Авторы

  • Fozil Nazarov
    Toshkent Davlat Yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.65778

Ключевые слова:

ekologik qonunchilik ekologik ta’lim maxsus vakolatli organ ekologik tahdid dasturlar ijrosi nazorati xalqaro hamkorlik jamoatchilik ishtirokini ta’minlash.

Аннотация

Hozirgi zamon muammolari, jumladan, iqlim o‘zgarishi, yer va suv resurslarining degradatsiyasi sharoitida, ekologik funksiyaning huquqiy asoslarini shakllantirishda, O‘zbekiston parlamentidan ilg‘or va ilmiy asoslangan qonunlarni qabul qilishni talab etadi. Shu bilan birga, milliy xususiyatlarni hisobga olib, iqtisodiy rivojlanish va ekologik manfaatlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlash hamda fuqarolik jamiyatini ekologik qonun ijodkorligiga jalb etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.


background image

54

DAVLATNİNG EKOLOGİK FUNKSİYASİ HUQUQİY ASOSLARİNİ

SHAKLLANTİRİSHDA PARLAMENTNİNG TUTGAN O‘RNİ

Nazarov Fozil Maribjonovich

Toshkent Davlat Yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi

Tel: (93)145-10-50

https://doi.org/10.5281/zenodo.14858630

Annotatsiya.

Hozirgi zamon muammolari, jumladan, iqlim o‘zgarishi, yer va suv

resurslarining degradatsiyasi sharoitida, ekologik funksiyaning huquqiy asoslarini
shakllantirishda, O‘zbekiston parlamentidan ilg‘or va ilmiy asoslangan qonunlarni qabul
qilishni talab etadi. Shu bilan birga, milliy xususiyatlarni hisobga olib, iqtisodiy rivojlanish va
ekologik manfaatlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlash hamda fuqarolik jamiyatini ekologik
qonun ijodkorligiga jalb etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

ekologik qonunchilik, ekologik ta’lim, maxsus vakolatli organ, ekologik

tahdid, dasturlar ijrosi nazorati, xalqaro hamkorlik, jamoatchilik ishtirokini ta’minlash.


Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 7 million gektargacha unumdor yerlar

jahon qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketmoqda,[1] havo ifloslanishi ta’siri natijasida har
yili 7 millionga yaqin kishi hayotdan ko‘z yummoqda.[2] 2025 yildan so‘ng esa, dunyo
aholisining yarmidan ortig‘i sifatli ichimlik suvidan mahrum bo‘lishi ehtimoli mavjud.[3] Bu
kabi global ekologik muammolar va inson faoliyatining atrof-muhitga ta’siri kuchayib
borayotgan sharoitda davlatning ekologik funksiyasini mustahkamlash masalasi o‘ta dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonning asosiy tarkibiy qismlaridan biri qonun ijodkorligi bilan
bog‘liq bo‘lib, parlament eng muhim qonunchilik organi sifatida harakat qiladi. Ekologik
funksiya davlatning tabiatni muhofaza qilish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik
xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan vazifalar majmuasini o‘z ichiga oladi.[4] Boshqa
funksiyalardan farqli o‘laroq, o‘z mohiyati bilan tabiiy muhit bo‘lgan umumiy manfaatlarni
saqlashga qaratilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda insonning qulay atrof-muhitda
yashash huquqi alohida bobda aks ettirildi. Davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish, tiklash,
yaxshilash va ekologik muvozanatni ta’minlash borasidagi majburiyatlari aniq belgilandi.
Mazkur maqolada dastlab ekologik funksiyaning boshqa davlat funksiyalari bilan uyg‘unligi,
so‘ngra ekologik funksiyani amalga oshirishning konseptual yondashuvlari, parlamentning
ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi vakolatlari hamda ekologik qonunchilikning tahlili
aks ettiriladi.

