TА’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Annotasiya

Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Dasturlashtirilgan o‘qitish, kompyuterli ta’lim va innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, loyihalar uslubi kabi yondashuvlar talabalarning bilim olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
43-45

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mingboyeva , M. . (2025). TА’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(19), 43–45. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134818
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Dasturlashtirilgan o‘qitish, kompyuterli ta’lim va innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, loyihalar uslubi kabi yondashuvlar talabalarning bilim olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.


background image

43

TА’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Mingboyeva Mahliyoxon Mahammadjonovna

Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi Tarix fani oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16831040

Annotatsiya.

Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning zamonaviy ta’lim

jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Dasturlashtirilgan o‘qitish, kompyuterli ta’lim va innovatsion
pedagogik texnologiyalar, jumladan, loyihalar uslubi kabi yondashuvlar talabalarning bilim
olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

pedagogik texnologiya, dasturlashtirilgan o‘qitish, innovatsion ta’lim,

kompyuterli o‘qitish, adaptiv o‘qitish, loyihalar uslubi, o‘quv jarayoni, mustaqil fikrlash.

KIRISH

Pedagogik texnologiya maqsadi o‘qituvchi rahbarligida talabaning o‘quv muammolari

yechimiga qaratilgan mustaqil ijodiy izlanuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tadbig‘i talabada yangi bilimlar, uquv va malaka, rivojlanuvchi bilish
qobiliyati, eruditsiya (bilim, aql-zakovat), bilishni sevish, ijodiy fikrlash kabi muhim
ahamiyatga ega boshqa shaxsiy fazilatlar hamda qobiliyatlarni shakllanishiga olib keladi. Ushbu
texnologiyada pedagog bilimlarni tayyor holda yetkazmaydi, balki talabaga mavzu bo‘yicha
muammoli vaziyat hosil qiladi va muammo yechimi bo‘yicha unda fikr va g‘oya uyg‘onishiga
sharoit yaratadi.

ASOSIY QISM
Pedagogik texnologiya quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi

:

o‘qitish va tarbiyalash maqsadlarini ketma-ket ishlab chiqish;

o‘zlashtirishga mo‘ljallangan axborotlarni tarkiblash, tartibga solish va zichlash;

o‘qitish va

nazorat qilishning didaktik va texnik, shu jumladan kompyuter

vositalaridan majmuali foydalanish;

o‘qitish va tarbiyalashning tashxis funksiyasini kuchaytirish;

o‘qitishning yetarli darajadagi yuqori sifatini kafolatlash.

Pedagogik innovatika (yangilik kiritish, innovatsiya) – ta’lim muassasasining faoliyatiga
nisbatan barqaror yangilik elementlarini kiritib, uning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishiga
samarali ta’sir etuvchi maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirishdir.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar

aynan ta’lim-tarbiya jarayonida talaba-talabalar

(tinglovchilar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga
qaratilgan o‘qitishning zamonaviy uslublari va texnik vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida foydalanish darajasi, falsafiy asoslari,
o‘zlashtirishning ilmiy konsepsiyasi, shaxsiy qobiliyatlarni shakllantirishga mo‘ljallanganligi va
takomillashtirish xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflashi mumkin:

Foydalanish darajasiga ko‘ra:

umumpedagogik;

shaxsiy uslubiy (fan bo‘yicha);

lokal (modulli).

Falsafiy asoslariga ko‘ra:

ilmiy va diniy;


background image

44

gumanistik;

avtoritar.

Tajribani o‘zlashtirishning ilmiy konsepsiyasiga ko‘ra:

assotsiativ-reflektor;

bixevioristik;

interiorizator;

rivojlantiruvchi.

Shaxsiy qobiliyatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan- ligi bo‘yicha

:

axborot (bilim, uquv va malakani shakllantirish);

jarayonli (aqliy harakat qobiliyatlarini shakllantiruvchi);

evristik (ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi);

amaliy (real-amaliy sohada malakani shakllantirish).

An’anaviy o‘qitish tizimini takomillashtirish xarakteriga ko‘ra:

o

talaba faoliyatini faollashtirish va intensifikatsiya-

o

lashtirish texnologiyasi;

o

o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi faoliyatni insonparvarlash- tirish va demokratlashtirish

asosidagi texnologiya;

o

o‘quv materialini didaktik qayta ishlash asosidagi texnologiya.

