Авторы

  • Ahmad Jurayev
    Termiz davlat universiteti 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.45743

Ключевые слова:

faoliyat notijorat ilmiy izlanishlar institutlar innovatsion rivojlantirish loyihalar.

Аннотация

Rivojlangan mamlakatlarda, asosan, KBXT sub’ektlarini innovatsion rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning murakkab mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ushbu sohada innovatsiyalarni rag‘batlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratishadi: birinchidan: tadqiqot va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga, ikkinchidan: tadqiqot natijalari va ilmiy-texnika yutuqlarini amalga oshirishga, uchinchidan: innovatsion jarayon ishtirokchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hamkorligini rag‘batlantirishga.


background image

64

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANISHI BO‘YICHA

XORIJIY TAJRIBADAN FOYDALANISH YO‘NALISHLARI

Jurayev Ahmad Saitnazar o`g`li

Termiz davlat universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13860069

Annotatsiya:

Rivojlangan mamlakatlarda, asosan, KBXT sub’ektlarini innovatsion

rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning murakkab mexanizmlari ishlab
chiqilgan. Ushbu sohada innovatsiyalarni rag‘batlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratishadi:
birinchidan: tadqiqot va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga, ikkinchidan: tadqiqot natijalari va
ilmiy-texnika yutuqlarini amalga oshirishga, uchinchidan: innovatsion jarayon ishtirokchilari
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hamkorligini rag‘batlantirishga.

Kalit so`zlar:

faoliyat, notijorat, ilmiy izlanishlar, institutlar, innovatsion rivojlantirish,

loyihalar.


Innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri turli ko‘rinishdagi texnologik va

moliyaviy yordam dasturlari hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish hududni innovatsion
rivojlanishida KBXT ni qo‘llab-quvvatlashga bevosita aloqador bo‘lib, KBXT innovatsion
faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ya’ni kredit va subsidiyalar berish, ilmiy
izlanishlar hamda ishlanmalarga maqsadli grantlar ajratish, hudud miqyosida
innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida pul mablag‘lari bilan ta’minlashni yo‘lga
qo‘yish, soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish, innovatsiya yo‘nalishida ilmiy ishlar olib
borayotgan ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarini imtiyozli soliqqa tortish ya’ni
to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojini kamaytirish yoki bir muddatga bekor qilish va shu
kabilar.

Ushbu chora-tadbirlar, masalan, “Qo‘shma Shtatlarda 1982 yilda (1992 yildan

tuzatilgan) qabul qilingan “Kichik biznesning innovatsion faoliyatini rivojlantirish
to‘g‘risida”gi qonun bilan ta’minlangan. Ushbu Qonun asosida ishlab chiqilgan eng samarali
milliy dasturlar qatoriga Kichik va o‘rta biznesni innovatsion rivojlantirish dasturi kiradi
(ingliz. – Small Business Innovation Research Program – Kichik biznesni innovatsion
tadqiqotlar dasturi (KBITD)), shuningdek, KO‘Bga yangi texnologiyalarni tarqatish (ingliz.
Small Business Technology Transfer Program – Kichik biznes texnologiyalari transferi dasturi
(KBTTD)). Ushbu dasturlar AQSh kichik biznes ma’muriyati tomonidan muvofiqlashtiriladi va
raqobatbardosh dastur orqali budjet mablag‘lari hisobidan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar
uchun mablag‘ ajratiladi. Masalan, KBITD dasturi 10 ta yirik milliy agentliklar va federal
vazirliklarning ilmiy-texnik muammolarini hal qiladi, ularning har biri kichik va o‘rta biznes
tomonidan tadqiqotlar va ishlanmalar uchun 100 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishi
mumkin. Shu bilan birga, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning turlari, miqdori va ilmiy-tadqiqot
ishlarining tematik rejalarini tayyorlash kafedralar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi,
shuningdek kompaniyalar takliflari istiqbollarini baholash va shartnomalar, grantlarni
tarqatish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish va subsidiyalar ajratiladi. Ushbu dastur
raqobatbardosh bo‘lganligi sababli, korxonaning malakasini baholash, taklifning o‘ziga xosligi,
uning foydasi va tijoratlashtirish istiqbollari amalga oshiriladi. KBITD doirasida har yili
qiymati 2 milliard AQSh dollaridan ziyod 6000 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda,


background image

65

ammo yakuniy bosqichga barcha loyihalarning uchdan biridan ko‘pi o‘tmaydi”.

