ЗНАЧЕНИЕ ФИДУЦИАРНЫХ ОБЯЗАТЕЛЬСТВ В ЭФФЕКТИВНОМ УПРАВЛЕНИИ БЕНЕФИЦИАРНОЙ СОБСТВЕННОСТЬЮ

Аннотация

Фидуциарные обязательства в основном направлены на защиту интересов бенефициара через принципы добросовестности, лояльности, заботы и разумного управления. В данной статье рассматривается важность фидуциарных отношений в управлении бенефициарным имуществом в современных правовых системах, формирование фидуциарных обязательств и их значение в обеспечении правовых отношений, а также анализируется состояние национального законодательства, выявляются правовые пробелы и необходимость их устранения. B статье критически рассматривается отсутствие нормативно-правовых основ, четко определяющих права и обязанности фидуциара и бенефициара в национальном законодательстве, и предлагаются рекомендации по совершенствованию национального законодательства. Кроме того, исходя из международного опыта, подчеркивается необходимость формирования правовых основ для обеспечения эффективного управления бенефициарным имуществом путем юридического укрепления фидуциарных отношений.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
9-15
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Raximova, D. . (2025). ЗНАЧЕНИЕ ФИДУЦИАРНЫХ ОБЯЗАТЕЛЬСТВ В ЭФФЕКТИВНОМ УПРАВЛЕНИИ БЕНЕФИЦИАРНОЙ СОБСТВЕННОСТЬЮ. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(2), 9–15. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/65413
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Фидуциарные обязательства в основном направлены на защиту интересов бенефициара через принципы добросовестности, лояльности, заботы и разумного управления. В данной статье рассматривается важность фидуциарных отношений в управлении бенефициарным имуществом в современных правовых системах, формирование фидуциарных обязательств и их значение в обеспечении правовых отношений, а также анализируется состояние национального законодательства, выявляются правовые пробелы и необходимость их устранения. B статье критически рассматривается отсутствие нормативно-правовых основ, четко определяющих права и обязанности фидуциара и бенефициара в национальном законодательстве, и предлагаются рекомендации по совершенствованию национального законодательства. Кроме того, исходя из международного опыта, подчеркивается необходимость формирования правовых основ для обеспечения эффективного управления бенефициарным имуществом путем юридического укрепления фидуциарных отношений.


background image

9

BENEFITSIAR MULKNING SAMARALI BOSHQARILISHIDA FIDUSIAR

MAJBURIYATLARNING AHAMIYATI

Raximova Dilorom Xaitbayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Эmail: raximovadilorom97@gmail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14832937

Annotatsiya:

Fidusiar majburiyatlar asosan halollik, sodiqlik, g‘amxo‘rlik va oqilona

boshqaruv tamoyillari asosida benefitsiar mulkdor manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi.

Mazkur maqolada zamonaviy huquq tizimlarida Benefitsiar mulkni boshqarishda fidusiar

munosabatlarning ahamiyati, fidusiar majburiyatlarning shakllanishi va ularning huquqiy
munosabatlarni ta’minlashdagi ahamiyati hamda milliy qonunchilikdagi holati tahlil etilib,
ushbu sohadagi huquqiy bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish zarurati asoslab berilgan.

Shu bilan birga milliy qonunchilikda fidusiar va benefitsiar o‘rtasidagi huquq va

majburiyatlarni aniq belgilovchi normativ-huquqiy asoslarning yo‘qligi tanqidiy ko‘rib chiqilib,
milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, xalqaro tajribadan kelib chiqib, fidusiar munosabatlarni huquqiy

jihatdan mustahkamlash orqali benefitsiar mulkning samarali boshqarilishini ta’minlashning
huquqiy asoslari shakllantirilishi lozimligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

Benefitsiar mulk, fidusiar majburiyat, sodiqlik, g‘amxo‘rlik, halollik.

ЗНАЧЕНИЕ ФИДУЦИАРНЫХ ОБЯЗАТЕЛЬСТВ В ЭФФЕКТИВНОМ

УПРАВЛЕНИИ БЕНЕФИЦИАРНОЙ СОБСТВЕННОСТЬЮ

Raximova Dilorom Xaitbayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Эmail: raximovadilorom97@gmail.ru

Аннотация:

Фидуциарные обязательства в основном направлены на защиту

интересов бенефициара через принципы добросовестности, лояльности, заботы и
разумного управления.

