Том 3 № Maxsus son 12 (2024)
Статьи
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA BLOGERLAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan, lekin ushbu hamkorlik har tomonlama tashkiliy va huquqiy jihatdan yetarli darajada mustahkam ko‘rinishga ega emas. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmon va qarorlarida, Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi, Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan talablar va qoidalar asosida tashkil etiladi.
MA’MURIY JAZO TUSHUNCHASI, MAQSADI VA TURLARINING MAZMUN-MOHIYATI
Yuridik javobgarlik aybdor shaxsga nisbatan muayyan jazo qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnat intizomi buzilganda – intizomiy jazo, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda – ma’muriy jazo, jinoyat sodir etilganda – jinoiy jazo qo‘llaniladi
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV ORGANLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY TAXLILI
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonimizda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar mamlakatimiz aholisining turmush darajasini oshirishga va ularning huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilishga qaratilgan. Shu sababli, IIOda ham islohotlarning asosiy mezoni xalqqa xizmat qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA AMALGA OSHIRISHDA FUQAROLARNING ISHTIROKI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
JARIMA JAZOSINI IJRO ETISHNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI
Ma’muriy javobgarlik amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan jazo turlaridan hisoblangan og‘irlik darajasi uncha yuqori bo‘lmagan, lekin ta’sirchanlik darajasi va profilaktik jihatdan huquqbuzarga juda yaxshi ta’sir qiluvchi jazo turi bu jarima hisoblanadi.
KISSAVURLIK JINOYATINI OLDINI OLISHDA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING ROLI
Qadimdan o‘g‘rilik eng yomon illatlardan hisoblangan va og‘ir jazoga loyiq ko‘rilgan. Xususan, “Islom dini”da o‘g‘rilik jinoyati katta gunohlardan biri hisoblanib, uni sodir etgan shaxsning qo‘lini kesib tashlashgacha bo‘lgan jazo tayinlangan.
FUQAROLARNING JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ISHTIROKINING TARIXIY-NAZARIY AHAMIYATI
Dunyoning barcha davlatlarida aholi turar joylarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash dolzarb vazifa bo‘lib, bu borada ichki ishlar (politsiya) organlarining kuch va vositalarini bevosita aholi punktlariga yo‘naltirish va boshqarish, keng jamoatchilik bilan hamkorligini samarali tashkil etish ushbu sohadagi dolzarb masalalardan biridir.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING AXOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT FAOLIYATINI TAKOLMILLASHTIRISH
Aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol mulkini turli tajovuzlardan himoya qilishda markaziy militsiya tayanch punktlarining o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini, ularning xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlarining quyi tizimi hisoblangan ya’ni, militsiya tayanch punktlarida xizmat faoliyatini olib boruvchi profilaktika inspektorlarining xalqqa yaqinligi va ular doimiy ravishda odamlar orasida bo‘lishi huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINOYAT ISHLAR BO‘YICHA SUDLAR BILAN HAMKORLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etish tushunchasi, asosiy xususiyatlari, hozirgi kunda profilaktika inspektorlarining ichki ishlar organlari soxaviy xizmatlari bilan hamkorligi,profilaktika inspektorlarining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligini samarali tashkil etish, profilaktika inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan hamkorligini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari yuzasidan fikr va mulohazalar yoritilgan
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JAZONI IJRO ETISH MUASSASАLARIDAN QAYTGAN VOYAGA YETMAGAN SHAXSLAR BILAN PROFILAKTIK ISHLARNI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATI
Mamlakatda jazolarni liberallashtirish tizimini takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarni qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH VA UNGA IMKON BERADIGAN SHART-SHAROITLARNI BARTARAF ETISH YO‘NALISHLARI
Dunyoda qancha davlat bo‘lsa, barchasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, korrupsiya kabi mamlakatning ijobiy o‘zgarishlariga o‘zining bevosita salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi illatlar mavjud va bu doimiy ravishda ularning sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘llarini o‘ylab topish hamda qarshi kurashishni taqozo etadi.
