6
QISQA MASOFAGA YUGURISHDA TEZKOR-CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH
USULLARI
Xomudjonova Feruza Komiljon qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14829925
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yengil atletikaning yugurish bo’limining tekis masofa
bo’ylab yugurishdagi qisqa masofaga yuguruvchi (sprint) larning jismoniy sifatlardan eng
muhimlari bo’lgan tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradigan
maxsus mashqlar hamda organizmidagi antropometrik o’zgarishlar haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar;
qisqa masofa, sprint, tezkorlik, chidamlilik, kuch, jismoniy sifatlar, harakat
faoliyati, yuqori malaka, musobaqa jarayoni, chaqqonlik, texnik malaka, muskulatura,
trenirovka, g’ovlar, irodaviy fazilatlar, axloqiy tarbiya.
Yengil atletika insonning har tomonlama rivojlanishiga yordam beruvchi eng ommaviy
sport turidir,chunki u hayotiy muhim va keng tarqalgan harakatlarni (yurish, yugurish,
sakrashlar, uloqtirishlarni)birlashtiradi.Yengil atletika bilan muntazam shug’ullanish kuch,
tezkorlik, chidamlilik va inson uchun kundalik turmushda zarur bo’ladigan boshqa sifatlarni
rivojlantiradi.
Qisqa masofaga yugurishda yuqori natijalarga erishish bola yoshligidan boshlab
o‘rgatilib boriladi. Bolalarda tezlik chidamlilikni o‘rgatishda albatta ularning ichki funksional
imkonyatlari va jismoniy rivojlanganligi muxim axamiyatga ega.Yengil atletikada harakat
faoliyati turli vaziyatlarga mos bo‘lgan o‘zgaruvchan asosida amalga oshiriladi. Keskin
qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu vaziyatlarga yuqori natijaga erishish yengil
atletikachilardan shakllangan tezkorlik-kuch, chaqqonlik, chidamkorlik sifatlari bilan bir
qatorda turg‘un aniq xarakat qobilyatini namoyish etish talab etiladi.
Yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda va ularni musobaqa jarayonida samarali
natija ko’rsatishi aksariyat turli ko’rinishdagi kuch sifatlarining (absolyut kuch, maksimal
kuch, nisbiy kuch, portlovchi kuch va x.). qanchalik rivojlanganligiga bog‘liq bo’ladi. Ushbu
sifatlarning barcha turlari futbol o’yinida u yoki bu darajadagi ahamiyatga egadir. O’yin
vaziyati va texnik malakaning usuliga qarab, shu sifatning barcha turlari muayyan ulushda
xizmat qiladi.Zamonaviy futbol sportchilardan o’ta shakllangan kuch sifatlarini (portlovchi
kuch, kuch chidamkorligi) talab qiladi va shuning uchun yosh bolalar, o’smirlar bilan dastlabki
bosqichni tashkil qilish nihoyatda ahamiyatli va mas’uliyatli bo’lib hisoblanadi. Chunki
zo’rma-zo’raki, me’yorlanmagan og‘irliklar bilan surunkali mashg‘ulotlar o’tkazish yosh
bolalarni nafaqat qaddi - qomati, umurtqa pog‘onasi, oyoq va qo’l bo’g‘imlariga salbiy ta’sir
ko’rsatish mumkin, balki uning organizmini ichki a’zolarida (jigar, taloq, mushaklar,
to’qimalar, buyrak va h.) ham zararli asoratlar qoldirishi ehtimolidan holi emas. Shuning
uchun kuch va uning mohiyati, turlari hamda xususiyatlarini bilmasdan turib, mazkur sifatni
yosh voleybolchilarda shakllantirish mumkin emas.
Yosh yengil atletikachilar tanasidagi hamma muskullar kuchli, garmonik rivojlangan
bo‘lishi kerak. Lekin tana muskulaturasining rivojlanish darajasiga bo‘lgan talab yengil
atletikaning turiga bog‘liqdir. Uloqtiruvchilarga kuch hammadan ko‘p rivojlantirishda kerak
bo‘lsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak.
Har qanday yengil atletikachi trenirovkasida, albatta kuchda rivojlantiruvchi mashqlar
ishlatiladi. Lekin asosan yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun eng muhim bo‘lgan
7
muskullar gruppasini rivojlantirishga e’tibor beriladi. Anchagina ko‘p muskul kuchi namoyon
qila olishni yaxshilash uchun katta va maksimal kuchlanish metodlari qo‘llaniladi. Bu maxsus
tanlab olingan mashqlarni katta va maksimal kuch bilan (maksimaldan 75-100%)
takrortakror bajarish demakdir. Bunday mashqlarda yengil atletikaning qaysi turida mumkin
qadar ko‘p kuch sarflashni o‘rgatib olish maqsad bo‘lsa, shu turning yoki shu tur elementning
koordinatsion struktura yaxlitligi saqlab qolinadi. Mashqni qiyinlashtira borish (shtanga va
snaryadlar og‘irligini, sakrash balandligini, yugurish tezligini oshira borish) ham bu
mashqlarga xos xususiyatdir.
