IBN XALDUN FALSAFASI VA UNING IJTIMOIY NAZARIYALARNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Annotasiya

Ushbu tezisda Ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy g’oyalari va nazariyalari, falsafasi va uning zamonaviy fanlarga qo’shgan hissasi va o’rni o’rganilgan. Uning hayoti va u qoldirgan meros “Muqaddima” asaridagi falsafiy g’oyalari tahlil qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
55-57
36

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nazirov, S. . (2025). IBN XALDUN FALSAFASI VA UNING IJTIMOIY NAZARIYALARNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 55–57. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/63802
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda Ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy g’oyalari va nazariyalari, falsafasi va uning zamonaviy fanlarga qo’shgan hissasi va o’rni o’rganilgan. Uning hayoti va u qoldirgan meros “Muqaddima” asaridagi falsafiy g’oyalari tahlil qilingan.


background image

55

IBN XALDUN FALSAFASI VA UNING IJTIMOIY NAZARIYALARNING

RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Nazirov Sherzodbek Rustamsher o’g’li

Andijon Davlat Universiteti Falsafa fakulteti, ijtimoiy falsafa yo’nalishi mustaqil

tadqiqotchisi. +998881632666, sherzodbeknazirov90@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14723119

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy g’oyalari va nazariyalari,

falsafasi va uning zamonaviy fanlarga qo’shgan hissasi va o’rni o’rganilgan. Uning hayoti va u
qoldirgan meros “Muqaddima” asaridagi falsafiy g’oyalari tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

“Muqaddima”, “asabiyya”, sotsiologiya, siyosatshunoslik, geosiyosat,

tarixshunoslik, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, “Kitab ul-ibar”, axloq, qon-qarindoshlik,
guruh hissi, ijtimoiylik, ibtidoiylik.

Ibn Xaldun (1332-1406) Sharq falsafasi va ijtimoiy fanlar tarixida alohida o’rin egallagan

mutaffakirlardan biri hisoblanib, uning falsafasi va nazariyasi zamonaviy ijtimoiy fanlar
rivojiga ulkan hissa qo’shgan. Ibn Xaldunning eng mashxur asari “Muqaddima” bo’lib, unda u
tarix, sotsiologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik fanlarining asosiy
tamoyillarini o’ziga xos tarzda falsafiy yondashuvda bayon qilib o’tgan.

Ibn Xaldun Abu Zayd ibn Muhammad (1332-yil 27 may, Tunis- 1406-yil 17-mart,

Qohira)-arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushd izdoshi. 1349-1375 yillarda Tunis, Fes,
G’arnota, Bujioya(Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yil
Misrga kelib, mudarrislik qilgan umrining oxirida molikiylar mazhabi qozisi bo’lgan.

Asosiy asari: “Kitob ul-ibar” (“Ibratli misollar kitobi”, 1370). Asarda Ibn Xaldun jamiyat

xususida o’z fikrlarini hamda sharq musilmon xalqlari tarixini bayon qilgan. Ibn Xaldun
kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va boshqa moddiy omillarga bog’liq
hisoblagan. Agarda Ibn Xaldun o’z tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy
muassasalar kishilar turmushi bilan bog’liqligini hamda mexnat va kishilarning o’zaro
munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. Ibn Xaldun
tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan

1

.

Ibn Xaldun jamiyatni rivojlanish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilishga urinib ko’rgan

ilk olimlardan biridir. Ibn Xaldun jamiyatlar rivojlanishi va sivilizatsiyalar rivojlanishini
davriy jarayon deb ta’riflagan. U jamiyatning rivojlanishi, gullab-yashnashi va tanazzulga yuz
tutishini tahlil qilgan.

Ibn Xaldun inson ibtidosining hayvonot olami ichida bo’lgan vaqtini yovvoyilik

(tavaxxush) deb atashgan. Inson tabiati qo’ynida faoliyat yuritar ekan, kichik jamiyatlarga
(ijmo) uyushib yashashni boshlashdi. Ijmo bu jamiyat, u o’z taraqqiyoti davrida ikki bosqichni
ibtidoiylikni (badaviya) va tamaddun (hadaro) bosqichlarini bosib o’tadi

2

.

