Авторы

  • Muslima Komilova
    Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari
  • Fotimaxon Najmiddinova
    Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari
  • Shahnoza Keldiyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar " kafedrasi o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.50263

Ключевые слова:

mustaqillik yillari konstitutsiya islohatlar gazeta va jurnallar prezidentlik lavozimi.

Аннотация

ushbu maqolada mustaqilllik yillarida O’zbekistondagi bo’lgan o’zgarishlar hamda ta’lim sohasidagi islohatlar haqida fikr yuritiladi.


background image

4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDAGI AMALGA OSHIRILGAN

ISLOHATLAR

Komilova Muslima Ilg’orjon qizi

Najmiddinova Fotimaxon Omoliddin qizi

Fizika yo’nalishi 101-guruh talabalari

Keldiyeva Shahnoza Shuhratovna

Andijon davlat pedagogika instituti

"Ijtimoiy fanlar " kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14258145

Annotatsiya:

ushbu maqolada mustaqilllik yillarida O’zbekistondagi bo’lgan

o’zgarishlar hamda ta’lim sohasidagi islohatlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar

: mustaqillik yillari, konstitutsiya, islohatlar, gazeta va jurnallar,

prezidentlik lavozimi.

Abstract

: This article discusses the changes and reforms in the field of education in

Uzbekistan during the years of independence.

Keywords

: years of independence, constitution, reforms, newspapers and magazines,

presidency.

Аннотация

: в данной статье размышляются изменения и реформы в сфере

образования Узбекистана за годы независимости.

Ключевые слова

: годы независимости, конституция, реформы, газеты и

журналы, президентство.

Kirish:

O’zbekiston mustaqillikka qadam qo’yar ekan u albatta, bilimli yoshlarga

suyanadi va tayanadi. 1991-yil 31-avgustida mustaqillikka erishgan O’zbekiston yangi
hayotga qadam qo’ygandi. Shu sababli ham yangi oyoqqa turgan davlat bilimga, ta’limga
o’zining e’tiborini qaratdi. Bu esa yangidan yangi ta’lim sohasidagi islhatlarga yo’l ochib berdi.
Ma’rifatparvar jadidlarning qilgan ishlari oqlandi, ularga bo’lgan qiziqishlar yanada kuchaydi.
Shu bilan birga ularning yaratgan asarlari nashr etilish bilan birga maktab darsliklarida ham
chop etildi. Mustamlaka davri hattoki, buyuk bobokalonlarimizni ham tinch qo’ymadi,
ularning qilgan ishlari ezgulikka emas balki, yomonlikka deb o’girildi, buni xalqqa uqtirildi.
Mustaqillikka erishganimizda bari asta-sekinlik bilan to’g’rilanib boraverdi. Yillarimizning
nomlari ham ajdodlarimizning nomi bilan qo’rqmasdan atash darajasiga mustaqillikning ilk
lahzalarida yoq erishdik. Har bir inson bepul ta’lim olishga xaqligi konstitutsiyamizga ham
qayd etib qo’yildi. Hozirgi kunda ta’lim muassalalari juda ham ko’p. Shular jumlasidan xususiy
bog’cha, maktab hattoki institutlar ham. 2023-yolgi konstitutsiyamizga kiritilgan
o’zgarishlarda bu modda ham yangilandi. Endi har kim bepul ta’lim olish huquqiga degan
jumlalar, har kim ta’lim olish huquqiga ega deganlariga almashtirildi. Bu degani, hamma ilm
olsin, hoh u hususiymi yoki davlat tasarrufidagi ta’lim muassasasimi farqi yo’q. Bu ta’limga
bo’lgan e’tiborning yana bir ko’rinishidir.

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va

ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning
mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga
yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”. O‘zbekiston


background image

5

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga
qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar
hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi-
dentimiz rahbarligida

2019-yil 19-martda

“Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda

madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5
ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yosh-
larni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta
muhim tashabbus ilgari surildi.

Birinchi tashabbus

yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning bosh-

qa turlariga qiziqishlarini yanada oshirish bo‘yicha.

Ikkinchi tashabbus

yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini

namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.

Uchinchi tashabbus

aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va

internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.

To‘rtinchi tashabbus

aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida

kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.

Beshinchi tashabbus

xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish

masalalari bo‘yicha.

XULOSA

: Bu tashabbus ham aynan ilm izlagan yoshlar uchundir. Hozirgi paytga kelib

ta’limga bo’lgan islohotlar yanada oshib bormoqda. Ilm-fan taraqqiyoti yuksaklarga
ko’tarilgan davlat albatta, mag’lubiyatga uchramaydi. Bayrog’I doim yuksaklardi hilpiraydi.

References:

1.

Keldiyeva, S. (2024). TURKISTONDAGI JADID YANGI USUL MAKTABLARINING

AHAMIYATI. Interpretation and researches, (4 (26)).
2.

Shaxnozaxon, K. (2023). JADID MA’RIFATPARVARCHLIK NAMOYONDALARINING

IJTIMOIY-SIYOSIY, FALASAFIY QARASHLARI. World scientific research journal, 15(1), 234-
238.
3.

Shaxnozaxon, K. (2023). JADID ZIYOLILARINING MILLIY MA’NAVIY ATIMIZDAGI

AHAMIYATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 20(7), 35-38.
4.

https://lyceum.wiut.uz

Библиографические ссылки

Keldiyeva, S. (2024). TURKISTONDAGI JADID YANGI USUL MAKTABLARINING AHAMIYATI. Interpretation and researches, (4 (26)).

Shaxnozaxon, K. (2023). JADID MA’RIFATPARVARCHLIK NAMOYONDALARINING IJTIMOIY-SIYOSIY, FALASAFIY QARASHLARI. World scientific research journal, 15(1), 234-238.

Shaxnozaxon, K. (2023). JADID ZIYOLILARINING MILLIY MA’NAVIY ATIMIZDAGI AHAMIYATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 20(7), 35-38.