152
JADIDCHILIK MILLIY HARAKATINING TARIXIY BOSQICHLARI, BOSH G‘OYA
VA MAQSADI
Hakimova Dilnura
Buxoro davlat pedagogika instituti 4-1 Tarix-2021 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14242369
Annotatsiya:
Annotasiyaga: Mazkur maqolada jadidchilik harakatining asoschilari
hamda ularning gʻoyalari haqida soʻz boradi. Bilamizki, harakat asoschilari ilmli, ma’rifatli, oʻz
fikriga ega yetuk shaxslar hisoblanadi. Ularni yagona maqsad xalqni ilmli qilish birlashtirib
turganligi hech kimga sir emas. Tadqiqotchi maqolada bu harakatning koʻzga koʻringan
vakillari Ismoil Gasprinskiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov,
Abdulla Avloniy, Hamza, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Ubaydullaxoʻja
Asadullaxoʻjavev va boshqalarning milliy istiqlol, erk va ozodlik gʻoʻyalarini ilgari, haqiqat va
adolat uchun kurashganliklari bayon qilingan.
Kalit so’zlar
: Turkiston, Jadidlar tafakkuri, Jadidchilik renesansi, Behbudiy, pirinskiy,
Jan Jak Russo, Laziz Azizzoda.
Jadidchilik harakati vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va paydo bo’lish davri
XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkiston o’lkasi farzatlarini yuksak fazilatli insonlari
etib tarbiyalash o’sha davr ma’rifatparvarlarining hayotiy va fuqarolik e’tiqodiga aylandi.Bu
orzu “Behbudiy va Avloniy, Hamza va Munavvarqori, Fitrat va Cho’lpon, Abdulla Qodiriy va
Usmon Nosir kabi minglab jadid bobolarimizni uyg’otdi. Ularning xalq erkinligi va soadati
yo’lidagi ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amallari uchun ulkan ma’naviy omil bo’ldi’’.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini
vazifasini o’taydi. Bu kungi mag’lubiyat ertangi g’alabaning amalga oshuvida ozmi-ko’pmi rol
o’ynaydi. Busiz jamiyat rivojini tasavvur etish qiyin
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonning rus mustamlakachilari tomonidan bosib
olinishi natijasida, jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Zero, jadidlar
siyosiy faoliyatining negizi mustaqillik va ozodlik g’oyalari bilan sug’orilgan edi. Bu g’oyalar,
avvalambor, XIX asrning 50-70-yillarida o’zbek xalqining Rossiya tajovuziga qarshi janglarida
o’z ifodasini topgan edi. Ular rus davlatining Turkiston zaminida hukmronligi o’rnatilganidan
keyin ham xalqning qalbida jo’sh urib turdi. Bu hamisha o’z xalqining dardida yashagan va
uning ozodligi uchun jonini tikkan jadidlarning ongi hamda qalbini chulg’ab oldi. Chunki rus
davlati mintaqada milliy davlat va qo’shinni tugatib, mustaqillikni barbod etdi. U o’zining
manfaatlarini ta’minlaydigan siyosiy-ma’muriy tizimni tashkil etib, butun mintaqani yagona
egasi bo’lib qoldi. Rus hukumati 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligini tashkil etdi va
K.P.Kaufmanni birinchi gubernator qilib tayinladi. U 1868-yil 1-yanvar kuni Toshkent
shahrining nufuzli kishilari huzurida nutq so’zladi. U o’z so’zida rus davlatining Turkiston
zaminiga bostirib kirishini, qonli urushlarni oqlash va xas-po’shlash uchun ko’p nayrangbozlik
qildi
. Zero, u xonliklar davrida o’lkada adolatsizlik va zo’ravonlik hukm surib, xalq ommasi
hamisha og’ir ahvol va azob-uqubatda yashaganligini ta’kidlab, rus davlatining Turkistonni
bosib olish sababini go’yoki tub aholiga ozodlik va farovon hayot baxsh etish bilan izohlaydi. U
o’lkada o’zi tuzgan mustabid siyosiy-ma’muriy tizimni maqtab shunday deydi: “Baxt-saodat
keltiruvchi yangi tartib va qonunlarni, ulug’ imperatorning marhamatini anglashga tub
aholining aql-idroki yetarlimikin..? Takror ogohlantiramanki, sizlarning taqdiringiz
153
o’zlaringizni qo’llaringizda. Agar o’zlaringizni foydangizni o’ylab va bizning marhamatimizni
his etib, rus hukumatiga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lsangizlar baxtli hayotga
erishasizlar, bordi-yu sizlar boshqacha ish yuritib hukumatga qarshi tursangiz, hokimiyat
kuch ishlatishga o’tadi”.
