Авторы

  • N.E. Allamuratov
    QDU. Amaliy filologiya kafedrası docent PhD.
  • S. Shamuratova
    QDU. Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti Noshirlik ishi va muharrirlik yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.52334

Ключевые слова:

Ma’rifat gazetasi reportaj konvergentlashuv sintezlashuv investitsiya intervyu yangilik.

Аннотация

Ushbu ilmiy ishimiz reportaj janri tiliga qaratilgan. Reportaj janri tilining nazariy qarashlari va bugungi kunda reportaj janrining qaysi janrlar bilan konvergentlashuvi yoritib berilgan. Reportaj janriga qo’yilgan talablar buzilgan yoki buzilmagan holatlar  “Ma’rifat” gazetasi misolida yoritildi.


background image

48

GAZETADA REPORTAJ JANRI

1

Allamuratov N.E.

2

Shamuratova S.

1

QDU. Amaliy filologiya kafedrası docent PhD.

2

QDU. Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti Noshirlik ishi va muharrirlik

yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14163062

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy ishimiz reportaj janri tiliga qaratilgan. Reportaj janri tilining

nazariy qarashlari va bugungi kunda reportaj janrining qaysi janrlar bilan konvergentlashuvi
yoritib berilgan. Reportaj janriga qo’yilgan talablar buzilgan yoki buzilmagan holatlar
“Ma’rifat” gazetasi misolida yoritildi.

Kalit so’zlar:

Ma’rifat gazetasi, reportaj, konvergentlashuv, sintezlashuv, investitsiya,

intervyu, yangilik.


Reportaj soʻzi fransuz tilidan olingan boʻlib, „xabar bermoq“, „xabardor qilmoq“ degan

maʼnolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda reportaj ikki ma’noni bildiradi: radio va televideniye
orqali voqea sodir boʻlgan joydan olib borilayotgan eshittirish yoki koʻrsatuv; vaqtli matbuotda
yoritilgan mahalliy mavzulardagi qisqa xabar va axborot. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida
shunday ta’rif berilgan: „Reportaj - matbuot, radio, televideniyeda: sodir boʻlayotgan voqea-
hodisalardan olib boriladigan mahalliy mavzulardagi xabar, maqola. Reportaj aks ettirayotgan
obekti nuqtai nazaridan voqea reportaji, muayyan mavzuga bag‘ishlangan reportaj, muammoli
reportaj, reportaj-sharh kabilarga boʻlinadi. Reportaj qaysi ommaviy axborot vositasida
berilishiga qarab gazeta reportaji, jurnal reportaji, radioreportaj va telereportaj kabi xillarga
boʻlinadi. Reportajda voqea joyi tasviri ham muhim oʻrin egallaydi. Joy tasviri va tantanavor
ruhni berish uchun obrazli ifodalar, taʼsirchan-ekspressiv boʻyoqdor soʻzlar, oʻxshatishlar,
sifatlashlardan unumli foydalaniladi. Kishilar bilan muloqotning jonliligini taʼminlash
maqsadida dialoglar ham ishlatiladi, voqea qatnashchilarining nutqi beriladi. Chunki
reportajda qahramonlar soʻzi muhim ahamiyatga ega. Yangilik reportajning asosi hisoblanadi.
Ma’lum voqea-hodisa, faktlar hamda tezkorlik bilan voqea sodir boʻlgan joydan tayyorlangan
material reportajning mag‘zini tashkil etadi. Unda voqea joyi tasvirlanadi, jonli muloqotlar
beriladi, koʻpincha, materiallarda tantanavorlik aks etadi. Reportajning asosini axborot tashkil
etadi va xabar berish asosiy oʻrinni egallaydi, voqea-hodisa, faktlar tahlil qilinmaydi.

Reportaj koʻp jihatdan ocherkka yaqin turadi. Ocherk ham, reportaj ham dalil va

voqealarning guvohi boʻlgan kishi tomonidan yoziladi. Lekin ocherk oʻzining publitsistik ruhi,
chuqur fikr yuritish va tahlili bilan reportajdan farq qiladi. Reportajda esa ortiqcha tasvir
boʻlmasligi kerak, u yorqin va loʻnda boʻlishi zarur.

Reportajning oʻziga xosligi uning tili va uslubida ham koʻrinadi. U jonli, hayajonli tarzda

yozilganligi uchun ham gazetxonga tez taʼsir qiladi. Reportaj dabdabali, balandparvoz soʻzlar
bilan yozilsa, uning taʼsirchanligi yoʻqoladi. Shuning uchun ham jurnalistlar reportaj tili va
uslubiga alohida eʼtibor bilan qaraydilar.

Reportajda qahramonlar xarakterini ochish emas, balki voqeani jonli, tantanavor

tasvirlash muhimdir. Reportaj janrining xususiyatlaridan biri shuki, unda ta‘sirchan, koʻp
ma‘noli soʻzlar, soʻz birikmalari koʻp ishlatiladi. Misol tariqasida Ma’rifat gazetasidagi
reportajlardan qisqacha keltirib o`tamiz. Jumladan ma’rifat gazetasining 28.02.24 sonida


background image

49

Shahnoza Yangiboyevaning: “34 yil investitsiya kutgan maktab” reportaji koʻzga tashlanadi.
Reportaj rasmlar bilan boyitilgan, ahamiyatlisi tanqidiy reportaj yozilgan. Unda Surxondaryo
viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 22-sonli maktab 34 yildan buyon ta’mirtalab holatga kelib
qolgan. Bu yerda 115 nafar o‘quvchiga 30 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Asosiysi o‘qituvchilarning 15 nafarigina oliy ma’lumotli, qolganlari esa o‘rta ma’lumotli.

