Авторы

  • Mohlaroyim Yarashova
    Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.63832

Ключевые слова:

tasavvuf haqiqat borliq iroda falsafa zikr ma’rifat ma’naviyat qadriyat hikmat taraqqiyot.

Аннотация

Ushbu maqolada Ibn Arabiyning hayoti va faoliyati butunlay so‘fiylik yo‘li bilan chambarchas bog‘liqligi, uning tarjimai holi va so‘fiylik ma’rifatining rivojlanishi, asarlarida keltirilgan tasavvufiy g‘oyalar, borliq, haqiqat va inson tushunchalari tahlil qilingan.


background image

72

IBN ARABIYNING INSON BORLIG‘IGA DOIR QARASHLARI: ILM, RUH VA

HAQIQAT

Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi

Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi o‘qituvchisi

mohlaroyimyarashova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14748250

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

Ibn Arabiyning hayoti va faoliyati butunlay so‘fiylik yo‘li

bilan chambarchas bog‘liqligi, uning tarjimai holi va so‘fiylik ma’rifatining rivojlanishi,
asarlarida keltirilgan tasavvufiy g‘oyalar, borliq, haqiqat va inson tushunchalari tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

tasavvuf, haqiqat, borliq, iroda, falsafa, zikr, ma’rifat, ma’naviyat, qadriyat,

hikmat, taraqqiyot.

Ibn Arabiyning hayot yo‘li tom ma’noda so‘fiylik yo‘lidir. Bunday nuqtai nazar bizga uning

tarjimai holi va uning so‘fiylik ma’rifatining rivoji to‘g‘risidagi ma’lumotlariga alohida e’tibor
qaratishga imkon yaratadi. Buning uchun birinchi navbatda so‘fiylikning mohiyati va u bilan
bog‘liq bo‘lgan haqiqat, borliq va inson kabi tushunchalarni tahlil qilib chiqish kerak bo‘ladi.

Ibn Arabiy “Ruhu-l-qudus fi muhasabati-n-nafs” asarida ko‘plab shayxlar bilan qilgan

o‘zaro aloqalari haqida so‘z yuritadi. Mutasavvif shayxlarning o‘ziga xos xarakterli
xususiyatlarini keltiradi. Ibn Arabiy Abu Ja’far al-Uraybiy bilan suhbatni eslaydi: “Uning yoniga
borganimda u menga qarab dedi: “Xush kelibsan, yaxshi xulqli yigit. Sendan boshqa barcha
bolalarim meni yoqtirayotgandek ko‘rsatadilaru mening ehsonimdan xursand emaslar. Buni
sen ham bilasan, bu hammaga ma’lum. Xudo xohlasa, hali bu haqda eslaysan”. Ibn Arabiy
ustozining ilm berish uslubi haqida quyidagi fikrni keltiradi: “Ustozim meni yaxshi ko‘rar edi,
lekin buni sezdirmaslikka harakat qilar edi. Ustoz boshqalar yoniga borayotganda meni tashlab
o‘tar, majlislarda boshqalarni maqtasa, mening kamchiligimni aytar va hatto so‘kar edi. Men
bilan ko‘pdan beri uning qo‘l ostida va xizmatida bo‘lgan yaqin o‘rtoqlarim ham ularning
ichidagi eng iqtidorli ekanligimni bilib turishsada, meni irodasizlikda ayblashar edi”.
Mutasavvif piri Solih al-Aduvviyning xayotidagi voqealar tug‘risida aytgan fikrlarini
kuyidagicha keltirib o‘tadi: “U bizga qattiq bog‘lanib qolgan va faqat bizga qanday qilsa, ko‘proq
foydasi tegishi mumkinligi haqida o‘ylar edi. U menga kelgusi hayotimda kerak bo‘ladigan
narsalar haqida gapirib berar edi. Keyinchalik uning barcha aytganlari bo‘ldi” [1].

Ibn Arabiy Abu Abdulloh ash-Sharafiyni ustozi sifatida bilib, uni juda salobatli bo‘lganini,

uning o‘zi birinchi bo‘lib, so‘z ochmasa, boshqalar so‘z boshlashga jur’at qila olmasligi aytib
o‘tadi: “Men undan o‘zimni duo qilishimni so‘radim, U duo qildi va men bilan avvalgilardek
suhbatlashib o‘tirdi. Men undan hurmat izzatni va ko‘plab boshqa xulqlarni o‘zlashtirganman.
Uning menga foydasi ko‘p bo‘lgan”.

