Авторы

  • Farxod Azimov
    Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti SMF fakulteti 2 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.50258

Ключевые слова:

referendum Bosh qomus suveren ijtimoiy bag‘rikenglik kafolat inson manfaatlari.

Аннотация

Ushbu referatda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi Konstitututsiyaning afzallik tomonlari ochib beriladi. 1992 yildan buyon O‘zbekiston Konstititutsiyasiga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. YAngilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.


background image

25

YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI

Azimov Farxod Teshaboyevich

Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

SMF fakulteti 2 bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14272014

Annotatsiya:

Ushbu referatda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi

Konstitututsiyaning afzallik tomonlari ochib beriladi. 1992 yildan buyon O‘zbekiston
Konstititutsiyasiga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami
kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. YAngilanish natijasida, bosh qomusdagi
moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman,
rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

Kalit so‘zlar:

referendum, Bosh qomus, suveren, ijtimoiy, bag‘rikenglik, kafolat, inson

manfaatlari.

Bugungi kunda dunyoda fundamental transformatsiya jarayonlari va raqobat

kuchaymoqda. Ertangi kunni o‘ylaydigan xalqlar va davlatlar o‘z kelajagiga har qachongidan
ko‘ra jiddiyroq munosabatda bo‘ladi. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonda konstitutsiyaviy
islohotni amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo qilayotgan edi. CHunki Konstitutsiya suveren
demokratik davlat qurishning asosiy xukukiy va qonunchilik bazasi sifatida zamon talablariga
javob berishi kerak. Uning ustuvor yo‘nalishlaridan biri — iqtisodiy islohotlar va boshqa
sohalardagi o‘zgarishlar jarayonini amalga oshirishda inson manfaatlarini taminlashdir.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev boshchiligida

keng qamrovli demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Siyosiy, ma’muriy, huquqiy,
ijtimoiy, diniy, iqtisodiy, savdo va boshqa yo‘nalishlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar va
muvaffaqiyatli islohotlar jarayonlari ortga qaytmas bo‘layotgani bilan e’tiborlidir. Bu
islohotlar jarayoni Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintakaviy hamkorlikning
rivojlanishiga va sifat jihatidan yangi bosqichga chiqishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda yangilangan Konstitutsiyamizga juda ko‘p o‘zgartirishlar kiritilgan. Masalan,
ushbu o‘zgartishlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish,
atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga
oshirishi to‘g‘risidagi normaning Konstitutsiyaga kiritilishi dunyo hamjamiyatining ekologik
muvozanatni saqlashga qaratilgan faoliyatiga O‘zbekiston ham o‘z hissasini qo‘shishga bel
bog‘laganligini ko‘rsatadi.

Prezidentimiz hamisha ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, fuqarolarni zarur uy-joy, sifatli

ta’lim, tibbiy xizmat, toza ichimlik suvi, munosib ish haqi, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish,
aholi turmush tarzini yaxshilash bugungi kundagi eng muhim vazifa ekanini ta’kidlab keladi.
“O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” degan tamoyil Asosiy Qonunda mustahkamlash
konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishini bildiradi. Erkin va
adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar har qanday jamiyatda ustuvor
hisoblanadi. Bu borada mahalla institutini ezgulik va milliy an’analar beshigi sifatida
rivojlantirish har tomonlama o‘rinli va dolzarbdir. Hozir O‘zbekistonda insonparvar,
demokratik xukuqiy davlat qurish masalasi ustuvor yo‘nalish va bu borada davlat organlari
faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlikni ta’minlash qoidalariga aloxida e’tibor
qaratilmoqda.


background image

26

Oliy Majlisning hukumatni shakllantirish va muhim lavozimlarga tayinlash bo‘yicha

vakolatlarini kengaytirish, joylarda hokimiyatning bo‘linishi tamoyilini hayotga tatbiq etish,
mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yuksaltirish, hokimlarning xalq vakillari
oldidagi mas’uliyatini oshirish masalalari bugungi kundagi islohotlar jarayonining muhim
qismidir.