Barbarlik bosqichi- qabilalar va xom-ashyo iqtisodga asoslangan jamiyat. Madaniyat

bosqichi- iqtisodiy rivojlanish va kuchli ijtimoiy tuzilmalar shakllangan davr. Inqiroz bosqichi-
haddan tashqari farovonlik vaa ma’muriy tizimning zaiflashishi oqibatida tanazzul.

Asabiyya (ijtimoiy birdamlik) nazariyasi. Ibn Xaldun “asabiyya” atamasi bilan

jamiyatning birlik va birdamlik ruhini ifoda etadi. Unga ko’ra, asabiyya jamiyatning
mustahkamlanishida asosiy omil bo’lib, uning zaiflashishi jamiyatning parchalanishiga olib

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn_Xaldun

2

Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1. с. 94


background image

56

keladi.

Tarjimonlar “al-asabiyya” atamasining turli ta’riflari va tarjimalarini taklif qilganlar

masalan, “ijtimoiy birlik”, “birdamlik”, “guruh hissi”, “esprit de”, “ibtidoiy birdamlik hissi” va
“irratsional birdamlik hissi”. Ba’zilar al-asabiyyani tajovuzkor qabila kuchi va mantiqsiz
birdamlik hissi sifatida belgilagan va hokimyatga intilish sifatida tushinilgan.

Ibn Xaldun “asabiyya” atamasini quyidagi ma’nolarda qo’llaydi:

1.

Qon-qarindoshlik aloqasi.

2.

Qon-qarindoshlik munosabatlari orqali bog’liq bo’lgan odamlar guruhi.

3.

Qon-qarindoshlik munosabatlari asosida shakllangan birdamlik hissiyoti.
Ibn Xaldun ijtimoiy hayotiy tartibning bo’rtib turuvchi o’zak omili taassub deb biladi.

Endi “asabiyya”, ya’ni “taassub” tushinchasining mohiyatini va jamiyat xayotidagi o’rnini
o’rganib chiqamiz.

Jamiyat ibtidoiylikdan tamaddunga o’tar ekan, shu bilan bir vaqtda bu jarayon ibtidoiy

demokratiya va tengsizlik munosaabatlaridan bo’ysunish, boshqarish munosabatlariga
o’tishini ham o’zida ifoda etadi. ibtidoiylik bosqichida odamlarni bog’lab turadigan
munosabatlarni Ibn Xaldun “asabiyya” deb nomlangan

3

.

Ibn Xaldun falsafiy qarashlaridan yan bir muhimi bu mexnat va iqtisodiyotning roli. Ibn

Xaldun iqtisodiy faoliyatini jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida ko’rgan. Mehnat va ishlab
chiqarishning o’sishi jamiyatning boylik yaratish va madaniy yuksalishi imkoniyatlarini
kengaytiradi.

Uning ijtimoiy nazariyalarga ta’siri. Ibn xaldunning ijtimoiy falsafasi hozirgi zamonaviy

ijtimoiy fanlarga asos bo’lib xizmat qilgan. Uning asarlari Yevropa va Islom dunyosida tarix,
sotsiologiya va iqtisodiyotning rivojiga quyidagicha ta’sir ko’rsatdi:
1.

Ibn Xaldun ko’plab mutaxassislar tomonidan “sotsiologiya fanining asoschisi” deb e’tirof

etiladi. U jamiyatni o’z-o’zini tashkil qilish tamoyillari, ijtimoiy o’zgarishlarni va guruhlarning
o’zaro aloqalarini tizimli o’rgangan.
2.

Tsiklik rivojlanish g’oyasi. uning davriy rivojlanish nazariyasi keyinchalik Yevropa

tarixshunosligida Osvald Shpengler va Arnold Toynbi kabi tarixchilar tomonidan
rivojlantirilgan.
3.

Iqtisodiy tamoyillar. Ibn Xaldun iqtisodiyotning jamiyatdai rolini chuqur tahlil qilib,

soliqlar, savdo va ishlab chiqarishning iqtisodiy barqarorlikka ta’sirini o’rganib chiqqan.
Uning iqtisodiy tamoyillari zamonaviy iqtisodiy nazariyalar rivojlanishiga turtki bo’lgan.
4.

Geosiyosat va ijtimoiy nazariya. Ibn Xaldunning geografik muhit va hokimyat o’rtasidagi

bog’liqlik haqidagi fikrlari bugungi geosiyosat tahlillarida ham ahamiyatli.