Ibn Arabiyning Borliqning umumiy masalalariga oid asarlari qatoriga quyidagilarni

keltirib o’tishimiz mumkin: “Risolai vujudiyya”

ةلاسرلا

ةيدوجولا

(“Vujud haqida risola”) - bu

risolada muallif tavhid, vahdatul-vujud, ya’ni Xudoning yagonaligi, mavjudligi haqida Qur’on
oyatlari va hadisi sharifdan ma’lumotlar keltirib tasavvufiy g‘oyalar bilan bog‘lagan. Muallif
asarni quyidagi jumlalar bilan boshlaydi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning “Kim o‘zini
anglasa, Rabbisini anglaydi”, degan hadisining ma’nosi sharhlaydi. Mutasavvif risolani hol
ilmiga o‘tganlar, mohiyatni anglaganlar uchun yozilganligini aytadi. Ibn Arabiy bu risolasini
omma uchun emas, balki xoslar uchun, yanada to‘g‘rirog‘i o‘z ta’limoti tarafdorlari va izdoshlari
uchun yozgan. Biroq asar falsafa va tasavvuf ilmiga qiziquvchilar uchun muhim manba bo‘lib


background image

73

xizmat qiladi.

“Risolatul vaqt val on” (“Onlar va vaqtlar to‘g‘risida risola”). Ibn Arabiy bu asarini

soliklarning tariqat talablarini bajarishlarida va o‘z maqsadlariga erishishlarida vaqtning va
vaqtning har bir bo‘lagining ahamiyati naqadar katta ekanligiga bag‘ishlagan. “Risola fi asroriz
zotil ilahiyya” (“Ilohiy zotning sirlari to‘g‘risida”). Bu asarda Ibn Arabiy ilohiy zotning namoyon
bo‘lish sirlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qiladi. U bu olamni Ilohning so‘z bilan tushuntirib
bo‘lmas “al-hazrat al-ahadiyya” (ya’ni, “yagonalik sifati”)ning ismlar va sifatlarni o‘zida
jamlagan “al-hazrat al-vohidiyat” (ya’ni, “Birlik sifati”) ko‘rinishida namoyon bo‘lishi deb
tushuntiradi.

Shuningdek, Ibn Arabiyning Inson borlig‘iga oid asarlari sifatida quyidagilarni keltirib

o’tishimiz mumkin: “Kitabut tadbirotil ilahiyya fi islohil mamlakatil insoniyya” (“Inson
mamlakatini isloh qilishdagi ilohiy tadbirlar”). Ibn Arabiy bu asarini tuzilishiga ko‘ra boshqa
asarlaridan farq qiladigan tarzda tuzgan. Muqaddimadan so‘ng boblar boshlanmay, olti o‘rinda
“Xoslar uchun sir” mavzusi ostida o‘z fikrlarini bayon qilgan. Shundan so‘ng boblar boshlanib,
tegishli tartibda fasllar ketma-ketligida yozilgan.

Asarning bosh maqsadi inson borliqning gultoji ekanligini bayon qilish bo‘lib, bunda

mutasavvif insonning vujudga kelishini ilohiy jihatdan tasvirlaydi. Asar shunday boshlanadi:
“Insonni O‘zining ilmi vujudidan ayni vujudiga chiqargan Allohga hamd bo‘lsin. Bilginki, U avval
bir javharni yaratdi, unga jalol ko‘zi bilan boqdi. Javhar Uning nazaridan hayo qilib eridi, suv
bo‘ldi. Ichida ilmining javhar-u durlari paydo bo‘ldi. So‘ngra suvdan ozginasini tarnov bilan
mijoz novdasiga quydi. Shu novdani inson deb atadi va unga surat berdi. Suratning ko‘zini va
qulog‘ini teshdi. Uning vujudida olami akbar, ya’ni katta olamdagi hamma narsaning bor
bo‘lishiga hukm qildi. Uning tadbirini qilib, miqdorini belgiladi” [2].

