10
STRESSOGEN VAZIYATLARDA O‘SMIRLAR XULQ-ATVORINI PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Aksakalova Nilufar Oybek qizi
Toshkent gumanitar fanlar universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14264077
Annotatsiya:
O‘smirlar va stress - bu muhim va dolzarb masala, chunki o‘smirlik davri
(12–18 yosh) biologik, psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
ular o‘zgaruvchan stress manbalariga duchor bo‘lishadi. Bu davrda stressga qarshi kurashish
va unga qanday reaksiya berish, o‘smirning umumiy ruhiy salomatligi, o‘zlikni anglash va
ijtimoiy munosabatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘smirlar o‘zlari duch kelayotgan stressni
qanday tushunishlari, uning sabablarini qanday aniqlashlari va stressni boshqarish
strategiyalarini qanday qo‘llashlari haqida bilimlarining o‘rganilishi ayniqsa muhimdir.
Kalit so‘zlar:
O‘smirlar va stress, bosim, moslashish, chidamlilik, stressogen, stressni
boshqarish, moslashish.
Аннотация:
Подростки и стресс являются важной и актуальной проблемой,
поскольку период подросткового возраста (12-18 лет) тесно связан с биологическими,
психологическими и социальными изменениями, и они подвержены меняющимся
источникам стресса. будет Как справиться со стрессом в этот период и как на него
реагировать, может повлиять на общее психическое здоровье подростка,
самоощущение и социальные отношения. Особенно важно, чтобы подростки понимали,
как они понимают стресс, который они испытывают, как они определяют его причины
и как они используют стратегии управления стрессом.
Ключевые слова:
Подростки и стресс, давление, адаптация, устойчивость,
стрессоген, управление стрессом, адаптация.
Annotation:
adolescents and stress are an important and relevant issue, since
adolescence (12-18 years )is closely related to biological, psychological and social changes,
which are subject to changing sources of stress share. How to fight stress and react to it
during this period, the overall mental health of a teenager can affect self-awareness and social
relationships. It is especially important to learn about how adolescents understand the stress
they are experiencing, how they identify its causes, and how they apply stress management
strategies.
Keywords:
adolescents and stress, pressure, adaptation, endurance, stressogen, stress
management, adaptation.
O‘smirlar stressga barqarorligini rivojlantirish - bu o‘smirlarning psixologik va hissiy
sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlashda muhim jihatlardan biridir. O‘smirlik davri insonning
hayotidagi eng qiyin, o‘zgaruvchan va tez rivojlanayotgan davr bo‘lib, bu davrda stressni
boshqarish va unga barqarorlikni oshirish alohida ahamiyatga ega. Stressga barqarorlikni
rivojlantirish, o‘smirlarni o‘z his-tuyg‘ularini tushunishga, stressli vaziyatlarga moslashishga
va ijobiy reaktsiyalarni ishlab chiqishga o‘rgatadi.
Stress
tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta'riflar uchraydi. Jumladan,
A.V.Petrovskiy tomonidan
stress-affektiv
holatga yaqin turadigan, lekin boshdan
kechirilishining davomiyligiga ko’ra kayfiyatlarga yaqin bo’lgan his- tuyg’ularni boshdan
kechirilishining alohida shaklidir, deb ta'rif beriladi. Profssor E.G’ozievning umumiy
11
psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar
ishlarning me'yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug’ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni
zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi.
Stress
- inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik
jarayonidir.
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1.
Konstruktiv
- biz turidagi (ko’pchilik orasida);
2.
Destruktiv
- men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.[1]
Emotsional stress
-ta'qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar,
to’satdan ishdan bo’shatish yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik
sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat qilinganda va
hokazolarda) ko’rinadi.
Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, falokat, hayotiy o’zgarishlar, kundalik
tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi. O‘smirlar stressni turli manbalardan his qilishlari
mumkin. Bu manbalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘qish va akademik bosim: O‘smirlar uchun akademik muvaffaqiyatlar katta ahamiyatga
ega bo‘lib, sinovlar, baholar, imtihonlar va ularning kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq bosim
stressni keltirib chiqarishi mumkin.
Ijtimoiy bosim va guruh bilan moslashish: Ijtimoiy o‘ziga xoslikni topish, do‘stlar bilan
munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z o‘rnini topish va boshqa yoshlar bilan raqobat stress
manbasi bo‘lishi mumkin.
Oila muammolari: O‘smirlar o‘z oilaviy holatlari va munosabatlaridagi o‘zgarishlarga
(masalan, ota-onalar o‘rtasidagi nizolar, ajralishlar yoki o‘zaro qarama-qarshiliklar) sezgir
bo'lishadi, bu esa stressni oshiradi.
Jismoniy o‘zgarishlar: Gormonlar va tanadagi o‘zgarishlar o‘smirlar uchun stress manbai
bo‘lishi mumkin. O‘sish jarayoni, yuz va tana shaklining o‘zgarishi, yosh o‘sish davridagi
gormonlar balansining o‘zgarishi o‘ziga xos ravishda o‘zlikni anglashga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
Kelajakdagi noaniqlik: O‘smirlarning kelajak haqida o‘ylashlari, o‘qishni davom ettirish,
kasb tanlash yoki hayotning keyingi bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rish haqida noaniqlik,
stressni oshirishi mumkin.