XIX asrning 80-90-yillariga kelib milliy ozodlik yo’lidagi harakatlar siyosiy tus ola
boshladi. O’zaro savdo-sotiqning rivojlanishi O’rta Osiyo mintaqalarida yashovchi madaniy
jihatdan orqada qolgan xalqlarning ham ko’zini ocha bordi. Bu xalqlar jahon taraqqiyotiga
yaqin bo’lgan Ovrupo xalqlari, xususan, ruslardan ibratli tomonlarni o’rgana boshladi, Chor
amaldorlarining, hatto “o’zbek xalq”lari ichiga ko’chirib keltirilgan rus mujiklarining yerlik
aholiga nisbatan o’tkazgan zulmi chegaradan chiqdi. Xalqning sabr kosasi to’ldi. Natijada,
bosqinchilar zulmiga qarshi qo’zg’olonlar alangasi tobora kuchaya boshladi. Bu jihatdan
olganda, 1897-yilda boshlangan Mingtepa isyoni diqqatga molikdir. “Dukchi eshon
qo’zg’oloni” nomi bilan tarixga kirgan bu harakat sho’rolar davrida ham uzoq vaqt haqqoniy
baholanmay kelindi. Unga ortiqcha diniy bo’yoqlar berilib, qo’zg’olonga sabab bo’lgan
masalalar yoritilmadi. Toki XX asrniig 90-yillariga kelib, oshkoralik tufayli tarixning ataylab
o’qilmay kelingan, yoki bo’lmasa, noto’g’ri talqin etilgan o’rinlari qayta ko’rib chiqila
boshlandi. Shu jumladan, Muhammadali Ismoil o’g’li boshchiligidagi Mingtepa qo’zg’oloni
qavatlarida milliy ozodlik harakatlari bor bo’lganligi ilmiy jihatdan isbotlandi va tarix
sahifalariga kiritildi.
Har qanday sohada yangilik qilish, ijodkorlik (kreativlik) namoyon etish, sohani
yuksaltirish muhim vazifadir. Bugun jadidchilik tushunchasi asosiy diqqat markaziga chiqib
turibdi. Buning sababi aynan yangilik qilish, millat tafakkurini yuksaltirishdir.
Prezidentimizning madaniyat va ma’naviyat ahli bilan uchrashuvida aynan jadidlarning
bugungi jamiyatimizga yetishmayotgani, ilg‘or zamonamizda jadidlar kerakligi xususida
muhim fikrlar aytib o‘tilgani tahsinga loyiq.
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo “Jadidlar” she’rida shunday yozadi:
Shaxsiy namuna yo‘q, chunki Ibrat yo‘q,
Olimlar juda ko‘p, bitta Fitrat yo‘q,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yo‘q,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Bu gaplar ayni haqiqat. Har sohaning o‘z jadidlari bo‘lishi kerak. Bugun bizga Is’hoqxon
Ibratlar, Abdurauf Fitratlar, Abdulhamid Cho‘lponlar, Abdulla Avloniylar zarur. Prezidentimiz
jadidlar haqida so‘z yuritib, chindan ham mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak
bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi G‘arb ilm-fani yutuqlari
bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek
zarurligini ta’kidladi.Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik,
feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, “Usuli qadim” ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni,
millatni zamonaviy taraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion,
parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat
tili maqomini berish, milliy pul birligi, milliy qushin tuzish rus taraqqiyparvarlari,
ma‘rifatchilarining Turkiston o’lkasida ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarqatish uchun
imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi asta-
154
sekin bo’lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi maxalliy
xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy
taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy-ozodlik harakati
uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi
ma‘rifatchilik g‘oyalari tarkala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab,
maorif, madaniy targibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda
Turkistonda ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi.
Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko’rsatdi.
