37
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING PROFILAKTIKASIDA
MAHALLA FUQAROLAR YIG’INLARINING O‘RNI
Narziyev Shaxzodbek Zoyirovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Nurullayev Avazbek Sodiq o’g’li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o’quv kursi
317-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14134925
Annotatsiya:
Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasida
Mahalla fuqarolar yig’inlarining tutgan o’rni va ahamyati haqida so’z boradi.
Annotation.
The article talks about the role and importance of community gatherings in
the prevention of juvenile delinquency.
Kalit so’zlar:
Voyaga yetmaganlar, g’ayriijtimoiy xulq-atvor, voyaga yetmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj
bolalar.
Keywords:
minors, antisocial behavior, prevention of neglect and delinquency among
minors, children in need of social protection.
Bugungi kunda hayotimiznining turli jabxalarida insonlar tomonidan sodir etilayotgan
huquqbuzarliklar soni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa ular orasida voyaga yetmagan
shaxslarning ham mavjudligi, bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shu
sababdan ham voyaga yetmaganlar huquqbuzaliklarining oldini olish, ular orasidagi sog’lom
turmush tarzini yo’lga qo’yish, ularning ma’nan yetuk, jismonan baquvvat bo’lib yetishishlari
uchun davlatimiz tomonidan bir qator islohotlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan bu
masalada qonun hujjatlari ishlab chiqilib ularning ijrosi tegishli davlat organlari zimmasiga
yuklatildi.
Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar
bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola
tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofidagilari o‘z
odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol
munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xati-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir
qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi
1
.
Darhaqiqat xalqimiz bola tarbiyasi, uning kamoloti uchun aslo befarq emas. Ota
bobolarimizning “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” hikmati zamirida bir qancha ma’no yotadi.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilgan bir qator
imkoniyatlarga qaramay, ular o‘rtasidagi sodir etilayotgan huquqbuzarliklar masalasi
davlatimiz va keng jamoatchlikni jiddiy tashvishga solib kelmoqda.
So’ngi yilllarda Respublikamizda voyaga yetmaganlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyat
ko’rsatkichlariga e’tibor beradigan bo’lsak, birgina 2023-yilning 8 oyi davomida respublikada
2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan jami 2024 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu
1
ўғли Гадоймиродов Б. О. ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ФИРИБГАРЛИК ЖИНОЯТИНИНГ
САБАБЛАРИ ВА УНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ //Analysis of world scientific views International Scientific
Journal. – 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 39-44.
38
jinoyatlarda 1424 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan bo’lsa, ularning 291 nafari
akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan. 142
nafar ishlamasdan yurganlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga
yetmaganlar ham jinoyat sodir etishda qatnashgan.
2
2021 yilda 1472 nafar voyaga yetmagan
shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. 2022-yilda Voyaga
yetmagan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir
bo‘lmagan jinoyatlar soni 510 tani tashkil qilgan.
3
Shu nuqtayi nazardan ham bugungi kunda voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni ijtimoiy jihatdan qo’llab quvvatlash borasida bir qator
islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
o’rganlarining o’rni ham muhim ahamyat kasb etadi.
O’zbekiston Respyblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar bilan ishlash
Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha - hammamizning eng
asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun
men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish
qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqod bilan yashaydigan vaqt
keldi” deya takidlaganlar. Darhaqiqat bugun yoshlar, xususan voyaga yetmaganlarga
qaratilgan e’tiborni yuksak baholash mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1920-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Bola
huquqlari to’g’risida”gi konvensiyaga binoan 18 yoshga to’lmaganlarning barchasi bola deb
tan olingan. O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi tashkiloti
(MDH) davlatlari orasida birinchilardan bo’lib, 1992-yil 9-dekabr kuni ushbu Konvensiyani
ratjifikatsiya qildi. Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi.
Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash
huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha. Ta’lim to‘g‘risida (7-
modda), zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida (19-modda), tenglik, fikr va so‘z erkinligi
to‘g‘risida
(13-modda), dam olish va hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni
saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar mustahkamlab qo’yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 105-moddasida
“Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular
raisni (oqsoqolni) saylaydi” deya o’z aksini topgan.
