BADIIY TARJIMADA SHE’RIY SAN’ATLAR MUTANOSIBLIGI

Аннотация

Muhammad Yusuf o‘zbek xalqining eng sevimli shoirlaridan biri edi. U qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, o’z she’rlari bilan kitobxonlar qalbida o‘chmas iz qoldirgan sevimli va erka shoirdir. U xalqning yuragidagi dardni yaxshi his eta olgan. Shu sababli, mehnatkash, soddadil insonning dard-hasratlarini o‘zida mujassam etgan she’rlari kitobxonlar ko‘nglidan tez o‘rin oladi. Shoir qaysi mavzuda she’r yozmasin, unda Vatanning nafasi ufurib turadi. Muhammad Yusufning shoirligi Vatan nomli buyuk ildizga borib tutashadi. U shoirlikka biror-bir martaba yoki mansab sifatida qaramaydi, aksincha Vatani oldidagi ma’suliyat deb qaraydi.  Shoir she’rlarini tashqaridan kuzatib emas, xalq orasida yashab yaratdi. Shuning uchun ham xalq dardi, armoni va iztiroblarini chuqur his eta bilgan. Qalbdan chiqqan sodda, samimiy tuyg‘ular xalq qalbidan chuqur joy ola bildi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
42-44
39

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Anvarova , Z. (2025). BADIIY TARJIMADA SHE’RIY SAN’ATLAR MUTANOSIBLIGI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 42–44. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62926
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Muhammad Yusuf o‘zbek xalqining eng sevimli shoirlaridan biri edi. U qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, o’z she’rlari bilan kitobxonlar qalbida o‘chmas iz qoldirgan sevimli va erka shoirdir. U xalqning yuragidagi dardni yaxshi his eta olgan. Shu sababli, mehnatkash, soddadil insonning dard-hasratlarini o‘zida mujassam etgan she’rlari kitobxonlar ko‘nglidan tez o‘rin oladi. Shoir qaysi mavzuda she’r yozmasin, unda Vatanning nafasi ufurib turadi. Muhammad Yusufning shoirligi Vatan nomli buyuk ildizga borib tutashadi. U shoirlikka biror-bir martaba yoki mansab sifatida qaramaydi, aksincha Vatani oldidagi ma’suliyat deb qaraydi.  Shoir she’rlarini tashqaridan kuzatib emas, xalq orasida yashab yaratdi. Shuning uchun ham xalq dardi, armoni va iztiroblarini chuqur his eta bilgan. Qalbdan chiqqan sodda, samimiy tuyg‘ular xalq qalbidan chuqur joy ola bildi.


background image

42

BADIIY TARJIMADA SHE’RIY SAN’ATLAR MUTANOSIBLIGI

Anvarova Zulfiyaxon

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

“Badiiy tarjima” to‘garagi o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14699442

Muhammad Yusuf o‘zbek xalqining eng sevimli shoirlaridan biri edi. U qisqa umr ko’rgan

bo’lsa-da, o’z she’rlari bilan kitobxonlar qalbida o‘chmas iz qoldirgan sevimli va erka shoirdir.
U xalqning yuragidagi dardni yaxshi his eta olgan. Shu sababli, mehnatkash, soddadil
insonning dard-hasratlarini o‘zida mujassam etgan she’rlari kitobxonlar ko‘nglidan tez o‘rin
oladi. Shoir qaysi mavzuda she’r yozmasin, unda Vatanning nafasi ufurib turadi. Muhammad
Yusufning shoirligi Vatan nomli buyuk ildizga borib tutashadi. U shoirlikka biror-bir martaba
yoki mansab sifatida qaramaydi, aksincha Vatani oldidagi ma’suliyat deb qaraydi. Shoir
she’rlarini tashqaridan kuzatib emas, xalq orasida yashab yaratdi. Shuning uchun ham xalq
dardi, armoni va iztiroblarini chuqur his eta bilgan. Qalbdan chiqqan sodda, samimiy tuyg‘ular
xalq qalbidan chuqur joy ola bildi.

Shoir nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahonda o‘z ixlosmandlariga ega ijodkor

hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan shoir ijodidagi durdona asarlarni chet tillariga tarjima qilish
dolzarb masalardan biridir.

Hozirgi kunda o‘zbek adiblarining ijodiy ishlari, asarlarini turli chet tillariga tarjima

qilish adabiyotshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Adabiyot − so‘z san’ati
hisoblanar ekan, badiiy asarlar tarjimasiga nisbatan ham bu ta’rifni qo‘llash mumkin. Chunki
tarjima adabiyoti original adabiyotning hosilasi. Badiiy asarlar tarjimasi uchun til bilishning
o‘zi kifoya qilmaydi, buning uchun ijodkorlik iste’dodi va badiiyat ilmidan xabardorlik ham
talab etiladi. Tarjima san’ati lisoniy faoliyatga asoslangan soha bo’lib, o’zida bir qancha
lingvistik va ekstralingvistik omillar va turli qiyinchiliklarni aks ettiradi. Biz Muhammad Yusuf
nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan “Badiiy tarjima” to‘garagida shoirning “She’riyat bu…”
she’rini ingliz tiliga tarjima qilishga urindik, va undagi ba’zi she’riy uslublar va vositalarning
boshqa tillardagi ekvivalentlarini ko’rib chiqdik.