В данной статье рассматривается важность фидуциарных отношений в

управлении бенефициарным имуществом в современных правовых системах,
формирование фидуциарных обязательств и их значение в обеспечении правовых
отношений, а также анализируется состояние национального законодательства,
выявляются правовые пробелы и необходимость их устранения.

B статье критически рассматривается отсутствие нормативно-правовых основ,

четко определяющих права и обязанности фидуциара и бенефициара в национальном
законодательстве,

и

предлагаются

рекомендации

по

совершенствованию

национального законодательства.

Кроме того, исходя из международного опыта, подчеркивается необходимость

формирования правовых основ для обеспечения эффективного управления
бенефициарным имуществом путем юридического укрепления фидуциарных
отношений.

Ключевые слова:

Бенефициарная собственность, Фидуциарные обязательства,

верность, забота, честность.


background image

10

THE IMPORTANCE OF FİDUCİARY DUTİES İN THE EFFECTİVE

MANAGEMENT OF BENEFİCİARY PROPERTY

Raximova Dilorom Xaitbayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Эmail: raximovadilorom97@gmail.ru

Annotation:

Fiduciary duties are primarily aimed at protecting the interests of the

beneficiary based on the principles of honesty, loyalty, care, and prudent management.

This article analyzes the importance of fiduciary relationships in the management of

beneficiary property in modern legal systems, the formation of fiduciary duties, and their role
in ensuring legal relationships. It also examines the state of national legislation, identifies legal
gaps, and emphasizes the need to address them.

Furthermore, the article critically addresses the absence of normative-legal foundations

that clearly define the rights and obligations of fiduciaries and beneficiaries in national
legislation, and proposes suggestions for improving national laws.

In addition, based on international experience, the article emphasizes the need to

establish legal foundations for ensuring the effective management of beneficiary property by
strengthening fiduciary relationships legally.

Keywords:

Beneficiary property, Fiduciary duties, loyalty, care, honesty.

KIRISH

Mulkdan daromad olishning yangi usullarining paydo bo‘lishi, har qanday mol mulkka

egasidan mulkni samarali boshqarishi mumkin bo‘lgan mutaxassisni topish talabini keltirib
chiqaradi.

Bu esa, milliy huquqshunosligimizga anglo-amerika va kontinental huquq tizimlarida

amalda bo‘lgan mulkni boshqarish institutlari o‘rganish hamda bizning mamlakatimizda
mavjud bo‘lmagan institutlarni huquq tizimimizga moslashtirgan holda qabul qilishdan dalolat
beradi.

Bugungi kunda zamonaviy huquqda benefitsiar mulkni boshqarish ikkita modelga

ajratiladi: boshqa shaxs yordamida mulkni boshqarish (trast) angliya-amerikada mulk huquqi
instituti sifatida hamda ishonchli boshqaruv huquqiy tizimi, majburiyatlar huquqi instituti
sifatida kontinental mulk huquqi

1

.

Ma’lumki anglo-sakson huquq tizimi bir obyektga ikki subyekt mulk huquqiga ega bo‘lish

imkonini beradi, sababi bu tizimda ajratilgan mulk huquqi tushunchasi qabul qilingan. Biroq
Romano-german huquq tizimiga trustni tadbiq etish uchun fuqarolik huquqini tubdan isloh
qilish kerak. Achinarlisi bizning huquq tizimizga trust huquqi na majburiyat huquqiga, na mulk
huquqiga aloqador deb hisoblash mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fidusiar munosabatlari mulkni benefitsiarning foydasiga boshqarishni nazarda tutib,

ko‘pincha yuridik shaxs va boshqaruvchi kompaniya o‘rtasidagi shartnoma bilan bog‘lanadi, bu
esa ko‘plab hollarda ishonchli boshqaruv shartnomasi bilan taqqoslanadi.

