JADIDLARNING SAFAR XOTIRALARIDA ZAMONAVIY TA’LIM XUSUSIDAGI QARASHLARNING AKS ETISHI VA UNI AMALGA OSHIRISHLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada jadid mutafakkirlaridan Mahmudxo'ja Behbudiy hamda Is'hoxon Ibratning xorijga qilgan sayohatlari davomida zamonaviy ta'lim xususidagi qarashlari va uni Turkistonda joriy qilishdagi o'rni,ahamiyati borasida xulosalar berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
7-10

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Urakova , F. . (2025). JADIDLARNING SAFAR XOTIRALARIDA ZAMONAVIY TA’LIM XUSUSIDAGI QARASHLARNING AKS ETISHI VA UNI AMALGA OSHIRISHLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(19), 7–10. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133433
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada jadid mutafakkirlaridan Mahmudxo'ja Behbudiy hamda Is'hoxon Ibratning xorijga qilgan sayohatlari davomida zamonaviy ta'lim xususidagi qarashlari va uni Turkistonda joriy qilishdagi o'rni,ahamiyati borasida xulosalar berilgan.


background image

7

JADIDLARNING SAFAR XOTIRALARIDA ZAMONAVIY TA’LIM XUSUSIDAGI

QARASHLARNING AKS ETISHI VA UNI AMALGA OSHIRISHLARI

Urakova Feruza Nurillayevna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16759706

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jadid mutafakkirlaridan Mahmudxo'ja Behbudiy hamda

Is'hoxon Ibratning xorijga qilgan sayohatlari davomida zamonaviy ta'lim xususidagi qarashlari
va uni Turkistonda joriy qilishdagi o'rni,ahamiyati borasida xulosalar berilgan.

Аннотация:

В данной статье представлены выводы о взглядах джадидских

мыслителей Махмудходжи Бехбуди и Исхохона Ибрата на современное образование во
время их поездок за границу, а также о их роли и значении в его внедрении в Туркестане.

Annotation:

This article presents conclusions about the views of Jadid intellectuals

Mahmudkhoja Behbudi and Is'hoqhon Ibrat on modern education during their travels abroad,
as well as their role and significance in its implementation in Turkestan.

Kalit so’zlar:

ma’rifat targ’ibotchisi, maslakdosh, usuli savtiya, nasiro dini, elektriy lamfa,

adabiy tarbiyat.

Millat tafakkurini yuksaltirish, turli mafkuraviy tahdidlardan himoyalashda

ma’rifatparvar jadidlarning o’rni beqiyosdir. Ular qoldirgan meros xalq farzandlarini savodli,
dono bo’lishlarida o’rni beqiyosdir.Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo’ja
Behbudiy va ma’rifat targ’ibotchisi Ishoqxon tura Ibrat nomlari alohida e’tirofga sazovordir.

Har doim jadidlar faoliyati va amalga oshirgan ishlarni o’rganish va tadqiq qilish olimlar

jamoasi uchun, ayniqsa tarixchi va filologlar oldidda turgan asosiy yoritilishini kutayotgan
masalalardan biri sifatida turgan. Biroq mustaqillikdan keying yillarda jadidlarning faoliyati va
ilmiy me’rosini tadqiq etish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.Hukumat qarorlari
va rag’bati bilan bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami kengayib bormoqda.Ayniqsa
oxirgi yillardagi mamlakatimizda jadid namoyondalarining g’oyalarini davlat siyosatida
ustuvor masala sifatida maydonga chiqishida jonbozlik ko’rsatmoqda. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining ”Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to’g’risida” gi qarori
qabul qilindi.

1

Jadidlar faoliyati va ular amalga oshirgan ishlar va asarlarini tadqiq etgan

izlanuvchilar va olimlar safiga D.Alimova, U.Dolimov, B.Qosimov, T.Qozoqov, D.Jamolova kabi
tadqiqotlarni misol tariqasida ayta olamiz.

Mahalliy tadqiqotlardan tashqari xorijlik tadqiqotchi olimlar tomonidan ham keng

qamrovli ilmiy ishlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etmoqda. Dunyoning AQSH, Buyuk
Britaniya,Turkiya,Fransiya kabi mamlakatlari ilmiy tadqiqot markazlari va universitetlarida
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida musulmon mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotidagi
o’zgarishlar,jadidchilik

harakatining

vujudga

kelish

sababablari

hamda

jadid

namoyondalarining asarlari o’rganilmoqda. Shuningdek jadidchilik harakatining jamiyat va
davlatni isloh qilishdagi o’rni va roli ham tadqiq qilinmoqda. Xususan, bularga misol
qilib,Darxan Kydyraliyev, Derlihan Bora,Izzatellah Zeki va shu kabi xorij va qardosh xalq
vakillarining ilmiy izlanishlarini misol qilib keltirsak bo’ladi.