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA IIOLARI PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING BOJXONA XIZMATI BILAN XAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning xamkorligi tashkiliy-huquqiy asoslari bayon etilgan. Shu bilan birga ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan birga sohada uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlarga to‘xtalib o‘tilgan.
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA DEPUTATLIK VA PARLAMENT NAZORATINING O‘RNI
Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish, inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHDA MAHALLA YETTILIGI BILAN O‘ZARO HAKMORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining viktimogologik profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmlari yoritilgan. Undan tashqari mahalla yettiligining asosiy vazifalari, ijtimoiy profilaktikaning umumiy ob’ektlari va viktimologik profilaktika yo‘nalishlari, soha bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlari haqida so‘z borgan.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ MUDDATGA KETGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINING TUSHUNCHASI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati tushunchasi, ushbu faoliyatning huquqiy asosdari, faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi soha vakillari va ular bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirilgan.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL
Bugungi kunda jamiyatda huquqni himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda sodir bo‘layotganijtimoiyva huquqiy muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy profilaktika tizimi o‘zining ahamiyatini kundan-kunga orttirib bormoqda. Mahallalar, shuningdek, huquqni ijro etuvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika faoliyati, aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Ijtimoiy profilaktika, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni oldini olishvaijtimoiy muhitda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliyotdir. Bunda, huquqbuzarliklarning oldini olish, salbiy xulq-atvorlarni kamaytirish, aholining ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va jamiyatdagi turli guruhlarni himoya qilish maqsadlari kuzlanadi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshiriladigan bu jarayon, mahallaraislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisi kabimas’ul shaxslarning o‘zaro hamkorligini talab etadi.
IJTIMOIY PROFILAKTIKA SUB’EKTLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev, “zamon shiddat bilan o‘zgaryapti Mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirishimiz zarur. Yana tajriba orttiramiz, yana o‘zgartiramiz. Hayot bizni shunga majbur qilyapti. Hozirgi tahlikalarga yechim topamiz desak, bizning yagona yo‘limiz – mahalla, mahalla, mahalla va bir marta mahalla. Mahalla tizimi obro‘yini qancha ko‘tarsak, odamlar ishonadi, odamlar bizdan rozi bo‘ladi”[1] deb, bejiz ta’kidlamagan. Bugungi kunda huquqbuzarliklarni bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlarning “Obod va xavfsiz mahalla” tamoi ili asosida respublika mahallalarida huquqbuzarlik sodir etishga moi il bu lgan ye xud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bu lgan shaxslar bilan kunlik yakka tartibda ishlash bu i icha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilangan
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING ODAM SOVDOSI HUQUQBUZARLIGINI OLDINI OLISH FAOLIYATI
Profilaktika inspektori — bu jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, ularga qarshi kurashish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs. Odam savdosi huquqbuzarligini oldini olish faoliyatida profilaktika inspektorining roli katta. Ushbu faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QO‘SHMACHILIK QILISH VA FOHISHAXONA SAQLASH BILAN BOG‘LIQ JINOYATLAR BO‘YICHA TEZKOR QIDIRUV BILAN HAMKOLRLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqola profilaktika inspektorining qo‘shmachilik qilish va fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlashda tezkor qidiruv xizmati bilan hamkorligini takomillashtirish mavzusiga bag‘ishlangan. Maqolada profilaktika inspektorlari va tezkor qidiruv xizmati o‘rtasidagi samarali hamkorlikning ahamiyati, fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlarining oldini olishdagi rolini o‘rganishga qaratilgan.
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI OB’EKTLARI BILAN BOG‘LIQ MASALALAR TAHLILI
Huquqbuzarliklarning oldini olish jamiyatda tartibning saqlanishida muhim ahamiyatga ega. Bunda profilaktika inspektorining roli, jinoyatlarning va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ayniqsa muhimdir. Profilaktika inspektori faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — bu huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etishdir. Maqolada profilaktika inspektorining ishi va unga bog‘liq masalalar tahlil qilinadi.