Ibn Xaldunning ijtimoiy falsafasi va nazariyalari sotsial fanlarning rivojlanishida

inqilobiy qadam bo‘lib xizmat qildi. U jamiyatni o‘rganishda empirik va tizimli yondashuvni
joriy etib, ijtimoiy fanlarning yangi bosqichiga yo‘l ochdi. Uning “asabiyya”, tsikllik rivojlanish
va iqtisodiy tamoyillari nafaqat Islom dunyosida, balki Yevropa ilm-fanida ham katta ta’sir
ko‘rsatdi. Ibn Xaldunning eng katta yutug‘i – jamiyatni tahlil qilishda nazariy tushunchalarni
amaliy tajribaga bog‘laganidir. Uning asabiyya (ijtimoiy birdamlik) haqidagi konsepsiyasi
shundan dalolat beradiki, jamiyatning barqarorligi va rivoji birdamlik darajasi bilan bevosita

3

Bakhtiyorovich, S. J. (2023). Interpretation of the Approaches to the Concept of the State in the Ethical Views of Abu

Zayd Abdurahman Ibn Khaldun. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(6), 161-164.


background image

57

bog‘liqdir. Bu nafaqat o‘tmish jamiyatlariga, balki bugungi zamon davlatlariga ham tegishli
bo‘lgan universal nazariyadir. Masalan, milliy birlik yoki ijtimoiy kapital kabi tushunchalar Ibn
Xaldunning g‘oyalari bilan uyg‘unlashadi.Tsikllik rivojlanish nazariyasi esa jamiyat va
sivilizatsiyalar tabiatidagi davriylikni oydinlashtiradi. U har bir jamiyatni tabiiy o‘sish va
tanazzul bosqichlariga ega tizim sifatida ko‘rgan. Bu g‘oya Arnold Toynbi yoki Osvald
Shpengler kabi keyingi g‘arb olimlariga kuchli ta’sir o‘tkazgan. Ibn Xaldunning fikricha,
sivilizatsiya o‘zining kuchli asabiyyasi tufayli barpo bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan haddan tashqari
farovonlik va ichki zaiflik sabab tanazzulga yuz tutadi. Bu nazariya har qanday davlatning
uzoq muddatli barqarorligi uchun doimiy ijtimoiy birdamlik va ichki kuch zarurligini
ko‘rsatadi. Shuningdek, uning iqtisodiyot haqidagi fikrlari, ayniqsa soliqlar va ishlab chiqarish
bo‘yicha mulohazalari, bugungi kunda ham dolzarbdir. U jamiyatning iqtisodiy barqarorligini
saqlash uchun hukumat faoliyatini muvozanatli tashkil etish zarurligini ta’kidlagan. Soliqlarni
haddan tashqari oshirish iqtisodiy faoliyatni susaytirishini, ishlab chiqarishning asosiy
manbai esa mehnat ekanini ko‘rsatgan. Bu yondashuv bugungi iqtisodiy nazariyalar, jumladan
fiskal siyosat va davlat boshqaruvining samaradorligini tahlil qilish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Xulosa qilib aytganda, Ibn Xaldun ijtimoiy fanlar rivojiga chuqur iz qoldirgan va uning
asarlari nafaqat tarix, balki bugungi zamonaviy sotsiologiya, iqtisodiyot va siyosatshunoslikda
ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. U ilmiy tahlil, tarixiy tajriba va falsafiy mulohazalarni
uyg‘unlashtirib, jamiyatni tushunish uchun asos yaratdi va bu borada Yevropa hamda Islom
olamida ilmiy tafakkurni yangi bosqichga olib chiqdi.

References:

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn_Xaldun

2.

Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984

г.

3.

Bakhtiyorovich, S. J. (2023). Interpretation of the Approaches to the Concept of the State

in the Ethical Views of Abu Zayd Abdurahman Ibn Khaldun. Central Asian Journal of Social
Sciences and History.

Bibliografik manbalar

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn_Xaldun

Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г.

Bakhtiyorovich, S. J. (2023). Interpretation of the Approaches to the Concept of the State in the Ethical Views of Abu Zayd Abdurahman Ibn Khaldun. Central Asian Journal of Social Sciences and History.