122
MIRZO BOBUR FARZANDLARI
Azamjanova Ziyodaxon Azamjon qizi
Andijon Davlat Universtiteti tarix fakulteti 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16560328
Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
She’riyat dunyosiga bir bog’ misolida nazar solsak, uning qanchalar maftunkor va
xilma xilligiga amin bo’lamiz. Har bir gulning takrorlanmas go’zalligi va xushbo’y atri
bo’ladi. Go’zallik timsollarining barchasini quchib, muattar hidlaridan orom olging keladi
kishi. Biroq gullar qanchalar beqiyos bo’lmasin, ularning ichida dilingni mast etib, o’ziga
qayta-qayta chorlovchi benaziri bo’ladi. She’riyat gulshanining gultojlari - Lutfiy, Navoiy,
Boburdir. Bu ulug’ siymolarimizni 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha biladi, sevib mutolaa
qiladi. Ko’p qirralillik xususiyati bilan alohida ajralib turtuvchi Bobur Mirzo shoir,
tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi sifatida
dong taratgan. Bobur bu sohalarda ko’p va xo’b ijod etgan, faoliyat yuritgan va dunyo
e’tirofiga sazavor bo’lgan. Bobur haqida ingiliz olimi Uilyam Erskin shunday iliq fikrlar
bildirganki, uni qog’ozga tushurmaslik, ma’rifatga jaholat bilan qarashdek nazdimizda.
“Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan
muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng
keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
Boburning olam ahlini lol etgan ijodi haqida soatlab gaprish, tonlab kitoblar bitish
mumkin. Bobur butun bir xalqqa munosib “ ota” bo’ldi. Farzandlarini qanchalar suyib,
erkalasa, elining farovon yashashi uchun shu qadar kuyib, yondi. Boburning dono
harakatlari, o’ychan va bilimli boqishlari farzandlarida ham aks etdi. Otasi singari
mehribon, xalqini suyuvchi, ma’rifatli va zamonasining yetuk shaxslaribo’lib yetishgan
Bobur farzandlari ham, padari singari o’z davrining nomdor vakillari qatorida muhim
o’rin tutdi. Boburning qizi Gulbadan Begim (1522, Kobul-1603, Dexli)- markaziy
Osiyodan o’rta asrlarda yetishib chiqqan yagona ayol tarixchi.
Boshqa farzandlari: Fahr an-Nisa-begim (1502-1502), Humoyun (1508-1556), Mixr
Jahon-begim, Ishand ad-Daulat-begim, Barbul-mirzo (1518-1521), Faruk –mirzo (1526-
1527), Gul Barg-begim, Masuma Sulton-begim, Kamron-mirzo (1509-1557), Gul Izar-begim,
Muhammad Askari-mirzo (1517-1554), Sulton Ahmad-mirzo (1517-1525), Shohruh-mirzo
(1522-1527), Gul Rang-begim (1511/15-1534 yildan keyin), Gulchehra-begim (1515/17-
15557), Abu Nosir Muhammad Hindol-mirzo (1519-1551), Alur-mirzo (1524-1529).
Bobur Mirzoning farzandlariga bo'Lgan mehr va e’tiborini birgina Humoyun
mirzoning bedavo dard bilan og’riganida xudodan “jon kerak bo’sa, menikini ol”-deya
madad so’ragani, oh chekkanini eslashimiz mumkin.
Humoyun. 1530- yil Humoyunning otasi Boburning Hindistondagi mulklariga ega
bo’lgan. Sekin-asta Gujarot, Rajpu-tan, Malvani o’z davltiga qo’shib olgan. Lekin o’sib
borayotgan ichki nizolar va ukalari Mirzo Komron, Mirzo Feruz, Aksariy Mirzo va
Hindol Mirzolarning mustaqillikka intilishlari davlatni zaiflashtirgan…..
Humoyun Hindistonda bir necha ma’muriy islohotlar o’tkazgan. Uning davrida Mir
123
Sayid Ali boshchuligida miniatyura maktabi yuzaga kelgan. Humoyun fors va turkey
tillarda she’rlar yozgan . Akbar tomonidan Dehli shahrida Humoyun maqbarasi qurilgan.
Gulbadan Begim Bobur va akasi Humoyun haqida “Humoyunnoma” asarini yozgan.
Ma’suma Sulton Begim. Uning onasining ismi ham Ma’suma Sulton Begim bo’lib,
chaqaloqligidayoq onasi olamdan o’tgan va chaqaloqni onasining ismi bilan ataganlar. Bu
qiz Hirot shohi Mirzo Husayn Boyqaroning nevarasi, Mirzo Badiuzzamonning o’g’li
Muhammad Zamon Mirzoga turmushga chiqqan
Gulbadan Begim. 1522-yilda Kobul yaqinida tug’ilgan.1539-yilda Gulbadan Begimni
Humoyunshoh saroyidagi amaldorlardan bo’lgan Xo’ja Xizirxonga turmushga uzatilgan va
undan bir o’g’il farzand ko’rib, unga Saodatyor deb ism qo’yilgan.
Boburshoh va boburiy shahzodalarning hayot yo’li, ularning beqiyos bunyodkorlik
ishlari, davlatni boshqarishdagi islohotlar, qolaversa, inson sifatidagi qiyofasi uning
vatandoshlari qalbida, albatta, katta qiziqish uyg’otadi.
Hindistondek buyuk mamlakat tarixida Boburshoh va uning avlodlari faoliyati
salmoqli o’rin egallaydi. Bu mamlakatda boburiylar saltanati o’rnatilgandan buyon 480
yilga yaqin vaqt o’tgan bo’lsa ham, tarixchilar va mahalliy xalq ularning nomlarini
alohida ehtirom bilan tilga oladi.
Boburiylar sulolasi vakillari haqida nafaqat sharq, balki g’arb mamlakatlarida, shu
jumladan Buyuk Britaniyada o’nlab ilmiy-tarixiy asarlar yaratilgan. Bu asarlarning
ko’plari boburiy shahzodalarning zamondoshlari tomonidan yaratilgan bo’lib, asar
mualliflarining aksariyati o’sha dvrda bo’lib o’tgan voqealarda o’zlari ishtirok etganlar.
Bu asarlar Hindistonda uch yarim asrga yaqin muddat davomida hukmronlik qilgan
boburiylar sulolasi haqida ma’lumot beradi.
Bobur va uning avlodlarining kelajak ravnaqi yo’ida qo’shgan hissalari haqida
gapirar ekanmiz, uni hisoblsh uchun hech bir o’lchov birligi va tarozi topilmasligiga
amin bo’lamiz. Kelajak o’tmishdan bunyod etilganidek, ota-bobolarining kim ekanligini
bilmagan, o’rganmagan va o’rgatmagan inson o’zligini anglab yetmagan manqurtdir.
Ajdodlarimiz faqatgina tushlarida orzu qilgan, bugungi sharoitlarda ko’p narsaning ilojini
topsa bo’ladi. Biz-u sizdan biroz qunt va harakat talab etiladi xolos.
References:
Используемая Литература:
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
G'ofurjon Sotimov :“ Boburiyzodalar”-T.:”Ma’naviyat”n,2003y
2.
Bobur Xalqaro Fondi:”Zahiriddin Muhammad Bobur”-T.:”Sharq”n,2008y
3.
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi :”Zahiriddin Muhammad Bobur”-
T.:”Fan”n,1994y