlari yuridik xizmatini yanada rivojlanishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun
zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish nafaqat jamiyatning barqaror rivojlanishi balki
mamlakatimizning jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashi uchun ham zaruriy
asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik


background image

132

xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/docs/-3098964

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish
chora-tadbirlari haqida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/uz/docs/-3189363

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son

“Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/ru/docs/-1274006

4.

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan
shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat
raqami: 3444, 2023-yil 5-iyul) // URL:

https://lex.uz/uz/docs/-6523027

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL: https://lex.uz/docs/-3098964

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori // URL: https://lex.uz/uz/docs/-3189363

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori // URL: https://lex.uz/ru/docs/-1274006

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami: 3444, 2023-yil 5-iyul) // URL: https://lex.uz/uz/docs/-6523027