O’zbekistonda mustaqillikdan keyin jadidchilik harakati haqida ko’plab tadqiqotlar

1

https://www.lex.uz/uz/docs/-6947380


background image

8

amalga oshirildi, biroq jadidlar amalga oshirgan sayohatlar tarixi va sayohatlarning jadidlar
dunyoqarashiga ta’siri, ahamiyati kam tadiqiq qilingan. Jamiyatni isloh qilishda jadidlar amalga
oshirgan safarlarning amaliy ahamiyati, qarashlarning shakillanishidagi roli, xorijdan
keltirtilgan fan-texnika yutuqlarini Turkiston o’lkasida joriy qilish uchun amaliy harakatlar
tarixi tadqiq qilish mavzu dolzarbligini tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.2024 yildagi PQ-270-son “Siyosiy qatag‘on

qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning
xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori

2

va sohaga oid

boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqola
muayyan darajada xizmat qiladi.

Bundan tashqari maqolada Mahmudxo’ja Behbudiy hamda is’hoqxon Ibrat misolida

ularning sayohatlari,haj amallarining ularni faoliyatlaridagi ahamiyati ochib berilgan. Hozirgi
davrda ham ta’lim sohasida ilg’or texnologiyalarni joriy etish va uni mamlakatimiz ta’lim
tizimiga moslashtirish asosiy masalalrdan biri bo'lib turibdi. Oradan vaqtlar o'tgan bo'lsada bu
masala dolzrbligini zarrcah yuqotmaganligini ko’rib turibmiz.

Maqolani ahamiyatini ko’rsatadigan asosiy jihatlardan biri yuqorida aytilgan sayohatchi

jadidlarni sayohatlardan olgan ta’surotlari bo’lsa yana bir jihati ularni o’lkada joriy qilish uchun
harakatlari.Bu jarayon jadidlar faoliyatini o’rganishda asoiy jihatlardan biridir.Chunki bu
sayohatlar natijasinining amaliy ahamiyati ochib berilgan.

Jadidlarning sayohatlari nafaqat ularning dunyoqarashini o’zgartirgan, balki O’rta Osiyo

taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsiyalarni o’zlashtirilishiga ham xizmat qilgan. Millat
ziyolilarining Turkiston o’lkasida ma’rifatni rivojlantirish uchun olib borgan harakatlarida
sayohat va safarlarning o’rni beqiyosdir. Mahmudxo’ja Behbudiy va Ishoqxon Ibrat misolida
ana shunday sayohatlar amalga oshirilgan. Mahmudxo’ja Behbudiy 1899-1900-yillarda haj
ziyoratiga boradi.Haj ziyoratini amalga oshirish davomida turkistondagi vaziyatni solishtirdi,
taftish qildi va taqqosladi. Bu masalalar doirasida o’z maslakdoshlari va dunyoqarashi keng
insonlar bilan mushohada va munozaralar o’tkazdi.

1914-yilgi sayohatlari davomida Kavkaz, Turkiya, Qirim, Misr, Yunoniston, Bulg’uriston,

Avstriya, Germaniyaning qator shaharlarida bo’ldi.

Is’hoqxon Ibrat ham haj safarini amalga oshirish davomida ko’plab o’zi uchun

yangiliklarni ochdi.1887-yili onasi Huribibi bilan birgalikda hajga yo’l oladi. Biroq Ibrat uchun
bu haj amali yakuni biroz ko’ngilsiz yakunlangan bo’lsada, u Istanbul, Sofiya, Afina, Rim,Berlin,
Parij kabi Yevropa shaharlari bo’ylab sayohatlarni amalga oshirdi.

Har ikkala taraqqiyparvar ham bu sayohatlardan o’lkan taasurot va yangiliklar bilan

qaytadi. Har ikkal jadid til bilishni asosiy zarurat sifatida ta’kidlab o’tadi. Xususan til bilish
zarurati haqida quydagilarni bayon qiladi: “Bilmoq kerakki, Ruscha o’qimoq ila kishi kofir
bo’lmaydur va yo ruslar bizlarg’a dinlaridan ta’lim bermaydir.Masalan bu kun Samarqand
muxtalif maktablarig’a yuzdan ziyoda musulmon bolasi bor va alarni hech biriga nasiro dinini
ta’lim bermaydir”.

3

Behbudiy sayohati davomida til bilmagan musulmonlar ahvoli ayanchli

holatda ekanligi haqida ham yozadi. Hozirgi davrda ham bu masala o’z dolzarbligini
yo’qotmagan.

