Авторы

  • Suhrob Dadaboyev
    Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.64790

Ключевые слова:

muzey interaktiv o’qitish ijodiy faoliyat kreativ o’qitish interaktiv usullar animatsiya virtual tur ilmiy ekspozitsiyalar interaktivlik.

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida muzey pedagogikasidan foydalanishning dolzarb masalalari, muzeyni interaktiv va kreativ oʼqitish vositasi sifatida foydalanish yo’llari, muzey pedagogikasining samaradorligini baholash bo’yicha fikr-mulohzalar yoritilgan.


background image

138

PEDAGOGIKA YOʼNALISHIDA MUZEYNI INTERAKTIV VA KREATIV OʼQITISH

VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH

Dadaboyev Suhrob Mansurjonovich

Namangan davlat pedagogika instituti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:dadaboyevsuhrob89@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14810288

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida muzey pedagogikasidan

foydalanishning dolzarb masalalari, muzeyni interaktiv va kreativ oʼqitish vositasi sifatida
foydalanish yo’llari, muzey pedagogikasining samaradorligini baholash bo’yicha fikr-
mulohzalar yoritilgan.

Kalit so’zlar:

muzey, interaktiv o’qitish, ijodiy faoliyat, kreativ o’qitish, interaktiv

usullar, animatsiya, virtual tur, ilmiy ekspozitsiyalar, interaktivlik.

Аннотация.

В данной статье освещены актуальные вопросы использования

музейной педагогики в образовательном процессе, пути использования музея как
интерактивного и креативного средства обучения, отзывы об оценке эффективности
музейной педагогики.

Ключевые слова:

музей, интерактивное обучение, творческая деятельность,

креативное обучение, интерактивные методы, анимация, виртуальный тур, научные
экспозиции, интерактивность.

Annotation.

This article covers current issues of the use of museum pedagogy in the

educational process, ways of using the museum as an interactive and creative teaching tool,
opinions and considerations on assessing the effectiveness of museum pedagogy.

Key words:

Museum, interactive teaching, creative activity, creative teaching,

interactive methods, animation, virtual tour, scientific expositions, interactivity.


Barchamizga ma’lumki, muzeylar, oʼzining tarixiy va madaniy boyliklari bilan nafaqat

oliy taʼlim muassasalari, balki maktablardagi taʼlim jarayonida ham muhim oʼrin tutadi. Ular
interaktiv va kreativ taʼlim vositasi sifatida zamonaviy pedagogikada oʼz ahamiyatiga ega.
Muzeylar pedagogika yoʼnalishida talabalarda nazariy bilimlarni emas, balki amaliy tajriba va
ijodiy faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, muzeylar taʼlimning ilgʼor usullarini
joriy etish, talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishda muhim vositaga
aylanmoqda.

Muzeylar bilim olishning faqat vizual emas, balki hissiy va ijodiy jihatlarini rivojlantiradi.

Pedagogika yoʼnalishida muzeylar, asosan, talabalarning tarix, madaniyat, sanʼat va boshqa
sohalardagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Muzeylarning oʼzgacha oʼqitish
usullaridan biri - interaktiv usullardir. Muzeylarda oʼqitishda, odatda, koʼrgazmalar, ilmiy
ekspozitsiyalar, interaktiv stendlar, animatsiyalar va virtual turlardan foydalaniladi.

Muzeyni interaktiv oʼqitish vositasi sifatida qoʼllash. Bu interaktivlik taʼlim jarayonini

faqat passiv qabul qilishdan faol ishtirokga olib chiqish. Muzeylardagi ekspozitsiyalar va
koʼrgazmalarga tegishli savollar, viktorinalar, master-klaslar va seminarlar talabalarga faol
ishtirok etishga imkon beradi. Masalan, tarixiy muzeydagi bir narsa haqida gaplashish, uni
oʼrganish va talabalarga mavzuga bogʼliq vazifalar berish, ularning tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantiradi.


background image

139

Muzeylarda faol ishlash, shubhasiz, talabalarda mustaqillik va ijodiy koʼnikmalarni

shakllantiradi. Ularning shaxs sifatida rivojlanishida kreativlik muhim oʼrin tutadi. Muzeyning
kreativ taʼlim vositasi sifatidagi roli, oʼz navbatida, talabalarning ijodiy va hayotiy
koʼnikmalarini shakllantirishga koʼmaklashadi.

Kreativlik muzeydagi oʼquv jarayonining markaziy omillaridan biridir. Pedagogika

yoʼnalishida muzeyni oʼqitish vositasi sifatida qoʼllash, koʼpincha talabalarga yangicha va
nostandart fikrlashga undaydi. Buning uchun muzeydagi amaliy mashgʼulotlar, ijodiy
koʼrgazmalar, dizayni va sanʼat olishga yoʼnaltirilgan master-klaslardan foydalanish mumkin.
Muzeyga sayohat vaqtida talabalarga turli vazifalar, masalan, biron bir davrning ijodiy ishi
yoki tarixiy voqea haqida sochinenie yozish, yoki muzeyda koʼrgan obʼekt haqida taʼrif berish,
ularning ijodiy fikrlash va tushuncha yoʼnalishida muhim bosqich hisoblanadi.

Shuningdek, kreativlik va interaktivlikni birlashtirishda muzeydagi virtual realьnostь

(VR) texnologiyalari ham muhim oʼrin tutadi. Muzeylardagi virtual sayohatlar, koʼrgazmalar
va simulyatorlar yordamida talabalar oʼzlarining hissiy va vizual bilimlarini yanada
boyitishadi. Masalan, tarixiy voqealarni virtual tarzda qayd etish, talabalarga voqealarga
hayotiy yangicha qarashni taqdim etadi va ularni faol ishtirokchiga aylantiradi.

Muzey pedagogikasining samaradorligini baholash, asosan, talabalarning bilim olishga

boʼlgan qiziqishini oshirish va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʼmaklashish
orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, muzey oʼquv jarayoniga ijodiy yondashuvni taklif
etadi va talabalarga faqat taʼlim berish bilan cheklanmay, ularni kreativ ishlab chiqishga ham
undaydi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Muzeylarning taʼlimga integratsiya qilinishi,

talabalarning bilimlarini mustahkamlash, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga katta taʼsir koʼrsatadi. Bu usullar talabalarni faol va mustaqil oʼrganishga
undaydi, shuningdek, ularning shaxs sifatida rivojlanishida muhim omil boʼlib xizmat qiladi.
Muzey pedagogikasining zamonaviy talablarga javob beradigan ilgʼor usullarini olish, taʼlim
jarayonida ijodiy va innovatsion yondashuvlarni joriy etish uchun muhim qadam boʼladi.

References:

1.

2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2019-2025 yillarda

O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi».
2.

Lichtwark A. Obungen in der Betrachtung von Kunstwerken. – Berlin: Verlag von Bruno

Cassire, 1909. – 230 p.
3.

Насруллаева П.Н. Музейное дело в системе туризма. — Дагестанский

государственный педагогический университет Кафедра «Социально-культурный
сервис и туризм» г. Махачкала.

Библиографические ссылки

-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi».

Lichtwark A. Obungen in der Betrachtung von Kunstwerken. – Berlin: Verlag von Bruno Cassire, 1909. – 230 p.

Насруллаева П.Н. Музейное дело в системе туризма. — Дагестанский государственный педагогический университет Кафедра «Социально-культурный сервис и туризм» г. Махачкала.