Fidusiar munosabatlarni

V.A. Dozortsev

“Bu majburiyat huquqi emas, balki juda o‘ziga

xos munosabatlardir”, chunki bu konstruktsiya hech bir mavjud shartnomaviy modelga to‘g‘ri

1

A.V.Mazaeva Доверителное управление и траст: опыт стран континенталного права


background image

11

kelmaydi

2

deb ta’kidlagan.

Bu yondashuv fidusiar munosabatlarni majburiyat huquqining an’anaviy modellari,

masalan, shartnomalar yoki boshqa o‘zaro majburiyatlar bilan tenglashtirish mumkin
emasligini anglatadi. Ushbu munosabatlar bir tomonning ikkinchi tomonga ishonch yoki xohish
bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy aloqalasi hisoblanadi. Bu turdagi munosabatlar ko‘pincha xususiy
mulk huquqi, vasiylik, yoki vakolat va mas’uliyatga asoslangan aloqalar bilan bog‘liq bo‘lib,
mas’uliyat, ishonch va yuksak etika qoidalari katta ahamiyatga egadir.

Benefitsiar mulkni huquqiy qurilishi bo‘yicha fidusiar munosabat hisoblanadi. Bu jumlada

“fidusiar majburiyatlar” benefitsiar mulkni boshqarishda ishonchli va sadoqatli yondashuvni
talab qilayotganini anglatadi. Fidusiar majburiyatlar benefitsiar (foydalanuvchi) mulkni
boshqarish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki fidusiar shaxs bu majburiyatlarni
bajarishda faqat foydalanuvchining manfaatlarini ko‘zlashga majburdir.

Yakuniy foyda oluvchilar yoki aksiyadorlarning harakatlari ustidan nazarot qiluvchi

shaxslar xalqaro miqyosda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Benefitsiar mulkdorlar har
doim yuridik shaxs yoki tashkilotlarga misol uchun trast, fond va boshqalarga egalik qiluvchi
yoki nazorat qiluvchi jismoniy hisoblanib

3

, odatda uning mulki uning nomidan halolik, oqilona

va sodiqlik asosida fidusiar tomonidan boshqariladi.

Benefitsiar mulkning samarali boshqarilishida Fidusiar majburiyatlar muhim o‘rin tutadi,

chunki ular mulk boshqaruvchisi (fidusiar shaxs) va mulkdor (benefitsiar) o‘rtasida ishonch
asosida huquqiy munosabatlarni ta’minlash vositasi hisoblanadi. Ushbu majburiyatlar, odatda,
mulkni saqlash, undan samarali foydalanish va benefitsiar manfaatlarini himoya qilishga
qaratiladi.

Benefitsiar mulkning samarali boshqarilishida Fidusiar majburiyatlar haqida fikr

yuritishdan avval fidusiar tushunchasi hamda mazmunini aniqlab olish maqsadga muvofiq.

Fidusiar tushunchasi asosan ishonchga quriladigan munosabatlar hisoblanib, shaxsning

o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxsning manfaatlari yo‘lida uning nomidan ish olib borishiga
nisbatan qo‘llaniladi. Bunda halolik, oqilona va sodiqlik asosida ish olib borish fidusiar
munosabatlarning asosiy talabi hisoblanadi.

Fransiya fuqarolik kodeksining 2011-moddasiga ko‘ra fidusiya bir yoki bir nechta

mulkdorlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulkni, huquqlarini yoki qimmatli qog‘ozlarni yoki
ularning birlashmasini bir yoki bir nechta ishonchli shaxslarga topshiradigan kelishuvdir

4

deb

belgilab qo‘yilgan.

O‘z navbatida benefitsiar mulkning samarali boshqarilishida fidusiar majburiyat

benefitsiarning nomidan faqat uning manfaatlari uchun duty of care (g‘amxo‘rlik) va duty of
loyalty (sodiqlik) bilan harakat qilishga nisbatan foydalaniladi.

Fidusiar majburiyatlar roman –german huquq oilasi rim huquqidan olgan bo‘lib, anglo-

sakson huquq oilasiga ham hos hisoblanadi. Ushbu huquq oilasida fidusiar majburiyat
boshqalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilish asosiy o‘rin egallaydi.

2

Дозорцев В. А.Доверительное управление имуще ством (гл. 53)// Гражданский кодекс Российской Федерации.