Maktab o‘quvchilarining tezlik chidamliligini oshirishda albatta quyidagi vositalardan
foydalanish maqsadga iuvofiqdir. Vositalarning qo‘llanilishida ularning yosh guruxlarini
inobatga olish shart. Qisqa masofaga yugurishda asosiy vositalarni xal etgan xolda tezlik
chidamliligiga erishish mumkin:
1.O‘quvchilarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni xosil qilish va uni yanada
takomillashtirish.
2.Qisqa masofaga yugurishda start xolatidan chiqish, startdan chiqib yugurish, masofa
bo‘ylab yugurish va marra chizig‘iga tashlanish texnikalarini o‘zlashtirish orqali yugurish
texnikasini oshirish.
3.Yengil atletikaning sakrash, uloqtirish, g‘ovlar osha yugurish turlari texnikasini
o‘rganishni amalga oshirish.
4.Yuguruvchining tezlik-kuch sifatlarini oshirish.
5.Yuguruvchining umumiy va maxsus chidamliligini oshirish.
6.Irodaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
7.Nazariy bilimlarni oshirish.
8.Texnik- taktik tayyorgarligini yaxshilash.
Yuqoridagi vazifalarni mukammal o‘rgangan xolda qisqa masofaga yuguruvchi maktab
o‘quvchilarining tezlik chidamligiga erisha oladilar. Mashqlar tez suratda , lekin tez bajarilsa,
yaxshi samara beradi. Bunday mashqlar mushaklarni kuchaytirishda xam tegishli asab tizimi
ishini ko‘proq faollashtiradi.
1.Tizzalarni turgan joyida yuqoriga ko‘tarib yugurish.
2.Turgan joyida qo‘llar bilan g‘ovni ushlab tizzalarni baland-baland ko‘tarib imitatsiya
mushaklarni bajarish.
3.Bir oyoqda turib, ikkinchi oyoqni yugurishdagidek sonni oldinga yuqoriga, keyin
pastga-orqaga tortayotganda oyoq tagini shiddat bilan tez yerga qo‘yish.
Yugurib bajariladigan mashqlar:
1.Kichik lekin yuqori tezlikda erkin qadam tashlab bedana qadamlar bilan yugurish.
2.Sonlarni yuqoriga kamida 90 gradusgacha ko‘tarib yugurish.
3.Oyoq tagi bilan to‘la depsinib, sal-sal sakrab yugurish, oyoq bukilmay yerga qo‘yiladi.
4.Aniq chiziq bo‘ylab, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab va xar xil radiusli aylana bo‘ylab yugurish.
5.Yuqoriga qarab yugurish.
6.Pastga qarab yugurish.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan xarakat tezlik qobilyatlari doimo birgalikda namoyon
bo‘lishadi. Ularning majmuaviy paydo bo‘lishi xarakat faoliyatining asosiy mazmuni
xisoblanadi.
Qisqa masofalarga yugurish xarakatlari bir necha bosqichlardan iborat:
8
1.Xarakatlarining boshlanishi, pastki start va start tezligi.
2.Masofa bo‘ylab yugurish tezligini saqlash.
3.Masofa oxirida tezlikning pasayishi.
Har bir bosqich tezlik chidamliligini talab qiladigan tezlik qobilyatlarining yana bir
ko‘rinishidir: birinchisi, start tezligi qobiliyati; ikkinchisi, masofa tezligi qobiliyati; uchinchisi,
erishilgan tezlikni ushlash. Masalan, kuchli yuguruvchilar 100 m ga yugurishda maksimal
tezlikni masofaning 25-30 metrida egallashadi. Masofaning 85-95 metrlarigacha erishilgan
tezlikni saqlab turishga xarakat qilishadi, keyin xarakat susayadi. Xar bir bosqichning xissasi
sport natijalarida quyidagicha bo‘ladi: start-3%, start tezligi-30%, maksimal tezlik- 57%,
tezlikning pasayishi-5%.
Tezlik chidamliligi qobilyatining rivojlanishi majmuaviy shaklining namoyon bo‘lishi
vositasi sifatida yuqori tezlikda bajariladigan mashqlardan foydalangan holda tezlik
chidamliligi mashqlarning texnikasi mashq bajarilishining yuqori tezlikda o‘tishni taminlash
kerak.
References:
1.
Ropijon Qudratov “Yengil atletika” kitobi “NOSHIR” Toshkent 2012
2.
Shokirjonova K.T. “Yengil atletika” (musobaqa qoidalari) O’quv qo’llanma T,Lider
Press,2007.
3.
Qudratov.R.Q. “Sakrash texnikasi asoslari “ O’ZDJTI 1989