Tarjimaning muhim muammolaridan biri bu turli tillardagi frazeologizmlar (maqol,

matal, idioma) tarjimasidir. K.Chukovskiy iloji boricha maqollarni so‘zma-so‘z tarjima qilishga
intilish kerakligini aytadi. Chunki “ularda xalqning tug‘ma xususiyati, fikrlashning milliy
uslubi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi”, – deb yozadi. Ammo ba’zan shoirlar shaxsiy ko’chirimlar
va o’xshatishlardan ham foydalanishadi. Ushbu poetik hodisalar tarjimasi ba’zi o’zgarishlarga
ham yo’l berishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, yuqoridagi she’rda “kiyik so’qmoq” iborasiga
yuzlansak.

She’riyat bu – qadim buyuk
so’qmoq ekan…

Kiyik so’qmoq ekan, kiyik
so’qmoq ekan.

Ushbu jumla orqali shoir she’riyat so’qmog’ining naqadar nozik va nafis ekanligini, u

bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish lozimligini ushbu metafora orqali ifodalagan.
Yuqoridagi misralarni tarjima qilish jarayonida tarjima imkoniyatlarini hisobga olgan holda
metafora obyektini o’zgartirishga jazm qildik. Huddi shu ma’noni beruvchi poetik uslubdagi
sifatdan foydalandik:


background image

43

Poetry is ancient, poetry is- grand
It’s a path…

The path so delicate, the path
So delicate.

Yozuvchining o‘ziga xos uslubini va badiiy asar tilini jozibador, emotsional-ekspressiv

ta’sirchan qilib beruvchi shunday tasviriy vositalar borki, ulardan biri oksyumoronlar
hisoblanadi. Kishi yoki predmetning tabiati va mohiyatiga xos bo‘lmagan zid belgini unga
nisbatan qo‘llash orqali antonimik munosabat hosil qilish oksimoron deyiladi. She’riyatda va
adabiyotda ushbu stilistik uslubdan keng foydalaniladi. Misol uchun,

Shirin azob ekan

, jonni

Yoqmoq ekan,
Bir qo’lda gul, bir qo’lingda
chaqmoq ekan.
Mazkur she’riy parchada shoir she’riyatni shirin azob oksyumoroni orqali ta’ri flaydi.

Ya’ni, shoir ilhom kelgan vaqtda qalbida qandaydir dardni his qilsagina ma’lum bir she’r
yarata olishini ta’kidlaydi. Mana shu ilhom kelgan vaqtdagi holat, kechinma, tuyg’ular,
ko’zyoshlar azob bo’lsa, u tufayli dunyoga kelgan she’rni juda shirin ne’matga qiyoslaydi.
Tarjimamizda biz ham ayni shu she’riy san’atga murojaat qildik,

Sweet tornment

it brings, the soul

It endures
A flower in one hand, a fire
The other holds.
Keyingi misralar savol tarzida namoyon etilgan. Shoir bag’rini pora-pora bo’lgan nayga

qiyoslaydi:

Yuragim-ey, boshlab kelding
Meni qayga?
Bag’rim o’xshar pora-pora

Bo’lgan nayga.

Ushbu misralarda “simile” stilistik uslubidan foydalandik. Qiyoslash jarayonida ma’lum

sintetik vositalardan foydalanilgani sababli ingliz tilida ham shunday qiyoslar yuzaga
keltirdik:

Oh, a heart of mine, where did you
Roam and stray?
My chest is in shreds, so measy

As torn as hay.

She’riyat bu – obrazli tafakkur demakdir. Chinakam shoir obrazni shu darajada aniq-

tiniq tasvirlaydiki, bu obraz o‘quvchi ko‘z o‘ngida yorqin manzara hosil qiladi.

Ko’nglim sezar – bu so’qmoqdan
O’tolmayman,

Qaytib ketay desam, qaytib

Ketolmayman.

Chaqirtoshlar tovonimdan
Tishlab olgan,


background image

44

Qo’llarimdan kiyikchalar
Ushlab olgan.
Tovoni chaqirtoshlarga botib, qo‘llaridan kiyikchalar ushlab olgan shoir obrazi – chindan

ham nozik topilma. Obraz shu darajada jozibaliki, ko‘ngilda hayrat uyg‘otadi, tasavvurda
muhrlanib qoladi. Tarjimada bu obrazni sofligicha saqlashga urindik va bu jarayonda she’riy
takror uslubidan ham foydalandik.

Feels how unable is my aching heart.
To pass this pain

If I say I’ll return, I want, I

Shall only feign.

Splinter, stones have so tightly bitten
My boots and heels,
The fawnies have held so, so fast
Captured- my hands.
Ma’lumki, har qanday tarjima muayyan darajada ijodiy ish hisoblanadi. Badiiy asarlar

tarjimasi esa alohida yondashuvni talab etishi, mahorat va san’atkorlikni taqozo qilishi
jihatidan san’at iqlimidir.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Muhammad Yusuf shе’riyati nafaqat mаzmun,

g‘оya vа shаkl tеrаnligi, bаlki оhаng, uslub, pоetik оqim jihаtidаn hаm nihоyatdа rаng-bаrаng
she’riyatdir. Shoir she’rlaridagi lirik qahramоnning har bir so‘zida insоniyat qismatidan
bеzоvta qalb kеchinmalari, zamоn taqdiriga javоbgarlik hissi ufurib turadi va bu tuyg‘u
kitobxonni ham yashovchanlikka, ogohlikka, hayotsevarlikka undab turadi. Aynan shu lirik
kechinmalarni tarjimaga ko’chirish ham mashaqqatli, ham zavqli jarayon. Shoirning
she’rlarini yanada ko’proq tillarga tarjima qilish orqali shoir qoldirgan bebaho merosga o’z
hissamizni qo’shishimiz mumkin.