3

Rakhimova, D. K. (2025). THE CONCEPT OF BENEFICIARY PROPERTY IN CIVIL LAW AND ITS

CHARACTERISTICS. Google Scholar, 1(1).

4

Code Civil 1804. Version consolidée au 1 janvier 2016.

URL:http://www.legifrance.gouv.fr/affichCode.do?cidTexte=LEGITE

XT000006070721.


background image

12

Fidusiar majburiyatlar odatda bir tomon ikkinchi tomonga ishonch asosida o‘z huquq va

vakolatlarini ishonib topshirganida, ushbu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadi. Ushbu
majburiyatlar taraflar o‘rtasida maxsus ishonch munosabatlari mavjud bo‘lgan hollarda yuzaga
keladi. Quyida fidusiar majburiyatlarning eng ko‘p uchraydigan kelib chiqish holatlari sifatida
ko‘rishimiz mumkin:

– Bitimlar asosida (Mulkni boshqaruvga topshirish to‘g‘risidagi shartnoma tuziladi).
– shaxsning boshqa shaxsning harakatlarini boshqarish yoki unga ta’sir
o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lganda (mulkni faqat benefitsiar manfaatlariga xizmat qilish

maqsadida boshqarishi kerak).

Milliy qonunchiligimizda fidusiar majburiyatlar ishonchga asoslangan har handay

bitimdan

kelib

chiqishi

mumkin.

Misol

uchun

Fuqarolik

kodeksining

849-moddaga ko‘ra Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha bir taraf
(boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan
muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni
boshqaruvning muassisi yoki u ko‘rsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini ko‘zlab
boshqarish majburiyatini olishi belgilangan.

Shu bilan birga Fuqarolik kodeksining 234-moddasiga ko‘ra majburiyat bir shaxs

(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, kreditor
esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lishi
belgilangan. Fidusiar majburyatning farqli jihati shundaki bunda qarzdor yoki kreditor emas
balki ishonchli shaxs o‘ziga olgan majburiyatni sodiqlik va g‘amho‘rlik bilan bajarishga
majburiyat oladi.

Ushbu majburiyat subyeklari fidusiar hamda benefitsiar hisoblanadi.
Fidusiar (ishonchli shaxs) qachonki boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulk va mulkiy

huquqlarni yoki boshqa shaxsning huquqlarini

tasarruf etish

to‘g‘risida qaror qabul qilish

jarayoni ustidan vakolat mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishonchli shaxs sifatida tan olinadi. Shu
jihati bilan ham boshqa ishonchga asoslangan majburiyatlardan farqlanadi.

D.Imomniyozovning ta’kidlashicha fidusiar (ishonchga asoslangan) huquqiy

munosabatlar, bir shaxsning (fidusiar) shartnoma yoki boshqa yuridik faktlar asosida, o‘z
ixtiyori bilan boshqa shaxsning nomidan uning manfaatlari yo‘lida ish yuritadigan yohud
boshqa shaxsning mol-mulki boshqaradigan va (yoki) boshqarishni amalga oshiradigan
munosabat hisoblanadi

5

.

Bizningcha fidusiarning asosiy majburiyati benefitsiar manfaatlariga to‘liq sodiqlik va

halollik bilan xizmat qilishdir. U o‘ziga ishonib topshirilgan mol-mulkni faqat benefitsiar
shaxsning foydasiga va uning manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda boshqarishi lozim. Bu mol-
mulkni samarali ishlatish, uning qiymatini saqlab qolish yoki oshirish orqali benefitsiarga
maksimal foyda keltirishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Аksiyadorlik jamiyatlari va аksiyadorlarning huquqlarini

himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jamiyatning direktori (boshqaruv raisi) jamiyat
nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat
nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni

5

Imomniyozov.D.

Korporatsiya

ijro

organlarining

fidutsiar

majburiyatlari

qiyosiy

huquqiy

tahlili:

d.imomniyozov@gmail.com

: SJIF 2021: 5.423


background image

13

tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va
ko‘rsatmalar beradi deb belgilab qo‘yilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki Korporativ boshqaruvda
bu fidusiar munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi korporatsiyalarda bosharuv
to‘laligicha mazkur institut asosida amalga oshiriladi desak adashmagan bo‘lamiz.