An’anaviy o‘qitish tizimini takomillashtirish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi
mumkin:

yetakchi maqsad va vazifalar bo‘yicha;

o‘qishni tashkil etish shakliga ko‘ra;

asosiy o‘qitish uslubiga ko‘ra.
Hozirgi kunda loyihalar uslubi dunyoda eng keng tarqalgan pedagogik texnologiya

sifatida AQSh, Rossiya, Buyukbritaniya, Belgiya, Izrail, Finlyandiya, Germaniya, Italiya,
Braziliya, Niderlandiya va shu kabi ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim jarayonida keng
foydalanilmoqda.

XULOSA VA MUNOZARA

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga

samarali tatbiq etish talabalarning bilim olish jarayonini takomillashtirishga, mustaqil fikrlash
va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. An’anaviy o‘qitish tizimi rejalilik
va boshqaruv samaradorligi bilan ajralib tursa-da, talabalarning individual xususiyatlarini
to‘liq hisobga ololmaydi. Shu sababli zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ayniqsa,
kompyuterli va adaptiv o‘qitish metodlari, o‘quv jarayonining sifatini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.

Biroq, pedagogik texnologiyalarni joriy etishda muayyan tashkiliy va moliyaviy

muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etish uchun ta’lim muassasalarining moslashuvchanlik
darajasini oshirish talab etiladi. Xususan, loyihalar uslubi kabi innovatsion metodlarni keng
joriy qilish orqali talabalarning mustaqillik darajasini oshirish va ularga real amaliy tajriba
berish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

References:

Используемая Литература:


background image

45

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

Rahimov O.D., Turgʻunov O.M., Mustafoev K.O. Oliy Talimda massafaviy oktitishni tashkil

etish. //O'qituvchi yaxshi o'qituvchi. Qarshi, 2012 yil. 60 b.
2.

Yakovleva N.O. Pedagogik loyihalashning nazariy va uslubiy asoslari. M.: ATiSO nashriyoti,

2012. - 239 b.
3.

Faktorovich A. A. Pedagogik texnologiyaning mohiyati / Pedagogika. 2018 yil. 2-son

4.

Slobodchikov V. I. Ta'limdagi innovatsiyalar: asoslari va ma'nosi. / Maktab

o'quvchilarining tadqiqot ishlari. 2014 yil. № 2.
5.

Selevko G.K. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari: Darslik. / M.: Xalq taʼlimi, 2018. – 256 b.

6.

Levilar D.G. O'qitish amaliyoti: zamonaviy ta'lim texnologiyalari. /M.: “Amaliy psixologiya

instituti” nashriyoti; Voronej: NPO "MODEK", 2018 yil.
7.

Qodjaspirova G.M. Ta'lim va pedagogik fikr tarixi: Jadvallar, diagrammalar,

ma'lumotnomalar: oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. /M., 2013 yil.

Bibliografik manbalar

Rahimov O.D., Turgʻunov O.M., Mustafoev K.O. Oliy Talimda massafaviy oktitishni tashkil etish. //O'qituvchi yaxshi o'qituvchi. Qarshi, 2012 yil. 60 b.

Yakovleva N.O. Pedagogik loyihalashning nazariy va uslubiy asoslari. M.: ATiSO nashriyoti, 2012. - 239 b.

Faktorovich A. A. Pedagogik texnologiyaning mohiyati / Pedagogika. 2018 yil. 2-son

Slobodchikov V. I. Ta'limdagi innovatsiyalar: asoslari va ma'nosi. / Maktab o'quvchilarining tadqiqot ishlari. 2014 yil. № 2.

Selevko G.K. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari: Darslik. / M.: Xalq taʼlimi, 2018. – 256 b.

Levilar D.G. O'qitish amaliyoti: zamonaviy ta'lim texnologiyalari. /M.: “Amaliy psixologiya instituti” nashriyoti; Voronej: NPO "MODEK", 2018 yil.

Qodjaspirova G.M. Ta'lim va pedagogik fikr tarixi: Jadvallar, diagrammalar, ma'lumotnomalar: oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. /M., 2013 yil.