Stressni boshqarish va psixoterapevtik yondashuvlar - bu stressing salbiy ta’sirlarini
kamaytirish, uni boshqarish va unga qarshi kurashish uchun psixoterapevtik metodlar va
usullarni o‘z ichiga oladi. Stressni boshqarishning turli metodlari nafaqat stressning hissiy va
jismoniy tasirlarini yengillashtiradi, balki odamlarning umumiy farovonligini oshirishga ham
yordam beradi. Ushbu yondashuvlar o‘zgaruvchan stress manbalariga qarshi kurashishda
yordam beradi, stressni boshqarish qobiliyatini oshiradi va salomatlikni yaxshilashga xizmat
qiladi.[2]
Stressni boshqarishni o‘rganish O‘smirlarga eng zaruriy holat hisoblanadi. O‘smir
yoshlarga vaqtni unumli o‘tkazish uchun bir nechta foydali maslahatlar quyidagicha:
Ma’lum bir rejani tuzing: Har kuni o‘z vaqtini qanday o‘tkazish kerakligini rejalashtirish,
o‘smirning maqsadlariga erishishiga yordam beradi. Ertalabdan tushgacha vaqti qanday
o‘tishini belgilash, mehnat va dam olish orasidagi muvozanatni saqlashni osonlashtiradi.
Yangi qobiliyatlarni o‘rganing: Yangi til o‘rganish, musiqada asbob chalish, rasm chizish
12
yoki kodlash kabi yangi qobiliyatlarni rivojlantirish. Bu o‘smirning fikrlash doirasini
kengaytiradi va kelajakda foydali bo‘lishi mumkin.
Sport bilan shug‘ullaning: Jismoniy faoliyat sog‘likni yaxshilashdan tashqari, stressni
kamaytiradi va ijobiy kayfiyatni oshiradi. Sportni muntazam ravishda qilish o‘smirga o‘zini
yaxshi his qilishga yordam beradi.
Kitob o‘qing: Kitob o‘qish bilimlarni oshirish va tasavvurni kengaytirish uchun juda
yaxshi usuldir. Yozuvchilar va olimlarning asarlari osmirga yangi fikrlarni kashf etishga
yordam beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish: Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni keraksiz sarflamaslikka
harakat qiling. Ular o‘z vaqtini insho va kreativ ishlarda sarflab, boshqalar bilan foydali
suhbatlar o‘tkazish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Ish yoki volontyorlik faoliyatiga qatnashing: Turli ijtimoiy faoliyatlar va volontyorlik
dasturlari o‘smirga yangi tajriba va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi, shu bilan
birga jamiyatga foyda keltiradi.
Texnologiyalarni o‘rgatadigan kurslarga qatnashish: Kompyuter dasturlari, video
tahrirlash, dizayn yoki veb-sayt yaratish kabi kurslar o‘smirga kelajakda foydali bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rganishga yordam beradi.
Dam olishni unutmang: Barchasi ishlash emas, dam olish vaqti ham muhim. Tabiatda
sayr qilish, musiqa tinglash yoki o‘zini yaxshi his qilish uchun vaqt ajratish o‘smirning
umumiy holatini yaxshilaydi.
Do‘stlar bilan vaqt o‘tkazing: Ijtimoiy aloqalar o‘smirlar uchun muhimdir. Yaxshi do‘stlar
bilan vaqt o‘tkazish, o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
O‘z maqsadlaringizni aniqlang: O‘smirlar uchun kelajakda nima qilishlarini aniqlash va
shu yo‘nalishda ishlash katta yordam beradi. Ular qaysi kasbda ishlashni xohlayotganini bilish,
o‘zlarini yanada motivatsiya qiladi.
Bu maslahatlar o‘smirning vaqtini samarali o‘tkazishiga va hayotda muvaffaqiyatga
erishishiga yordam berishi mumkin.
Lazarus va Folkmaning stress va koping nazariyasi - bu stress va koping (stressni
boshqarish) jarayonlarini tushunishda asosiy ilmiy yondashuvlardan biridir. Richard S.
Lazarus va Susan Folkman 1984-yilda stress va kopingni tushunish uchun
o‘zlarining kognitiv-emosional modelini ishlab chiqdilar. Ularning nazariyasi stressning
qanday yuzaga kelishini, qanday turlari bo‘lishini va unga qarshi qanday kurashish usullari
mavjudligini aniq va tushunarli tarzda ko‘rsatadi. Bu model, odamlarning stressli vaziyatlarga
qanday munosabatda bo‘lishini va qanday reaktsiyalarni rivojlantirishini tushunishga yordam
beradi.[3]
O‘smirlarni stressogen vaziyatlarga reaksiyasini ijobiylashtirish uchun o‘zlarini qo‘llab
quvvatlash va mativlarini oshirish muhimdir. Ijobiy fikrlash o‘smirlar uchun muhimdir. Ularni
salbiy fikrlar va o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikdan saqlash, "Siz bunga qodirsiz" degan fikrlarni
o‘zlariga singdirishga yordam beradi. Ularni qiyinchiliklarni imkoniyat sifatida ko‘rishga
o‘rgatish kerak. O‘smirlar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirishni istashadi. Ularni
maqtash, muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirish va qiyinchiliklar yuzasidan ularni qo‘llab-
quvvatlash juda muhim. Har doim ularga "sen bunga qodirsan" degan ijobiy so'zlarni aytish
ularni yangi marralar sari ilhomlantiradi. O‘smirlarni yangi imkoniyatlar bilan tanishtirish,
ular o‘zlarini sinab ko‘rishlari va yangi narsalarni o‘rganishlariga imkon berish motivatsiyani
13
oshiradi. Ularni yangi hobbi, kurslar yoki ijtimoiy faoliyatlarga jalb qilish, ularga yangi
maqsadlar qo‘yishga yordam beradi.
References:
1.
F.I.Xaydarova, N.I.Xalilova Umumiy psixologiya (darslik) 2009
2.
“The Relaxation and Stress Reduction Workbook” - Martha Davis, Elizabeth Robbins
Eshelman, and Matthew McKay
3.
“Stress Management for Life: A Research-Based Experiential Approach” - Michael Olpin
and Margie Hesson