Bunda ishonchli shaxs sifatida korporatsiya dorektori hisoblanadi. Chunki aynan

direktorlar korporatsiyaning haqiqiy egasi (benefitsiar) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
fidusiar majburiyatlarni bajarishga kirishadi. Mazkur shartnoma ishonchli shaxsga
korporatsiyani sodiqlik va g‘amho‘rlik asosida o‘z hohishiga ko‘ra boshqarish huquqini taqdim
etadi.

Oddiyroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak direktor shaxsiy manfaatlarini benefitsiar

manfaatlaridan yuqori qo‘ygan hollarda va buning oqibatida korporatsiya zarar ko‘rganda
fidusiar munosabatlar ishga tushadi va yetkazilgan zarar to‘liq ishonchli shaxs tomonidan
qoplanadi.

Fidusiar majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik jazolovchi xususiyatga ega bo‘lib, faqat

buzilish faktining o‘zi uchun qo‘llaniladi va bu sabab-oqibat aloqasini o‘rnatishdan voz
kechishni taqozo etadi. Fidusiarga adolatli miqdorda to‘lov (equitable compensation)
tayinlanadi, bu esa, birinchidan, zarar miqdorini isbotlashni osonlashtiradi, ikkinchidan,
boshqaruvchiga profilaktik ta’sir ko‘rsatadi: u o‘z noqonuniy xatti-harakatidan olganidan ancha
ko‘p miqdorda tashkil etuvchiga zararlarni qoplashga majbur bo‘ladi.

Fidusiar majburiyatni buzganlik uchun fidutsiarning aybi avvaldan isbotlangan deb

hisoblanadi, bu esa unga o‘zining aybsizligini yoki shartnoma shartlarini buzmaganligini
isbotlash majburiyatini yuklaydi. Boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy
emas deb hisoblanadi va yuqori darajadagi isbotlash standartlari qo‘llaniladi (boshqaruvchi
o‘zining xatti-harakatlarining qonuniyligini aniq dalillar bilan tasdiqlashi shart).
Boshqaruvchining javobgarligi qat’iy javobgarlik (strict liability) hisoblanadi

6

.

An’anaviy nazariyalarga ko‘ra direktorning fidusiar majburiyatlari ikkiga ajratiladi.

Sadoqat – sodiqlik (duty of loyalty) va g‘amxo‘rlik (dury of care) burchlari

7

.

Xulosa qiladigan bo‘lsak benefitsiar mulkdorga tegishli mol-mulkini shartnoma yoki

boshqa yuridik faktlar asosida fidusiar tomonidan bosqaruvni amalga oshirishi hisoblanadi.

Ingliz huquqida mazkur munosabatlar amalga oshirilishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ingliz

huquqida mazkur institut ancha yillar davomida ishlab chiqilgan

Hususan fidusiar majburiyatlarni o‘z ichiga olgan “|Kompaniyalar tog‘risida”gi qonun

ishlab chiqilgan bo‘lib, kompaniya direktori o‘z vazifasini bajarishda, yaxshi niyatda,
kompaniyaning muvaffaqiyatga erishishini va uning a’zolari manfaatiga xizmat qilishini eng
ko‘p ehtimol qiladigan tarzda harakat qilishi shart, va buni bajarishda quyidagilarni (boshqa
omillar bilan bir qatorda) hisobga olishi kerak:

har qanday qarorning uzoq muddatli oqibatlari,

kompaniya xodimlarining manfaatlari,

kompaniyaning yetkazib beruvchilar, mijozlar va boshqa shaxslar bilan ishbilarmonlik

munosabatlarini rivojlantirish zarurati,

6

Зикун И. И. Генезис категории "фидуциарная собственность" в европейском гражданском праве: ("Вестник

гражданского права", 2018, N 6)

7

Э. Беневоленская. Фидуциарные обязательства директора компании по английскому праву. Журнал

российского права №4 — 2006


background image

14

kompaniya faoliyatining jamiyat va atrof-muhitga ta'siri,

kompaniyaning yuqori darajadagi ishbilarmonlik qoidalariga rioya qilish obro‘sini saqlab

qolish istagi, va kompaniya a’zolari o‘rtasida adolatli munosabatni ta’minlash zarurati

8

.

