IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI

Annotasiya

Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunikatsiya jarayonlari, konfliktlar va ularning yechimlarini, shuningdek, oilaviy rollarning ta’sirini o’rganadi. Mustahkam oilaviy munosabatlar inson ruhiyati va jamiyat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada oilada kommunikatsiya usullari, oila a’zolari o’rtasidagi emotsional bog’liqliklar, nizolarni bartaraf etish strategiyalari va farzand tarbiyasining psixologik jihatlari yoritib beriladi.Shuningdek,zamonaviy oilalarda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari muhokama qilinadi. Maqola oilaviy psixologiya bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, pedagoglar va oilaviy munosabatlar psixologiyasiga qiziqqan har bir inson uchun foydali bo’lishi mumkin.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
74-76
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Salimova , S. . (2025). IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(2), 74–76. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/66203
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunikatsiya jarayonlari, konfliktlar va ularning yechimlarini, shuningdek, oilaviy rollarning ta’sirini o’rganadi. Mustahkam oilaviy munosabatlar inson ruhiyati va jamiyat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada oilada kommunikatsiya usullari, oila a’zolari o’rtasidagi emotsional bog’liqliklar, nizolarni bartaraf etish strategiyalari va farzand tarbiyasining psixologik jihatlari yoritib beriladi.Shuningdek,zamonaviy oilalarda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari muhokama qilinadi. Maqola oilaviy psixologiya bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, pedagoglar va oilaviy munosabatlar psixologiyasiga qiziqqan har bir inson uchun foydali bo’lishi mumkin.


background image

74

IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI

Salimova Shahzoda Azizbekovna

Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14870110

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning

shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning
oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunikatsiya jarayonlari, konfliktlar va ularning
yechimlarini, shuningdek, oilaviy rollarning ta’sirini o’rganadi. Mustahkam oilaviy
munosabatlar inson ruhiyati va jamiyat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada
oilada kommunikatsiya usullari, oila a’zolari o’rtasidagi emotsional bog’liqliklar, nizolarni
bartaraf etish strategiyalari va farzand tarbiyasining psixologik jihatlari yoritib
beriladi.Shuningdek,zamonaviy oilalarda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari
muhokama qilinadi. Maqola oilaviy psixologiya bilan shug’ullanadigan mutaxassislar,
pedagoglar va oilaviy munosabatlar psixologiyasiga qiziqqan har bir inson uchun foydali
bo’lishi mumkin.

Kalit so’zlar

: Oila, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy psixologiya, kommunikatsiya, konflikt,

oilaviy rol, farzand tarbiyasi, psixologik moslashuv, emontsional bog’liqlik.


Oila-jamiyatning eng kichiki, ammo eng muhim bo’g’ini hisoblanadi. Oilaviy

munosabatlar psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning muhim yo’nallishlaridan biri bo’lib,
oilaning barqarorligi, ichki nizolar, psixologik muvozanat va insonlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarni o’rganadi. Bu maqolada oilaviy munosabatlarning psixologik jihatlari,
ularning ijtimoiy ta’siri va mustahkam oila qurish omillari haqida so’z yuritiladi.

Oila insonning hayotidagi asosiy ijtimoiy institutlardan biri bo’lib, uning ruhiy va hissiy

taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi.

Oila-shaxsning axloqiy va psixologik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.Bolalar

tarbiyasining asosiy manbai bo’lib, ularning ijtimoiylashuvi va hayotga moslashishida muhim
rol o’ynaydi. Jamiyatdagi qadriyatlarni shakllantiradi va davom ettiradi.

Oiladagi

ijtimoiy

munosabatlar

psixologiyasi

juftliklar

o’rtasidagi

mehr,

hurmat,tushunish va nizolarni boshqarish qobiliyatini o’rganadi.

Oilaviy munosabatlar turlicha shaklanadi va quyidagi asosiy turlarga bo’linadi:

1.Mehribonlik va ishonchga asoslangan oilaviy munosabatlar

– bunday oilalarda

sevgi, hurmat va o’zaro tushunish ustuvor bo’linadi.

