94
MERONIMLARNING ELEKTRON KORPUSLARDAGI TAQDIMOTI VA TAHLILI
Mustafaeva Sojida Ulashevna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchi
e-mail: sojidamustafayeva557@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16910968
Annotatsiya:
Ushbu tezisda meronimlarning elektron korpuslardagi taqdimoti va
ularning lingvistik tahlili masalalari yoritiladi. Tadqiqotda meronimik munosabatlarning
leksik-semantik xususiyatlari, ularning turli kontekstlarda qo‘llanilishi hamda korpus
materiallarida qayd etilish darajasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillari
korpuslari asosida meronimlarning ifodalanishidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi.
Elektron korpuslardan foydalanish meronimlarning qo‘llanish doirasi va semantik
imkoniyatlarini chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Natijada, meronimik
munosabatlarning leksikografik va tarjimashunoslikdagi ahamiyati ham asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar:
meronim, korpus lingvistika, elektron korpus, leksik-semantik tahlil,
meronimik munosabat, ingliz tili, o‘zbek tili, leksikografiya, tarjimashunoslik.
Kirish qism
Hozirgi davr lingvistik tadqiqotlarida korpus lingvistika alohida ahamiyat kasb etib, til
birliklarini keng ko‘lamda o‘rganish imkonini bermoqda. Korpus materiallari asosida til
birliklarining qo‘llanish xususiyatlari, ularning semantik va funksional jihatlari tahlil qilinadi.
Meronimlar ham til tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida korpus asosida tadqiq etilishi zarur
bo‘lgan hodisalardan biridir. Chunki meronimik munosabatlar predmet va hodisalarning
tarkibiy qismlarini ifodalash orqali leksik tizimning tuzilishini ochib beradi. Ushbu tadqiqotda
meronimlarning elektron korpuslarda taqdimoti va ularning lingvistik xususiyatlari tahlil
qilinadi. Bunda birinchi va ikkinchi bandlarda meronimlarning ingliz va oʻzbek tillarda lugʻatlar
va korpuslarda berilish masalalarini analitik tahlil etish masalalari va uchinchi banda esa
chogʻishtirilayotgan tillarda meronimik soʻzlarning leksikografik talqinlarda ifodalanish
holatlarini tavsiflanish bilan belgilanadi. Til lugʻati bu shunchaki xaotik tartibli toʻplam emas
balki tartiblangan - uning tarkibiy qismlari ham leksik ham semantik aloqalar bilan
bogʻlanadigan sistem sifatida ifodalanadigan tizim: giponim-giperonim, meronimik, holonim,
graduonomik, partonomik, sinonimik, antonomik, polisemntik va boshqalar. Hozirgi davr
tilshunosligining barcha sohalari, ayniqsa leksikografik olamida kompyuter lingvistik bazasini
shakllantirish, bu esa lugʻat -leksikografik tarkibini yangi leksema maʼno munosabatlarining
kengayishi va rivojlanishi negizida roʻy beradi. Chunki I.R.Galperin yozganidek, “leksikografiya
hamma narsani oʻz ichiga olishi kerak, u oʻz qudratini, qadrini va nutqda qoʻllanishi qobiliyatini
yo‘qotmagan tilda yashaydi, shuningdek, soʻngi paytlarda tugʻilgan, hayotiy va barqaror boʻlib
chiqqan barcha yangi narsalarni aks ettira oladi”
12
. J.Miller, D.A.Kruz va M.V.Nikitinlar
13
meronimlarning lugʻaviy maʼno jihatlari bilan alohida oʻrganib, ularning leksikografik tizimga
kiritish lozimligini birinchilardan boʻlib aytib oʻtadilar. Ammo hanuzgacha olimlar oʻrtasida
“butun-qism” munosabatlarning til leksikaviy tizimidagi tarqalish oʻrnini ochiq qoldirmoqda.
D.A.Kruz maʼno munosabatlari haqida quyidagicha fikr beradi: “Maʼno munosabatlarining
muhimligi bu uning yaxshilanishi agarda oʻzaro ichki intuitiv sezgirlikka mos keladigan boʻlsa,
yoki tushuncha oson leksikallashtirilsa yoki ogʻzaki nutqda ifodalansa. Albatta bu tushuncha
oddiy nutq soʻzlashuvchilari uchun tushunish yoki anglash qiyin, buni soddalashtiradigan
95
boʻlsak
...is a kind of, ...is a type of,
masalan,
dog
va
animal
bu eng oson yuzaga keluvchi
misollar boʻlib, “
a dog is a type of animal
” yaʼni qismning turi bu
it,
uning butuni
hayvon
.