“Fususul hikam” (“Hikmatlarning shodalari”). Asar katta hajmli bo‘lib, unda Qur’onda

nomlari zikr qilingan payg‘ambarlarning har birining payg‘ambar qilib yuborilishidagi ilohiy
hikmatlar ochib berilgan. Bu asar juda mashhur bo‘lib unga ko‘plab sharhlar yozilgan.
Jumladan, yurtdoshlarimizdan Xoja Muhammad Porso ham Sharhi Fususul hikam nomli sharh
yozgan. Asarning ikkinchi nomi Kitabu naqshil fusus (Qimmatbaho toshlardagi naqsh) ham
manbalarda uchraydi. Asar Qur’onda payg‘ambarlar to‘g‘risida kelgan oyatlarning ma’nolarini
ochish orqali har bir payg‘ambarning payg‘ambarlik silsilasidagi vazifasi va maqomi qanday
bo‘lganligini ko‘rsatib beradi. Bu asarning ham umumiy mazmuni olamning yagona vujuddan
tashqarida emasligi g‘oyasi, ya’ni “vahdatul vujud” g‘oyasidan iborat. Buni “Odam so‘zidagi
ilohiy hikmat” deb nomlangan birinchi mavzuning o‘zida ko‘ramiz: “Bilginki, Allohning go‘zal
ismlari, ya’ni asmaul husnaning har biri o‘z zoti bilan olamning vujudini talab qiladi. Alloh ta’olo
olamni yaxlit jasad tarzida vujudga keltirdi va Odam alayhissalomga o‘z ruhini kiritdi, ya’ni
Odam bilan insoniy olamni vujudga keltirdi. “Va Odamga barcha ismlarni o‘rgatdi” (Baqara: 31-
oyat.). Darhaqiqat, Ruh odamdagi quvvatlar vositasida badanni boshqaradi” [3].

Xulosa qilib aytganda, Ibn Arabiyning ilmiy merosi, uning so‘fiylik, borliq va inson

haqidagi g‘oyalari tasavvuf ilmiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Uning asarlari, xususan, “Risolai
vujudiyya”, “Risolatul vaqt val on”, va “Fususul hikam” singari asarlar, tasavvufiy ilm va
falsafaning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ibn Arabiyning “vahdatul vujud” g‘oyasi olamning
yagona va bir-biriga bog‘liq borligini ta’kidlaydi, insonning mohiyati esa ilohiy birligidan
ajralmas ekanligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Ibn Arabiyning ilmiy yondashuvi va uning o‘rgatganlaridan foydalanish,


background image

74

so‘fiylikning chuqur mohiyatini anglashga yordam beradi. Usta-shayxlar bilan bo‘lgan o‘zaro
munosabatlari, insonning ichki olami va ilohiy sirlarga bo‘lgan muhabbatni rivojlantirishga
qaratilgan tajribalarini ta’kidlab, o‘z asarlarida ular orqali chuqur ma’lumotlar va hayotiy
saboqlarni o‘rgatgan. Shuning uchun Ibn Arabiyning merosi nafaqat so‘fiylik, balki inson
ruhiyatining ilmiy va falsafiy aspektlarini o‘rganish uchun ham zarurdir.

References:

1.

Ibn Arabiy. Ruhul qudus fi muhasabatin nafs. Damashq: Matba’atu Nazr, 1994. 47-bet.

2.

لئاسر

نبا

يبرع

.

قيقحت

و

ميدقت

ديعس

دبع

حاتفلا

.

دلجملا

يناثلا

.

توريب

:

راشتنلأا

يبرعلا

. 2002. 291-

ص

.

3.

Ibn Arabiy. Kitabu naqshil fusus. 2001. 394-bet.

4.

Turdiyev, B. S. (2019). The role of national harmony in the strategy of spiritual renewal.

Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(6), 229-233.
5.

Sobirovich, T. B. (2022). Uzbekistan is a Country of International Harmony and Religious

Tolerance. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 32-35.
6.

Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance in Uzbekistan.

Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1), 149-157.

Библиографические ссылки

Ibn Arabiy. Ruhul qudus fi muhasabatin nafs. Damashq: Matba’atu Nazr, 1994. 47-bet.

رسائل ابن عربي. تحقيق و تقديم سعيد عبد الفتاح. المجلد الثاني. بيروت: الأنتشار العربي. 2002. 291-ص.

Ibn Arabiy. Kitabu naqshil fusus. 2001. 394-bet.

Turdiyev, B. S. (2019). The role of national harmony in the strategy of spiritual renewal. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(6), 229-233.

Sobirovich, T. B. (2022). Uzbekistan is a Country of International Harmony and Religious Tolerance. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 32-35.

Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance in Uzbekistan. Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1), 149-157.