Ekologik funksiyaning boshqa davlat funksiyalari bilan uyg‘unligi, xususan qonunchilik

orqali ekologik munosabatlarni tartibga solish, tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish va
atrof-muhitni muhofaza qilish vazifalari bilan o‘zaro aloqasi davlatning umumiy ekologik
siyosatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 1992 yildagi O‘zbekiston Respublikasining
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan tabiiy muhit sharoitlarini
saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy
asoslari belgilab berildi.[5] Ya’ni, qonunchilik funksiyasi ekologik funksiyaning huquqiy
asoslarini yaratishni ta’minlab berdi. Boshqaruv funksiyasi tabiiy resurslardan samarali
foydalanish va ularning ekologik muvozanatini saqlashni ta’minlashga qaratilsa, muhofaza
funksiyasi esa atrof-muhitni himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Shu bilan
birgalikda, ekologik funksiyani boshqa davlat funksiyalaridan alohida tarzda amalga oshirilishi


background image

55

lozimligi ta’kidlangan bo‘lib, professor M.K.Najimov tomonidan davlatning ekologik funksiyasi
qaratilgan obyektlarning ikki turi ko‘rsatilgan: 1) tabiiy hayot muhiti – yer, yer osti, suv,
hayvonot olami, atmosfera havosi hamda tovar – moddiy qimmatliklar, o‘rmonni kesishdan
olingan yog‘och, yer ostidan olingan foydali qazilmalar va boshqalardan iborat tabiat 2)
jamiyatda ekologiya sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlar: ekologik boshqaruv,
ekologik ta’lim-tarbiya va shu kabilarning yig‘indisi [6]. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat ekologik funksiyasini amalga
oshirishda maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Mazkur funksiyaning huquqiy asoslarini
shakllantirishda, xususan, mamlakat parlamenti markaziy o‘rinda turadi.

O‘zbekistonda parlamentning ekologik sohadagi faoliyatini tartibga soluvchi asosiy

normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, Prezident farmonlari va qarorlaridir. Jumladan,
Konstitutsiyaning 49-moddasida fuqarolarning qulay ekologik muhitga bo‘lgan huquqi va
davlatning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyati mustahkamlab qo‘yilgan.[7]
Konstitutsiyaning 91-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik
organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi”, tarzida belgilangan.[8]
Parlament vakolatlarida bir nechta quyidagi asosiy yo‘nalishlar ajratiladi:

Qonunchilik faoliyati.

Ekologik qonunchilikni ishlab chiqish va qabul qilish: Parlamentlar

mavjud ekologik muammolarni tahlil qilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
foydalanish va ifloslanishni kamaytirishni tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqadi. Masalan,
2022 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida”gi qonunda tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) bo‘lgan oziq-
ovqat mahsulotining mamlakat hududiga olib kirilishi va chiqib ketishini jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti va bioxilmahillik standartlariga javob beruvchi qoidalar bilan to‘ldirildi.
Natijada, masalan, JST ga kirish yo‘lidagi yana bir to‘siq olib tashlandi. Shu bilan birga,
dekarbonizatsiya choralarini qabul qilish, ya’ni parnik gazlari chiqindilarini kamaytirish va
qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish kabi
dolzarb yo‘nalishlar o‘rganilmoqda. Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yo‘nalishi ham
parlament faoliyatiga oiddir. O‘tgan yillarda, masalan, Oliy Majlisning 1995 yil 6 maydagi
qaroriga asosan O‘zbekiston “Bioxilmaxillik haqida”gi Konvensiya (Rio Konvensiyasi 1992) ga
qo‘shilgan. Iqlim bo‘yicha Parij bitimi [9] yoki atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi boshqa
konvensiyalar ham shular jumlasidan.

Ekologik dasturlarning amalga oshirilishini nazorat qilish.

Ijro hokimiyati faoliyatini

monitoring qilishni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasida O‘zbekiston Ekologik partiyasining fraksiyasi, shuningdek parlament har ikkala
palatasida ekoglogiya va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha, agrar va suv xo‘jaligi masalalari
bo‘yicha qo‘mitalar faoliyat yuritadi. Bu esa, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishni tekshirish ilarini
professional tarzda amalga oshirilishiga imkon beradi. “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi
Qonunning 5-moddasida Parlament nazoratining shakllari mustahkamlab qo‘yilgan.[10]
Hisobotlarni talab qilish vakolati asosida ijro organlaridan atrof-muhit holati va ekologik
majburiyatlarni bajarish bo‘yicha muntazam hisobotlarni talab qilishi, parlament eshituvlarini
o‘tkazish vakolati asosida eng dolzarb ekologik muammolarni, masalan, chiqindilarni
boshqarish, suv va tuproqni ifloslanishi bo‘yicha mutaxassislar va jamoatchilik bilan


