Авторы

  • Anvar Tashtemirov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti
  • Yulduz Usmonova
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.52333

Ключевые слова:

Uzoq muddat yoshlar huquqbuzarliklar profilaktikasi uzoq muddatga ketgan shaxslar filtr guruhi maxsus profilaktika.

Аннотация

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyati tushunchasi, ahamiyati, kriminologlik tavsifi, xususiyatlari, shuningdek yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyatini tartibga soluvchi normalar va ularni qo‘llash amaliyoti tahlili, yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyatiga doir bir qator takliflar va bu boradagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari yoritilgan.


background image

51

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ

MUDDATGA KETGAN YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINING O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Tashtemirov Anvar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti

Usmonova Yulduz Shokir qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14172866

Annotatsiya:

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq

muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyati tushunchasi, ahamiyati, kriminologlik
tavsifi, xususiyatlari, shuningdek yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar
bo‘yicha ishlash faoliyatini tartibga soluvchi normalar va ularni qo‘llash amaliyoti tahlili,
yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyatiga doir bir
qator takliflar va bu boradagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari va ularni amaliyotga joriy etish
masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Uzoq muddat, yoshlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, uzoq muddatga

ketgan shaxslar, filtr guruhi, maxsus profilaktika.


Profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar

bo‘yicha ishlash faoliyati sohasidagi salbiy jarayonlarning kompleks tadqiq etishga
bag‘ishlangan profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan
shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyatida ushbu shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan
huquqbuzarliklarning profilaktikasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ma’lumki, profilaktika inspektorlarining profilaktika inspektorining yashash manzillaridan
uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyatida ushbu shaxslarning odam savdosi
jinoyatining qurboniga aylanib qolishining oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish, ularni sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash va bartaraf
etish hisoblanadi. Ushbu muammolardan kelib chiqib quyidagi ishlarni amalga oshirishni lozim
topdik.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet

elga chiqishlari tartibini belgilab beruvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi PF-5005-sonli Farmoni,
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (14.03.2017 yil)PQ-2833-sonli, «Ichki ishlar
organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
(12.04.2017 yil) PQ-2883-sonli va «Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (18.04. 2017 y.)
PQ-2896- sonli, «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi (05.07.2017 yil) PF-5106-sonli, «Toshkent
shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi (14.02.2018 yil) PQ-3528-
sonli, «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi (19.06.2018 yil) PQ-3786-sonli qarorlari singari normativ-huquqiy hujjatlarning


background image

52

qabul qilinishi asosida ichki ishlar organlari profilaktik faoliyatida tub islohotlar amalga
oshirilib, ular yuqori bosqichga ko‘tarildi

Yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faoliyatini

amalga oshirishda bir qancha muammolarga duch kelmoqda, xususan:

Yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bo‘yicha ishlash faqat bir

tomonlama bo‘lib qolmoqda.

Yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlashni amalga oshirish

bo‘yicha maxsus tadbir ishlab chiqilmagan. Xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgan
fuqarolarning ko‘pchilik qismi ishsiz bekorchi yurish holatlari uchramoqda.

Tadqiqot jarayonida bir qator yuridik manbalarni o‘rganish va ilmiy jihatdan tahlil

qilish asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

Uzoq muddatga ketganlarni nazorat qilish bo‘yicha sub’ektlarning hamkorligini qonuniy

jihatdan mustahkamlash;

Qaytib kelgan fuqarolarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish, agar xavf guruhi toifasiga

kiradigan bo‘lsa ularni nazoratga olish;

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni doimiy va vaqtinchalik ish o‘rinlariga

joylashtirish, ularning bandligini ta’minlagan ish beruvchi korxona, muassasa, tashkilotlarni
rag‘batlantirish va imtiyozli soliq joriy qilish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan
shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar
ajratish;

Islohotlarning bugungi bosqichida Prezidentimiz tashabbusi bilan ichki ishlar organlarini

aholiga yaqinlashtirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi
va jamoat tartibini saqlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirdi. Bundan asosiy
ko‘zlangan maqsad, avvalo, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlashga, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan
professional tuzilmaga aylantirish hamda fuqarolarning ularga ishonchini oshirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir

.

References:

1.

Erkinovich A. H. Ayrim xorijiy davlatlarda preventiv (ma’muriy) nazorat ostidagi shaxslar

bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari //Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. –
2023. – T. 3. – №. 3. – S. 120-124.
2.

Axmedov H. Ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan profilaktik chora-

tadbirlarning mohiyati va ahamiyati //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk. –
2023. – T. 3. – №. 3. – S. 52-57.
3.

Axmedova S. T., Oxunov Z. M. Osobennosti primeneniya administrativnыx vzыskaniy za

upravlenie avtotransportom v sostoyanii opyaneniya //Evraziyskiy jurnal texnologiy i
innovatsiy. – 2024. – T. 2. – №. Special Issue 6. – S. 48-54.
4.

Axmedova, S. T. (2022). Ichki ishlar organlari tizimidagi ma’muriy-xuquqiy isloxotlar

inson kadri uchun. Ye

vraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk

,

2

(10 Special Issue),

15-19.
5.

Aliqulovich T. A., Atxam o’g’li M. X. Profilaktika inspektorining ommaviy tadbirlarni

o'tkazish jarayonidagi ishtirokining oziga xos xususiyatlari //O'zbekistonda fanlararo
innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 2. – №. 24. – S. 230-235.

Библиографические ссылки

Erkinovich A. H. Ayrim xorijiy davlatlarda preventiv (ma’muriy) nazorat ostidagi shaxslar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari //Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. – 2023. – T. 3. – №. 3. – S. 120-124.

Axmedov H. Ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyati //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk. – 2023. – T. 3. – №. 3. – S. 52-57.

Axmedova S. T., Oxunov Z. M. Osobennosti primeneniya administrativnыx vzыskaniy za upravlenie avtotransportom v sostoyanii opyaneniya //Evraziyskiy jurnal texnologiy i innovatsiy. – 2024. – T. 2. – №. Special Issue 6. – S. 48-54.

Axmedova, S. T. (2022). Ichki ishlar organlari tizimidagi ma’muriy-xuquqiy isloxotlar inson kadri uchun. Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk, 2(10 Special Issue), 15-19.

Aliqulovich T. A., Atxam o’g’li M. X. Profilaktika inspektorining ommaviy tadbirlarni o'tkazish jarayonidagi ishtirokining oziga xos xususiyatlari //O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 2. – №. 24. – S. 230-235.