56
RUBOB PRIMA CHOLG‘USIDA QO‘LLANADIGAN APPLIKATURALARNING
O‘ZIGA XOSLIGI
Ergashov Ismatxo‘ja Sunnat o‘g‘li
Janubiy Koreyaning Sunchon universiteti bitiruvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13927822
Annotatsiya:
Bu maqolada rubob prima cholg‘usi orqali musiqa ijrochiligida
applikaturani to‘g‘ri tanlash usullari, sozandaga qulaylik yaratishda o‘ziga xoslilarlari haqida
so‘z boradi. Shuningdek, maqolada dunyoga mashxur bastakorlarning asarlaridan misollar
keltirgan.
Kalit so‘zlar:
rubob prima, applikaturalar, o‘zbek xalq cholg‘ulari, ijrochilik, orkestr,
barmoqlarni joylashtirish, trel, forshlag, qo‘shaloq akkord.
Abstract:
This article talks about the methods of choosing the applique correctly in music
performance using the rubob prima instrument, and its peculiarities in creating comfort for the
musician. The article also gives examples of the works of world-famous composers.
Key words:
rubob prima, appliqués, Uzbek folk instruments, performance, orchestra,
finger placement, trell, forshlag, double chord.
Applikatura
so‘zi - (nemischa
applicatur,
lotincha
applico
– qo‘ymoq, bosmoq ma’nolarini
anglatadi.) Musiqa ijrochiligida cholg‘u dastasiga chap qo‘l barmoqlarini qo‘yish tartibidir,
Applikaturani to‘g‘ri tanlash usullari sozandaga bir tomondan qulaylik, asarning texnik
jihatdan qiyin parchalarini o‘z1ashtirishda va ijro etishda yengillik yaratib bersa, yana bir
tomondan, o‘ng qo‘lning tordan torga o‘tavermasligini hamda ortiqcha harakatlardan xoli
bo‘lishini ta‘minlaydi. Qolaversa, to‘g‘ri va qulay applikatura sozanda ijrosining ko‘rinishiga
professional chiroy beradi.
Applikatura to‘g‘ri qo‘yilishining yana muhim tomonlari shundaki, aytaylik, yozuvda
asarning boshlanish jumlalari (frazalari) yoki keyingi jumlalari uchun barmoqlar qo‘yilgan
bo‘ladi, ammo hamma notalar ustiga emas. Bunday holatlarda barmoqlarning qo‘yilish
navbatini qanday davom etishiga sozandada shubha yoki ikkilanish paydo bo‘ladi. Aslida bu
vaziyat oddiy. Jumla boshlanishida aniqlab qo‘yilgan pozitsiyaga daxldor barmoqqa nisbatan
keyingi barmoqlar ketma – ketligi davom etaveradi to barmoqlarning o‘zgarishi zarur vaziyat
kelgunga qadar. Albatta, bu vaziyatda barmoq o‘zgarishi yozib ko‘rsatiladi.
Qarang, agar uchinchi taktda
sol
notasiga ikkinchi barmoq yozilmaganida, oldingi ya’ni
uchinchi pozitsiyadagi barmoqlar joylashishi davom etavergan bo‘lar edi. Shular bilan birga,
ikki xil, ba’zida uch xil variantlarda applikatura berish hollari ham kuzatiladi. Yozuvda notalar
ustida birinchi, ostida ikkinchi, uchinchi variant qavs ichida berilishi ham mumkin. Bunday
57
vaziyatlarda sozanda ustki yoki pastki applikaturada ko‘rsatilgan barmoqlar ketma-ketligini
o‘zi uchun qulay variantini tanlab, bir – biriga aralashtirmasdan bajarishi lozim.
