38
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINOYAT ISHLAR BO‘YICHA SUDLAR
BILAN HAMKORLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Tashtemirov Anvar Aliqulovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti.
E-mail: anvartoshtemirov05031979@gmail.com.
Baxtiyorov Said Akmal o‘g‘li
IIV Akademiyasi 2-o‘quv kursi, 220 guruh kursanti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14550696
Annotatsiya:
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar
profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan
hamkorlikni tashkil etish tushunchasi, asosiy xususiyatlari, hozirgi kunda profilaktika
inspektorlarining ichki ishlar organlari soxaviy xizmatlari bilan hamkorligi,profilaktika
inspektorlarining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligini samarali tashkil etish, profilaktika
inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari
sohaviy xizmatlari bilan hamkorligini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari
yuzasidan fikr va mulohazalar yoritilgan
Kalit so‘zlar.
Hamkorlik, huquqbuzarlik profilaktikasidagi hamkorlik, sohaviy
xizmatlar, sud organlari, sudlov muhokamasi, idoralararo hamkorlik, jamoatchilik bilan
hamkorlik, xalqaro hamkorlik.
Profilaktika inspektorlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida,
ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid
mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda
almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.Profilaktika
inspektorlarining ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan hamkorligini tashkil
etish va takomillashtirish masalalari ko‘rilayotganda, avvalo o‘rganilayotgan ob’ektda o‘zaro
hamkorlik tushunchasiga ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Hamkorlik - bu qonun va qonun osti aktlarda asoslangan, vazifalar, yo‘nalishlar va
vaqtlar bilan kelishilgan, xizmat ko‘rsatilayotgan hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini
ta’minlashda, huquqbuzarliklarshu jumladan jinoyatlarning oldini olishda ishtirok etuvchi
ichki ishlar organlariningkuch va vositalaridan hamkorlikda foydalanish tushuniladi.
Huquqbuzarlik profilaktikasisohasidagi hamkorlikni quyidagi to‘rt darajada amalga
oshirish mumkin:
a) ichki idoraviy hamkorlik, ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga
oshiruvchi organlar tizimiga kiruvchi xizmat va bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlik;
b) idoralararo hamkorlik, ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga
oshiruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamda ular bilan davlat
boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik;
v) jamoatchilik bilan hamkorlik,ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga
oshiruvchihuquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat
organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari,
korxona, muassasa va tashkilotlar hamda aholi o‘rtasidagi hamkorlik;
g) xalqaro hamkorlik, ya’ni boshqa davlatlar, ularning huquqni muhofaza qiluvchi va
39
jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlari hamda xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlik.
Ushbu hamkorlik yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan, idoralararo hamkorlik,
ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qiluvchi
organlar o‘rtasidagi hamda ular bilan davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari
o‘rtasidagi hamkorlik bo‘lib, ushbu yo‘nalishda profilaktika inspektorlarining asosiy
hamkorlik sub’ekti sifatida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar alohida ahamiyatga ega.
Profilaktika inspektorlarining Sud organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi
belgilangan asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi “Sud
qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi O‘RQ-665-son Qonunida o‘z aksini topdi, ya’ni ushbu qonun mazmuniga
ko‘ra, profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha yurituvida
bo‘lgan ishlarni tegishliligi ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga taqdim etishi lozimligi
belgilab berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari
to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida hamda Prezidentining 24 iyul 2020 yil kungi PF 6034-sonli
“Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ushbu vazifalar va mexanizmi o‘z aksini
topgan.
Profilaktika inspektorlari jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan ayrim toifadagi
shaxslar ustidan mamuriy nazorat olib borishda sud organlari bilan hamkorligini tashkil etish,
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 aprel kungi “Jazoni ijro etish muassasalaridan
bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan mamuriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risida”gi qonuni
va 2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari asosida
amalga oshiradi. Xususan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning 41-
moddasida Ichki ishlar organlarining mamuriy nazorati to‘g‘risida quyidagicha takidlangan:
“Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan mamuriy
nazorati tarbiyaviy profilaktik tasir ko‘rsatish chora-tadbirlari majmuidan iborat bo‘ladi va
nazorat ostidagilarga nisbatan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarni qo‘llashda o‘z
ifodasini topadi. Mamuriy nazoratni o‘rnatish, amalga oshirish va tugatish tartibi, shuningdek,
qo‘llaniladigan cheklovlar ro‘yxati ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalaridan
ozod qilingan ayrim shaxslar ustidan mamuriy nazorati to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida
belgilanadi” deb o‘tilgan.
