Авторы

  • Bexruzbek Bahodirov
    Shahrisabz davlat muzey qo'riqxonasi katta ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.130168

Ключевые слова:

Shamsiddin Kulol maqbarasi Dorut Tilovat majmuasi Goʻrxonaning kufiy yozuvi Gumbazi sayidon sidqidildan ixlos qilish yogʻoch darvoza kogonlik dindorlar va naqshbandiya tariqati.

Аннотация

Shamsiddin Kulol maqbarasi ilmiy diniy merosi hozirgi kungacha saqlanib qolgan bo'lib, uning maqbarasi va Dorut Tilavat majmuasi O'zbekistonnig tarixiy yodgorliklari sifatida e'tirof etiladi va ziyoratgoh sifatida katta ahamiyatga ega.


background image

111

SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI

Bahodirov Bexruzbek Botir o'g'li

Shahrisabz davlat muzey qo'riqxonasi katta ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16520703

Annotatsiya:

Shamsiddin Kulol maqbarasi ilmiy diniy merosi hozirgi kungacha

saqlanib qolgan bo'lib, uning maqbarasi va Dorut Tilavat majmuasi O'zbekistonnig tarixiy
yodgorliklari sifatida e'tirof etiladi va ziyoratgoh sifatida katta ahamiyatga ega.

Kalit so'zlari:

Shamsiddin Kulol maqbarasi, Dorut Tilovat majmuasi, Goʻrxonaning,

kufiy yozuvi, Gumbazi sayidon, sidqidildan ixlos qilish, yogʻoch darvoza, kogonlik dindorlar va
naqshbandiya tariqati.

Аннотация:

Научное и религиозное наследие мавзолея Шамсиддина Кулола

сохранилось до наших дней.

Ключевые слова:

Мавзолей Шамсиддина Кулола, комплекс Дорут Тилoват, .

Пещера, куфическое письмо, Гумбази сайдан, искренняя преданность, деревянные
ворота, религиозные люди Кагана и секта Накшбанди.

Abstract:

The scientific and religious heritage of Shamsiddin Kulol's mausoleum has

been preserved to this day.

Keywords:

Shamsiddin Kulol Mausoleum, Dorut Tilovat Complex, . The cave, the Kufic

script, Gumbazi sayidan, sincere devotion, wooden gate, religious people of Kagan and the
Naqshbandi sect.

Shamsuddin kulol

yoki

Shamsiddin Kulol

(?— vafoti 1360-yil, Kesh) – shayx.

Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning
piri. “U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak kabriga
(ziyorat uchun) tez-tez borib turardi”, deb yozadi Ali Yazdiy.

Shamsuddin kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u

xojagon tariqatiga ham hurmat bilan qaragan. Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda
kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida xam Shamsuddin kulol qabrini ziyorat qilib
turgan. 1373–1374-yillarda Amir Temur Shamsuddin kulol qabri yonida bir gumbaz-
maqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsuddin kulol
qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi

[1]

Shamsuddin kulol

joylashgan meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Amir Temurning otasi Amir

Taragʻoy va Temurning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga bunyod etilgan. Goʻrxonaning tarhi
toʻrtburchak

(12,1x10,6

m)

shaklda,

pishiq

gʻishtdan

qurilgan,

toʻrdagi

devori ravoqli toqchalardan tashkil topgan. O'ymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi
va nodir hisoblanadi. Maqbaraning kulohiy l(qirrador) gumbazi 20-asr boshlarida buzib
tashlangan, oʻrni bir ustunli tekis tom bilan taʼmirlangan. Shayx Shamsuddin kulol maqbarasi
Amir Temur davrida shakllangan yangi meʼmoriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi,
ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — oʻzaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi
qalqonsimon bezaklari meʼmoriy uslubga muhim taʼsir koʻrsatgan

[1]

.

Joylashuvi.

Shamsuddin kulol maqbarasi „Dorut Tilovat“ majmuasi tarkibida

joylashgan. Dorut Tilovat soʻzining maʼnosi „tilovat qiluvchilar“ deganidir. Goʻrxona
toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, umumiy maydon 12.1x10.6 metrni tashkil etadi. Inshoot
toʻlaligicha pishiq gʻishtdan barpo etilgan. Kirish eshigi gullar bilan oʻymakorlik asnosida
yaratilgan. Unda islimiy naqsh va kufiy yozuvlari joy olgan. Yogʻoch darvoza buxorolik ganjkor


background image

112

ustalar tomonidan tayyorlangan.