Odatda benefitsiar mulkni boshqarishda fidusiar huquqiy munosabatning zaruriy sharti

fidusiar huquq taqdim etilgan shaxs o‘z ixtiyori va mustaqil qaror qabul qilishi hisoblanadi.
Fidusiarda mazkur huquq bo‘lmasa, ishonchli shaxs hisoblanmaydi.

Angliya huquqida “Soyadagi direktor” atamasi mavjud bo‘lib bu atama benefitsiar

mulkdor qarorlar qabul qilish kabi asosiy vazifa bajarib, direktorning mustaqiligi cheklanib
faqat nomiga fidusiar hisoblanadi.

Xalqaro amaliyotda mashhur bo‘lgan usul “Korporativ niqob” ni olib tshlash usuli Angliya

sudlarida aynan yuqoridagi holatlar yuzaga kelganda, ya’ni aksionerlar ular tayinlagan
direktorning majburiyatlarini bajarmagan hollarda unga nisbatan javobgarlik belgilashni talab
qilgan hollarida amalga oshiriladi.

“Korporativ niqob” larni olib tashlash konsepsiyasi faqatgina nazorat qiluvchi

ishtirokchilar/aksiyadorlar

javobgarligini

nazarda

tutmaydi.

Ushbu

konsepsiya

kompaniyaning haqiqiy benefitsiarlari haqida ma’lumot olish maqsadida, shuningdek hattoki
kompaniyani nazorat qiluvchi shaxslar foydasiga ham qo‘llanishi mumkin

9

.

Fuqarolik kodeksining 48-moddasiga muvofiq Agar yuridik shaxsning to‘lovga

qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan
muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining yoxud
yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxsning yoki qarzdorning ishlarini
boshqaruvchi shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, yuridik
shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga qonunga muvofiq
uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkinligini nazarda tutadi.

Shuningdek kodeksning 45-moddasida qonunga yoki yuridik shaxsning ta’sis
hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxs o‘zi vakili bo‘lgan

yuridik shaxs manfaatlari yo‘lida halol va oqilona ish olib borishi kerak. U yuridik shaxs
muassislari (ishtirokchilari, a’zolari) talabi bilan, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuridik shaxsga yetkazgan zararini to‘lashi shart deb
belgilanganlini o‘zi milliy qonunchiligimizda fidusiar majburiyat aniq belgilab qo‘yilmagan
bo‘lsada, lekin aynan fidusiar majburiyatni nazarda tutganligini ko‘rishimiz mumkin.

Xulosa:

Yuqorida ta’kidlanganidek fidusiar majburiyat o‘z ichiga sodiqlik, ishonchlilik,

ihtiyoriylik, g‘amxo‘rlik, sodiqlik kabi majburiyatlardan kelib chiqadi.

Bunda benefitsiar mulkni boshqarishda yuqorida keltirilgan majburiyatlar muhim

ahamiyat kasb etadi.

Fidusiar munosabatlarni o‘rganib chiqish asnosida milliy qonunchilikga tadbiq qilinishi

bo‘yicha bir necha takliflar ishlab chiqildi.

Avval ta’kidlaganimizdek milliy qonunchiligimizda fidusiar munosabatlar mexanizmlari

ishlab chiqilmagan bo‘lsada, umumiy ma’noda ta’kidlangan.

8

CompanyAct2006, Ch. 2 Part10// http://www.legislation.gov.uk/ukpga/2006/46/contents

9

Ibrohimov Azimjon Abdumo‘min O‘g‘li Korporatsiyani boshqarishda fidutsiar majburiyatlar va ularni o‘zbekistonda

qo‘llash imkoniyatlari // ORIENSS. 2021. №10. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiyani-bosh-

arishda-

fidutsiar-mazhburiyatlar-va-ularni-zbekistonda-llash-imkoniyatlari (дата обращения: 07.12.2021).


