Авторы

  • Anvar Tashtemirov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti.
  • Shoxrux Raxmonqulov
    IIV Akademiyasi 2-o‘quv kursi, 211-guruh kursanti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.62464

Ключевые слова:

profilaktik chora-tadbirlar uzoq muddatga ketgan shaxs migratsiya profilaktik suhbat tashqi xavf xatarlar chet elga chiqishning qonuniy talablari.

Аннотация

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati tushunchasi, ushbu faoliyatning huquqiy asosdari, faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi soha vakillari va ular bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirilgan.


background image

62

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ

MUDDATGA KETGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINING

TUSHUNCHASI

Tashtemirov Anvar Aliqulovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti.

E-mail: anvartoshtemirov05031979@gmail.com.

Raxmonqulov Shoxrux Nabijon o‘g‘li

IIV Akademiyasi 2-o‘quv kursi, 211-guruh kursanti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550734

Annotatsiya:

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq

muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati tushunchasi, ushbu faoliyatning huquqiy
asosdari, faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi soha vakillari va ular bilan
hamkorlikda amalga oshiriladigan chora tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

profilaktik chora-tadbirlar, uzoq muddatga ketgan shaxs, migratsiya,

profilaktik suhbat, tashqi xavf xatarlar, chet elga chiqishning qonuniy talablari.


Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar O‘zbekistonni dunyodagi

rivojlangan davlatlar qatoridan joy egallashiga qaratilgan. Hozirgi kunda davlatimizning
jadallik bilan rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan nafaqat ichki muammolar, balki tashqi
kuchlarga ham qarshi o‘z vaqtida kurashish davr taqozosi hisoblanadi. Chunki rivojlanishga
salbiy ta’sir etuvchi bunday tashqi tahdidlar kundan-kunga ortib, o‘z shakl- shamoyilini
o‘zgartirib bormoqda.

Uzoq muddatga ketgan shaxs – doimiy yashash manzilidan turli sabablarga ko‘ra, ya’ni:

ishlash, davolanish, dam olish, sayohat qilish, xizmat safari, o‘qish, tanishlarini ko‘rib kelish va
boshqa maqsadlarda respublika hududidan bir oydan kam bo‘lmagan muddatga chiqib ketgan
shaxslar.

Bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolarining uzoq muddatga chet el davlatlariga

chiqishlari va qaytib kelish jarayonlarini tizimli ravishda tashkil etish ichki ishlar organlari
oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Shu sababli ham uzoq muddatga chet el davlatlariga
ketganlar bilan ishlash ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga
aylanib, u bilan tizimning deyarli barcha sohaviy xizmatlari shug‘ullanmoqdalar. Ayniqsa,
fuqarolarning qonunga xilof tarzda boshqa davlatlarga chiqib ketishlarining oldini olishda
ichki ishlar organlari, xususan, profilaktika, tezkor-qidiruv, migratsiya va fuqarolikni
rasmiylashtirish va boshqa bir qator xizmatlarining roli katta.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet

elga chiqishlari tartibini belgilab beruvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek ichki

ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatlarining yangi tizimi shakllantirildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uzoq muddatga chet elga ketgan fuqarolarning

ayrimlari turli xil og‘ir kasalliklarni yuqtirib olib, yashash manziliga qaytib kelganidan keyin
bilib bilmay ularning tarqatuvchilariga aylanib qolmoqda. 2016 yil 16 sentabrdagi “Ichki
ishlar orgonlari to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qarori asosida “Uzoq muddat
xorijiy davlatda bo‘lib yashash manziliga qaytgan yoki odam savdosidan jabrlangan


background image

63

fuqarolarga tibbiy ko‘rikni tashkil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
va Ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida’’gi
qarorida uzoq muddatga chet elga ketgan fuqarolarning ayrimlari turli xil og‘ir kasalliklarni
yuqtirib olib, yashash manziliga qaytib kelganidan keyin bilib bilmay ularning
tarqatuvchilariga aylanib qolmasligini oldini olish choralari ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra,

chet elda uzoq muddatda bo‘lgan fuqarolarimiz turli salbiy holatlar, ya’ni yo‘l-transport,
yong‘in va boshqa hodisalar tufayli vafot etgan yoxud odam savdosi yoki boshqa og‘ir, o‘ta
og‘ir jinoyatlarning qurboni bo‘lgan.