2.Avtoritar va bosimga asoslangan munosabatlar-

bunday oilalarda bitta shaxs

dominat bo’lib, boshqalar esa unga bo’ysunadi.

3.Ziddiyatli munosabatlar-

doimiy kelishmovchiliklar va nizolar bilan kechadigan

oilaviy hayot.

4.Beparvolik va e’tiborsizlik

-oilaviy a’zolar o’zaro iliq munosabatda bo’lmaydi, aloqa

yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.

Oilaviy Psixologiyaning Asosiy Yo’nalishlari
1.Oilaning psixologik asoslari.

Oila- bu faqatgina qon-qarindoshlik aloqalari bilan bog’langan kishilar guruhi emas,

balki insonning emotsional, ruhiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradigan muhitdir.Oilaviy
psixologiya oilaviy munosabatlarning shakllanishi, oila a’zolarining bir-biriga ta’siri va


background image

75

psixologik moslashuv jarayonlarini o’rganadi.

2.Oila ichidagi kommunikatsiya

.

Oilaviy munosabatlarning muvaffaqiyati to’g’ri va samarali kommunikatsiyaga bog’liq.

Oila a’zolari o’z his-tuyg’ularini ochiq ifoda etishlari, bir-birlarini tinglashlari va tushunishi
kerak. Noto’g’ri kommunikatsiya nizolar, tushunmovchiliklar va oilaviy kelishmovchiliklarga
olib kelishi mumkin.

3.Oilaviy rollar va ma’suliyatlar.

Har bir oilada turli rollar mavjud: ota, ona, farzand, aka-uka, opa-singil va boshqalar.

Ushbu rollar ijtimoiy va madaniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Oilaviy psixologiya ushbu
rollarning qanday taqsimlanishi va ularning inson ruhiyatiga ta’sirini o’rganadi.

4.Oilaviy konfliktlar va ularni hal qilish yo’llari.

Har qanday oilada muammolar yuzaga kelishi tabiiy hol.Muhimi, ushbu muammolarni

qanday hal qilishni bilishdir. Psixologiyada konfliktlar hal qilish strategiyalari mavjud bo’lib,
ularni orqali oilaviy nizolarni konstruktiv tarzda yechish mumkin.

5.Oilada bollar tarbiyasi.

Farzand tarbiyasi- oilaviy psixologiyaning eng muhim jihatlardan biridir.Bolaning shaxs

sifatida shakllanishida oilaning o’rni beqiyos. Ota-onalar bolaning psixologik rivojlanishiga
qanday ta’sir qilishini bilishlari va unga mos tarbiya usullarini qo’llashlari kerak.

Oilaviy munosabatlarning barqarorligi turli omillarga bog’liq:

1.Ijtimoiy omillar

.

Jamiyatdagi urf-odatlar, an’analar, iqtisodiy va madaniy sharoitlar oilaviy

munosabatlarga ta’sir ko’rsatadi.

2.Psixologik omillar.

Shaxsning xarakteri, temperament, hissiy holati va o’z-o’zini anglash darajasi oilaviy

hayotga ta’sir qiladi.

3.Moliyaviy barqarorlik

.

Oila moddiy jihatdan barqaror bo’lsa, munosabatlar ham mustahkam bo’lish ehtimoli

yuqori bo’ladi.

4.Farzand tarbiyasi.

Farzandlarning tarbiyasi va ularning ruhiy holati oilaning umumiy muhitiga ta’sir etadi.
Oilaviy munosabatlar oila a’zolarining bir-biriga bo’lgan munosabati, hissiy bog’liqlik,

o’zaro ishonch va hurmat kabi omillarga asoslanadi.Quyida oilaviy munosabatlarning asosiy
jihatlari keltirilgan:

1.Emotsional bog’liqlik.

Oilaviy hayotda hissiy bog’liqlik muhim ahamiyatga ega. Oila a’zolari o’rtasidagi mehr-

muhabbat, o’zaro tushunish va ishonch ularning munosabatlarini mustahkamlashga yordam
beradi.Ota-ona va farzandlar, er-xotin o’ratasidagi iliq munosabatlar sog’lom psixologik
muhitni shakllantiradi.

2.Kommunikatsiya va muloqot.