2

https://www.lex.uz/uz/docs/-7027939

3

Mahmudxo’ja Behbudiy.Tanlangan asarlar.II jild.Toshkent.”Akademnashr”2018-yil.8-bet


background image

9

Is’hoqxon Ibrat “Mezon-uz zamon”asarida usuli savtiya maktablarining afzalligi haqida

aytadi va uni joriy qilishda xalq qarshiligini bayon qilib o’tadi. Yangicha ta’lim usulini osonlik
bilan odamlar qabul qila olmagan. Bu faqat yangilikdan qo’rqish emas balki, avvalgi eski usulda
ta’lim bergan ustozlarni daromadsiz qolishidan ham qo’rqitgan rost. Chunonchi “o’zim
mushohada qildimki, bizning taraflarda usuli savtiya maktabi joriy bo’ldi.Bunga ko’p ulamolar
qarshi bo’lub, oxiri Marg’inonda bir usuli jadid muallimi ila ulamo munoqasha qilg’onda,
bechora muallim man ta’lim qiladurg’on ilmlarimni huzuri quzzotda,ya’ni siyazdga shogirdlari
ilan kelib dediki “ Ey ulamoi ahli islom ey quzzoti zul-ehtiromlar,banda necha muddatdan
buyon avlodlaringizning ta’lim adabiy tarbiyatidaman”

4

Taraqqiyparvar Ibrat o’zining fikrlarini davom ettirarkan, insonlar og’irini yengil qilgan

fan-texnika yutuqlarini afzalligini sodda tilda shunday ta’riflaydi: “Emdi umuri maishat rohatga
badal bo’ldi.Bobolarimiz chaqmoq chaqar erdilar,ko’rki hozir qandoq rohat.Qaro chiroq yoqar
erdilar,elektriy lamfa qandog’ rohatdur.Inqilob zamon shundoq qildi.

5

Ibrat o’zining “Mezon uz

zamon” asarida ko’p bora fan-texnika afzaliklari haqida yozadi. Ularga qarshi chiqib ikkilanish
paydo qiladigan ulamolarning ba’zilarini tanqid qiladi.

Tarix fanlari doktori,professor Dilorom Alimova Mahmudxo’ja Behbudiy faoliyatida

safarlarning alohida ahamiyat kasb etishi va uning ahamiyati haqida shunday yozadi:”U
poyezdda,paraxodda,otda va piyoda sayr qiladi,ya’ni barchasini o’z ko’zi bilan ko’rish:nazar
solish,fikr qilish,taqqoslash,tahlil etish,eslab qolish imkoniyatiga ega bo’ladi.bundan
tashqari,kelishuvga erishish,ma’naviy,tadbirkorlik aloqalarini o’rnatish,kerakli kitoblar, gazeta
va jurnallar,darsliklar,o’quv dasturlarini sotib olish,ya’ni yurtga qaytganidan keyin buyuk
ma’rifatchilik faoliyatida qo’llanila boshlagan hamma narsani keltirish imkoniyati tug’uladi”.

6

Behbudiy safari davomida borgan shaharlaridagi maktab ta’limi va ularda ta’lim tizimini tashkil
etilishi masalalariga ham alohida ahamiyat beradi.

Begali Qosimov ta’kidlaganidek,”bizdagi jadidchilik Kavkaz, Turkiya, Volgabo’yi

jadidchiliklariga nisbatan an’analarga ko’proq bog’langan edi.Umumyevropa ijtimoiy-madaniy
jarayoniga tortilish darajasi qiyinroq kechgan jadidchilik.Bizda har bir yangilikning kirib kelish
jarayoni g’oyat og’ir kechgan”.

7

Jadidchilik namoyondalari o’zining asosiy maqsadlaridan biri sifatida ta’lim tizimini isloh

qilishga intilgan. Ushbu harakatning vakillari turli davlatlarga sayohati davomida ilg’or
pedagogik usullarni o’zlashtirib o’z maktablarida joriy etishga va ularni mahalliy sharoitga
moslashtirishga intilgan. Biroq bu harakatlar ma’lum ma’nodagi qarshiliklarga duch keldi.

