Авторы

  • A’zam G’aybullayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.45724

Ключевые слова:

zamonaviy yoshlar milliy qadriyat Vatanga sadoqat oila milliy tarbiya.

Аннотация

Mazkur tezisda zamonaviy yoshlarni milliy qadriyatlar yordamida tarbiyalashning psixologik xususiyatlari, yoshlarni milliy va oilaviy qadriyat haqidagi tasavvurlarini shakllantirish kabi masalalar bo'yicha empirik ma'lumotlar bilan tanishishi mumkin.


background image

27

ZAMONAVIY YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR YORDAMIDA OILAVIY

MUNOSABATLARGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

G’aybullayev A’zam Ahadovich

Buxoro davlat pedagogika instituti

Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13121910

Annotatsiya.

Mazkur tezisda zamonaviy yoshlarni milliy qadriyatlar yordamida

tarbiyalashning psixologik xususiyatlari, yoshlarni milliy va oilaviy qadriyat haqidagi
tasavvurlarini shakllantirish kabi masalalar bo'yicha empirik ma'lumotlar bilan tanishishi
mumkin.

Kalit so’zlar:

zamonaviy yoshlar, milliy qadriyat,

Vatanga sadoqat, oila, milliy tarbiya.

Kirish.

Yoshlarni milliy qadriyatga asoslangan zamonaviy tarbiyaga yangicha, tizimli

yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda uning psixologik
mexanizmlarini o'rganish, mazkur masalada oila, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta
maxsus kasb-hunar, oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik
imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi
darajaga ko'tarishni taqozo etadi.

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, milliy qadriyatga aylanishi kerak bo'lgan milliy

fazilatlar, jumladan Vatanga sadoqat, burch va mas'uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar
yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy
odatlarga aylanmayapti.

Yuqoridagi masalani nechog'lik xavotirli va dolzarbligi to'g'risidagi mulohazalarni

asoslashda bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil
qilish, baholash, ustuvor yo'nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga ta'sirini
o'rganish va zarur maqsadli va manzilli psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan milliy
qadriyatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari mavzusi bo'yicha joylarda tekshiriluvchilar
bilan suhbat, ekspert-interv`yu, so'rovlar (ijtimoiy-psixologik), kuzatish, kontent tahlil,
modellashtirish, matematik statistika (spss dasturi), gipotetik- deduktsiya, vizualizatsiya,
longityud monitoring va ma'naviy marketing kabi metodlar orqali o'rganishlar olib borildi va
quyidagicha empirik natijalar qayd qilindi:

Demak yuqoridagi ko'rsatkichlardan ma'lumki yoshlarni qadriyat haqidagi bilimlari

mavjud, biroq mazkur qadriyat hali kompetentsiya darajasiga aylanmayapti, ya'ni yoshlar
qadriyat nima ekanligi haqidagi bilimga ega, biroq uni hayotga tatbiq qilishida ma'lum bir
sun'iy to'siqlar bor. Biz navbatdagi tadqiqotlarimizda aynan shu masalani o'rganishni maqsad
qildik.

Biz tadqiqotimiz davomida yoshlar orasida oilaviy qadriyatlarga munosabatini ham

o'rgandik, yoshlarda qadriyat degan savolga javoblar oldik va yoshlarni qadriyat va milliy
qadriyat orasidagi farqni bilish darajasini o'rganishga ham kirishdik.

Yoshlar orasidagi milliy qadriyatlarni eskilik sarqitiga qaratilgan targ'ibotlarni olib

borayotgan buzg'unchi “ommaviy madaniyat” haqidagi tasavvurlarini ham tekshirib ko'rdik va
empirik ma'lumotlarni qo'lga kiritdik.


background image

28

Biz yoshlar orasida milliy qadriyat bilan birga zamonaviy qadriyat tushunchalari haqidagi

tasavvurlarini ham baholadik va quyidagicha empirik ko'rsatkichlarni qo'lga kiritdik.