1

AQShda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish “Kichik biznes texnologiyalari

transferi dasturi” asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda kichik biznesning faoliyati notijorat
ilmiy izlanishlar institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xamkorligi rag‘batlantiriladi. KBTT dasturi
o‘z navbatida innovatsion jarayonlarni yuksaltirishga qaratilgan turli yo‘nalishlardagi
qo‘shma korxonalarni vujudga keltirishda moliyaviy va texnik ko‘rinishdagi yordam olishga
ko‘mak beradi. Qayd etilgan KBTTD orqali har yili 1000 dan ortiq innovatsion rivojlantirish
loyihalari amalga oshiriladi. Dasturning asosiy vazifasi asosan raqobat bozorida ehtiyojga ega
va ichki iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuqori darajadagi
texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rinishidagi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy
qilishdir. Bu ishlanmalarni tijoratlashtirish orqali AQSh iqtisodiyoti rahbatlantiriladi va
rentabellikni ta’minlaydi.

AQShda yana bir boshqa dastur “Kichik biznesni tadqiq etish va rivojlantirish

samaradorligini o‘rganish”, hamda “Kichik biznes investitsiya kompaniyasi” (ingliz. – Small
Business Investment Conpany – KBIK) mazkur dastur orqali kichik biznes va o‘rta
korxonalarni investitsiyalar bilan ta’minlaydi hamda ular faoliyatini kafolatlaydi.

“Buyuk Britaniyada eng yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha samarali dasturlar

ishlab chiqilgan bo‘lib, bu yerda kichik biznes xizmati innovatsion KO‘Klarni aniqlash va
baholash uchun 10 ming funt sterlinggacha bo‘lgan grantlar asosida axborot, maslahat,
moliyaviy, huquqiy va texnik ko‘mak beradi. Eng yaxshi texnologiyalar, ushbu
texnologiyalarning innovatsion mahsulotlarni yaratishda imkoniyatlarini aniqlaydi. Murakkab
texnologiyalarni izlash va ulardan foydalanish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar
ajratiladi”.

2

Innovatsion faoliyatni amalga oshirishning muhim muammolaridan biri bo‘lib bu

innovatsion ishlanmalarni himoya qilishning samarali vositalarini yaratishdan iboratdir.
Buning sababi texnik ko‘rinishidan murakkab bo‘lgan innovatsion mahsulotlarni ishlab
chiqaradigan bir qator kichik va o‘rta biznes faoliyatini sertifikatlash uchun to‘lanishi lozim
bo‘lgan mablag‘larni o‘zlari to‘lay olmasliklaridadir.

Yaponiya davlati Amerika Qo‘shma Shtatlari modeliga asoslanib, innovatsion ishlab

chiqarishdagi KBXT huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uni himoya qilish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha bir qator tashkiliy va qonunchilik choralarini ishlab chiqqan.