Oilaviy munosabatlarning mustahkamligi to’g’ri muloqotga bog’liq. Ochiq va samimiy

suhbatlar muammolarini hal qilish, tushunmovchiliklarni bartaraf etish hamda oila a’zolari
o’rtasida yaqinlikni oshirishga yordam beradi.Sog’lom kommunikatsiya quyidagi jihatlarga
asoslanadi:

Bir-birini tinglash qobiliyati.


background image

76

His-tuyg’ularni ochiq ifoda etish.
Hurmat bilan muloqot qilish.
Mojarolarni mantiqiy yechishga intilish.

3.Rol va majburiyatlar taqsimoti.

Har bir oila a’zolasining oilaviy hayotda o’z roli va majburiyatlari bor. Ota- ona farzand

tarbiyasi bilan shug’ullanishi, moddiy ta’minotni ta’minlashi kerak, farzandlar esa hurmat va
itoat bilan javob berishlari lozim. Ushbu rollar jamiyat va madaniyat ta’sirida shakllanadi va
oilaning barqarorligiga xizmat qiladi.

4.Konfliktlar va ularni hal qilish yo’llari.

Har qanday oilada kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.Muhimi, bu mojarolarni

qanday hal qilish muhim ahamiyatga ega.Mojarolarni hal qilishning quyidagi usullari samarali
hisoblanadi:

Har ikki tomon fikrini tinglash.
Mojarolarga jiddiy va xolis yondashish.
Qabul qilingan qarorlarni birgalikda muhokama qilish.
Ortiqcha emotsional reaksiyalardan qochish

.

OILAVIY MUNOSABATLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

Oilaviy munosabatlar doimiy rivojlanishda bo’lib, quyidagi bosqichlardan o’tadi:

1.Nikoh va yangi hayot boshlanishi

- Er-xotin bir-biriga moslashish jarayonidan o’tadi.

2.Farzand tug’ilishi va tarbiyasi-

Oilaning yangi mas’uliyatlari paydo bo’ladi.

3.Bolalar voyaga yetgach-

Ota-onalar bolalarini mustaqil hayotga tayyorlashadi.

4.Farzandlarning mustaqil hayoti-

Ota-onalar o’zaro munosabatlarni qayta

shakllantirishadi.

5.Keksalik davri-

Oila a’zolari o’rtasidagi bog’liqlik va qo’llab-quvvatlash muhim bo’ladi.

XULOSA

Oilaviy munosabatlar ijtimoiy psixologiyaning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib,

insonning shaxsiy hayoti va jamiyatidagi o’rniga katta ta’sir ko’rsatadi.Oilaviy hayotda
ishonch, hurmat, mehr-muhabbat va to’g’ri kommunikatsiya muhim ahamiyatga ega. Sog’lom
oilaviy muhit nafaqat oila a’zolari, balki butun jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa
qo’shadi.

Shuning uchun har bir inson oilaviy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga

intilishi lozim. Bu esa o’z navbatida, baxtli va barqaror jamiyatni shakllantirishga xizmat
qiladi.

References:

1.

Rasulova,Z.(2007).”Ijtimoiy psixologiya.” Toshkent:”O’zbekiston”NMI.

2.

Xudoyberganova,M.(2010).”Oila va jamiyat: psixologik tahlil.”Toshkent:”Fan”NMI.

3.

Raximova,D. (2015). “Oilaviy psixologiya: nazariya va amaliyoti. “Toshkent:”

O’zbekiston” NMI.
4.

Shokirova,G.(2012).”Psixologiya va oila munosabatlari “Toshkent” ”O’zbekiston” NMI.

Bibliografik manbalar

Rasulova,Z.(2007).”Ijtimoiy psixologiya.” Toshkent:”O’zbekiston”NMI.

Xudoyberganova,M.(2010).”Oila va jamiyat: psixologik tahlil.”Toshkent:”Fan”NMI.

Raximova,D. (2015). “Oilaviy psixologiya: nazariya va amaliyoti. “Toshkent:” O’zbekiston” NMI.

Shokirova,G.(2012).”Psixologiya va oila munosabatlari “Toshkent” ”O’zbekiston” NMI.