Mahmudxo’ja Behbudiy hamda Is’hoqxon Ibratning sayohatlari davomida tanishganilm-

fan yangiliklari va zamonaviy texnologiyalarini o’rganishga va uni joriy qilishga bo’lgan intilishi
o’sha davr uchun ham bugungi O’zbekiston ta’lim tizimini rivojlanishi uchun ham katta
ahamiyatga ega.Ular dunyoning o’sha davrdagi rivojlangan mamlakatlariga sayohatlari
davomida ta’lim-tarbiya va ilm-faning ahamiyatini chuqur anglashdi.Hozirgi davrda ham ta’lim-
tizimi sohasida qator yangiliklar amalga oshirilmoqda,dunyoning yetakchi ,samarador
pedagogik texnologiyalari ta’lim tizimimizga joriy etilmoqda. Aslida bu harakatni boshlab
berganlar ham jadidlar edi.

4

Ibrat “Mezon uz zamon” birinchi mezon. 175-bet

5

Ibrat “Mezon uz zamon” birinchi mezon. 163-bet

6

Dilorom Alimova.Jadidchilik fenomeni.Toshkent:”Akademnashr”2022 yil.146-bet

7

Begali Qosimov.milliy uyg’onish:jasorat,ma’rifat,fidoiylik.Toshkent.”Ma’naviyat”2002-yil.8-bet


background image

10

Hozirgi davrda joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etishda

Behbudiy hamda Ibratning sayohatlari davomida ko’rgan kechirganlari va ta’asurotlari
haqidagi ilmiy adabiyotlarni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy anglash va madaniy aloqalar – Jadidlarning sayohatlari faqat ta’lim bilan cheklanib

qolmay, balki umuman dunyoqarashni kengaytirish, yangi ijtimoiy va siyosiy modelni
tushunishga xizmat qilgan. Ularning safarlarini o‘rganish orqali XIX–XX asr boshlaridagi
madaniy aloqalarni tahlil qilish mumkin. Sayohatlar va intellektual taraqqiyot – Ilmiy safarlar
har doim yangiliklarga eshik ochgan. Jadidlarning safarlari va o‘sha yerdan o‘rganganlari
bugungi globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq muhim masalalarga oydinlik kiritadi.

Ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga ta’siri – Sayohatlar natijasida jadidlar xorijdagi

ilg‘or ta’lim metodlarini o‘rganib, o‘z maktablarida tatbiq etishga harakat qilishgan. Bugungi
kunda ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida bu tajriba muhim ahamiyat kasb
etadi.

Hozirgi neogloballashuv davrida jadidlar boshidan o’tkazgan qarshilik, jamiyatning

yangilikni qabul qilishdagi harakat yoki harakatsizligi, ta’limdagi o’sish tendensiyalarini
solishtirish va taqqoslash jihatidan bu davr jadidlarning sayohat va safarlaridan olgan
tajribalarini o’rganish lozimligi hozirda ham dolzarligini ko’rsatadi.

Taraqqiyot va qarshiliklar – Ularning safarlari natijasida olib kirilgan yangi g‘oyalar

jamiyatning ayrim qatlamlari tomonidan rad etilgan. Bu esa modernizatsiya jarayonida yangi
g‘oyalarning qanday qabul qilinishi va ularga qarshi bo‘lgan kuchlar qanday shakllanishi haqida
tahlil qilish imkonini beradi.

Xulosa

Jadidlarning ilmiy va ma’rifiy sayohatlarini o‘rganish nafaqat tarixiy jihatdan, balki

bugungi modernizatsiya va ta’lim islohotlari nuqtai nazaridan ham dolzarbdir. Ularning
sayohatlari orqali olingan bilim va tajribalari xalqni uyg‘otish, zamonaviy tafakkurni
shakllantirish va ta’lim tizimini isloh qilishga yo‘naltirilgan edi. Ushbu mavzuni chuqur
o‘rganish orqali nafaqat o‘tmish tajribasidan saboq chiqarish, balki hozirgi taraqqiyot
jarayonlari bilan bog‘liq muhim xulosalarga kelish mumkin.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Begali Qosimov.milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoiylik. Toshkent.”Ma’naviyat”2002-

yil.
2.

Dilorom Alimova. Jadidchilik fenomeni.Toshkent:”Akademnashr”2022 yil.

3.

Mahmudxo’ja Behbudiy.Tanlangan asarlar.II jild.Toshkent.”Akademnashr”2018-yil.

4.

Ibrat “Mezon uz zamon” birinchi mezon.

5.

https://www.lex.uz/uz/docs/

Bibliografik manbalar

Begali Qosimov.milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoiylik. Toshkent.”Ma’naviyat”2002-yil.

Dilorom Alimova. Jadidchilik fenomeni.Toshkent:”Akademnashr”2022 yil.

Mahmudxo’ja Behbudiy.Tanlangan asarlar.II jild.Toshkent.”Akademnashr”2018-yil.

Ibrat “Mezon uz zamon” birinchi mezon.

https://www.lex.uz/uz/docs/