Konstitutsiyamizda aks etgan “O‘zbekiston barcha davlatlar, eng avvalo, o‘zining yaqin

qo‘shnilari bilan tinchlikparvar va do‘stona siyosat yuritishi, uning tashqi siyosati inson huquq
va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligiga oid prinsip va normalarga
asoslanishi” haqidagi modda O‘zbekistonning mintaqada olib borayotgan ochiq, do‘stona
tashqi siyosatida qat’iy ekanini bildiradi.

Bundan tashqari, taklif qilingan konstitutsiyaviy islohotlarning referendum yo‘li bilan

amalga oshirilgani Asosiy Qonunning mamlakatdagi har bir fuqaroning farovon hayoti va
kelajagi uchun tutgan ahamiyatini ko‘rsatadi.

Asosiy Qomusimizda konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim jihati sifatida inson,

jamiyat va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik barpo etish maqsad qilingan. Konstitutsiya
qotib qolgan dogma emas, u doimiy ravishda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarab
zamon talablariga hamohang ravishda yangilanishi lozim

Siyosiy sohadagi islohotlar vaqt va izchil sa’y- harakatlarni talab qiluvchi murakkab

jarayon hisoblanadi. Bu jarayon davomida parlament, prezidentlik, sud, siyosiy partiyalar,
saylov tizimiga bosqichma-bosqich va aniq o‘zgartishlar kiritiladi. Ushbu islohotlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamiyatning demokratlashuvini kafolatlaydi.

Yangilangan Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz

xukuqlari va manfaatlari ustuvor masala ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Xususan, o‘lim
jazosining mamlakatda bekor qilinganligi konstitutsiyaviy mustahkamlandi, huquq-tartibot
organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganida uning huquqlari va nima sababdan ushlanganini
sodda tilda tushuntirish, “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish, sudlangan shaxslarning
qarindoshlari mahkumning qilmishlari uchun jabr tortmasliklari ko‘zda tutildi. Mazkur
masalalarda tegishli normalar Konstitutsiyada aks ettirildi.

O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar, butun mintaqa uchun juda istiqbolli va

alohida ahamiyatga ega, deb o‘ylayman. Men ularni juda ijobiy deb bilaman, chunki islohotlar
fuqarolarning huquqlarini avvalgidan ko‘ra aniqroq belgilaydi, shu bilan birga, adolatning
rolini oshiradi, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurishdagi intilishlarini
ifodalaydi.

Viloyatlar rahbarlari bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi

to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash nafaqat byurokratiyadan xalos etadi,
balki mahalliy darajadagi hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
darajasini oshiradi. 100 ming kishidan iborat fuqarolar guruhiga davlat manfaatlarini ilgari
suruvchi qonunchilik tashabbusi huquqini berish ham ahamiyatlidir. Mening fikrimcha,
jamiyatda Konstitutsiyaviy hukuk instituti tashkil etilishi va ushbu muassasaga Konstitutsiya,
konstitutsionizm va fuqarolarning xukuqlari hamda burchlarini muhokama qilish
vakoltalarini berish kerak. Ana shundagina bu e’tibor islohotlar samaradorligini ta’minlovchi
mustahqam poydevor bo‘ladi.

Bugun O‘zbekistonning faol diplomatik sa’y-harakatlari va yaxshi qo‘shnichilik siyosati

mintaqa taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. SHu bilan birga, O‘zbekiston


background image

27

yakka ijrochi emas, balki o‘tmishdagidan ko‘ra bir-birini yaxshiroq tushuna boshlagan,
umumiy til topa olgan va muammolarni hal qilish uchun birlashayotgan Markaziy Osiyo
davlatlarining teng a’zosi sifatida mintaqa rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar o‘zbek davlatchiligi, fuqarolik jamiyatini yanada
mustahkamlashga qaratilgan. Ayniqsa, Bosh qomusga kiritilgan o‘zgartirishlar, xususan,
Konstitutsiyada inson, uning hayoti va qadr-qimmatini ulug‘lash, erkin va adolatli fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish
g‘oyalarini mustahqamlash, ekologik-huquqiy normalar va elektron hukumatni rivojlantirish
asoslarining ifoda etilgani dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Barchamizga ma’lumki, ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan
iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutadi. U shaxs va uning
oilasi munosib hayot kechirishi uchun etadigan ish haqi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni
ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratishni talab qiladi. Bu kabi omillarning deyarli
chegarasi ko‘rinmaydi. YAngilangan Konstitutsiyamiz ana shunday oliy niyatlarni amalga
oshirishni ko‘zda tutadi.