Mahalla fuqarolar yig’inlari qonunchiligimizda Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish
organlari sifatida e’tirof etilgan. Unga quydagicha tarif berilgan: “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan,
rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan,
mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir”
4
2
IIV
Jamoat
xavfsizligi
departamentining
O’zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan
ma’lumotnomasidan 11:36 / 03.10.2023-yil.
3
https://kun.uz/uz/news/2023/09/26
4
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi Qonunining 3-moddasi / 2013-yil 22-aprel
O‘RQ-350-son
39
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqaring organlari to’g’risidagi qonunda voyaga yetmaganlar
ishlariga taaluqli bo’lgan quydagi vakolati keltirib o’tilgan:
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmagan bolalari
bo‘lgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga,
shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslarga nafaqalar tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha
nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan
ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash
maqsadlariga
markazlashtirilgan
tarzda
ajratiladigan
mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Shu
nuqtayi
nazardan
voyaga
yetmaganlar
o’rtasida
sodir
etilayotgan
huquqbuzarliklarning katta qismi yetishmovchilik va kam taminlanganlik deb hisobga
oladigan bo’lsak, bu muammoni albatta Mahalla fuqarolar yig’ini hal qiladi.
Xulosa o‘rnida O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-sentabrdagi “Voyaga
yetmaganlar o’rtasida nzoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida’’ gi qonunida
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo’lgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi
5
profilaktik
ishlarni tashkil etishda Bolalar masalalari bo’yicha komissiyalar (9-m), Ichki ishlar organlari
(10-m), Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo’linmalari (11-m), Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko’rsatish
markazlari (12-m), Ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari (13-m),
Ixtisoslashtirilgan o’quv tarbiya muassasalari (14-m), Vasiylik va homiylik organlari (15-m),
Sog’liqni saqlashni boshqarish organlari va sog’liqni saqlash muassasalari (16-m), Mehnat
organlari (17-m)
6
, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy
bo’linmalari (17
1
–m), Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar
profilaktikasida madaniyat va san’at markazlari, turizm sohasidagi tashkilotlarning hamda
ommaviy axborot vositalarining ishtroki (18-m), Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik
va huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolrning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat
notijorat tashkilotlari ishtrok etib, qonunda ko’rsatilgan vakolatlari doirasidagi ishlarni
amalga oshiradilar. Qonunning ushbu talablablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy jihatdan
xavfli ahvolda bo’lgan
7
Voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlash ham ular o’rtasida
huquqbuzarliklarni oldini olish jarayonida Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari
quydagi ishlarni amalga oshirishlarini tavsiya etamiz:
Voyaga yetmaganlar bilan doimiy ravishda ularning ota-onasi yoki yoki ularning o’rnini
bosuvchi shaxslar ishtrokida profilaktik suhbatlarni o’tkazish;
G’ayri ijtimoiy xulq atvorli voyaga yetmagan shaxslarni alohida kuzatuvga olish. Bunda
ularga o’qituvchi, murabbiylarni ro’lini kuchaytirish;
Mahallalar markazlarida hunarmandchilik o’quv amaliy to’garaklarni tashkil etish va
ularga yoyaga yetmaganlarni jalb qilish. Amaliy tajribaga ega bo’lgan kichik biznes va
5
Зиёдуллаев, М. З. (2015). Аҳоли турар жойларида жамоат тартибини сақлаш тизимлари: тарихи,
бугуни ва хориж тажрибаси: Ўқув қўлланма.
Т.: ЎзР ИИВ Академияси
.
6
O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-sentabrdagi ,,Voyaga yetmaganlar o’rtasida nzoratsizlik va
huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida’’ gi O‘RQ-263-son https://lex.uz/acts/-1685726
7
Зиёдуллаев, М. (2018). Жамоат тартиби” ва “Жамоат хавфсизлиги” тушунчаларининг моҳияти ҳамда
ўзаро боғлиқлиги.
Ҳуқуқий тадқиқотлар журнали.–2018
,
7
.
40
tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslarni ularga biriktirish choralarini ko’rish.
