“MAYSARANING ISHI” VA “QIYIQ QIZNING QUYILISHI” KOMEDIYALARIDA KOMIK XARAKTER

Аннотация

Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan. Tadqiqotimiz davomida, ayniqsa, Aristotelning “Poetika”asariga tayanilib, ular nazariy qismlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, Hamza va Shekspirning besh tomlik kitoblari asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
4-6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Siddiqova , O. . (2025). “MAYSARANING ISHI” VA “QIYIQ QIZNING QUYILISHI” KOMEDIYALARIDA KOMIK XARAKTER. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(19), 4–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133434
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan. Tadqiqotimiz davomida, ayniqsa, Aristotelning “Poetika”asariga tayanilib, ular nazariy qismlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, Hamza va Shekspirning besh tomlik kitoblari asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.


background image

4

“MAYSARANING ISHI” VA “QIYIQ QIZNING QUYILISHI” KOMEDIYALARIDA

KOMIK XARAKTER

Siddiqova Osiyo Normurod qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch

doktoranti: E-pochta: osiyosiddiqova@gmail.com

ORCID: 0009-0008-8277-1349

https://doi.org/10.5281/zenodo.16750263

Annotatsiya

. Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir

komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda
o‘rganilgan. Tadqiqotimiz davomida, ayniqsa, Aristotelning “Poetika”asariga tayanilib, ular
nazariy qismlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, Hamza va Shekspirning besh tomlik kitoblari
asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.

Komediyada komik xarakterlar turli vaziyatlar orqali yuzaga kelishi mumkin. Bunda

komik xarakter voqealar rivojiga bevosita ishtirok etishi, boshqa personajlar bilan
to‘qnashuvlar, yoki muallifning ma’lum ma’nodagi e’tiroflari orqali tasvirlanadi. Komediyalarda
salbiy xarakterdagi qahramonlar ko‘p uchraydi va ular juda rang-barang. Ma’lum bir
komediyadagi komik xarakterlar klassifikatsiyasi, boshqa bir komediya qahramonlari tavsifiga
mos kelmasligi mumkin. Bularni inobatga olgan holda, xarakterlarni ma’lum bir qolipga solib
bo‘lmaydi deyish mumkin. Quyida Hamza va Shekspir komediyalaridagi komik qahramonlarni
tahlil qilamiz.

Hamza va Shekspirlar, garchi ikki madaniyat vakillari bo‘lishiga qaramay, ularning

asarlarida komik xarakterlar bir-biriga yaqin. Ushbu adiblarning komik qahramonlari
jamiyatdagi illatlarni fosh etish, diniy xurofotga qarshi chiqish, tengsizlik, riyokorlik , sevgi-
muhabbat, soddalik kabi obrazlar orqali tasvirlangan. Har ikkala komediograflarning asarlari
kulgi orqali ma’naviyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ularning ijodida
komediyaning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Ulug‘ rus yozuvchisi Tolstoy shunday degan
edi: “Komediya – tragediya, drama, melodrama singari aniq tushunchaga ega emas.
Maynavozlikdan iborat vodevildan tortib, “Revizor” kabi tragikomediyagacha komediyadir”

.

Komediyaning ayni shu sifatlari har ikkala adib ijodida mujassamlashgan.

“Maysaraning ishi”da qozi, Hidoyatxon va a’lamlarga qarshi kurashuvchi, Maysara, Oyxon

va Cho‘ponlar ijobiy obrazlari sifatida

tasvirlanadi. Komediyada Maysara uddaburon va tadbirli

bo‘lsa, Cho‘pon va Oyxon to‘g‘ri so‘zli, or-nomusli yoshlar sifatida namoyon bo‘lgan. Ular
o‘rtasidagi muhabbat samimiy. Sevishganlar bir-biriga vafodor yor sifatida qalamga olingan. Biz
Cho‘pon va Oyxon obrazi orqali, Hamzaning ishq-muhabbat masalasiga bo‘lgan munosabatini
ko‘rishimiz mumkin. Yozuvchi bu tipik obrazlar orqali, oddiy mehnatkash ommaning ham
muhabbatni ulug‘lashi va qadrlashni ko‘rsatib bergan. Ikki oshiqlar Maysaraning ustomonligi
tufayli dushmanlaridan xalos bo‘ladilar. Maysara Oyxon va Cho‘ponni o‘z farzandlariday
ko‘radi. Ularni qutqarish uchun qo‘lidan keladigan barcha tadbirni amalga oshiradi. Qozi, a’lam
va muftilar shoxida yursa, Maysaraxon bargida yuradi. Hamzaning mazkur asarida, Maysara,
Mullado‘st, Cho‘pon va Oyxon obrazlari orqali, oddiy mehnatkash aholining, hozirgi zamon
nuqtai nazar bilan aytganda, mansabdor shaxslar ustidan, ularga qarshi kurashda g‘olib
bo‘lishini obrazli tarzda ifodalagan. Komediyada syujet dinamikasi muhabbat (Cho‘pon, Oyxon,
Nodira, Tohir), do‘stlik (Tohir va Cho‘pon), qarindoshlik (Maysara va yoshlar), hiyla, xat, tuzoq
kabi motivlar kombinatsiyasi orqali harakatlantirilgan.