Yaponiyada, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun innovatsion faoliyatni rivojlantirish

va uni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiquvchi tashkilot sifatida Iqtisodiyot, savdo va
sanoat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, ayniqsa yuksak rivojlangan sanoat
korxonalaridagi yuqori texnologiyali va fan yutuqlarini ko‘p talab qiladigan kichik va o‘rta
biznes ko‘rinishidagi korxonalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Innovatsion ishlab chiqarish
borasida kichik va o‘rta biznes faoliyati huquqlarini himoya qilish va innovatsion
mahsulotlarni xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishi borasida tovar belgilari, patentlar va
patentlashtirish to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirish masalalari ham chetda qolmagan.
Shu bilan birga, yuqori muvaffaqiyatga erishgan innovatsion tadbirkorlarni qo‘llab
quvvatlashga qaratilgan (kutilmagan holatlarda) sug‘urta tizimini o‘z ichiga olgan infratuzilma

1

What is SBIR and STTR? – https://sbir.nih.gov/about/what-is-sbir-sttr

2

https://www.sba.gov/sites/default/files/articles/SBIC_Program_- _Standard_One-Pager.pdf


background image

66

yaratilgan.

1.5-jadval
Turli mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tasniflash mezonlari

(ishchilar soni bo‘yicha)

3

Дavlatlar*

Mikro

Kichik

O`rta

Kichik va o`rta

korxonalar

korxonalar

korxonalar

korxonalar

YeI davlatlari

1-9

10-49

50-249

1-249

Avstraliya

1-9

10-49

50-199

1-199

Kanada

1-9

10-49

50-499

1-499

Yaponiya

4-9

10-49

50-249

4-249

Janubiy Koreya

5-9

10-49

50-199

5-199

Meksika

1-10

11-50

51-250

1-250

Yangi Zellandiya

1-9

10-49

50-99

1-99

Turkiya

1-19

20-49

50-249

1-249

AKSh

1-9

10-99

100-499

1-499

XXR

1-19

20-99

100-499

1-499

Rossiya

1-15

16-100

101-250

1-250

Uzbekiston

1-10

10-100

100-250**

1-250**

**Muallif taklifi: mamlakatimizda o‘rta korxonalarda bandlar sonini shu oraliqda berish

maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Bizning fikrimizcha, ilmiy izlanishlar olib borish natijasida hamda rivojlangan

mamlakatlar tajribalarini o‘rganib shunday xulosaga keldikki mamlakatimizda ham o‘rta
korxonalarni joriy qilish vaqti keldi. Buning uchun KBXT sub’ektlarining umumiy sonidan
ajratish uchun eng qulay va taqqoslanadigan asos “korxonadagi ishchilar soni” mezoni
hisoblanadi. Kichik biznes toifasiga asosan mikro, kichik va o‘rta korxonalar kiradi.
Respublikamizda o‘rta korxonalarda ishlovchilar sonini 100-250 kishi deb olsak maqsadga
muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz (5-jadval).

Hozirgi jahon iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda KBXT sohasiga

innovatsion tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash aksariyat rivojlangan mamlakatlarda davlat
iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. KBXT sohasini innovatsion
rivojlantirish uchun kichik, o‘rta va yirik korxonalar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni
kuchaytirish kerak deb xisoblaymiz.

References:

1.

I.A.Karimov O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. «O’zbеkiston» 1992 y.

2.

I.A.Karimov «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada

3

Manba: har bir davlat bo‘yicha internet ma’lumotlari (https://www.oecd.org/publications/oecd-sme-and-entrepreneurship-

outlook2021-97a5bbfe-en.htm).


background image

67

yuksaltirishdir» T.: «O’zbеkiston» 2010 y.
3.

Boltabaev M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaeva SH.J., G’oyipnazarov 1;.K.,Samadov A.N.,

Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: AV1V MAZNK1UOT1, 2011 y.
4.

G’oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov SH.I., Almatova D.S. Kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tnraqqiyotini yuksaltirish omili.-
T.:Fan,2011 y.
5.

Xodiev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -T.:

TDIU, 2010 y.

Библиографические ссылки

I.A.Karimov O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. «O’zbеkiston» 1992 y.

I.A.Karimov «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» T.: «O’zbеkiston» 2010 y.

Boltabaev M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaeva SH.J., G’oyipnazarov 1;.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: AV1V MAZNK1UOT1, 2011 y.

G’oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov SH.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tnraqqiyotini yuksaltirish omili.-T.:Fan,2011 y.

Xodiev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -T.: TDIU, 2010 y.