background image

56

muhokama qilishi mumkin. 2022 yil avgust oyida Oliy Majlis Senati tomonidan Hukumatga
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha parlament so‘rovi yuborilgan
va natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyuldagi PQ-5202-son qarori
bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ga 1-ilovada keltirilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha aniq
bajarilgan ishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, 2024 yil 17 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputatlari Toshkentdagi havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Ekologiya
vazirini eshitilgan. Ta’kidlanishicha, bu muammo ekologik muammo darajasidan butun
millatning sog‘ligi va xavfsizligi bilan bog‘liq ijtimoiy muhim muammo darajasiga ko‘tarilgan.
Natijada, eshituv yakuni bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun Palataning qarori qabul
qilingan. Darhaqiqat, bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2024 yil 21 noyabr
kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalarining birinchi qo‘shma majlisida Parlament nazorati
birinchi navbatda xalqning nazorati, xalqning so‘rovi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan edi.

Budjet mablag‘larini moliyalashtirish.

Budjetni tasdiqlash vakolati asosida parlamentlar

davlat mablag‘larini ekologik dasturlarga yo‘naltirishda asosiy rol o‘ynaydi. “Yashil”
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chiqindilarni qayta
ishlash va bioxilmaxillikni saqlash loyihalarini moliyalashtirish shular jumlasidan. “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi [11] va
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi [12] qonunlarning IV boblari
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni qabul
qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid Palatalarning vakolatlariga
bag‘ishlangan. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
qonunning 18-moddasida Senat Qo‘mitasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va
takliflar berish vakolati nazarda tutilgan.[13] Masalan, davlat budjetida Ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini kelgusi yil uchun
budjetlashtirishda aynan “yashil” tashabbuslarga pul ajratish kabi band bo‘yicha xalq
vakillarining tashabbus ko‘rsatish vakolatlari mavjudligi o‘z navbatida davlatning ekologik
funksiyasini huquqiy jihatdan tartibga solinishiga oiddir. Chunki yakuniy bahs-munozaralar
parlament palatalarining tegishli qo‘mitalari yig‘ilishlarida bo‘lib o‘tadi.

Ekologik ta’lim va axborot tarqatishga ko‘maklashish.

Ekologik ta’limni qonunda

mustahkamlash vakolatiga parlamentni ta’lim muassasalariga ekologik savodxonlik
dasturlarini kiritish imkonini beradi. Fuqarolarni xabardor qilish imkoni deputat va
senatorlarni aholi bilan bevosita muloqotiga oid atrof-muhit holati haqida ma’lumotlarning
oshkoraligini ta’minlash uchun ochiq ma’lumot bazalarini yaratish yoki ekologik hisobotlarni
chop etish imkonini beradi. Masalan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-
moddasida “...barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi” qayd
etib o‘tilgan.[14]

Jamoatchilik ishtirokini ta’minlash.

Muloqot maydonlarini yaratish vakolati

parlamentning fraksiya va qo‘mitalariga fuqarolik jamiyati va NNTlarni qarorlar qabul qilish
jarayoniga jalb qilish imkonini beradi. Konstitutsiyaning 49-moddasida fuqarolarning ekologik
huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida
shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqlari
ta’minlanishiga davlat shart-sharoit yaratib berish mexanizmi mustahkamlangan. “Tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasida “...O‘zbekiston Respublikasi aholisi
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning


background image

57

ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni
talab qilish va olish huquqiga ega” deb qayd etib o‘tilgan.[15] Bu borada, parlament vakolatlari
asosida, ekologik tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi mumkin, masalan jamoatchilik ekologik
loyihalarini ilgari surish va uni moliyalashtirishni ko‘rib chiqishga zamin yaratilishi mumkin.

Ekologik tahdidlarga qarshi kurash.

Mahalliy ekologik muammolarni hal qilish

yo‘nalishida, masalan, cho‘llanish, yerlarni degradatsiyasi, suvlarni ifloslanishi muammolari
parlamentda dolzarblik kasb etib kelgan. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish yo‘nalishida
ekologik ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini boshqarish uchun qonunchilik asoslari
ishlab chiqiladi. Misol tariqasida ta’kidlash joizki, BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tashkiloti
(UNFCCC) doirasida 2015 yilda Parij bitimi, bungacha qabul qilingan muhim uchta xalqaro
ekologik hujjatlarning barchasi samarali bo‘lishi uchun bir-birini to‘ldiruvchi va
mustahkamlovchi bo‘lishini ta’kidlagan holda qabul qilingan edi. Mazkur bitimda “Muhim …
parlament a’zolarini tegishli qonunchilikni ishlab chiqish yoki o‘zgartirish hamda budjet
taqsimotini belgilash orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlashga undash
kerak.” …“Parlamentlararo Ittifoq va boshqa tegishli mintaqaviy organlar va parlament a’zolari
uchun mexanizmlar, lozim bo‘lsa, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va milliy huquqiy asoslarni
mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlash hamda targ‘ib qilishni davom ettirishlari kerak”, deb
ta’kidlanadi.[16]