Oxirgi vaqtlarda jahon miqyosida ro‘y berayotgan voqealarning tahlili din niqobi

ostidagi turli kuchlarning ma’lum bir davlat yoki mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
barqarorligini izdan chiqarish yo‘li bilan amaldagi hokimiyatni egallashga qaratilganligini
ko‘rsatmoqda. Xususan, Suriya, Misr, Pokiston va boshqa davlatlarda sodir bo‘layotgan
ijtimoiy beqarorlik siyosiy maqsadlarni ko‘zlamoqda. Bunga erishish yo‘lida diniy
ekstremizmning g‘oyaviy qarashlaridan va turli terrorchilik harakatlari orqali tinch aholi
orasida qo‘rquv hamda davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik ruhini uyg‘otish kabi
usullardan keng foydalanilgan.

Profilaktika inspektorining yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan shaxslarni

aniqlash va ular bo‘yicha ishlash tartibi, quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.

Fuqorolarning horijiy davlatlariga chiqqanliklari holatini, ularning maqsadlari va qaerga

ketganliklarini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Vaholanki, uzoq muddatlarga
chet elga chiqayotgan fuqarolar bu haqda hududiy profilaktika (katta) inspektori yoki ichki
ishlar organlariga xabar bermaydilar. Shuningdek, uzoq muddatga chet elga chiqqan yaqin
qarindoshlari haqida tegishli idoralar yoki hududiy profilaktika inspektorlariga belgilangan
tartibda xabar beradigan fuqarolar ham kamdan-kam topiladi. Ushbu holat ichki ishlar
organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, xususan, hududiy profilaktika inspektorlaridan
bunday toifa fuqarolarni, ularning qaerga va nima maqsadda ketganligini surishtirib bilishlari
talab etadi.

Profilaktika inspektori ichki ishlar organlari xodimlari doimiy yashash manzilidan turli

sabablarga ko‘ra uzoq muddatga chet elga ketgan va qaytib kelgan shaxslarni aniqlab har biri
bilan suhbatlashib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishib borishi zarur.

Profilaktika inspektori xizmat hududida yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan

fuqarolarni quyidagi yo‘llar bilan aniqlaydi:

– ma’muriy hududda xizmat vazifalarini bajarish jarayonida turli xildagi xizmat

hujjatlari bilan ishlash, ularni o‘rganish orqali;

– mahalla hududidagi xonadonlar, yotoqxonalar, korxonalar, muassasalar va

tashkilotlarda pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish jarayonida;

– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida;
– mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla posbonlari, xotin- qizlar boshlang‘ich

tashkiloti vakillari, ko‘cha boshi, uy boshi, yo‘lak boshilar va boshqa jamoatchilik vakillari
bilan bo‘lgan suhbatlarda olingan ma’lumotlar asosida uzoq muddatga ketgan shaxslarni
aniqlaydi;

– shahar joylardagi ko‘p qavatli uylarda ro‘yxatga olingan, biroq uzoq vaqt davomida

uyida istiqomat qilmayotgan fuqarolarni mahallalarda tuzilgan xususiy uy-joy mulkdorlar


background image

64

shirkatlaridan olingan ma’lumotlar asosida;

– hududda nazorat ishlarini olib borishda fuqarolar bilan bo‘lgan suhbatlarda ulardan

olingan ma’lumotlar asosida;

– kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan uzoq

muddat o‘qishga kelmayotgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar asosida;

– korxona, muassasa va tashkilotlardan uzoq vaqt ishga kelmayotgan shaxslar haqidagi

olingan ma’lumotlar asosida;

– sog‘liqni saqlash organlaridan kasallikka qarshi emlash ishlarini amalga oshirish

jarayonida yashash joyida yo‘q bo‘lgan yoxud belgilangan vaktlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishga
kelmagan shaxslar haqidagi ma’lumotlar asosida surishtirish ishlarini amalga oshirish orqali;

– «Elektrta’minot», «Issiqsuvquvvat», «Gaz ta’minoti unitar korxonasi» va shu kabi

boshqa tashkilotlardan elektr, issiqlik energiyasi, suv va gazdan foydalanganlik uchun tegishli
kommunal to‘lovlarda.

