Авторы

  • Adolat Settiyeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.131170

Ключевые слова:

zargarlik xorijiy mamlakatlar tajribasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar litsenziyalash milliy hunarmandchilik kadrlar tayyorlash eksport iqtisodiy diversifikatsiya xalqaro tajriba zamonaviy texnologiyalar investitsiyalar jalb qilish.

Аннотация

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorining mazmuni va bu borada xalqaro tajriba yutuqlari bilan taqqoslashiga bag'ishlangan. Tadqiqot zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishini o'rganadi: ishlab chiqarishni, bozor amaliyoti, zamonaviy texnologiyalar va kadrlar malakasini oshirish.


background image

149

O'ZBEKISTONDA ZARGARLIK SANOATINING RIVOJLANISHI: DAVLAT

QO'LLAB-QUVVATLASHI VA XALQARO TAJRIBA

Adolat Settiyeva Faxriddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Email: adolatsettiyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16742433

Annotatsiya:

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik sanoatini

davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorining mazmuni va bu borada
xalqaro tajriba yutuqlari bilan taqqoslashiga bag'ishlangan. Tadqiqot zargarlik sanoatini
rivojlantirishning asosiy yo'nalishini o'rganadi: ishlab chiqarishni, bozor amaliyoti, zamonaviy
texnologiyalar va kadrlar malakasini oshirish.

Maqola bilan litsenziyalash tartib-taomillarini isloh qilish, zargarlik mahsulotlari ishlab

chiqaruvchilarni qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ta'minlash, amaldagi
mexanizmi yangi tartib va qonun hujjatlari standartlarga muvofiqlash, Hindiston, Turkiya,
Italiya, Shveytsariya kabi mamlakatlarning zargarlik sanoatdagi muvaffaqiyatlari o'rganish
hamda O'zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqarish maqsad qilingan.

Kalit so'zlar:

zargarlik, xorijiy mamlakatlar tajribasi, davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, litsenziyalash, milliy
hunarmandchilik, kadrlar tayyorlash, eksport, iqtisodiy diversifikatsiya, xalqaro tajriba,
zamonaviy texnologiyalar, investitsiyalar jalb qilish.

O'zbekiston hukumati tomonidan zargarlik sohani rivojlantirish hamda sohaga xorijning

ilg‘or amaliyotini tadbiq qilish maqsadida ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar, zargarlik
sanoatini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qarorlar mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiya
strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ham fikrimiz isboti
bo‘lib, mazkur normativ-huquqiy hujjat davlat tomonidan milliy hunarmandchilik an'analarini
tiklash, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun
xizmat qiladi. Shuningek ushbu hujjat bilan respublika aholisini o‘sib kelayotgan ehtiyojini
qondirishni ta’minlashda mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni sezilarli oshirish.
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar ishlatilishining tartib-taomillarini
soddalashtirish hisobiga zargarlik sanoatini yanada shakllantirish va rivojlantirish hamda
tashqi va ichki bozorlarda raqobatdosh yuqori badiiy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni
ta’minlash, shu jumladan, an’anaviy milliy hunarmandchilik va naqshlardan foydalangan holda
yakka tartibdagi dizaynerlik ishlanmalarini yaratish maqsad qilingan.

1

Mazkur hujjatga asosan,

endilikda sohada faoliyat ko‘rsatuvchi subyektlar

-zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish

hajmini ko‘rsatgan holda qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini nazarda tutuvchi,
O‘zbekiston

Respublikasi

Markaziy

banki

tomonidan

tasdiqlanadigan

shaklda

buyurtmanomalarni vakolatli tijorat banklariga yo‘llash;

-vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlaridan

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi Qarori, (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 809-modda; Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/20/3577/0871-son, 20.05.20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son,
23.09.23.09.23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)

https://lex.uz/uz/docs/-3302648


background image

150

kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qimmatbaho metallarning
zarur hajmda ajratish to‘g‘risidagi buyurtmanomani yuborish;

-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli tijorat banklar buyurtmanomalari

bo‘yicha qimmatbaho metallarni platina ko‘rinishida 100 grammdan boshlab, London
qimmatbaho metallar birjasining ertalabki faksing bahosidan kelib chiqqan holda, dastlabki
to‘lov to‘liq to‘lash shartida milliy valyutada ajratish (qimmatbaho metallarning sof og‘irligini
qayta hisoblanib);

-yana vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga 1 foizdan

ko‘p bo‘lmagan miqdordagi marjani undirgan holda keyinchalik qayta sotish huquqisiz
qimmatbaho metallarni sotish

2

amaliyotini yo‘lga qo‘adilar.

Turkiyada esa zargarlik eksporti yillik 6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu muvaffaqiyat

milliy dizayn an'analarini zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirish, kadrlar tayyorlashga
katta e'tibor berish orqali erishilgan.