Yuqoridagi ko'rsatkichlardan ma'lum bo'ldiki, yoshlar “ommaviy madaniyatni”

buzg'unchilik xususiyatini yetarlicha anglamayapti. Ya'ni respondentlarning 66% i mazkur
savolga javob berolmaganligi yuqoridagi fikrlarimizni to'lqonli ilmiy asoslaydi.

Biz tadqiqotimiz davomida yoshlarni oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga

e'tiborsizlik tahdididan xabardorlik darajalarini ham o'rgandik, tarbiyasi, milliy tarbiya bilan
bog'liq ishlarda sustkashliklar ko'p ekanligini, yoki tarbiya masalasiga past munosabatda
ekanligini ko'rsatadi. Bu illatning salbiy oqibatlaridan ko'pchilik bexabar.

Milliy tarbiyaning shakllanishida milliy qadriyatlarning o'rni ham alohida o'ziga xos asosli

psixologik omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham biz mazkur masala bo'yicha ham
o'rganishlarni amalga oshirdik. Respondentlar orasida milliy qadriyatlarga e'tiborsizlik
tahdididan xabardorlik darajasi bo'yicha o'rganishlarning empirik natijalari:

Masala yuzasidan o'rganishlar, ya'ni aksariyat respondentlarning fikricha yosh ota-onalar

o'z farzandlariga milliy qadriyatlarni o'rgatmayapti, shu sababli yoshlarimiz milliy
qadriyatlarni hurmat qilmayapti, aksincha, “ommaviy madaniyat”ga zamonaviy madaniyat deb
taqlid qilish kabi salbiy jihatlar ko'payib bormoqda deb ta'kidlandi. Tarbiya masalalariga
e'tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko'ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan
zararli oqibatlar ham barchamizni ogohlikka da'vat qilmog'i lozim.

Xulosa.

Oilada milliy va oilaviy qadriyatlarga hurmat fazilatini shakllantirish, shuningdek

farzand tarbiyasi - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo'lib yetishidagi ota-onaning
sa'y harakati hisoblanadi. Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko'radi, bo'lajak
fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko'ra
kamol topib boradi. Farzandlarimizni ilm-fan va ta'lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish
maqsadga muvofiq ekan, o'z o'rnida milliy qadriyatlarga yo'g'rilgan tarbiya esa milliy tarbiya
bilan chambarchas bog'liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi.

References:

1.

A’zam Ahadovich G’aybullayev. Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning

ijtimoiy psixologik muammolarini sharq mutafakkirlari tomonidan o’rganilishi. "Science and
Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4.
2.

G’aybullayev A’zam Ahadovich. Zamonaviy oilalarda yoshlarni milliy qadriyatlar

vositasida tarbiyalashning psixologik xususiyatlari. "Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
ilmiy axborotnomasi" ilmiy-amaliy jurnal/ 4(8)2024 buxpxti.uz
3.

Ганс-Гельмут Декер-Фойгт “Введение в музыкотерапию”. СПб.: Питер, 2003г

4.

Иванченко Г.В. Психология восприятия музыки: подходы, проблемы, перспективы.

– М.: «Смысл», 2001. – С.171

Библиографические ссылки

A’zam Ahadovich G’aybullayev. Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik muammolarini sharq mutafakkirlari tomonidan o’rganilishi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4.

G’aybullayev A’zam Ahadovich. Zamonaviy oilalarda yoshlarni milliy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning psixologik xususiyatlari. "Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti ilmiy axborotnomasi" ilmiy-amaliy jurnal/ 4(8)2024 buxpxti.uz

Ганс-Гельмут Декер-Фойгт “Введение в музыкотерапию”. СПб.: Питер, 2003г

Иванченко Г.В. Психология восприятия музыки: подходы, проблемы, перспективы. – М.: «Смысл», 2001. – С.171