QASHQADARYO VILOYATDA TURIZM AGLOMERATSIYALARINI OPTIMAL JOYLASHTIRISH UCHUN ALGORITMIK YONDASHUV

Annotasiya

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
4-6
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Toshev, N. (2025). QASHQADARYO VILOYATDA TURIZM AGLOMERATSIYALARINI OPTIMAL JOYLASHTIRISH UCHUN ALGORITMIK YONDASHUV. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 4–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62912
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur.


background image

4

QASHQADARYO VILOYATDA TURIZM AGLOMERATSIYALARINI OPTIMAL

JOYLASHTIRISH UCHUN ALGORITMIK YONDASHUV

N.J.Toshev

Qarshi davlat universiteti

Turizm va marketing kafedrasi

mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14603142

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini

optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik
aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur.

Kalit so’zlar.

optimal joylashtirish, turizm aglomeratsiya, zamonaviy modellar, Mahalliy

va xalqaro sayyohlar, turizm xizmatlarini diversifikatsiya.


Kirish.

Qashqadaryo viloyatida qadimiy tarixga ega joylar, masalan,

Shahrisabz

va uning

atrofi, Amir Temur davri yodgorliklari,

Dorut-Tilovat

,

Dorut-Saodat

majmualari mavjud. Bu

tarixiy joylar turistlarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega. Shahrisabz Amir Temur davridagi
arxitektura yodgorliklari bilan butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va bu
hududning turizm salohiyati yuqori.

Tadqiqotimizda nazariy o‘rganishlarimiz asosida turizm aglomeratsiyalarini optimal

joylashtirish uchun algoritmik yondashuvda bir nechta matematik formulalar va
optimallashtirish modellari qo‘llash baholash vositalari hamda yondoshuvlari tasnifini
umumlashgan holatida tadqiq etdik.

Viloyatda turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirish uchun algoritmik

yondashuvda bir nechta matematik formulalar va optimallashtirish modellari qo‘llanilishi
mumkin. Ushbu formulalar orqali turizm resurslarining optimal joylashuvini va
infratuzilmaning samarali tarqalishini hisoblash mumkin. Turizm aglomeratsiyalari
o‘rtasidagi masofa va aholi zichligini hisobga olgan holda turist oqimlarini prognoz qilish
uchun qo‘llaniladi. Ushbu model tortish kuchi qonuniga o‘xshab ishlaydi.

T

ij

= Pi×Pj / d

ij2

Bu yerda

T

ij -

i va j joylari o‘rtasidagi turistlar oqimi;

P

i

, P

j

- i va j joylarning aholisi yoki

turistik salohiyati;

d

ij -

i va j joylari o‘rtasidagi masofa.

Bu modeldan Shahrisabz va Qarshi kabi asosiy turistik markazlar o‘rtasidagi masofa va

turistlarning tortish kuchini hisoblashda qo‘llanilishi mumkin. Bu bilan turistlarning qaysi
yo‘nalishda ko‘proq harakatlanishini aniqlash mumkin.

Lagrange multiplikatorlari cheklovli optimallashtirish muammolarini hal qilishda

ishlatiladi. Agar turizm aglomeratsiyalarini joylashtirishda tabiiy resurslar, infratuzilma va
iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘lsa, Lagrange multiplikatorlari orqali optimal joylashtirish
aniqlanadi.

L(x

1

,x

2

,λ)=f(x

1

,x

2

)+λ(g(x

1

,x

2

)−c)

Bu yerda

f(x

1

, x

2

)

— optimallashtirilishi kerak bo‘lgan funksiyalar (masalan, iqtisodiy

foyda, sayyohlar oqimi);

g(x

1

, x

2

)

— cheklov funksiyasi (masalan, infratuzilma, resurslar);

λ

— Lagrange multiplikatori;

c

— cheklov qiymati.

Bu algoritm orqali resurslar (tabiiy, infratuzilmaviy, moliyaviy) cheklangan holatlarda

turistik markazlarni optimal joylashtirish uchun ishlatilishi mumkin.


background image

5

Turistik

joylarning

joylashuvi

turistlar

o‘rtasidagi

umumiy

masofani

minimallashtiruvchi tarzda aniqlanadi. Bu model turistlar uchun joylar orasidagi masofani
qisqartirish va xizmatlardan samarali foydalanish uchun optimal joylashuvni topishga yordam
beradi. Masofa minimallashtirish modeli (P-median model) deb ham ataladi

Z=∑

i=1n

j=1m

h

i

×d

ij

×x

ij

Bu yerda :

Z

- umumiy xarajat yoki masofa (minimallashtirilishi kerak);

h

i

- i nuqtadagi

turistlarning oqimi;

d

ij

- i va j nuqtalar orasidagi masofa;

x

ij

- agar i joy j xizmat ko‘rsatuvchi

joyiga bog‘langan bo‘lsa, 1, aks holda 0.

Turistik xizmat ko'rsatish joylari (mehmonxonalar, restoranlar va dam olish zonalari)

orasidagi masofani minimallashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Bu sayyohlar uchun yo‘l
xarajatlarini kamaytiradi va qulaylikni oshiradi. Buni masofa minimallashtirish modeli (P-
median model) deb ham ataladi. Bu operatsion tadqiqotlar va logistika sohasida
qo'llaniladigan optimallashtirish modeli bo'lib, uning asosiy maqsadi xizmat ko'rsatish
joylarini turizm markazlarini, shunday joylashtirishki, ular mijozlar yoki foydalanuvchilar
bilan bog'langan masofalarni minimallashtirishdir. Bu model, ayniqsa, geografik hududda
xizmat ko'rsatish turizm markazlarini joylashtirishni optimallashtirish uchun qo'llaniladi. P-
median modelining asosiy maqsadi — turli punktlar orasidagi umumiy masofani
minimallashtiruvchi tarzda xizmat ko‘rsatish markazlarini tanlash va joylashtirish.