3

Italiya zargarlik sanoati jahon bozorida yuqori sifat va

dizayn belgisidir. Bu mamlakatda kichik mahsulot ishlab chiqarishdan tortib to yuqori sifatli
ishlab chiqarishga olib keladi.

4

Zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsion ishlanmalarni

tatbiq etish bo'yicha investitsiyalarni jalb qilish uchun. 3D-print, lazer kesish va kompyuter
dizayni kabi texnologiyalar zargarlik sanoatida ingilob yaratmoqda. Singapur va Xitoy zargarlik
sanoat markazlari yuqori texnologiyani ishlatishni faol qo'llab-quvvatlamoqda.

Yuqordagilardan kelib chiqib, O'zbekistonda zargarlik sanoati hamda qimmatbaho

metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa tan narxi yuqori bo‘lgan zargarlik
maxsulotlar yasash ishini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni
amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq.

Eksport xavfsizligini tasdiqlash uchun xalqaro sertifikatlash standartlariga muvofiqlikni

ta'minlash zarur. Jahon miqyosida taniqli sertifikatlash tizimlariga qo'shilish bunda muhim
qadam bo'ladi.

Raqamli marketing va elektron tijorat platformalarini rivojlantirish zamonaviy bozorga

javob beradi. Onlayn savdolari orqali mahsulotlarni global bozorlarga chiqarish platformalari
joriy qilish lozim. Sohani turizm bilan bog'lash orqali milliy zargarlik mahsulotlarini ishlab
chiqarish quuvatlarini oshirish mumkin. Chunki mamlakatga tashrif buyurgan turistlarning
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan qo‘l mehnati asosida yasalgan zargarlik
buyumlarini sotib olishga istagi yuqori. Bunda ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyalarini
joriy etish ham muhim yo'nalishlarga ega, chunki zamonaviy iste'molchilarga tabiiy
maxsulotlar ulushi yuqori bo‘lgan hamda tabiatga zarar yetkazmagan holda ishlab chiqarilgan
tovarlar sotib olish afzal hisoblanadi.

Mamlakatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan normativ-

huquqiy hujjtlar mazmuni sohada kompleks va puxta ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga
qo‘yish, litsenziyalashni osonlashtirish, sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarni qimmatbaho
toshlar va qimmatbaho metallar bilan ta'minlash mexanizmini optimallashtirish va kadrlar
tayyorlashga e'tibor berish kabi yo‘nalishlarda takomillashtirilmoqda hamda ushbu chora-
tadbirlar xalqaro eng yaxshi amaliyotlarga mos keladi.

2

O‘sha manba 1-band

3

1.

Istanbul Mineral va metallar eksportchilari uyushmasi (IMMEX). "Turkiya zargarlik buyumlari eksporti

statistikasi", 2024 yil.

4

2.

Italiya ko'rgazmalar guruhi. "VicenzaOro: Italiya zargarlik buyumlari bozori tahlili", 2024 yil.


background image

151

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/-5595448 (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 18.04.2025-y.,
03/25/1058/0355-son; 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O‘zbekistonning

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son
Farmoni//https://lex.uz/docs/5841063.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2017-y., 32-son, 809-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-
y.,

07/20/3577/0871-son,

20.05.20.05.2019-y.,

06/19/5721/3149-son,

23.09.23.09.23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son) https://lex.uz/uz/docs/-3302648
4.

Istanbul Mineral va metallar eksportchilari uyushmasi (IMMEX). "Turkiya zargarlik

buyumlari eksporti statistikasi", 2024 yil.
5.

Italiya ko'rgazmalar guruhi. "VicenzaOro: Italiya zargarlik buyumlari bozori tahlili", 2024

yil.
6.

Shveytsariya gemmologiya instituti (SSEF). "Gemologiya va zargarlik buyumlari bo'yicha

kasbiy tayyorgarlik", 2023 yil.
7.

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO). "Qimmatbaho metallar standartlari", 2024 yil.

8.

UNWTO. “Madaniy turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish”, 2023 yil.

Библиографические ссылки

“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/-5595448 (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son; 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni//https://lex.uz/docs/5841063.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 809-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/20/3577/0871-son, 20.05.20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son, 23.09.23.09.23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son) https://lex.uz/uz/docs/-3302648

Istanbul Mineral va metallar eksportchilari uyushmasi (IMMEX). "Turkiya zargarlik buyumlari eksporti statistikasi", 2024 yil.

Italiya ko'rgazmalar guruhi. "VicenzaOro: Italiya zargarlik buyumlari bozori tahlili", 2024 yil.

Shveytsariya gemmologiya instituti (SSEF). "Gemologiya va zargarlik buyumlari bo'yicha kasbiy tayyorgarlik", 2023 yil.

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO). "Qimmatbaho metallar standartlari", 2024 yil.

UNWTO. “Madaniy turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish”, 2023 yil.