Xalqaro hamkorlik.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish vakolati parlamentga

global ekologik muammolarni, masalan, iqlim o‘zgarishi yoki chegaralararo ifloslanishni hal
qilish uchun xalqaro forumlar va tashabbuslarda ishtirok orqali ekologik funksiyaning huquqiy
asoslari takomillashtiriladi. Masalan, parlamentlararo hamkorlik guruhlari ochiq, konstruktiv
va jonli muloqot olib borish uchun o‘ziga xos institutga aylangan va hozirda ushbu yo‘nalishda
Oliy Majlisda jami 57 ta xorijiy davlat parlamenti hamda Yevropa Ittifoqi parlamenti bilan
parlamentlararo guruhlar samarali faoliyat yuritmoqda.[17] 2024 yilda Qatar, Rossiya
Federatsiyasi, Tojikiston, Qirg‘iziston, Avstriya va Shvetsiya davlatlari parlamentlari bilan
parlamentlararo guruhlarning yig‘ilishlari o‘tkazildi.[18] Parlamentlararo ittifoq, Turkiy
davlatlar Parlament Assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi hamda YXHT
Parlament Assambleyasi kabi nufuzli parlamentlararo tashkilotlar bilan faol aloqada ishlab
kelinmoqda.

Yuqoridagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha takomillashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlar

mavjud. Birinchidan, ekologik normalarni umumlashtirish va tizimlashtirish; Ikkinchidan,
qonunlarni ijtimoiy ahamiyatli ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilishi; Uchinchidan,
ekologik va iqtisodiy manfaatlarni hisobga olgan holda qonunchilikning samaradorligini
oshirish; To‘tinchidan, uning ijrosi bo‘yicha parlament nazoratini olib borishda ayrim jihatlarga
e’tibor qaratish, jumladan bir nechta vazirlik, qo‘mita, muassasa va tashkilotlar tomonidan bitta
asosiy ekologik muammoni hal etish uchun birgalikda harakat qilish uchun uyushgan holdagi
harakatlari uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarni vakolatlar taqsimlanishi
yuzasidan ekspertiza qilish lozim.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatning ekologik

funksiyasini amalga oshirish uchun huquqiy mexanizmlarni shakllantiruvchi asosiy institut
hisoblanadi. Uning bu sohadagi faoliyati barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish,
fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish va mamlakatning ekologik
sohadagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga yordam beradi. Ekologik muammolarni hal


background image

58

etishda,

xususan

shaharsozlikda

jamoatchilik

fikrining

ustuvorligiga

erishish

umumfarovonlikka olib keluvchi omil ekanligiga e’tibor qaratilgan. Jamoatchilikni ekologik
qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish mexanizmini takomillashtirish, yangi
standartlar asosida ishlovchi xodimlar va davlat organlari hamda tashkilotlarining mansabdor
shaxslarini bu boradagi bilimini va malakasini oshirib borishga e’tibor qaratish parlament
faoliyatining ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.

References:

1.

Oʼzbekiston

Respublikasi

Qishloq

xoʼjaligi

vazirligi,

07.01.2025

y.

https://www.agro.uz/11-0308/ manbasida mavjud.
2.

BMT, 07.01.2025 da https://news.un.org/ru/story/2020/09/1385202 manbasida

mavjud.

3.

Xolbekov А., “Ekologik barqarorlikni taʼminlash – davr talabi” 07.01.2025 da

https://strategy.uz/index.php?news=1730 manbasidan olindi.
4.

Najimov M.K. Davlat va uning ekologik funktsiyasi. – T. “Yangi asr avlodi” 2002 y. 9-b.

5.

Oʼzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi 1992 yil 9

dekabrdagi 754-XII-sonli qonuni
6.

Najimov M.K. Davlat va uning ekologik funktsiyasi. – T. “Yangi asr avlodi” 2002 y. 13-b.

7.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 49-modda, 2023 yil Yangi tahrir.

8.

Oʼsha joyda, 91-modda

9.