Qashqadaryo viloyatida qo'llanishi, t

uristik resurslardan samarali foydalanish

darajasini baholashda va mavjud infratuzilmani optimallashtirishda qo‘llanishi mumkin.

Simulyatsiya modellari (Agent-based modeling) , Simulyatsiya modellari orqali turistlar

harakatlanishining virtual modellarini yaratish mumkin. Ushbu modellar turistlarning
harakat yo‘nalishlarini, joy tanlashini va xizmatlardan foydalanish ehtimolini prognoz qilish
imkonini beradi. Har xil ssenariylar asosida turizm aglomeratsiyalarining optimal
joylashtirishni aniqlash mumkin. Bu murakkab tizimlarni individual "agentlar" darajasida
modellashtirish usuli bo'lib, agentlarning o'zaro ta'siri orqali tizimning butun faoliyatini
tushunishga imkon beradi. ABM, ayniqsa, turizm, ekologiya, iqtisodiyot, transport va shunga
o'xshash sohalarda qiyin va murakkab muammolarni yechishda qo'llaniladi. Turizm sohasida
(ABM) agentlar — ya'ni sayyohlar, turistik obyektlar, xizmat ko'rsatish punktlari yoki
mahalliy aholi harakatlarini va o'zaro ta'sirlarini simulyatsiya qilish orqali turistik
aglomeratsiyalarning optimal joylashtirilishi va sayyohlar oqimlarini boshqarish jarayonini
modellashtirish imkonini beradi. ABMning asosiy xususiyatlari:
1.

Agentlar

: Agentlar — bu tizimda harakat qiladigan asosiy elementlar. Turizm sohasida

agentlar sayyohlar, turistik obyektlar, mehmonxonalar, transport vositalari yoki boshqa
xizmat ko'rsatish nuqtalari bo'lishi mumkin.
2.

Qoidalar

: Har bir agent ma'lum qoidalarga asosan harakat qiladi. Masalan, sayyohlar

diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishda masofa, narx, joyning jozibadorligi kabi
ko'rsatkichlarga asoslanib tanlov qiladilar.
3.

O'zaro ta'sirlar

: Agentlar o'zaro ta'sirga kirishib, tizim ichidagi ma'lumotlarni

almashadilar va qaror qabul qiladilar. Masalan, sayyohlar xizmat sifatiga yoki transport
imkoniyatlariga qarab qarorlarini o'zgartirishi mumkin.
4.

Muvozanatga erishish

: Tizimning har bir agentining o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqib, ABM

butun tizim qanday harakatlanishini aniqlaydi. Bu agentlarning o'z xulq-atvoriga asoslangan
holda qabul qiladigan qarorlari tizimni muvozanatli holatga olib kelishi mumkin.


background image

6

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” qonuni 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-

son

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. [20.12.2022].

https://president.uz/oz/lists/view/5774

3.

R.Butler. Tourism Area Life Cycle: Contemporary Tourism Reviews-2006. P.45-46

4.

D. Ioannides “Tourism in the Age of Globalisation” 2000. P.90-112

5.

Leiper N.Tourism system: an interdisciplinary perspective. Palmerston North, New

Zealand: Department of Management Systems, Business Studies Faculty, Massey University,
1990, 289 p

6.

Кодиров, Ф. "Protsess razrabotki igrovogo dvijka unity." Scienceweb academic papers

collection (2019).
7.

Қодиров, Фаррух. "Процесс разработки игрового движка unity." ахборот-

коммуникация технологияларини ривожлантириш шароитида инновациялар
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
8.

Qodirov, Farrux. "Aqlli uy" tizimining imkoniyatlari" Scienceweb academic papers

collection (2019).
9.

Qodirov, Farrux. "Description and performance of the program 3d max studio." ахборот-

коммуникация технологияларини ривожлантириш шароитида инновациялар
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
10.

Qodirov, Farrux. "Gpon texnologiyasi-optik kirish tarmog'i." ахборот-коммуникация

технологияларининг ривожланиш истиқболлари мавзусидаги Республика илмий-
амалий анжуман маърузалар тўплами (2018).

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” qonuni 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. [20.12.2022]. https://president.uz/oz/lists/view/5774

R.Butler. Tourism Area Life Cycle: Contemporary Tourism Reviews-2006. P.45-46

D. Ioannides “Tourism in the Age of Globalisation” 2000. P.90-112

Leiper N.Tourism system: an interdisciplinary perspective. Palmerston North, New Zealand: Department of Management Systems, Business Studies Faculty, Massey University, 1990, 289 p

Кодиров, Ф. "Protsess razrabotki igrovogo dvijka unity." Scienceweb academic papers collection (2019).

Қодиров, Фаррух. "Процесс разработки игрового движка unity." ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш шароитида инновациялар мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "Aqlli uy" tizimining imkoniyatlari" Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "Description and performance of the program 3d max studio." ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш шароитида инновациялар мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "Gpon texnologiyasi-optik kirish tarmog'i." ахборот-коммуникация технологияларининг ривожланиш истиқболлари мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман маърузалар тўплами (2018).