Applikatura deb asosan musiqa cholg‘usida barmoqlarning to‘g‘ri joylashuvi va almashish
tartibiga aytiladi. Rubob prima cholg‘usida esa barmoqlarning pardalarga joylashuvi tartibiga
aytiladi. Musiqa asarini mukammal ijro etishda tanlangan applikatura hal qiluvchi omillardan
biri bo‘lib xizmat qiladi. Tanlanayotgan applikaturaning yo‘nalishi avvalo, mazkur asarning
badiiy qiymatini to‘la ochishga, musiqiy fikrning bo‘linib qolmasligiga va shuningdek, ijrochi
uchun qulaylik yaratishga bo‘y sundirilishi kerak. O‘quvchilar asarni mustaqil ijro etish
jarayonida applikatura tanlashni to‘g‘ri hal etmaslik hollarini ham tajribada uchratishimiz
mumkin. Bunga misol qilib F. Volfartning A-moll etyudini misol qilib olsak bo‘ladi:
Bu holatda applikatura kuyning kelib chiqishi, kuyning harakatiga moslanib va albatta,
fikrning bo‘linib qolmasligi uchun hizmat qiladi. Ikkinchi taktimizning so‘ngi choragida balki
sol
torimizda olishimiz ham mumkin edi lekin, kuyning badiiyligini kuychanligini va ovoz tembrini
o‘zgartirmasak undanda mazmunli, jozibali ijro etiladi.
O‘quvchilar ko‘p hollarda taktning ohirgi
mi
notasini
lya
torida ijro etish o‘rniga ochiq
mi
torini ishlatishadi. Bizningcha, ko‘rsatilgan
mi
notasi albatta, to‘rtinchi barmoq bilan
lya
torida
ijro etilishi kerak. Sababi, birinchidan, shu
mi
notasidan keyingi kuy yo‘nalishi pastga qarab
harakatlanadi va o‘z navbatida notalar
lya
torida ijro etiladi.
Bu holatda applikaturamiz ikkinchi taktdagi
mi
notasini ochiq simda olganimizda
judaham noto‘g‘ri applikatura qo‘llangan bo‘lar edi. Bu taktni bir nafasda ijro etish kerakligini
va kuyning pastga harakatlanayotganini nazarda tutib bunday applikatura qo‘llaniladi.
Xulosa qilib aytganda, faqat bitta (yoki ikkita) tovushni chalish uchun tordan torga o‘tish
tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, applikatura tanlashda o‘ng qo‘l (mediator)ning pastga yoki
yuqoriga zarbini ham hisobga olishimiz zarur. Rubob prima ijrochiligi tajribasida gohida
uchrab turadigan kamchiliklardan biri shuki, ba’zi o‘quvchilar birinchi, ikkinchi va uchinchi
barmoqlarni ko‘proq ishlatishadi. Natijada to‘rtinchi barmoq kam harakatlanishi tufayli kerakli
ko‘nikmani o‘zlashtira olmaydi. Bunday kamchilikni bartaraf etish uchun o‘quvchilar to‘rtinchi
barmoq ishtirok etadigan maxsus gamma va mashqlardan foydalanishlari kerak.
G. Shradik mashqlari orasidan shu mashq judaham to‘rtinchi barmoq uchun foydali deb
hisoblanadi. Barmoqni bosish va ko‘tarish texnikasini tezlashtiradi va barmoqni sezishga katta
yordam beradi.
Applikatura tanlash musiqiy fikrning ijrosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, faqat
ijrochiga faqat qulaylik yaratish uchun ishlatiladi, desak xato bo‘ladi. Ijrochilik tajribasida
applikatura qulayliklarida ongli ravishda voz kechishga va musiqiy fikrni badiiy jihatdan
58
to‘laroq ochib berish maqsadida qiyinroq applikaturadan foydalanishga to‘g‘ri keladigan hollar
ham uchrab turadi.
Gohida berilgan kuyni oddiygina applikaturada bilan ijro etish mumkindek ko‘rinadi.
Lekin badiiy vazifani to‘laroq ochish jihatidan biror kuyni boshidan ohirigacha bir torda ijro
etish kerak bolganda yoki tembr kontrastligiga erishishda va boshqa shunga o‘xshash hollarda
bu applikaturani o‘zlashtirishga to‘g‘ri keladi. Bularning hammasida barmoqlarning pardalarga
qo‘yilishi kuyning badiiy qiymatini to‘la ochilishiga qat’iy bo‘ysundirilishi kerak.