Parij bitimi - BMT Doiraviy konventsiyasi doirasida qabul qilingan iqlim oʼzgarishlari

toʼgʼrisidagi hujjat boʼlib, 2020 yildan issiqxona gazlari chiqarishni kamaytirish orqali global
isish surʼatlarini qisqartirish boʼyicha chora-tadbirlarni nazoratga oladi. Oʼzbekiston Oliy
Majlisi Senati 27 sentyabrь kuni “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabrь) ratifikatsiya qilish
toʼgʼrisida"gi qonunni maʼqulladi.
10.

Oʼzbekiston Respublikasining “Parlament nazorati toʼgʼrisida”gi 11.04.2016 yildagi OʼRQ-

403-sonli qonuni, 5-modda.
11.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʼgʼrisida”gi

2003 yil 29 avgust, 522-II-sonli qonuni, IV bob
12.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʼgʼrisida”gi 2003 yil 29

avgust, 522-II-sonli qonuni, IV bob
13.

“Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʼgʼrisida” 2002 yil 12 dekabrь, 432–II-

sonli Konstitutsiyaviy qonuni
14.

Oʼzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi 1992 yil 9

dekabrdagi 754-XII-sonli qonun, 4-modda
15.

Oʼsha joyda, 12-modda

16.

Parlamentlararo Ittifoq, “Iqlim oʼzgarishi boʼyicha parlament harakatlar rejasi:

Parlamentlar va PI tomonidan iqlim harakatlarini kengaytirish”, PIning 198-sessiyasida
(Lusaka, 2016 yil 23 mart) PI Boshqaruv kengashi tomonidan maʼqullangan., 8-b.
17.

Oliy

Majlis

Qonunchilik

palatasi

Veb-sayti,

2024.

<https://parliament.gov.uz/oz/news/xalqaro-hamkorlik-aloqalari-kengayib-


background image

59

parlamentlararo-munosabatlar-yangi-bosqichga-kotarilmoqda>
18.

Oʼsha joyda.

Библиографические ссылки

Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, 07.01.2025 y. https://www.agro.uz/11-0308/ manbasida mavjud.

BMT, 07.01.2025 da https://news.un.org/ru/story/2020/09/1385202 manbasida mavjud.

Xolbekov А., “Ekologik barqarorlikni taʼminlash – davr talabi” 07.01.2025 da https://strategy.uz/index.php?news=1730 manbasidan olindi.

Najimov M.K. Davlat va uning ekologik funktsiyasi. – T. “Yangi asr avlodi” 2002 y. 9-b.

Oʼzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi 1992 yil 9 dekabrdagi 754-XII-sonli qonuni

Najimov M.K. Davlat va uning ekologik funktsiyasi. – T. “Yangi asr avlodi” 2002 y. 13-b.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 49-modda, 2023 yil Yangi tahrir.

Oʼsha joyda, 91-modda

Parij bitimi - BMT Doiraviy konventsiyasi doirasida qabul qilingan iqlim oʼzgarishlari toʼgʼrisidagi hujjat boʼlib, 2020 yildan issiqxona gazlari chiqarishni kamaytirish orqali global isish surʼatlarini qisqartirish boʼyicha chora-tadbirlarni nazoratga oladi. Oʼzbekiston Oliy Majlisi Senati 27 sentyabrь kuni “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabrь) ratifikatsiya qilish toʼgʼrisida"gi qonunni maʼqulladi.

Oʼzbekiston Respublikasining “Parlament nazorati toʼgʼrisida”gi 11.04.2016 yildagi OʼRQ-403-sonli qonuni, 5-modda.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʼgʼrisida”gi 2003 yil 29 avgust, 522-II-sonli qonuni, IV bob

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʼgʼrisida”gi 2003 yil 29 avgust, 522-II-sonli qonuni, IV bob

“Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʼgʼrisida” 2002 yil 12 dekabrь, 432–II-sonli Konstitutsiyaviy qonuni

Oʼzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi 1992 yil 9 dekabrdagi 754-XII-sonli qonun, 4-modda

Oʼsha joyda, 12-modda

Parlamentlararo Ittifoq, “Iqlim oʼzgarishi boʼyicha parlament harakatlar rejasi: Parlamentlar va PI tomonidan iqlim harakatlarini kengaytirish”, PIning 198-sessiyasida (Lusaka, 2016 yil 23 mart) PI Boshqaruv kengashi tomonidan maʼqullangan., 8-b.

Oʼsha joyda.