61
KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI OQITISHNING INNOVATSION
USULLARI
Rahmonova Gullola Jo‘raboy qizi
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Xorijiy Filologiya fakulteti
Nemis Filologiyasi kafedrasi stajor-o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13932834
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik yoshdagi bolalarga chet tili o‘qitishning innovatsion
usullari hamda bolalar psixologiyasiga e’tibor bergan holda yondashish uslublari haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
chet tili, innovatsion usullar, o‘yinlar, aqliy va jismoniy harakatlar,
multfilmlar, topishmoqlar, ko‘rgazmali qurollar, plakatlar.
Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga
katta e’tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Chet tillarini
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori hamda 2013–2014-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining
birinchi sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o‘rgatishning joriy etilishi buning isbotidir. Hozirgi
kunda nafaqat maktab, litsey, Icollej o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalariga, balki M. T.
M. tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini, xususan, ingliz tilini
o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Buning sababi bor, albatta. Iqtisodiy, fan va madaniy jihatdan
rivojlangan davlatlarning tillarini o‘rganish jahon ilm-fani va taraqqiyoti yutuqlarini
egallashning bosh omilidir. Til o‘rganish ham yosh davrlariga bog‘liq.
Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtiradilar.
Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli
ekanligi,kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni
e’tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik
tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishni
grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning
dastlabki qadamidanoq bolani zo‘riqtirib qo‘yish va qiziqishini so‘ndirib qo‘yish mumkin.
Shunday ekan,kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish ancha mushkul va mas’uliyatli.
Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish
mumkin:
-
qo‘shiq va she’rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo‘lgan, ma’noga ega
bo‘lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o‘rgatish.
Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo‘shiq qilib o‘rganishlari shunchaki
yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini ko‘rsatish mumkin.
-
aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo‘g‘liq bo‘lgan o‘yinlar;
-
multfilmlar; Bolalar til o‘rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunma- sada,
multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga
intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til o‘rganishlari uchun samarali yo‘l.
-
rol ijro etish(role play) o‘qituvchi biror ma’lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning
nomlarini o‘rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol
uchun: bir o‘quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko‘rsatib bersa, boshqa bir
62
o‘quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini aytishi
zarur.
-
mavzuga oid muhit; O‘qituvchi mavzusiga qarab o‘sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar
tilni yaxshi o‘rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar.
Traveling(sayohat) mavzusida o‘qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar
orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat
qilish (Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma’lumot beradi.Bu hoi
o‘quvchilarning so‘z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o‘stiradi.
-
topishmoqlar; Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli. Shuning
uchun o‘qituvchi topishmoqni ingliz yoki o‘zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz
tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so‘zlarni tez o‘rganishadi. amaliy
mashg‘uIotlar(mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko‘rish, gullarni hidlab ko‘rish); Bu
jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: " Bolalarning esida biror
narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin
qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo‘lsa, hidlash
va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak».
Masalan: o‘qituvchi bir o‘quvchining olmani tatib ko‘rishi paytida uning rangi qizil (red) yoki
yashil (green), ta’mi shirin (tasty) yoki nordon (sour), xushbo‘y (aromatic) hidi haqida
ma’lumot berishi va boshqa o‘quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o‘sha meva
haqida inglizcha ma’lumotlar berishini talab qilishi lozim.Bu hoi bolaning keyingi
o‘rganishlarida ham yordam beradi.O‘qituvchi o‘quvchilardan ranglarning inglizcha nomini
so‘rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi, qizil-red, yashil-green ekanligini tez
xotirlaydi. Demak, bunday usuldan foydalanish o‘quvchining ma’lumotni uzoq muddatda
xotirasida saqlab qolishini ta’minlaydi.
-
imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O‘qituvchi bolaga biror gapni gapirganda yoki buyruq
berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni och(open the book), turing(stand up),
doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda imo- ishoralardan foydalansa bolaga
tushunarli bo‘ladi.
-
ko‘rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali;
-
ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish.
Masalan: eshik(door), kitob(book), stol(table), doska(blackboard), oyna(window) va shu
kabilarga yozish. Bunday narsa-buyumlar doimo ko‘zga tushib turishi va amliyotda ko‘p
qo‘llanishi bois, bola bu so‘zlarni ixtiyorsiz tarzda o‘rganadi. – yangiliklar orqali; Bilamizki,
bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez zerikadi.
Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o‘tish emas, balki
bunday usullarni o‘zgartirib, yangilab dars o‘tish lozim. Aks holda bolalar o‘qituvchining
qanday dars o‘tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko‘rishadi. Usullarni yangilab dars
o‘tish bolalarning intilishlarini oshiradi. Maktabgacha yoshi, ayniqsa, chet tilini o‘rganishni
boshlash uchun juda qulaydir: bu yoshdagi bolalar til hodisalariga nisbatan sezgirligi bilan
ajralib turadi, ular o‘zlarining nutq tajribalarini, tilning "sirlarini" tushunishga qiziqishadi. Ular
kichik hajmni osongina va qat’iy eslashadi til materiali va uni yaxshilab ko‘paytiring. Yoshi bilan
bu qulay omillar kuchini yo‘qotadi.
Chet tilni o‘rganish uchun erta yosh afzalroq bo‘lishining yana bir sababi bor. Bola qancha
63
yosh bo‘lsa, shuncha mahalliy tilda so‘z boyligi kamroq bo‘ladi , ammo shu bilan birga uning
nutqiga bo‘lgan ehtiyojlari ham kam: kichik bolada aloqa sohalari katta yoshdagilarga
qaraganda kamroq, u hali murakkab aloqa muammolarini hal qilishi shart emas. Bu shuni
anglatadiki, u chet tilini o‘zlashtirganda, ona va chet tillaridagi imkoniyatlar orasidagi bunday
katta farqni sezmaydi va uning muvaffaqiyat hissi kattaroq bolalarnikiga qaraganda yorqinroq
bo‘ladi.
Bolalarni o‘qitish - bu maktab o‘quvchilari va kattalarga qaraganda mutlaqo boshqacha
uslubiy yondashuvni talab qiladigan juda qiyin masala. Agar kattalar chet tilida gaplashsa, bu
uning boshqalarga o‘rgatishi mumkin degani emas. Uslubiy jihatdan nochor darslarga duch
kelganda, bolalar uzoq vaqt davomida chet tilidan nafratlanishlari va o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan
ishonchlarini yo‘qotishlari mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan faqat tajribali
mutaxassislar ishlashi kerak.
Metodika to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim tadbirlarini o‘tkazish bolalarning til qobiliyatlari
tuzilishining yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilishi va ularning
rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Sifatli o‘qitishning yana bir usuli - bu ona tilida so‘zlashuvchilarning video va audio
yozuvlaridan foydalangan holda chuqur (to‘liq suvga cho‘mishgacha) tayyorgarlik darajasiga
ega bo‘lgan va to‘liq til muhitini yaratadigan maxsus guruh. Biz bu usul haqida avvalroq
gapirgan edik. Biroq, har doim ham emas va barcha ota-onalar bunday guruhlarni o‘zlarining
ta’mi va cho‘ntagiga yoqtirmaydi. Agar siz ijobiy natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, bir nechta
qoidalarga amal qiling. Avvalo shuni yodda tutingki, chet tilini majburan o‘rganish mumkin
emas. Qanchalik ko‘p majburlasangiz, chaqaloqning biror narsa qilish istagi shunchalik kam
bo‘ladi. Ehtimol, birinchi navbatda, bolani mavzuni o‘rganishga undash, uning qiziqishini
uyg‘otish uchun Internetda qiziqarli onlayn ingliz kurslarini sinab ko‘rishga arziydi.
Integratsiyalashgan yondashuv ham muhimdir. Hech qanday holatda siz faqat
grammatikani o‘rganishga e’tibor qaratmasligingiz kerak. Trening rejasi puxta va o‘ylangan
holda tuzilgan bo‘lishi kerak.
Sabr-toqat kerak. Bola qiyin yo‘lga qadam qo‘yganini bilishi kerak, ammo uning
harakatlari uchun mukofot bebaho bo‘ladi. Motivatsiyaning mavjudligi har qanday fanni
o‘rganishda muvaffaqiyat kalitidir.
References:
1.
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. - Toshkent., 2012: - 4 -bet.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 30 - sentabrdagi " Maktabgacha ta’lim
tizimini boshqarishni takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida " gi PQ - 3955 -sonli qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 8 - maydagi " O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘riida "
gi PQ - 4312 - sonli qarori
4.
Wilga M. Rivers. Teaching Foreign-Language Skills. 2nd ed. —Chicago and London: The
University of Chicago Press, 1981, p.291.
5.
Д. Д. Джалалов, Г. И. Стравчинская. Книга для учителя к учебнику английского
языка для VI класса узбекской школы. — Ташкент: Укитувчи, 1973 (va keyingi nashrlari).
— 23—27-betlar.