Meronimlar
gaplar oʻrtasida oddiy mantiqiy izohlanishga ega emas ammo giponimlarda
mavjud. Uning lugʻaviy formulalarda belgilanish holati
Y
ning meronimi
X, A
butunlikni oʻz
ichiga oladi, lekin
A X
ning tarkibidagi elementlarni oʻz ichiga oladi, ammo
X A
ning tarkibi
emas”
14
.
Izoh:
“Leg”(“oyoq)
tana aʼzolarinig X ning holonimi, ammo
“thigh”, “knee”, “lower leg”,
“ankle”,”foot”
Y ning meronimlari, A ning leksema iyerarxiyasi. Tabiiyki, “
leg
” tana qismi
oʻzining asosiy tana qism (
div
) va u ichki mustaqil holonimlarga
head; arm; leg
boʻlaklarga
boʻlinadi, natijada savol tugʻiladi, agarda ular oʻzaro semantik munosabatli bogʻlanishmi yoki
leksikaviy sinfning umumiy iyerarxiya ostida birikishmi? Shu oʻrinda biz ingliz olimi J.Layonz
qism-butunlik haqida fikr bildirar ekan u shunday mulohaza yuritadi: “
qism-butun”li
munosabatlar bu giponimik munosabatlardan qisman ozroq farq qiladi va u xuddi
giponimiyaga oʻxshab tranzitiv boʻla oladi qaysiki koʻp tilshunoslar bu fikrimga qarshi
bo‘lsalarda. Meronimlarning jahon lugʻatshunoslik talqinlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak,
dastlab meronimlar lugʻatlarda quyidagicha tavsiflangan: “Meronymy [mero-^ (ʼmereu] “part”,
“fraction”,occurring in various scientific and technical terms; sometimes opposed to holon”
15
.
Demak, meronim termini dastlab – mero shaklida qism, ulush, boʻlak maʼnosida turli texnikaviy
terminlarga nisbatan ishlatilgan va holonimga teskari qoʻyilgan; “Merology” [from Gr. μέρο-ς
part, member + Logy.] bu termin dastlab anatomiya sohasining tarmogʻidagi elementar
toʻqimalar va tana suyuqliklari uchun ishlatilgan,(Syd. Soc. Lex. 1890)”
16
Bundan koʻrinadiki,
mero
va
merology
terminlari keyinchalik davr taraqqiyoti evaziga lingvistika dunyosiga kirib
kelib, meronimik iyerarxiya doirasini yaratish uchun zamini boʻldi desak adashmaymiz va
hozirgi kunda meronimlar haqida quyidagi jahon lugʻatshunoslik resurs tizimlari maʼlumot
beruvchi baza lugʻat turlari hisoblanadi: 1) Oxford English Dictionary (Oksford inglizcha lugʻati)
(OED) - meronimik munosabatlarga tegishli soʻzlar roʻyxati asosan otlik shakllarga mos
xususiyatlar;2) Merriam-Webster Dictionary (Merriam-Vebster lugʻati)- turli izohli maʼnolari
va izohlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, “
meronym”-“mero
” shaklida uchraydi; 3)Collins English
Dictionary: complete and unabridged (internet archive) (Kollinz inglizcha lugʻati)-Cambridge
English Dictionary (Kembrij ingliz Dictionary); 4) Longman Dictionary of Contemporary
English (Longman zamonaviy ingliz lugʻati); 5) Thesaurus.com (Tezarus) sinonim, antonym va
boshqa soʻz munosabatlarining murakkab onlayn tezarusi hisoblanadi. 145.800 dan ortiq eng
top manbalarning tezarusini oʻz ichiga olgan:
Collins Thesaurus of the English Language -
Complete and unabridged, The American heritage Rogetʼs Thesaurus va Word Net.Tezarus.