Maqbaraning qirrador gumbazi mavjud boʻlgan. Ammo 20-asrda mazkur gumbaz qulab

tushadi va keyinchalik uning oʻrniga oddiy tekis tom oʻrnatiladi

[2]

. Shamsiddin kulolning

koʻmilgan hujrasi ham koʻfiycha yozuvlar bilan bezatilgan boʻlib bu asosiy bino hisoblanadi.
Ikkinchi bino esa shakldor gʻishtlardan qad rostlagan. Oʻz davrida masjid darvozalari, ibodat
qilish uchun maxsus joylar, tahorat olish uchun sakkiz qirrali hovuz, shu bilan birgalikda,
balandligi 10.5 metrga teng boʻlgan minora barpo etilgan. Maqbara atrofida marmar zina-
poyali kichik bogʻ va gʻishtin yoʻlaklar mavjud boʻlgan.

Tarixi.

Mazkur maqbaraning qurilishi Amir Temurning farmoni bilan 1373-

yilda boshlangan. Qurilish ishlari 1374-yilda nihoyalangan. Maqbara va majmua tarkibiga
kiruvchi Miro Ulugʻbek tomonidan barpo etilgan Gumbazi sayidon maqbarasi ham bir nechta
hujralardan tarkib topgan. Bu yerda Amir Temurning otasi Muxammad Taragʻay va Amir
Temurning ustozi Shayx Shamsiddin kulolning qabrlari joylashtirilgan

[3]

.

Taʼmirlanish.

Ilk mustaqillik yillarida kogonlik dindorlar va naqshbandiya tariqati

yetakchilari tomonidan Shamsiddin kulol dafn etilgan joyga yaqin hududda birmuncha oddiy
maqbara bunyod etilgan. Ammo, avliyoning ayni koʻmilgan joyi aniqlanmay qolgan. 2008-
yilda
ayni hudud aniqlanib shu yerdagi 6 gektar maydonda ikki qavatli maqbara barpo
etilgan

[4]

.

Tuzilishi.

Hovli tomonga qaratib qurilgan masjid, maqbaralar va Dorut Tilovat

madrasasining darsxonasi, hujralari buzilib, uning oʻrniga

keyinchalik qurilganM

qoʻshimcha xonalar joylashtirilgan. Dorut Tilovat majmuasida 18—19-asrlarda qurilgan
binolar ham mavjud, biroq ularni badiiy jihatdan Amir Temur va Ulugʻbek davri
meʼmorligi bilan qiyos qilib boʻlmaydi.

Arxeologik tadqiqotlar:

1994—1996-yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida jome masjidning

ikkitarafidagi gʻishtin ravoqli ayvon qoldiqlari,madrasa, darvozaxona va minoraning poydevor
qoldiqlari aniqlandi. Majmuaning tarixiy shaklini tiklash maqsadida masjid ayvonlari,
madrasasining bir qismi va minora qayta tiklandi. Koʻk gumbaz va Gumbazi Sayyidonda ham
taʼmir ishlari olib borilgan

[5]

.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

“Dorut Tilovat memorial majmuasi”.

meros.uz

. Qaraldi: 08-2023.

2.

Drevsyanskaya G.; Lunina S.; Usmanova Z.; Sultonov X.

. Shahrisabz

. Toshkent:

Universitet nashriyoti, 1994 — 2-tom-bet.
3.

Sharafiddin Ali Yazdiy; tarjimon: O.Bo'riyev

. Zafarnoma (Movaraunnahr voqealari)

.

Toshkent: Kamalak nashriyoti, 1994-yil — 185-186-bet.
4.

F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov

. Oʻzbekiston

obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo

. Uzbekistan today, 2016-yil — 238-239-bet. ISBN 978-

9943-4510-6-3.
5.

“Dorut Tilovat”,

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

(D-harfi). Toshkent: “Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yil

Библиографические ссылки

“Dorut Tilovat memorial majmuasi”. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.

Drevsyanskaya G.; Lunina S.; Usmanova Z.; Sultonov X.. Shahrisabz. Toshkent: Universitet nashriyoti, 1994 — 2-tom-bet.

Sharafiddin Ali Yazdiy; tarjimon: O.Bo'riyev. Zafarnoma (Movaraunnahr voqealari). Toshkent: Kamalak nashriyoti, 1994-yil — 185-186-bet.

F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 238-239-bet. ISBN 978-9943-4510-6-3.

“Dorut Tilovat”, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (D-harfi). Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yil