background image

15

Bizningcha:
Birinchidan, qonunchiligimizda benefitsiar mulk hamda fidusiar munosabatlar deyarli

tartibga solinmagan. Bu holat mazkur munosabatlarni amalda samarali qoʻllashda huquqiy
boʻshliqni yuzaga keltirishini inobatga olgan holda, benefitsiar mulkni aniqlashda uni
boshqaruvchi shaxs (fidusiar) va haqiqiy mulkdor (benefitsiar) oʻrtasidagi huquq va
majburiyatlarni aniq belgilovchi normani milliy qonunchilikka kiritish;

Ikkinchidan, qonunchilikda benefitsiar mulkdor hamda fidusiar majburiyatlari hamda

majburiyatdan kelib chiqadigan javobgarlik masalalari batafsil yoritilishi maqsadga muvofiq;

Uchinchidan, foydaning benefitsiarga oʻtishining kafolat mexanizmini yaratish.
Bundan tashqari fidusiar munosabatlar hamda benefitsiar mulkka doir masalalar milliy

adabiyotlarimizda deyarli mavjud emas. Bu esa mazkur munosabatlarni chuqur o‘rganishni
hamda qonunchilikka tadbiq etishdan dalolat beradi.

References:

1.

Fuqarolik kodeksi (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-

y.03/20/603/0071-son);
2.

Акцияdorlik jamiyatlari va акцияdorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi

qonun (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020y.03/20/640/1348-son);
3.

A.V.Mazaeva Доверителное управление и траст: опыт стран континенталного права

4.

Imomniyozov.D. Korporatsiya ijro organlarining fidutsiar majburiyatlari qiyosiy huquqiy

tahlili:

d.imomniyozov@gmail.com

: SJIF 2021: 5.423

5.

Зикун И. И. Генезис категории "фидуциарная собственность" в европейском

гражданском праве: ("Вестник гражданского права", 2018, N 6)
6.

Э. Беневоленская. Фидуциарные обязательства директора компании по

английскому праву. Журнал российского права №4 — 2006
7.

Rakhimova, D. K. (2025). THE CONCEPT OF BENEFICIARY PROPERTY IN CIVIL LAW AND

ITS CHARACTERISTICS.

Google Scholar

,

1

(1).

8.

CompanyAct2006,

Ch.

2

Part10//

http://www.legislation.gov.uk/ukpga/2006/46/contents
9.

Ibrohimov Azimjon Abdumo‘min O‘g‘li Korporatsiyani boshqarishda fidutsiar

majburiyatlar va ularni o‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari // ORIENSS. 2021. №10. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiyani-bosh-arishda-fidutsiar

mazhburiyatlar-va-

ularni-zbekistonda-llash-imkoniyatlari (дата обращения: 07.12.2021).
10.

Дозорцев В. А. Доверительное управление имуществом (гл. 53)// Гражданский

кодекс Российской Федерации.

Библиографические ссылки

Fuqarolik kodeksi (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y.03/20/603/0071-son);

Акцияdorlik jamiyatlari va акцияdorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020y.03/20/640/1348-son);

A.V.Mazaeva Доверителное управление и траст: опыт стран континенталного права

Imomniyozov.D. Korporatsiya ijro organlarining fidutsiar majburiyatlari qiyosiy huquqiy tahlili: d.imomniyozov@gmail.com: SJIF 2021: 5.423

Зикун И. И. Генезис категории "фидуциарная собственность" в европейском гражданском праве: ("Вестник гражданского права", 2018, N 6)

Э. Беневоленская. Фидуциарные обязательства директора компании по английскому праву. Журнал российского права №4 — 2006

Rakhimova, D. K. (2025). THE CONCEPT OF BENEFICIARY PROPERTY IN CIVIL LAW AND ITS CHARACTERISTICS. Google Scholar, 1(1).

CompanyAct2006, Ch. 2 Part10// http://www.legislation.gov.uk/ukpga/2006/46/contents

Ibrohimov Azimjon Abdumo‘min O‘g‘li Korporatsiyani boshqarishda fidutsiar majburiyatlar va ularni o‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari // ORIENSS. 2021. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/korporatsiyani-bosh-arishda-fidutsiar mazhburiyatlar-va-ularni-zbekistonda-llash-imkoniyatlari (дата обращения: 07.12.2021).

Дозорцев В. А. Доверительное управление имуществом (гл. 53)// Гражданский кодекс Российской Федерации.