Profilaktika inspektori chet el davlatlariga sayohatga, dam olishga, ishlashga, malaka

oshirishga, yaqin qarindoshlarini ko‘rishga, o‘qishga ketib, belgilangan vaqtda qaytib
kelmagan fuqarolarning ro‘yxatini tuzadi. Ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashib,
surishtirib qarindoshlarining o‘z vaqtida kelmaganlik sabablarini o‘rganadi, ayni qaytib kelish
muddati va boshqa zarur ma’lumotlarni aniqlaydi.

Bugungi kunda joylarda fuqarolarning uzoq muddatga chet el davlatlariga chiqqanligi

holatini aniqlash maqsadida, uchta darajada ishchi guruhlar tashkil etilgan. Bular:

– viloyat, tuman, shahar hokimyatlarida;
– shahar, tuman ichki ishlar idoralari;
– mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida.
Uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlashda doimiy yashash manzillaridan turli

maqsadlarda uzoq muddatga respublika hududidan chiqib ketgan shaxslarni, ularning chiqib
ketish maqsadlarini aniqlash, hisobini yuritish, bu toifadagi shaxslar, ularning yaqinlari bilan
profilaktik ishlarni olib borish, ular orasidan transmilliy (odam savdosi, narkotrafik, diniy
ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq) jinoyatlar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni,
ularning jinoiy aloqalarini aniqlash, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq
jinoyatga aloqadorligini tekshirish, ularning jinoiy faoliyatini fosh etish va unga chek qo‘yish
maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlarni olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 22 apreldagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga ko‘ra, mahalla fuqarolar yig‘ini
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan
fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning
huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi deb
belgilab berilgan. Shu boisdan ichki ishlar organlari, bevosita profilaktika inspektorining
mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi,
xususan ulardan yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslarning ma’lumotlarini
olishi va tahlil etib borishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi

to‘g‘risida»gi qonunga asosan, uzoq muddatga ketgan shaxslarning hisobini yuritishda
mahalla fuqarolar yig‘inining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi belgilab


background image

65

o‘tilgan. Shuning uchun ham uzoq muddatga chet elga chiqqan va qaytib kelgan fuqarolarni
hisobga olish u istiqomat qiladigan mahalla fuqarolar yig‘ini bazasida amalga oshirilmoqda.

Joylarda uzoq muddatga chet elga chiqish yuzasidan murojaat etgan har bir O‘zbekiston

Respublikasi fuqarosi bilan yashash hududidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uning diniy
ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi va ichki ishlar
idoralarining hududiy profilaktika inspektori bilan yakka tartibdagi profilaktik va
viktimologik suhbatdan o‘tganidan so‘ng uni mahalla fuqarolar yig‘inida yuritiladigan «Uzoq
muddatga chet elga chiqqan va qaytib kelgan mahalla (qishloq, ovul) fuqarolarini qayd etish
kitobi»da belgilangan tartibda hisobga olinganidan keyin tegishli ma’lumotnoma beriladi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan shunday ma’lumotnoma ichki ishlar

idoralari xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlarida fuqaroning chet
elga chiqishiga ruxsat berish uchun taqdim etilishi majburiy bo‘lgan hujjat sifatida qabul
qilinadi.