Bundan tashqari barmoqlarni joylashtirishda musiqa asarida uchraydigan ba’zi bir
qiyinchiliklarni hisobga olish kerak. Agar berilgan kuyda forshlag, mordent, trel kabi bezaklar
yoki shunga o‘xshash ijrosi qiyinroq joylari bo‘lsa, ularni nisbatan kuchliroq (birinchi, ikkinchi
juda bo‘lmasa uchinchi ) barmoqlar bilan amalga oshiriladi. Buning uchun shu bo‘lakkacha
bo‘lgan applikaturani shunday tanlash kerakki, unda qiyin joylarning ijrosi kuchli barmoqlarga
to‘g‘ri kelsin. Chunki, trel va forshlag kabi bezaklarni kuchsiz barmoqlar yordamida sifatli ijro
etish ancha qiyin hisoblanadi.
P. Sarasatening “Karmen fantaziya“ sidan olingan misolga e’tibor bersak, bu holatda
aplikatura qo‘yish bir muncha qiyin hisoblanadi. Sozanda forshlaglarga to‘g‘ri applikaturada
kela olmasa, bu notalar jaranglab chiqmaydi. Ko‘p sozandalar forshlag kelgan joyda kuchli
zarbni ajrata olmaydilar. Forshlagga kuchli hissa o‘tib qoladi, ammo bu katta hatolardan biridir.
Bu holatda yana bir applikatura holati mavjud ikkinchi taktimizdagi passajda applikaturani
to‘g‘ri qo‘yish juda ham katta foyda keltiradi. Kuy pastga harakatlanganda odatda to‘rtinchi
barmoq yordamida ijro etish bir muncha qulay hisoblanadi.
Tajribada ba’zi o‘quvchilarning individual xususiyatlari tufayli tanlangan applikatura
unga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi ijroni o‘rgatish jarayonida o‘quvchiga
uning individual xususiyatini hisobga olgan holda applikatura tanlashda yordam berishi kerak.
Rubob primada ijro etishni o‘rganish va o‘rgatishdagi applikatura tanlashning yana bir o‘ziga
xos turi ustida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Bu kvinta intervalidan katta bo‘lgan masofaga bir torda
yoki yonma-yon torlarda barmoqni surish (sakratish)dir.
A.Batsinining “Gnomlar raqsi” kuyini misol bilib olsak boladi. Bu kuyni kompozitor bu
kuyni skripka uchun yozgan lekin, bu kuy rubob primada ijro etilganda tomoshabinda huddi
rubob prima sozi uchun yozilgandek tassavur uyg‘otadi. Bu holatdagi applikaturaga keladigan
bo‘lsak, sakramalar va pozitsiya almashinuvlari uchraydi. Bu yerda ikkinchi taktda kvinta
sakramasi bo‘lmoqda, bu sakrama bir muncha qiyin sanaladi, chunki to‘rtinchi barmoqdan
so‘ng birinchi barmoqga o‘tish bir muncha qiyin hisoblanadi.
Bu usul ayniqsa, jadal tezlikdagi kuyni ijro etishda sozanda uchun ancha qiyinchilik
tug‘diradi. Buning asosiy sababi, chap qo‘l katta masofaga harakat qildirib, mo‘ljallangan
59
pardaga barmoqni aniq qo‘ya olishdir. Ko‘p o‘quvchilar bu vazifani birdaniga uddalay
olmaydilar. Kerakli parda o‘rniga barmoqni shunga yaqin bo‘lgan yuqoridagi yoki pastdagi
pardaga qo‘yib yuboradilar. Bunday qiyinchilikni faqat maxsus mashqlarni ko‘p marotaba ongli
ravishda takrorlash yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.