background image

5

Shekspir komediyalarida syujet, Hamza asarlariniki kabi emas. Shekspirda ular biroz

murakkabroq. Voqealar rivoji kengligi bois, syujet o‘z-o‘zidan boyib, rang-baranglik kasb etgan.
Hamza komediyalarida konflikt yuqori va quyi qatlam o‘rtasida yuz bersa, Shekspir asarlarida
ziddiyat, asosan, zodagonlar o‘rtasida kechadi. Har ikkala ijodkorning asarlarida umumiy
ziddiyatdan tashqari kichik konfliktlar ham bor. “Maysaraning ishi”da din peshvolari va
Maysara o‘rtasida, Qozi va Nodiraning kelishmovchiliklari, Cho‘pon va Qozining Matg‘ozining
merosi masalasida tortishuvlari shular jumlasidan. “Qiyiq qizning quyilishi”da Petruchcho va
Katarina to‘qnashuvidan tashqari, Biankaga da’vogar kuyovlar o‘rtasida, Katarina va unga
qarshi otasi hamda singlisi o‘rtasida, bir qancha mayda konfliktlar ham mavjud. “Maysaraning
ish” komediyasidagi Cho‘pon va Oyxonlarning sevgisi bir qaraganda “Qiyiq qizning
quyilishidagi” Bianka va Luchensiyolarning muhabbatiga o‘xshab ketadi. Ammo asar so‘ngida
vaziyat tubdan o‘zgarib, Bianka va Luchensiyolarning o‘rtasidagi munosabat haqiqiy sevgi
emas, havas bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. Katarina va Petruchcho esa, Cho‘pon va Oyxon kabi
haqiqiy sevgiga erishadi.

Umuman olganda, Hamza va Shekspir komediyalari orasidagi qiyosiy o‘rganish faqat

adabiy jihatdan emas, balki madaniy, tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan ham muhim ilmiy
ahamiyat kasb etadi. Bu ikki adib ijodi orqali komediyaning jamiyatdagi o‘rni, san’atning
tarbiyaviy va estetik kuchi haqida chuqurroq tasavvur hosil qilish mumkin. Bundan tashqari,
ularning asarlarini qiyosiy o‘rganish orqali o‘zbek va ingliz adabiyotining umumiyliklari va
milliy xususiyatlari haqida ilmiy mulohazalar yuritish imkoniyati kengayadi.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

Акимов.Н Этенограмма творческой конференции драматургов и театралън

хдеятелей О путях развития советской комедии /1948/ – М.:14-15 июня 1948
2.

Аникст.А Теория драмы от Аристотеля до Лессинга издателъство «НАУКА» Москва

1967. Стр-54.
3.

Белинский В. О драме и театре. – М.: “Искусство” . 1948.

4.

Аddusamatov.H Drama nazariyasi “G‘afur Gulom nomidagi adabiyot va san’at” nashriyoti

Toshkent-2000 285 b
5.

Alimuhamedov.A Antik adabiyoti tarixi “O‘qituvchi” Toshkent-1969 169 b.

6.

Arestotel Etika E.Radlov tarjimasi 11.7 32-bet.

7.

Boboyev.T Adabiyotshunoslik asoslari “O‘qituvchi” Toshkent-2002 513 b

8.

Hamdamov.U, Qosimov.A Jahon adabiyoti T.:”Barkamol fayz media” Toshkent,2017.6-bet

9.

Hotamov N, Sarimsoqov B Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli

lug‘ati “O‘qituvchi”Toshkent-1963,160 bet.
10.

Imomov.B Dramatik mahurat sirlari “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa

birlashmasi” Toshkent-1991.176 b.
11.

Imomov.B, Jo‘rayev.Q, Hakimova.H O‘zbek dramaturgiyasi tarixi “O‘qituvchi” nashriyoti,

Toshkent-1995.170 b
12.

Jalilov.G‘ Hamza dramaturgiyasi va folklori O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti Toshkent-

1988.50 b.
13.

Jo‘raqulov.U Hududsiz jilva “Fan” nashriyoti Toshkent-2006. 204 b.


background image

6

14.

Jo‘raqulov.U, Hamrayev.K Qiyosiy adabiyotshunoslik “Lesson press” nashriyoti,

Toshkent-2021,40-bet.
15.

Jo‘rayev M Hayot va komediya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan”

nashriyoti Toshkent 2008

Библиографические ссылки

Акимов.Н Этенограмма творческой конференции драматургов и театралън хдеятелей О путях развития советской комедии /1948/ – М.:14-15 июня 1948

Аникст.А Теория драмы от Аристотеля до Лессинга издателъство «НАУКА» Москва 1967. Стр-54.

Белинский В. О драме и театре. – М.: “Искусство” . 1948.

Аddusamatov.H Drama nazariyasi “G‘afur Gulom nomidagi adabiyot va san’at” nashriyoti Toshkent-2000 285 b

Alimuhamedov.A Antik adabiyoti tarixi “O‘qituvchi” Toshkent-1969 169 b.

Arestotel Etika E.Radlov tarjimasi 11.7 32-bet.

Boboyev.T Adabiyotshunoslik asoslari “O‘qituvchi” Toshkent-2002 513 b

Hamdamov.U, Qosimov.A Jahon adabiyoti T.:”Barkamol fayz media” Toshkent,2017.6-bet

Hotamov N, Sarimsoqov B Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati “O‘qituvchi”Toshkent-1963,160 bet.

Imomov.B Dramatik mahurat sirlari “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi” Toshkent-1991.176 b.

Imomov.B, Jo‘rayev.Q, Hakimova.H O‘zbek dramaturgiyasi tarixi “O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent-1995.170 b

Jalilov.G‘ Hamza dramaturgiyasi va folklori O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti Toshkent-1988.50 b.

Jo‘raqulov.U Hududsiz jilva “Fan” nashriyoti Toshkent-2006. 204 b.

Jo‘raqulov.U, Hamrayev.K Qiyosiy adabiyotshunoslik “Lesson press” nashriyoti, Toshkent-2021,40-bet.

Jo‘rayev M Hayot va komediya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti Toshkent 2008