Profilaktika inspektori yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan fuqarolarning turli

salbiy illatlar ta’siriga tushib qolishi, odam savdosi jinoyatining qurboniga aylanishi
holatlarini oldini olish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:

– fuqarolarga xorijiy davlatlarga noqonuniy (nolegal) yo‘llar bilan chiqishning

oqibatlarini, odam savdosi va boshqa jinoyatlarning qurboni bo‘lib qolishlari mumkinligini
misollar orqali tushuntirishi;

– fuqarolarning diniy ekstremistik va terrorchi oqimlarning ta’siriga tushib

qolishlarining oldini olish uchun aholiga xorijiy davlatlarda sodir bo‘layotgan voqea va
hodisalar haqida ma’lumotlar berishi;

– fuqarolarning yashash joylarida, korxona, tashkilot va muassasalarda, yotoqxonalarda

pasport tizimi qoidalariga rioya etilishi nazorat tadbirlarini o‘tkazish va bu jarayonda uzoq
muddatga ketgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni jamlash va tahlil etish hamda shaxslarning
qaerdaligini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi;

– fuqarolarning odam savdosi va boshqa jinoyatlarning qurboni bo‘lib qolishlarining

oldini olish maqsadida ular o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, uning salbiy
oqibatlari bo‘yicha tayyorlangan kino va videofilmlar namoyish etishi;

– muntazam ravishda ma’muriy hududda fuqarolar, mahalla faollaridan olinayotgan

uyida uzoq muddat bo‘lmayotgan shaxslar haqidagi axborotlarni to‘plash va tahlil etish, ular
yuzasidan tekshiruvlar va surishtiruvlar o‘tkazish, buning uchun ularning yashash joylariga
borish, yaqin qarindoshlari, yaqin aloqadagi tanishlaridan so‘rash, shuningdek Axborot
markazi va ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslarni hisobga olish bazasidan ma’lumotlar
olib turish, ularning ustidan xufiyona tekshiruvlar o‘tkazish, ishonchli manbalarga
topshiriqlar berishi;

– Bandlik va mehnat munosabatlari, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarni o‘zini o‘zi

boshqarish organlari bilan hamkorlikda aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, ishsizlikni bartaraf etish va fuqarolarni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish,
ushbu vazifalarni bajarish maqsadida ma’muriy hududda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash
va ularga nafaqalar tayinlash bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlariga takliflar kiritish,
ma’muriy hududda mehnat yarmarkalarini tashkil etish va uni aholi orasida targ‘ib qilish.

Profilaktika inspektorlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlaridan hisobdan

o‘tmasdan uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan shaxslar aniqlangan hollarda quyidagilar


background image

66

amalga oshiriladi:

– profilaktika (katta) inspektori uzoq muddatga ketgan shaxsning doimiy yashash joyi

bo‘yicha surishtirish ishlarini amalga oshirib, shaxsning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va boshqa
yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazadi. Suhbat jarayonida uzoq muddatga ketgan
shaxsning oila a’zolariga turli chet el davlatlariga ketgan shaxslar jinoyatga qo‘l
urayotganliklari uchun ozodlikdan mahrum etilayotganligi, jinoyat qurboniga aylanib, odam
savdosi qurboni bo‘layotganligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradi hamda ularga
qarindoshi bilan aloqada bo‘lganida uning qaerdaligi, qanday faoliyat bilan
shug‘ullanayotganligi haqida olgan har qanday ma’lumotni ichki ishlar organiga ma’lum
qilishlari lozimligi yuzasidan ogohlantirish choralarini ko‘radi, shuningdek ulardan
qarindoshining uzoq muddatga ketishining to‘liq tafsiloti bo‘yicha tushuntirish xatlarini oladi;

– uzoq muddatga ketgan shaxsning qo‘ni-qo‘shnilari va yaqin aloqada bo‘lgan shaxslar

bilan suhbatlashib, ulardan yaqin tanishini qachon oxirgi marta ko‘rganligi, qaysi mamlakatga
va nima maqsadda ketganligi, kim bilan qachon ketganligi haqidagi ma’lumotlarni so‘rab-
surishtirib, ko‘rgan-bilganlari haqida tushuntirish xatlarini oladi;

