152
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILAVIY MUNOSABATLARNI TARKIB
TOPTIRISHGA OID QARASHLARI
Raxmatova Nargiza Akbar qizi
Qarshi Davlat Unversiteti tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16743314
Oila- jamiyatning eng katta bo’gimi bo’lib, u qon-qarindoshlik, nikoh orqali yoki birga
istiqomat qilish orqali bog’langan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Jamiyatimizga yukasak
ilmli, tarbiyali shaxs hamda kerakli inson yetishtirib beruvchi ilmiy maskanning boshlang’ich
nuqtasi bu -oiladir. Oila mehr - muhabbat, jipslik, birdamlik, manbaidir. Ana shu o'zbekona
qadriyatlar asosida jamiyat rivojlanib boradi. Haqiqatdan ham asrlar davomida sharqona va
milliy tarbiyada shaxsning umuminsoniy umummadaniy dunyoqarashi shakllanishi albatta
oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning tarbiyasida asosan oilaviy va ijtimoiy muhitga
e’tiborimizni doim qaratgan holda amaliy tavsiya berib turishimiz kerak. Tarbiya hamda
sharqona madaniyat urf odat va qadriyatlarimiz - ota bobolarimiz tomonidan qadrlangan eng
buyuk hislatlarning oilada farzandlarga singdirish asosida yuzaga chiqib boradi.
Qadimdan sharq mutaffakkirlarimiz o’z asarlarida oila tarbiya o’chog’i sifatida qarab
kelganlar. Oila tarbiya o’chog’i ekanligi, oilada farzand tarbiyasi buyuk mutaffakkirlarimiz
asarlarida ham o’z aksini topgan. Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan
birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va
yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular
faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, poklik, mardlik, mehribonlik,
haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy
munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va
ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy
ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.
Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad
ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy
. Farobiy “al Muallim assoniy” (“Ikkinchi muallim”,
Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” nomlariga sazovor boʻlgan mutaffakkir. Farobiy
dunyoqarashida ijtimoiy siyosiy va axloqiy fikrlar hamda tarbiya muhim oʻrinni egallaydi.
Allomaning “Baxt saodatga erishuv haqida“, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Baxt saodatga
erishuv yoʻllari haqida risola“, “Buyuk kishilarning naqllari”, „Musiqa haqida katta kitob“,
„Fuqarolik siyosati“ va boshqa asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloq -odob va taʼlim-tarbiya
masalalariga bagʻishlangan bo’lib, undan bugungi kun uchun ham yuksak axloqiy qarash olsak
bo’ladi. Fozil odamlar shahar asarida erkaklari issiqroq bo'ladi, harakat etish va urinish a ’zolari
erkaklarda kuchli bo'ladi. Demakki erkaning oilada nufuzi uning mehnatdagi o’rni ayolga nisbat
kuchliroq ekanligini takidlardi. Ana shu jihatdan erkaklar baquvvat sanaladi. Ruhiy
xususiyatlarga kelsak, g'azab va shiddat kabi quvvatlar xotin jinsida bo'shroq, erkaklarda
kuchliroqdir. Marhamat va shafqat kabi xislatlar xotinlarda yana ham kuchlidir.
1
Shuni
anglamog’imiz lozimki doim erkak kishi himoyasida bo’lgan ayol erkak oldiga u o’zini
himoyachisi bordek uning panohida bo’ladi. Bundan biz xulosa chiqarishimiz mumkin erkak
kishining irodasi kuchli bo’lmog’i u o’z oilasi hamda farzandlarini himoyasi ostiga olib ularni
ardoqlamog’i lozim. Shu jumladan Farobiy asarida ayol doim tashqi yordamga muhtoj bo’ladi
1
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” 40 bet
153
deb ta’kidlab ketadi. Oilaladagi bor ma’suliyatni erkak kishiga emas, balki erkakning matonati
hamda uning ma’sulayatini kuchaytirmog’imiz shuningdek oilada farzand tarbiyasida ham o’gil
farzandning tarbiyasini shunga munosib qilib tarbiyalog’imiz buni yoshligidan unga anglatib
yetdirib berishimiz kerakdir. Farobiy asarlarida erkak va ayol munosabatlarida tenglik
bahamjihatlik bo’lish lozimligi haqida ta’kidlab o’tadi.
Abdurauf Fitratning oilaviy munosabatlarga bo’lgan oqilona fikrlari hozirgi davrga kelib
ham o’zini oqlab kelmoqda. Fitratning axloqiy qarashlari milliy oʻzlikni anglash haqidagi
gʻoyalar asosan uning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Oila asradagi
axloqiylik va milliy oʻzlikni anglash masalalari barcha yoshlarni ilmga va tarbiyaviy ahamiyatga
egaligi bilan ajralib turadi. Oila asarida ham tanqidiy ham da'vat ruhi kuchli. Fitrat ona
Turkistonini ozod koʻrishni istaydi buning uchun esa har bir turkistonlik odob-axloq va erk
oʻchogʻi boʻlishi lozim edi. Fitrat ota-onaning vazifasi oʻz bolalarini yetuk kishilar qilib
tarbiyalashlari zarurligi uqtiradi - bunda:
1) jismoniy tarbiya –salomatlik;
2) aqliy tarbiya -sogʻlom fikrlilik;
3) axloqiy tarbiya -axloqi sano; ya'ni axloqiy poklikka eʼtibor berish kerakligi taʼkidlanadi.
Oilaning asosiy vazifasi yosh avlodni tarbiyalashdir. Bolalar axloqiy tarbiyasida avvalo oʻzi
yashayotgan atrof-muhit muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Olim ijtimoiy
muhitning bola tarbiyasidagi ahamiyati juda katta ekanligini koʻrsatib beradi. U bolalarni suvga
oʻxshatadi: “Suv qaysi rangli idishda boʻlsa, oʻsha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday
muhitda boʻlsalar, oʻsha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy
tarbiyaning eng buyuk sharti shundaki, bolalar koʻproq yaxshi va yomon ahvolini oʻz uylaridan,
koʻchadagi oʻrtoqlaridan, maktabdagi oʻquvchilardan qabul qiladilar”. Bu fikrlari bilan
aytmoqchimiz bola tarbiyasida faqatgina maktab emas balki avvalo oila va jamoatchilik
shugʻullanishi toʻgʻrisida va oilada axloq tarbiyasi doirasida ota-onaning oʻrni beqiyos ekanligi
haqida aytib oʻtgan.
Oila munosabatlari mustahkam, ajrimlarning soni kam bo’lib, oila mustahkam qo’rg’on
bo’lsa, jamiyat va davlat ham shunday boʻladi. Mamlakat rivojlanishi uchun avvalo tarbiyani
oiladan boshlash kerak. Oilada muhit qanday boʻladigan boʻlsa ushbu muhit jamiyat uchun ham
oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Oila Fitratning talqinida uch muhim komponentdan iborat:
1)Er
2)Xotin
3)Farzandlar
Ana shu uch komponentning har biri nozik spesefik jihatlarga ega. Mana shu uchlik o’zaro
bir birini qadrlasa oila mustahkam bo’ladi. oila munosabatilarda kuchli intizom va tartibga
tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi.
Oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir
ijtimoiy vazifa ekanligi barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih
va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Farzand tarbiyasida oqillik bilan
yondashib uni jamiyatga ijtimoiy munosabatlarga kirishishiga, hamda uni salbiy omillarga
kirishib ketmaydigan matonatli qilib tarbiyalash darkor. Bu esa har bir ota-onaning
zimmasidagi vazifasidir.