1
“Profilaktika inspektori jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan
ichki ishlar organlarining mamuriy nazoratini o‘rnatishdan maqsad – ilgari sudlanganlar
tomonidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularda ijobiy yo‘lga kirib olishni
1
Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги
қонуни // URL:
40
shakllantirish, nazorat ostidagilarga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlarni
qo‘llashdan iborat bo‘ladi”.
2
Profilaktika inspektori o‘z vakolatlari doirasida, g‘ayriijtimoiy hulq-atvorli shaxslar,
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar haqida ularning ish
(o‘qish) joyidagi ish beruvchini (mamuriyatni), yashash joyidagi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish organini g‘ayri-ijtimoiy hulq-atvorning va sodir etilgan huquqbuzarlikning
xolatlarini, shuningdek, ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni ko‘rsatgan
holda xabardor qilishga haqli.
3
Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok
etuvchi organ va muassasalar o‘z vakolatlari doirasida g‘ayriijtimoiy hulq-atvorli shaxslar,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar haqida ish
(o‘qish) joyidagi ish beruvchini (mamuriyatni), yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish organlarini g‘ayriijtimoiy hulq-atvorning va sodir etilgan huquqbuzarliklarni
holatlarini, shuningdek, ularga imkon berayotgansabablar va shart-sharoitlarni ko‘rsatgan
holda xabardor qilishga va taqdimnoma kiritishga haqli.
“Profilaktika inspektori mamuriy nazoratga o‘rnatilishi va amalga oshirilishi, nazorat
ostidagi kishining boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, uning insoniy
qadr-qimmatini kamsitmasligi, ish, o‘qish va istiqomat joyida obro‘sini to‘kmasligi lozim”.
Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxs tomonidan
jamoat tartibi, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan yoxud u aholining xavfsizligi, sog‘lig‘i
va jamiyatning axloqiga tahdid solgan taqdirda ichki ishlar organlari «Surunkali alkogolizm,
giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq uni
majburiy davolanishga yuborish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi.
4
Profilaktika inspektorlari Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan
bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muassasalariga
jo‘natish uchun sudning ajrimi asos hisoblanadi. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining
1993 yil 1 maydagi “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni
majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi
195-sonli qaroriga asosan shaxslarni davolash muassasasiga joylashtiriladi.
“Alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolash uchun
ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga surunkali alkogolizm yoki
giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan hamda sog‘liqni saqlash organlarining narkologik
muassasalarida davolanishdan bo‘yin tovlovchi, jamoat tartibini, boshqa shaxslar huquqini
buzuvchi yoki aholining salomatligi va ma’naviyati xavfsizligiga tahdid qiluvchi bemorlar
yuboriladi. Davolash muddati to‘g‘risidagi masala davolash muassasasi tomonidan komission
tartibda, bemor davolash uchun joylashtirilgan kundan boshlab 5 kun muddatda hal etiladi”.
O‘zbekiston Respublikasi IIV ning 2014 yil 11-noyabrdagi 162-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Uy qamog‘i tarzidagi extiyot chorasini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi
2
Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 2 апрел кунги “Жазони ижро этиш муассасаларидан бўшатилган
айрим тоифадаги шахслар устидан маьмурий назорат ўрнатиш тўғрисида”ги қонуни
3
Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги
қонуни // URL:
4
Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 9-декабрдаги“Сурункали алкоголизм ёки гиёҳвандликка мубтало
бўлган беморларни мажбурий даволаш тўғрисида”ги қонуни
41
yo‘riqnomada ushbu extiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsning unga sud tomonidan o‘rnatilgan
taqiq yoki cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilab beradi
5
.