– xizmat ko‘rsatish hududida istiqomat qiluvchi doimiy yashash manzilidan uzoq

muddatga chet el davlatlariga ketgan va qaytib kelgan shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rib,
har bir shaxs bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda kitoblarda qayd etib boradi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar

profilaktikasini amalga oshirishda uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar bilan ishlashda,
boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi, birinchidan, qonunchilikda belgilangan normalar
asosida tashkil etilgan bo‘lishi, ikkinchidan, aniq rejalashtirilgan bo‘lishi, uchinchidan,
jamiyatda huquqbuzarlarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash prinsipi asosida
tashkil etilishi lozim.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги

2014 йил 14 майдаги қонуни // URL:

http://www.lex.uz

.

2.

Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 2 апрел кунги “Жазони ижро этиш

муассасаларидан бўшатилган айрим тоифадаги шахслар устидан маьмурий назорат
ўрнатиш тўғрисида”ги қонуни
3.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги

2014 йил 14 майдаги қонуни // URL:

http://www.lex.uz

.

4.

Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 9-декабрдаги“Сурункали алкоголизм ёки

гиёҳвандликка мубтало бўлган беморларни мажбурий даволаш тўғрисида”ги қонуни
5.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги

2014 йил 14 майдаги қонуни // URL:

http://www.lex.uz

.

6.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги

2014 йил 14 майдаги қонуни // URL:

http://www.lex.uz

.

7.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги

2014 йил 14 майдаги қонуни // URL:

http://www.lex.uz

.

8.

Таштемиров А., Курчибоев Ж. Вояга етмаганлар ҳуқуқбузарлигининг

профилактикасида таълим ва тарбиянинг ўрни ва аҳамияти //Евразийский журнал
права, финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 130-135.


background image

67

9.

Таштемиров А. А. и др. Вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар

профилактикаси бўйича ички ишлар органларининг ҳамкорлиги //O'zbekistonda
fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – Т. 2. – №. 25. – С. 32-40.
10.

Таштемиров А. А. и др. Ҳуқуқбузарлик содир этилишининг сабаблари ва

шароитларини аниқлаш ва бартараф этиш фаолиятини такомиллаштириш
йўналишлари //So ‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi. – 2023. – Т. 6. – №. 12. – С. 454-461.
11.

Таштемиров, А. А. "Ахборот технологиялари орқали содир этиладиган

жиноятларни фош этишнинг ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари." World of Science 6.6
(2023): 169-175.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги қонуни // URL: http://www.lex.uz.

Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 2 апрел кунги “Жазони ижро этиш муассасаларидан бўшатилган айрим тоифадаги шахслар устидан маьмурий назорат ўрнатиш тўғрисида”ги қонуни

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги қонуни // URL: http://www.lex.uz.

Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 9-декабрдаги“Сурункали алкоголизм ёки гиёҳвандликка мубтало бўлган беморларни мажбурий даволаш тўғрисида”ги қонуни

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги қонуни // URL: http://www.lex.uz.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги қонуни // URL: http://www.lex.uz.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 майдаги қонуни // URL: http://www.lex.uz.

Таштемиров А., Курчибоев Ж. Вояга етмаганлар ҳуқуқбузарлигининг профилактикасида таълим ва тарбиянинг ўрни ва аҳамияти //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 130-135.

Таштемиров А. А. и др. Вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикаси бўйича ички ишлар органларининг ҳамкорлиги //O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – Т. 2. – №. 25. – С. 32-40.

Таштемиров А. А. и др. Ҳуқуқбузарлик содир этилишининг сабаблари ва шароитларини аниқлаш ва бартараф этиш фаолиятини такомиллаштириш йўналишлари //So ‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi. – 2023. – Т. 6. – №. 12. – С. 454-461.

Таштемиров, А. А. "Ахборот технологиялари орқали содир этиладиган жиноятларни фош этишнинг ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари." World of Science 6.6 (2023): 169-175.