Bular:
maorif (yangicha maktablar ochish, ta‘lim usulini yangilash),
san‘at (badiiy adabiyot, teatr)
matbuot. (gazeta jurnallar)
Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma‘rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan
uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg’unlashuvi natijasida,
uzligini, o‘z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston jadidchilari
tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida katta ishlar qilindi.Turkistonda
jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so’nggi
choragida uyg’ongan ma‘rifatchilik, ma‘rifatparvarlik qarashlarining ta‘siri katta bo’ldi. XIX asr
oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e’tibor
bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining
g’oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko’ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik
g’oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining
chuqurlashib borishi natijasida paydo bo’lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g’arbdan
kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo’gib qo’yilishi,
uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning
qatl etila boshlaganligi edi.
Jadidchilar o’zlarining ilg’or g’oyalarini Xalq o’rtasida tarqatish uchun milliy
matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta‘lim sistemasini joriy qilish, ilg’or g’arb
mamlakatlariga maxalliy yoshlarni o’qishga junatish yo’li bilan amalga oshirishga harakat
qildilar. Turkiston ma’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g’oyalar asosan badiiy
va didaktik shakllarda o’z aksini topdi. Shu jihatdan o’zbek, va tojik xalqlarining
mutafakkirlari Ahmad Donishning mashhur asarlaridan biri (1827 - 1897)«Navodir ul -
vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish o’z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini
Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta’kidlaydi. Ayni paytda,
an’anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho - hukmdor
shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar hukmdor adolatli siyosat
yurgizsa, mamlakat hayotining hamma sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning
gullab yashnashiga yo’l ochib bersa – xalq hayoti farovon bo’ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar
zaiflashadi. U, hukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega bo’lishi lozim, davlatning
mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina
ma’rifatli va yuksak axloq egalari bo’la oladi. Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining
ko‘rinishidir. Shuning uchun biz bu o‘rinda masala bayonini ma’rifat va ma’rifatparvarlik
tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik.
155
Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat
bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’limtarbiya
jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida –
tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini
bildiradi. Ma’rifatli degani – bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur
va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan
namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasinigina egallashga erisha oladi.
Masalan, kimyoning ma’lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya,
medisina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz lozimki, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
milliy uyg‘onish va milliy ong yuksalishida katta rol o‘ynagan. Jadidchilik g‘oyalarini uning
yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat
kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini
yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida Marhum
sharqshunos olim Laziz Azizzoda «Behbudiyning sobiq Turkiston o‘lkasining ijtimoiy,
madaniy va adabiy rivojidagi o‘rni, roli va ahamiyatiga juda katta baho berib, uni hatto fransuz
ma’rifatparvari
Jan
Jak
Russo,
rus
inqilobchidemokratlari
N.G.Chernishevskiy,
Dobrolyubovlar, tatar va ozarbayjon ma’rifatparvarlari Shahobiddin Marjoniy, Qayum Nosiriy,
Mirza Fatxali Oxundov, Naxafbek Vazirovlar bilan qiyoslagan. O‘zbekistonda Alisher Navoiy,
Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk zotlar bilan birga Behbudiyga ham haykal o‘rnatish kerak»
Ma’rifatchi jadidchilar og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviysiyosiy tazyiqlarga qaramay,
millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning
murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor
to‘yg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun
ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va
boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv
qo‘llanmalari yozar, nashr etar va bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatto o‘z
mablag‘larini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning
hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur.
Bugunda ma‘rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy
meroslari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g’oyalari o’zbek xalqining ma‘naviyat va ma‘rifatini,
milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat qilib, avlodlar qalbida Vatanga
muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab kelmoqda. Mustaqillik tufayli ma‘rifatchi-
jadidlarning nomlari tiklanayapti, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari
qayta-qayta chop etilayapti. Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari
xalqimizning madaniy-ma‘naviy, qadriyatlar sifatida hanuzgacha saqlanib kelmoqda.
References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B 18.
2.
To‘lak. XX asr o‘zbek adabiyoti .“Andijon”, 1993. – B. 4.
3.
Jadidchilik:isloxot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – Toshkent:
“Universitet”, 1999. – B. 9.
156
4.
Jadidchilik:isloxot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – Toshkent:
“Universitet”, 1999. – B. 10.
5.
Jadidchilik:isloxot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – Toshkent:
“Universitet, 1999. – B.13.
6.
“Sharq yulduzi”, 1992, № 10 - son.
7.
Jadidchilik:isloxot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – Toshkent:
“Universitet”, 1999. – B. 17.