Vaqtincha ishsiz mehnatga yaroqli voyaga yetmaganlarni bandligini ta’minlash. Ularga
munosib ish haqi to’lanishini ta’minlash va nazorat ostiga olish;
Mahalladagi nuroniylar va faxriylar ishtrokida davra suhbatlarini tashkil etish
8
;
Mahallalarda Voyaga yetmagan shaxslarga psixologik xizmat ko’rsatuvchi kurslarni joriy
etish
9
;
Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish uchun quydagi usullardan
foydalanish mumkin:
1.
Ogohlantirish.
Voyaga yetmaganlarga huquqbuzarliklaning oqibatlarini yaxshiroq
tushunishlari uchun soddalashtirilgan metodik materiallarni ishlab chiqish. Hamda ularga
qonuniy tus berish orqali jinoyat uchun jazo, javobgarlik va boshqa salbiy oqibatlari haqida
ogohlantirish zarur.
2.
Ta’lim va tarbiya.
Voyaga yetmaganlarga ular o’rtasida huquqbuzarliklarini oldini
olish uchun o’ziga xos ta’lim dasturlari, tarbiyaviy video roliklar va huquqbuzarliklarga bog’liq
bo’lgan bilimlarni ishlab chiqish hamda bu bo’yicha ularning o’qituvchilari, ota-onalar va
tarbiyachilariga tushuntirishlar berish maqsadga muvofiq.
3.
Oila va jamoatning qo’llab quvvatlashi.
Voyaga yetmaganlarni jinoyat yo’lidan
qaytarish uvhun oila va jamoatning qo’llab-quvvatlashi juda muhimdir. Ota-ona, qarindosh,
qo’ni-qoshnilar, mahalladagi barcha yoshi kata insonlarning yoshlar o’rtasida tashkil
etiladigan sport va boshqa ommaviy tadbirlarga jalb etishlar, qo’llab quvvatlashlari zarur.
Nuroniylarniylar, faxriylar va namuna bo’la oladigan insonlar ishtrokida davra suhbatlarni
tashkil etish esa ularda o’zoro ishonch, vatanparvarlik, mehr muhabbat tuyg’ularni
shakllantiradi.
4.
Rag’batlantirish.
Eng namunali yoshlarni munosib rag’batlantirish. Ularni moddiy va
ma’naviy tomondan mukofotlash orqali ularda ertangi kunga ishonch, harakat va ma’suliyat
hissini shakllantiradi.
References:
1.
O’zbekistan respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel /
2.
1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44/25-
3.
O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi
Qonunining 3-moddasi / 2013-yil 22-aprel O‘RQ-350-son,
4.
IIV Jamoat xavfsizligi departamentining O’zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan
ma’lumotnomasi11:36 / 03.10.2023-yil
5.
O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar o’rtasida
8
Зиёдуллаев, М. З. (2022). Хоразм вилоятида ўғрилик жиноятларининг бугунги ҳолати ва уларнинг
барвақт олдини олиш йўллари.
Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
,
2
(10 Special
Issue), 4-8.
9
Зиёдуллаев, М. З. (2022). Хоразм вилоятида ўғрилик жиноятларининг бугунги ҳолати ва уларнинг
барвақт олдини олиш йўллари.
Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
,
2
(10 Special
Issue), 4-8.
41
nzoratsizlik
va
huquqbuzarliklar
profilaktikasi
to’g’risida’’
gi
O‘RQ-263-son
6.
Зиёдуллаев, М. З. (2015). Аҳоли турар жойларида жамоат тартибини сақлаш
тизимлари: тарихи, бугуни ва хориж тажрибаси: Ўқув қўлланма.
Т.: ЎзР ИИВ
Академияси
.
7.
Зиёдуллаев, М. (2018). Жамоат тартиби” ва “Жамоат хавфсизлиги”
тушунчаларининг моҳияти ҳамда ўзаро боғлиқлиги.
Ҳуқуқий тадқиқотлар журнали.–
2018
,
7
.
8.
Зиёдуллаев, М. З. (2022). Хоразм вилоятида ўғрилик жиноятларининг бугунги
ҳолати ва уларнинг барвақт олдини олиш йўллари.
Евразийский журнал права,
финансов и прикладных наук
,
2
(10 Special Issue), 4-8.
9.
Водолазский, Р. В. К Вопросу уточнения понятия организации материально-
технического обеспечения органов внутренних дел российской федерации при
чрезвычайных обстоятельствах.
Инновации
, (42), 282-286.