Reportaj janrida har doim uchraydigan holat, intervyu bilan ham bu reportajda

uchrashamiz. Shu maktabning matematika fani o‘qituvchisi Chorshanbi Boysoatov maktab
ahvoli, unga kelib ketuvchi tekshiruvchilarning, kamchiliklarni ko‘rmay, ko‘rsada nazarga ilmay
ketayotganligidan shikoyat qiladi. Reportaj tiliga keladigan bo‘lsak, quruq faktlar bilan qolmay,
“Tanasi boshqa dard bilmas” iborasi bilan boshlab, ta’sirchanlikni yanada oshirgan.

Nazira Boymuratovaning “Qorayantoq faxri” reportajida, oddiy ovul fuqarolarining

yashash tarzi keltiriladi. Bu reportaj tili ham lug‘aviy shakllar bilan boyitilgan, ya’ni:
“Bolajonlar, yuraklarim, shirintoylar” kabi erkalash-kichraytirish til vositalaridan
foydalanilgan.

Nargiza Rixsiyevaning “Kelajak gʻunchalari” reportajida, Yunusobod tumani 1-

maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbirdan hikoya qilinadi. Bu yerda 16 nafar
tarbiyachi 190 nafar bolaga tarbiya berib kelayotganligi aytiladi. Bu reportajda ham erkalash-
kichraytirish uslublaridan foydalanilgan, kichkintoylar so‘zi qo‘llanilgan. Reportaj janri tilini
o‘rganish mobaynida quyidagicha xulosaga keldik.
1.

Reportaj janri media tilining barcha jabhalaridan keng ko‘lamda foydalana oladi.

2.

Reportaj janri orqali soha terminlari kirib kelishi kuchaygan.

3.

Reportaj janri bugungi kunda yangilik va intervyu janri bilan sintezlashib konvergent

tushunchaga aylanib bormoqda.

References:

1.

Ma’rifat gazetasi 28.02.2024 soni

2.

Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari. Toshkent

O‘zbekiston 2019.
3.

Ixtisoslashgan jurnalistika. Toshkent O‘zbekiston 2019.

4.

Medialingvistika va tahrir. Toshkent O‘zbekiston 2019.

5.

Allamuratov N.E. The formation of legal terms in Karakalpak language: derivation and

compound legal terms. Derivational and compound legal terms: International Multidisciplinary
Conference Hosted from Manchester. 25th Oct. – England, 2022. – P. 197-199.

https://conferencea.org

6.

Allamuratov N.E. Layers of legal terms in the Karakalpak language. International Journal

of Research in Ekonomics and Social Sciences (IJRESS). – India, 2020. – Р. 99-107. (Impact
Factor: SJIF-2022. 8.186. № 23).
7.

Allamuratov N.E. Assimilated legal terms in the karakalpak language. International

Multidisciplinary Scientific Global Conference on Education and Science Hosted Online from
Vienna. October 20

th

. – Austria, 2022. – P. 167-170.

8.

Palvanov A., Allamuratov N.E. Some considerations Concerning the Organization of

Forensic Linguistic Expertise. Science and Education in Karakalpakstan. – Nukus, 2021. -
№2(17). – P. 207-209. (10.00.00 №23)

.


background image

50

9.

Palvanov A., Allamuratov N.E. Integration in the Practical Fields of Linguistics and Law.

Science and Education in Karakalpakstan. – Nukus, 2021. - №2(17). – P. 207-209. (10.00.00
№23)

.

10.

Allamuratov N.E. Қорақалпоқ тилида компонентли юридик терминларнинг

тузилиши. Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2021. - №6. – Б. 104-108. (10.00.00. №14).
11.

Allamuratov N.E. Қорақалпоқ тилида компонентли юридик терминларни боғловчи

воситалар. Ilm sarchashmalari. – Urganch, 2021.- №1. – Б. 133-136. (10.00.00. №3)

12.

Ma’rifat gazetasi 06.03.2024. soni

Библиографические ссылки

Ma’rifat gazetasi 28.02.2024 soni

Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari. Toshkent O‘zbekiston 2019.

Ixtisoslashgan jurnalistika. Toshkent O‘zbekiston 2019.

Medialingvistika va tahrir. Toshkent O‘zbekiston 2019.

Allamuratov N.E. The formation of legal terms in Karakalpak language: derivation and compound legal terms. Derivational and compound legal terms: International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester. 25th Oct. – England, 2022. – P. 197-199. https://conferencea.org

Allamuratov N.E. Layers of legal terms in the Karakalpak language. International Journal of Research in Ekonomics and Social Sciences (IJRESS). – India, 2020. – Р. 99-107. (Impact Factor: SJIF-2022. 8.186. № 23).

Allamuratov N.E. Assimilated legal terms in the karakalpak language. International Multidisciplinary Scientific Global Conference on Education and Science Hosted Online from Vienna. October 20th. – Austria, 2022. – P. 167-170.

Palvanov A., Allamuratov N.E. Some considerations Concerning the Organization of Forensic Linguistic Expertise. Science and Education in Karakalpakstan. – Nukus, 2021. - №2(17). – P. 207-209. (10.00.00 №23).

Palvanov A., Allamuratov N.E. Integration in the Practical Fields of Linguistics and Law. Science and Education in Karakalpakstan. – Nukus, 2021. - №2(17). – P. 207-209. (10.00.00 №23).

Allamuratov N.E. Қорақалпоқ тилида компонентли юридик терминларнинг тузилиши. Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2021. - №6. – Б. 104-108. (10.00.00. №14).

Allamuratov N.E. Қорақалпоқ тилида компонентли юридик терминларни боғловчи воситалар. Ilm sarchashmalari. – Urganch, 2021.- №1. – Б. 133-136. (10.00.00. №3)

Ma’rifat gazetasi 06.03.2024. soni