Maqsadga muofiq applikatura tanlash shtrixlar bilan mos kelmog‘i lozim. Shtrixni
o‘zgartirish ko‘p hollarda applikatura o‘zgarishiga olib keladi. Applikatura tanlashda ochiq
torlarni qo‘llash, xususan, texnik joylarda, passajlarda eng ko‘proq ta’sirchanlik, sayqal,
yorqinlik bag‘ishlaydi. Ochiq torlardan foydalanish chap qo‘l va barmoqlar harakatini tejash
imkonini beradi.
"... Sozanda uchun faqatgina bitta yo‘l bor, uning musiqiy tushunchasi yuqori darajada
ekanliginini isbotlash, o‘ziga xos texnikasi, xususiyatlariga javob beradigan yagona variant bor.
Bu "eng yaxshi" barmoq. (K.Flesh).
Qo‘shaloq notalarda ham applikaturada ham bir muncha reja qilib applikatura tanlagan
maqul. Applikatura orqali sozanda oziga qulaylik va ijro uchun erkinlik yaratadi. O‘zi uchun
judayam qulay applikatura yarata olgan sozanda kuyning xarakteri, dinamikasi va kuyning
harakatlarini his qila olish darajasida ijro eta oladi.
Rubob prima nafaqat kuychan musiqa asbobi, masalan huddi puflama cholg‘ular, balki
polifonik hamdir. Akkord texnikasi nodir asarlarda masalan: skripka uchun yozilgan lekin
rubob primada ham ijro etiladigan: sonata, partitalar, Lokatelli va N.Paganini kabi buyuk
skripkach va kompozitorlar asarlarida keng qo‘llaniladi.
Bu kuy hammaga ma’lum va mashhur “N. Poganinining 24 – kapris” asarining oltinchi
variatsiyasidan namuna. Bu asar shunchalik mashhurki hatto, musiqadan habari bo’lmagan
inson ham, bu asarni eshitib uning muallifini aytib bera oladi. Ijro texnikasi ya’ni o‘ng va chap
qolning texnikasi yuqori bo‘lgan sozanda qo‘shaloq akkordlarda ijro eta oladi.
Shu sababli, qo‘shaloq akkordlar e’tiborni tortishi kerak: ovozning yumshoqligini, o‘ng va
chap qo‘llarning harakatlarining ratsionalligi. Interval yoki akkord o‘z-o‘zidan emas, balki
avvalgi va keyinroq bo‘ladigan munosabatlarda ham qulaylikka ega bo‘lishi kerak.
XVIII asrda, applikaturada ayrim hollarda bosh barmoq bilan ijro qilingan. Ushbu barmoq
uslubi XVI va XVII asrlarda nemis xalq skripkachilari, musiqachilarining musiqiy amaliyotidan
olingan. (Skripka va bas uchun L. Frankerning Allegro tempidagi sakkizinchi sonatasida
qo‘llanilgan)
Keyinchalik bosh barmoqning bunday applikaturasi amalda tarqalmagan va juda
kamdan-kam hollarda qo‘llanilgan. Sovet skripkachisi B.S.Fishman tomonidan Baxning
sonatasida ba’zida ishlatilgan.
Shunday qilib applikatura tarixdan bizgacha mukammallashib kelgan. Applikatura har bir
sozandaning o’zining ijro texnikasi va musiqiy bilimlaridan kelib chiqib ijro qilinadi. Albatta,
applikatura birinchi navbatda sozanda uchun qulay bolishi zarur.
References:
1.
O. Akbarov “Pedagogik amaliyot” Toshkent “Istiqlol” – 2005
60
2.
N. Sharipov “Rubob prima uslubiyoti” Toshkent 1992
3.
N. Sharipov “Rubob prima ” Toshkent 2003
4.
A. Gachbakarov “Rubob prima cholg‘u ijrochiligi” Toshkent “Musiqa” 2015
5.
A. Grigoryan “Skripka uchun gamma va arpedjiolar” Moskva 1970
6.
R. Abdullayev “Rubob prima sadolari” Toshkent “Turon zamin ziyo” 2016
7.
Q. Nazirov “G‘ijjak” Toshkent “Musiqa” 2012