Meronim Tezarus Vikpediya
lugʻatida quyidagicha izohlanadi
:
Oʻzbek tili lugʻatlarida meronimlar (qism - butun munosabatlari) boʻyicha maxsus
lugʻatlar mavjud emas, lekin ayrim lingvistik manbalarda va izohli lugʻatlarda ushbu tushuncha
koʻrinishda uchrashi mumkin. Quyidagi manbalarda topishimiz mumkin: 1) Oʻzbek tili izohli
lugʻatlarda – Oʻzbek tilining xalqona izohli lugʻati 35000dan ortiq soʻz maʼnolari va iboralari
berilgan, shu jumladan “qism va butun” soʻzlarining maʼnolari tushuntirilgan, lekin meronim
soʻz/termin sifatida alohida berilmagan. Ammo qism va butunlik soʻzlari meronimik maʼno
munosabatlarini uning butun yoki qism ekanligi aniqlab beradi, masalan “qism” soʻzining
toʻrtta maʼnolari berilgan: 1) butunning tarkibiy qismi yoki uzvi, ulushi; 2) bir ish, majlis, asar
va shu kabilarning maʼlum darajada mustaqillikka ega boʻlgan alohida boʻlagi; qismi; 3)
96
mashina, mexanizm, inshoot va shu kabilarni tashkil qilgan obʼyektlarning qismi/ har bir detali
sifatida 4) harb. Qurolli kuchlar tarkibidagi alohida boʻlinma, tarkib yoki birikma
17
2) Oʻzbek
tili sinonim lugʻatlarida ham aynan Oʻzbek tili izohli lugʻati kabi - baʼzi lugʻatlar maʼlum bir
butunning qismlarini sinonim yoki antonim bilan bogʻliq holda keltiradi. Masalan: “boʻlak”
soʻziga murojaat qilganimizda bu soʻzning oʻzi beshta maʼno turida ishlatilishi berilgan ammo
shulardan uchta maʼno xususiyatlari meronimik munosabatlarga teng: 1) butunning bir qismi;
qism, parcha, kesim (“Engashib, yashikdan
ikki boʻlak koʻmir
olib soldi. S.Karomatov, Oltinqum
( tabiiy resuruslar → qattiq jismlar → oltin, koʻmir, poʻlat, temir,mis) 2) bir qismi, donasi, oʻrami:
Sobir
ushoq boʻlagini
bogʻdagi qushlarga tashladi. 3) Boshqalardan farq qiladigan; boshqa,
oʻzga, boshqacha (Uning
qizil yanogʻi
lovullab yoʻnar edi. Yuz - qismi maʼnosida)
18
. 3) Oʻzbek
tilining izohli lugʻatida (80.000 mingdan ortiq soʻz va soʻz birikma 5 jildli) tana qismini “bosh”
soʻziga quyidagicha tavsif berilgan: Bosh - tananing boʻyindan yuqorigi, oldingi(odamda,
hayvonlarda) qismi, kalla, bosh shakli; “boʻyin” odam va umurtqali hayvonlar gavdasining bosh
bilan tanani biriktiruvchi qismi; “burda” soʻzi qism maʼnosiga teng boʻlin, kesilgan, boʻlingan
kichik parcha, boʻlak (non, goʻsht va boshqalar (bir burda non); “parcha” qism, boʻlak, burda;
mato boʻlagi, ipak mato turi: Butundan kesib, qirqib, kesib, sindirib olingan yoki oʻzi ajralgan
qismi sifatida taʼrif beriladi; “tarmoq”
19
soʻzi uchta maʼno turini ifodalab kelsada har uchalasi
ham asosiy butunlikning qismi , tarmogʻi, shahobchasi vazifasini oʻtagan, masalan, asosiy yoʻl
tarmogʻi; asosiy tashkilot tarmogʻi/ shahobchasi; fan, texnika sohaviy tarmoq shahobchalari.
Meronimik soʻzlarni va uning iyerarxik tipologiyasini jahon lingvistik korpuslardan semantik
va sintaktik maʼno xususiyatlari orqali qidirib topishimiz mumkin ekan. Lugʻatlarda sof
meronimlarni uchratish qiyin, ular asosan holonimning meronimi shaklida, masalan,
“vehicle”-
“transport”
“car”_”avtomobil/mashina”
ning
holonimi
boʻlsa
“engin
e”(dvigatel),
“wheel”(balon/gʻildirak), “door”(eshik
), “
seat”(oʻrindiq)
lar
“car” (mashina)
ning meronimlari
hisoblanadi. D.A.Kruz “leksikonlarni strukturalashtirishda semantik munosabatlarning
ahamiyat asosiy baza”
20
; N.Kuzmenka: “meronim qismni ifodalasa, holonim meronimning
antonimi qaysiki uning uchinchi munosabatli shakli”
21
. Ingliz tilida meronimik soʻzlarning
korpuslarda ifodalanish holatlarini tushuntirib oʻtdik yaʼni ular 1. Corpus Analysis:
“The door is
part of the house”;
2.
Wordnet and Ontologies: “wheel” is a meronym of “car.”;
3.Co-occurence
Patterns:
“hand”
are appeared with
“arm”
yoki
“ leaf” “tree”
yaqin maʼnoda; 4. Lexical Meaning:
“
semantic and syntactic structures are identified” 5.
Semantic Role Labelling (SRL):
“ identifying
part-whole relationships in a specific syntactic structure” 6.
Collocational Analysis:
“leg” often
collocations of “div”, “table”, “chair”
indicationgf a part-whole relationship in these contexts.
Oʻzbek tili lugʻatlarida leksik munosabatli soʻzlar, xususan, qism-butunlik
(meronim/partonim) munosabatli leksemalarning lugʻatlarda berilish holatlari mavjud emas.