Ko‘pmillatli mamlakat sifatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik

hukm surib kelmoqda. Bu holat yurtimizdagi siyosiy barqarorlikning eng muhim omillaridan
biri hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida quyidagi jumlalar qayd etilgan

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z

hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari
hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Asosiy
qonunimizning bu talablari mamlakatda izchil amaliyotga tatbiq etilib, YAngi O‘zbekiston
sharoitida mazmunan yanada boyib, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning
xohish va irodasiga muvofiq tobora rivojlantirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasida huzurida tashkil etilgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy

mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi o‘z atrofiga respublikamizdagi 140 ga yaqin
milliy-madaniy markazlarni birlashtirgan. Qo‘mita davlat organlarining respublika hududida
joylashgan har bir markaz, shuningdek, do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqa va hamkorligini
ta’minlashda, jamiyatimizda do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini
mustahkamlashda, kelajak avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalashda haqiqiy shtab vazifasini bajarmoqda. Respublika maqomidagi milliy-madaniy
markazlar aynan shu qo‘mita binosida joylashgan. Har bir bayramda markazlar o‘z dasturlari
bilan elning quvonchiga sherik bo‘lib, tantanalarga shukuh bag‘ishlab kelmoqda. “Ma’rifat va
millatlararo bag‘rikenglik shiori ostida o‘tkaziladigan “Bag‘rikenglik haftaligi”da har bir milliy
madaniy markaz, barcha diniy konfessiyalar vakillari totuvlikda turli tadbirlarda ishtirok
etmoqda.Bundan tashqari, mamlakatimizda bugungi kunda 7 tilda ta’lim olib borilmoqda. Rus,
tojik va qozoq tillarida respublika nashrlari faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston YOzuvchilar
uyushmasi qoshida qardosh xalqlari adabiyoti kengashlari samarali ishlamoqda. Bularning
hammasi Asosiy qonunimizning g‘oyalari, har bir moddasi barhayot va hayotbaxsh
ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekistonning millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi boy
tajribasi esa mamlakatimizning xalqaro maydonidagi nufuzini yanada ko‘tarmoqda.

2024 yilning 17 oktabrda Prezident SHavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi
qabul qilindi. Unga ko‘ra, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak


background image

28

saviyada nishonlash maqsadida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh
g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil
etilmoqda.

SHuningdek, yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030”

strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida
mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilib, so‘nggi
yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni
mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va roli yig‘ilganlarga tushuntirib
berilmoqda. «Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!» degan hayotiy shiorning
mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari
sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini ochib berish, mulkiy huquqlarning ishonchli
himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini
rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish,
oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning
ahamiyatini keng targ‘ib qilish o‘tkazilayotgan uchrashuvlarning mazmundorligini
ta’minlamoqda. O‘zbekistonda boshlangan ulkan islohotlarni samarali amalga oshirishda
yangilangan Konstitutsiyamizning ahamiyati kun sayin tobora ortib borayotganini hayotning
o‘zi ko‘rsatmoqda. SHuning uchun uni chuqur va har tomonlama o‘rganish, anglash, unga amal
qilishni hayot tajribasiga aylantirish biz yoshlarni yutuq va muvaffaqiyatlarga yo‘naltiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi mamlakatning uzoq

muddatli taraqqiyot strategiyasining mustahkam xukukiy asosi va ishonchli kafolati sifatida
xalqimizning ertangi farovon hayotini ta’minlaydi.

References:

1.

YAngi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “O‘zbekiston” nashriyoti.

Toshkent – 2023 y.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. “O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent

– 2023 y.
3.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE

METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING)
APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
4.

Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo

rivojlantirish.
5.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat tizimida tubdan takomillashtirish

to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Farmoni. 2019.

Библиографические ссылки

YAngi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent – 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. “O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent – 2023 y.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat tizimida tubdan takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Farmoni. 2019.