Shaxsning uy qamog‘i tarzidagi extiyot chorasini o‘tash joylarida bo‘lishini va ular
tomonidan sudning qarori bilan o‘rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishini nazorat
qilish hududiy ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Profilaktika inspektori sud organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagi shaxslarga nisbatan
ularning tuzalishi va takroran huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida
profilaktik hisobga oladi:
6
ilgari sudlanganlarga ular jinoiy jazoni o‘taganidan so‘ng, o‘ziga nisbatan ma’muriy
nazorat o‘rnatilgan shaxslar bundan mustasno;
o‘ziga nisbatan sudning jazo tayinlanmagan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan
shaxslarga;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga muvofiq
aybdorlik to‘g‘risidagi masala hal qilinmasdan turib, o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan
yoxud reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish
to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan shaxslarga;
o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi tanlangan jinoyat
sodir etishda ayblanuvchilarga;
O‘zbekiston
Respublikasi
Ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi
kodeksining 40, 41, 45, 47, 52, 56, 58, 61, 106, 131, 165
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlarga;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytganlarga.
Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda qarorni chiqargan shaxsning
lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, u chiqarilgan sana va joy, u qaysi shaxsga nisbatan
chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi,
tug‘ilgan sanasi, yashash, ish, o‘qish joyi) va profilaktik hisobga qo‘yish asoslari ko‘rsatiladi.
Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror mazkur qarorni chiqargan shaxs
tomonidan imzolanadi
7
.
Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror profilaktik hisobga qo‘yilgan
shaxsga imzo qo‘ydirib e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Qaror ushbu shaxsga
tasdiqlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida, u yashash joyida bo‘lmagan hollarda esa, uning
turgan joyi aniqlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida e’lon qilinishi kerak. Qaror e’lon
qilinganda shaxsga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilib, bu haqda qarorda qayd
qilinadi.
Shaxsni profilaktik hisobga olish u profilaktik hisobga qo‘yilgan paytdan e’tiboran bir yil
mobaynida amalga oshiriladi.
Muxtasar qilib aytganda, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasini
5
Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги
қонуни // URL:
6
Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги
қонуни // URL:
7
Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги
қонуни // URL:
42
amalga oshirishda sud organlari bilan hamkorligi, birinchidan, qonunchilikda belgilangan
normalar asosida tashkil etilgan bo‘lishi, ikkinchidan, aniq rejalashtirilgan bo‘lishi,
uchinchidan, jamiyatda huquqbuzarlarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash prinsipi
asosida tashkil etilishi lozim.
FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi 2014 yil 14
maydagi qonuni // URL:
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 aprel kungi “Jazoni ijro etish muassasalaridan
bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan mamuriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risida”gi qonuni
3.
O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi 2014 yil 14
maydagi qonuni // URL:
4.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9-dekabrdagi“Surunkali alkogolizm yoki
giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi qonuni
5.
O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi 2014 yil 14
maydagi qonuni // URL:
6.
O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi 2014 yil 14
maydagi qonuni // URL:
7.
O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi 2014 yil 14
maydagi qonuni // URL:
8.
Tashtemirov A., Kurchiboev J. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining rofilaktikasida
ta’lim va tarbiyaning o‘rni va ahamiyati //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx
nauk. – 2023. – T. 3. – №. 12. – S. 130-135.
9.
Tashtemirov A. A. i dr. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘yicha ichki ishlar organlarining hamkorligi //O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va
ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 2. – №. 25. – S. 32-40.
10.
Tashtemirov A. A. i dr. Huquqbuzarlik sodir etilishining sabablari va sharoitlarini
aniqlash va bartaraf etish faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari //So ‘ngi ilmiy tadqiqotlar
nazariyasi. – 2023. – T. 6. – №. 12. – S. 454-461.
11.
Tashtemirov, A. A. "Axborot texnologiyalari orqali sodir etiladigan jinoyatlarni fosh
etishning huquqiy va tashkiliy jihatlari." World of Science 6.6 (2023): 169-175.