Shu sababli, oʻzbek tadqiqotchilarimiz soʻnggi oʻn yillikda kompyuter lingvistikasi sohasiga doir
ko‘plab ilmiy tadqiqotlar nashr etilgan, xususan, A.Poʻlatov, S.Muhamedova, A.Rahimov,
Z.Xolmanova, N.Abduraxmonova kabi olimlarning sohaga doir oʻquv darslik va qoʻllanmalari
chop etgan boʻlsalar
22
, aynan B.Qilichev, J.Jumabayeva hamda A.Eshmuminovlarning
monografiya va avtoreferatlari hozirgi soʻz munosabatlarning xususan: partonim, meronim va
graduonomik soʻzlarning lugʻatlarda ifodalanish oʻrinlarini belgilab bergan boʻlsalar,
A.Eshmuminovning “Oʻzbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronimik munosabatli
leksemalar lingvistik bazasini shakllantirish” avtoreferati meronim(qism-butun)lilarning
korpuslarda leksik-semantik izohlanish xususiyatlarini belgilab berish uchun asosiy baza
97
hisoblanadi. Oʻzbek tili elektron korpusi va lingvistik resuruslar: Ushbu loyha oʻzbek tilining
boy leksikasini oʻz ichiga olgan lugʻatlar, tezauruslar va oʻquv lugʻatlarini taqdim etadi.
1-diagramma
Bu tahlillardan ko‘rinadiki meronimik qismlilar uy-ro‘zg‘or anjomlari misolida o‘zbek tili
lug‘atida semantik jihatidan leksikografik xususiyatlari kengroq, ingliz tilida zamonaviy texnik
taraqqiyoti natijasida o‘z texnik maishiy nomiga ega holonimik va meronimik lug‘aviy
atamalarni ko‘rish mumkin.
Xulosa:
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, meronimlarning elektron korpuslardagi
taqdimoti ularning semantik va funksional xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga
imkon beradi. Ingliz va o‘zbek tillarida meronimik munosabatlarning o‘xshash va farqli
jihatlarini aniqlash orqali leksik tizimning ichki tuzilishi yoritiladi. Korpus materiallari asosida
olib borilgan tadqiqotlar meronimlarning qo‘llanish doirasini aniqlash, ularning
tarjimashunoslik va leksikografiyadagi ahamiyatini belgilashda muhim manba hisoblanadi. Shu
bois meronimlarni elektron korpuslarda izchil tadqiq etish lingvistik nazariya va amaliyot
uchun dolzarb masalalardan biridir.
References:
Используемая Литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Eshmominov., O’zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronimik munosabatli
leksemalar lingvistik bazasini shaklantrish. -Monografiya., -Termiz.-2023., b.93
2.
A.Sh.Sobirov - Tilshunoslik va adabiyotshunoslik nazariyasi muammolari.
3.
B.Qilichev “ Leksikada Soʼzlararo Butun-Boʼlak Munosabatlar”, Monografiya, Toshkent-
2019., 4-5 p.
4.
H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T.: “Talqin”-2005
98
5.
Mustafaeva S.U.-“ Lexicographic interpretation of meronyms in Uzbek and English
languages”.- International scientific and practical conference “The role of women in the
development of science and the spiritual and educational sphere: problems and solutions”/
https://doi.org/10.5281/zenodo.14990069
6.
Mustafaeva S.U.-“Uzbek and English dialects are used as examples to illustrate the
problems with vocabulary creation in meronymy”.-Article; American Journal of Education and
Evaluation Studies, Vol.2, No.5 (May, 2025), 1 E-ISSN: 2997-9439
7.
O.Materinska — Semantic relation of meronymy in languages of different structure(case
study of semantics of bady part names); Taras Shevchenko National University of Kiyev; Article.
-2019., p — 256
8.
Д.А.Колодько. – Меронимические отношения как проявление системности
лексики.: аспирант кафедры славянских языков НПУ имени М.П.Драгоманова. // Русский
язык
в школе. – 1971. – № 2.
9.
Захаров В.П. Корпусная лингвистика. Учебно-методическое пособие. – Санкт-
Петербург, 2005. –3.c
10.
Н. Кузьмина “Meronimik Structures for Names denoting Parts of Living Beings in
English” ., Minsk State Linguistic University.
11.
Никитин, М.В.- Основы лингвистической теории значения. Москва: Высшая школа.
1988.
12.
Э.Бегматов, Ҳ.Неъматов, Р.Расулов.-Лексик микросистема ва унинг тадқиқ
методикаси (систем лексикология тезислари)//Ўзбек тили ва адабиёти. 1989, 6-сон, 35-
40 б.
13.
https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/1535/12165/64db3b7cc6ac6
14.
https://cyberleninka.ru/article
15.
https://bibliotekanauki.pl/articles/2117902.pdf
16.
https://www.researchgate.net/publication/334309725
17.
https://semantjournals.org/index.php/AJEES/article/view/1636
http://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0068/68_i_20250307_211356_4.14.p
